Sevara Urinbayeva
2.58K subscribers
9.87K photos
1.14K videos
23 files
4.41K links
Журналист, PR, илмий изланувчи
Медиа марказ

Youtube https://youtube.com/channel/UCRS61lIXqMhtjTJFIxLlXeg?si=aJefot5rkBBDAEWd
Download Telegram
Адлияда ногиронлиги бўлган шахслар учун инклюзив шароитлар
#Adliya_teleloyiha

Айни вақтда Адлия вазирлиги ва "Ўзбекистон" телеканали томонидан ўзаро ҳамкорликда йўлга қўйилган "ЮРИДИК КЛИНИКА" кўрсатуви бошланди.

Кўрсатув "Ўзбекистон" телеканали орқали жонли эфирга узатилмоқда.

Мавзу: Давлат ташкилотларида меҳнат қонунчилиги ва ходимлар ҳуқуқлари

Мавзу юзасидан ўз саволларингизни @yuridiklinikabot телеграм-боти  ёки тўғридан-тўғри эфир вақтида 71.233-75-74 телефон рақамига боғланиш орқали орқали юборишингиз мумкин.

Саволларга Адлия вазирлиги масъуллари ва ТДЮУ ўқитувчилари жавоб беради.

❗️ Жонли эфир вақтида ўзингизни қизиқтирган саволларга жавоб топиш имкониятига эгасиз.

📹 https://youtu.be/_NQ_UBpl1Q0
#Adliya_xabari

Adliya
vaziri  Dang‘arada "mahalla yettiligi" bilan uchrashdi

Adliya vaziri A.Toshqulov Fargʻona viloyati Dang‘ara tumanining  “Urganji” mahalla fuqarolar yigʻinida “mahalla yettiligi” bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida tuman adliya bo‘limi boshlig‘ining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida axboroti tinglandi.

Adliya vaziri tomonidan MFY xodimlariga  ko‘plab vakolatlar, tashkiliy va moliyaviy imkoniyatlar berilayotgani hamda sohada amalga oshirilayotgan samarali islohotlar to‘g‘risida ma'lumotlar berildi.

Shuningdek, aholi bandligini taʼminlash, bunda daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish va faoliyat turini kengaytirish istagini bildirgan shaxslarni  qo‘llab-quvvatlash masalalarida tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Qonun Senat tomonidan ma’qullandi

Joriy yilning 10-iyul kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining navbatdagi yalpi majlisida Adliya vazirligi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangi tahrirdagi “Ma’muriy-tartib taomillar toʻgʻrisida”gi Qonun muhokama qilinib, senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Jumaladan, ushbu Qonun bilan ma’muriy tartib-taomillarning prinsiplari xorijiy ekspertlarning fikrlari va zamonaviy ma’muriy huquq yutuqlarini hisobga olgan holda to‘liq va aniq bayon etilishi ta’minlandi.

Shu bilan birga, asosiy tushunchalarga tuzatishlar kiritilib, ma’muriy organ, ma’muriy hujjat, ma’muriy ixtiyoriylik va boshqa shu kabi tushunchalarga yanada aniq ta’riflar berildi.

Batafsil👈🏻
#Adliya_xabari

Adliya
vaziri  uyma-uy yurish bo‘yicha Qo‘qon tajribasi bilan tanishdi

Adliya vaziri A.Toshqulov Fargʻona viloyati Qo‘qon shahrining  “Misgarlik” mahalla fuqarolar yigʻinida “mahalla yettiligi” bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida Qo‘qon shahar adliya bo‘limi xodimlarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida axborotlari tinglandi.

Adliya vaziri MFYdagi "mahalla yettiligi" bilan ham suhbatlashib, ularning faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish va bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, "mahalla yettiligi"ning aholi muammolarini o‘rganish va hal etish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, yoshlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha savollariga batafsil tushuntirishlar berildi.
#Adliya_xabari

Yarashtirish komissiyasi qanday ishlaydi,Qo‘qondachi?

Adliya vaziri A.Toshqulov Fargʻona viloyati Qo‘qon shahar FHDY bo‘limida yaqinda ish boshlagan Yarashtirish komissiyasi faoliyati bilan tanishdi.

Uchrashuv davomida fuqarolarning oilada va mahallalarda tinch-osoyishta, hamjihatlikda yashashiga ko‘maklashish, oilaviy nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, yosh avlodni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish asosiy maqsadlardan biri ekanligi ta'kidlandi.

Shu bilan birga oilaviy nizolarning kelib chiqish sabablarini aniqlash hamda ularni bartaraf etish masalalari bo‘yicha xodimlar hamda fuqarolar bilan suhbatlashildi.

Suhbat jarayonida imom-xatib va otinoyilar o‘z fikrlarini bildirib, oilaviy ajrimlarning oldini olishda Yarashtirish komissiyasining ahamiyati yuqori ekanligi, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 50 ta ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar o‘rganib chiqilib, ularning 38 tasini yarashtirishga erishilganligini ma'lum qildilar.