Sevara Urinbayeva
2.58K subscribers
9.87K photos
1.14K videos
23 files
4.41K links
Журналист, PR, илмий изланувчи
Медиа марказ

Youtube https://youtube.com/channel/UCRS61lIXqMhtjTJFIxLlXeg?si=aJefot5rkBBDAEWd
Download Telegram
#Muhim

📢📢 Bepul yuridik yordam ko‘rsatuvchilar uchun tanlov

▫️Siz nodavlat notijorat tashkiloti yoki yuridik klinika sifatida faoliyat yuritasizmi?
▫️Aholiga bepul yuridik yordam ko‘rsatasizmi?
▫️2023-yildagi faoliyatingiz e’tirof etilishi va rag‘batlantirilishini istaysizmi?

Adliya vazirligi va Oʻzbekistondagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi Finlyandiya Tashqi ishlar vazirligi moliyaviy koʻmagida “O‘zbekistonda qonun ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilishni mustahkamlash” loyihasi doirasida bepul yuridik yordam ko‘rsatuvchi nodavlat notijorat tashkilotlari va yuridik klinikalar uchun tanlov e’lon qiladi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Muhim

📢 📢 Bugun, 4-yanvar kuni AOKAda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva ishtirokida brifing o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Mavzu: Adliya vazirligining 2023-yildagi faoliyati tahlili va davlat dasturi ijrosi.

Vaqti: 12:00

@adliyangiliklari
#Muhim

Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasining Probatsiya bo‘limi Zafarobod tuman ichki ishlari organlari probatsiya guruhining 2023-yil 13-dekabrdagi 33/12-7441-sonli xabarnomasiga asosan, Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudining 2023-yil 1-iyundagi hukmiga ko‘ra Jizzax shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Sh.T.ga ozodlikni cheklash jazosi hamda notariat sohasida har qanday vazifalarda ishlash huquqidan mahrum qilish qo‘shimcha jazosi tayinlangan.

Shunga ko‘ra, boshqarma boshlig‘ining 2023-yil 27-dekabrdagi 230-um-son buyrug‘iga asosan Jizzax shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Sh.T.ga berilgan (GZ 0006, 21.04.2020-yil) litsenziyaning amal qilish muddati hamda notarius maqomi tugatilganligi ma’lum qilinadi.
#Muhim_eslatma

Fuqarolarga davlat xizmatlari markazlari, “Litsenziya” axborot tizimi va YIDXP (my.gov.uz) orqali ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatidan uch ish kunidan ortiq vaqtga kechiktirilgan taqdirda, ariza beruvchilarning murojaatlariga asosan, xizmatdan foydalanish uchun to‘langan davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa har qanday to‘lovlarning 50 foizi ularga bir ish kunida qaytariladi.

@adliyangiliklari
#Muhim

📣 Jurnalistlar va faol jamoatchilik vakillari diqqatiga!

Bugun, 22-may kuni soat 12:00 da AOKA binosida Adliya vazirligi matbuot anjumani oʻtkazilmoqda.

Mavzu: Davlat xizmatlari va FHDY sohasidagi yangiliklar.

Tadbirda Adliya vazirligi masʼullari ishtirok etib, jurnalistlarning savollariga javob beradi. OAV xodimlari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif qilamiz.

📲 Matbuot anjumani translyatsiyasini UzReport TV telekanali va telekanalning Facebook hamda YouTubedagi sahifasi orqali JONLI tomosha qiling.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim

Alisher Karimov,
adliya vaziri oʻrinbosari:


— Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi boshligʻining matbuot anjumanida bildirilgan fikri va mulohazalari boʻyicha Adliya vazirligi tomonidan rasmiy munosabat bildirildi. Holat vazirlik tomonidan oʻrganilib chiqilmoqda. Natijada holatga huquqiy baho beriladi, bu haqida jamoatchilik xabardor qilinadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangandek, xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir. Davlat xalqning idorasini ifoda etadi va uni manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va uning mansabdor shaxslari xalq oldida masʼul, yaʼni hisobdorlik prinsipi Konstitutsiyada belgilab qoʻyilgan. Adliya vazirligining faoliyati ham ochiqlik va hisobdorlik tamoyillari asosida yoʻlga qoʻyilgan. Davlat byudjeti masalalarida xalq, jamoatchilik davlat byudjetning ijrosini, uni shakllantirilishi va sarf-xarajatlari masalalari boʻyicha jamoatchilik nazoratini amalga oshirish huquqiga ega.


@adliyangiliklari
#Diqqat #Muhim

📣 Ҳурматли, ҳамюртлар!

Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги биноси ёнидан ўтган ер ости кабелларида ёнғин ҳолати кузатилганлиги сабабли, Давлат хизматларида паспорт ва манзил билан боғлиқ хизматларни кўрсатишда узилишлар бўлмоқда.

Ноқулайликлар учун узр сўраймиз.
#Diqqat #muhim

🔉Эълон!

📣 Ҳурматли, ҳамюртлар!

Ички ишлар вазирлигининг "Манзил" (фуқароларнинг доимий ва вақтинча яшаш манзили юзасидан ЖШШИР ҳамда кадастр рақами орқали қидириш) веб- сервиси сервер қурилмаларида носозликлар кузатилаётганлиги сабабли, нотариуслар томонидан кўчмас мулклар билан боғлиқ битимларни нотариал тасдиқлашда узилишлар кузатилиши мумкин.

Айни пайтда мутахассислар томонидан камчиликларни бартараф этиш бўйича ишлар олиб борилмоқда.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim

Telegram akkauntingizni qandaydir onlayn-savdo do‘konlari yoki turli xizmatlar taklif qilinadigan guruhlar, umuman shunga o‘xshash o‘zingiz istamagan kanallarga qo‘shib qo‘yish holatlari ko‘paymoqdami?

Mediasavodxonlik bo‘yicha navbatdagi videolavhada Telegram akkauntlarini tashqi xavflardan himoyalash qoidalari haqida batafsil ma'lumot berilgan.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 2024-yilda nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasida
muhim ijtimoiy ahamiyatga molik loyihani amalga oshirishga davlat ijtimoiy buyurtmasini taqdim etish uchun tanlov e'lon qiladi

👉
Batafsil
______________


Министерство юстиции Республики Узбекистан объявляет среди негосударственных некоммерческих организаций конкурс на предоставление государственного социального заказа на реализацию социально значимого проекта в 2024 году


👉Подробнее

@adliyangiliklari
#Muhim

📣 Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning 16-iyul kuni soat 10-00 da Toshkent shahar adliya boshqarmasida intellektual mulkga muhofaza hujjatini olishda qiynalayotgan jismoniy va yuridik shaxs vakillari uchun sayyor qabul tashkil etiladi.

Qabulda o‘z intellektual mulkiga muhofaza hujjatini olishda qiynalayotgan jismoniy va yuridik shaxs vakillari murojaatlari oʻrganiladi hamda muammolarini hal etishga koʻmaklashiladi.