Sevara Urinbayeva
2.59K subscribers
9.87K photos
1.14K videos
23 files
4.4K links
Журналист, PR, илмий изланувчи
Медиа марказ

Youtube https://youtube.com/channel/UCRS61lIXqMhtjTJFIxLlXeg?si=aJefot5rkBBDAEWd
Download Telegram
#Adliya_tayinlov

Buxoro viloyat adliya boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Ushbu lavozimga adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Isayev Mirjon Zamirovich tayinlandi.

Mirjon Zamirovich 1983-yilda Buxoro viloyati, Buxoro shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2003-yil Toshkent davlat yuridik institutini (bakalavr), 2013-yilda Toshkent davlat yuridik universitetini (magistratura) tamomlagan, huquqshunos.

U o‘z mehnat faoliyatini 2003-yilda Adliya vazirligi Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasi katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan va hozirgacha adliya organlarida, sud tizimida, Prezident Administratsiyasida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.
2023-yildan hozirgi vaqtga qadar Adliya vazirligi Nodavlat notijorat tashkilotlar boshqarmasi boshlig'i vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Adliya vazirligi jamoasi Mirjon Zamirovich Isayevni mazkur mas’uliyatli tayinlov bilan qutlaydi. Kelgusi ishlarida rivoj va ulkan zafarlar tilaydi!
#Adliya_tayinlov

Namangan viloyat adliya boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Ushbu lavozimga adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Ahmedov Dilmurod Toxirjonovich tayinlandi.

Ahmedov Dilmurod 1984-yilda Namangan viloyati, To'raqo'rg'on tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2007-yil Namangan davlat universitetini tamomlagan, huquqshunos.

U o‘z mehnat faoliyatini 2007-yilda Namangan viloyat adliya boshqarmasi Shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish bo‘limi katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan va hozirgacha adliya organlarida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.
2021-yildan hozirgi vaqtga qadar Namangan viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Adliya vazirligi jamoasi Dilmurod Toxirjonovich Ahmedovni mazkur mas’uliyatli tayinlov bilan qutlaydi. Kelgusi ishlarida rivoj va ulkan zafarlar tilaydi!
#Adliya_tayinlov

Navoiy viloyat adliya boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Ushbu lavozimga adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Abdullayev Ulugbek Ravshanbekovich tayinlandi.

Ulugbek Abdullayev 1985-yilda Samarqand viloyati, Bog'ishamol tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2008-yil Qoraqalpoq davlat universitetini (bakalavr), 2010-yilda Toshkent davlat yuridik institutini (magistratura) tamomlagan, huquqshunos.

U o‘z mehnat faoliyatini 2010-yilda Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy axborot bilan ta’minlash markazi katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan va hozirgacha adliya organlarida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.
2023-yildan hozirgi vaqtga qadar Adliya vazirligi Davlat xizmatlarini tahlil qilish va rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Adliya vazirligi jamoasi Ulug'bek Ravshanbekovich Abdullayevni mazkur mas’uliyatli tayinlov bilan qutlaydi. Kelgusi ishlarida rivoj va ulkan zafarlar tilaydi!
#Adliya_tayinlov

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Ushbu lavozimga adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Zoxidov Djaxongir Erkinovich tayinlandi.

Djaxongir Zoxidov 1987-yilda Samarqand viloyati, Samarqand tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2011-yil Samarqand davlat universitetini tamomlagan, huquqshunos.

U o‘z mehnat faoliyatini 2012-yilda Samarqand viloyati adliya boshqarmasi Shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish bo‘limining katta maslahatchisi lavozimida boshlagan va hozirgacha adliya organlarida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.
2023-yildan hozirgi vaqtga qadar Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Adliya vazirligi jamoasi Djaxongir Erkinovich Zoxidovni mazkur mas’uliyatli tayinlov bilan qutlaydi. Kelgusi ishlarida rivoj va ulkan zafarlar tilaydi!
#Adliya_aralashgach

Iroda Hamidova: "Metrikam"ning yo‘qligi 28 yil davomida boshqa muammolarni “yetaklab” kelaverdi

Oltiariq tuman adliya bo‘limiga shu tumanning A. Navoiy ko‘chasida yashovchi 28 yoshli Iroda Hamidova murojaat qildi. Gap shundaki, Irodaning oilasi o‘tgan asrning 90-yillarida Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida istiqomat qilgan. Iroda 1996 yilda tug‘ilgan. Biroq u tibbiy kuzatuvlarsiz, uy sharoitida dunyoga kelgani bois uning tug‘ilishi o‘z vaqtida qayd etilmadi. Qolgan ishga qor yog‘di. Vaqtida olinmagan tug‘ilganligini tasdiqlovchi bu hujjatning yo‘qligi 28 yil mobaynida takror va takror boshqa muammolarni “yetaklab” kelaverdi. U fuqarolik pasporti olish yoshiga yetganda ham tengqurlari qatorida hujjatga ega bo'lmadi.
Hujjatlarni qonuniy tartibda olishga u va uning oilasi ko‘p marta harakat qilgan. Ammo huquqiy yechim topishda kalavaning uchi topilavermadi. U mahalladoshlarining maslahati bilan o‘zi yashayotgan Oltiariq tuman adliya bo‘limiga mazkur masalada yordam berishlarini so‘rab muammolarini bayon qildi.

Oltiariq tuman adliya bo‘limi vakillarining o‘rganishlari jarayonida bu oilaning 4 nafar farzandlari borligi, ularning fuqarolik bilan bog‘liq hujjatlari mavjudligi, biroq ushbu qizining tug‘ilishi o‘z vaqtida qayd etilmaganligi oydinlashdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1991-yil 20-dekabrdagi 5-sonli qaroriga asosan, tegishli tartibda hujjatlar yig‘ilib, Hamidova Iroda Abdug'affor qizining 1996-yil 10-avgustda Jizzax viloyati Zarbdor tumanida tug‘ilganlik faktini va vaqtini qayd etishni belgilab berish yuzasidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Rishton tumanlararo sudiga fuqaro manfaatini ko‘zlab adliya bo‘limi daʼvo arizasi kiritildi. Joriy yilning 21-may kuni sud tomonidan Oltiariq tumani adliya bo‘limining daʼvo arizasi to‘liq qanoatlantirilib, fuqaro huquqi tiklandi.

Sud qaroridan so‘ng oltiariqlik Irodaning 28 yillik “bosh og‘rig‘i”ga barham berildi. Endilikda u el qatori tug‘ilganlik haqidagi hujjatga ega bo‘ldi.
#Adliya_xabari

"AKFA" tovar belgisidan noqonuniy foydalanishdi

Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasiga “AKFA ALUMINIUM” MCHJ jamiyatiga tegishli "AKFA" tovar belgisidan Farg‘ona viloyatida joylashgan "I.N." xususiy korxonasi tomonidan huquq egasining ruxsatisiz foydalanilayotganligi yuzasidan murojaat kelib tushdi.

Murojaat asosida "I.N." xususiy korxonasi faoliyatida tekshiruv o‘tkazilganda, korxona tomonidan "AKFA" jamlanma tovar belgisining tasviriy qismiga adashtirib yuborish darajasida o‘xshash bo‘lgan tasviriy belgidan foydalangan holda mahsulotlar ishlab chiqarayotganligi hamda savdoga taklif etilayotganligi aniqlandi.

Tekshiruv yakuni bo‘yicha "I.N." xususiy korxonasi rahbariga qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida taqdimnoma kiritildi.

 Shuningdek, huquq egasining tovar belgisi mavjud bo‘lgan kontrafakt mahsulotlarni savdodan qaytarib olish, tovar belgisi tasvirlarini yo‘q qilish, tovar belgisini tovardan yoki uning idishi va o‘rovidan yo‘qotish, ushbu talablarni bajarishning iloji bo‘lmagan taqdirda, tegishli tovarni yo‘q qilib tashlash choralarini ko‘rish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Ogoh bo‘ling! Tovar belgisidan yoki adashtirib yuborish darajasida u bilan o‘xshash bo‘lgan belgidan tovarlarda, tovarlarning etiketkalarida, o‘rovlarida qonunga zid ravishda foydalanilganda ular kontrafakt hisoblanadi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_Adliya

Аёллар ва вояга етмаганларни зўравонликдан ҳимоя қилувчи қонундаги ўзгаришлар ҳақида УзРепорт ТВда маълумот берилди
Sevara Urinbayeva
Тез кунларда...Кутинг...😉 П.С. бугун журналистга айландик))
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Адлия_анонс

Адлия вазири: Билимлилар ютади, қолганларга қийин бўлиши мумкин

Вазир билан эксклюзив интервью. Кутинг!
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida»gi farmoniga sharh
#24may #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Адлия_эксклюзив

"Билимлилар ютади, қолганларга қийин бўлиши мумкин": адлия вазиридан эксклюзив интервью

Болалик хотиралари, мактаб йиллари, синфдошлар ва талабалик...
Адлия вазири Акбар Тошқулов ҳаётининг унутилмас лаҳзалари ҳақида гапирар экан, катта ҳаёт остонасида турган ёшларга муҳим тавсияларини ва маслаҳатларини ҳам берди.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Қонунчиликдаги_янгиликлар

❗️Аҳолининг кундалик ҳаётида учрайдиган ҳуқуқий муаммолари аниқланади, таҳлил қилинади ва бартараф этилади

“Маъмурий ислоҳотлар доирасида адлия органлари ва муассасаларининг масъулиятини янада ошириш ҳамда ихчам бошқарув тизимини шакллантириш тўғрисида”ги Президент Фармони (ПФ-80-сон, 24.05.2024 й.) қабул қилинди.

🔰Фармонга кўра, қуйидагилар адлия органларининг қўшимча фаолият йўналишлари этиб белгиланди:
🔹аҳолининг кундалик ҳаётида учрайдиган ҳуқуқий муаммоларни аниқлаш, уларни таҳлил қилиш ва бартараф этиш бўйича амалий чоралар кўриб бориш;

🔹жойларда аниқланган тизимли муаммоларни бартараф этишга қаратилган қонунчилик ҳужжатлари лойиҳаларини ишлаб чиқиш;

🔹фуқароларга бепул бирламчи юридик ёрдам кўрсатиш тизимини йўлга қўйиш ва мувофиқлаштириб бориш;

🔹давлат органлари ва ташкилотлари, маҳаллий давлат ҳокимияти органлари ҳамда фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органларида ягона ҳуқуқни қўллаш амалиётини шакллантиришда уларга методик ёрдам кўрсатиб бориш.

🔰Фармонга мувофиқ, (https://t.iss.one/huquqiyaxborot/15953) 2024 йил 1 июлдан фуқароларга бепул бирламчи юридик ёрдам кўрсатишнинг қуйидаги тартиби жорий қилинади:

🔹Адлия вазирлиги томонидан “Мадад” ННТ билан ҳамкорликда республиканинг барча туман ва шаҳарларидаги давлат хизматлари марказларида “Мадад” ННТнинг ҳуқуқий маслаҳат бюролари босқичма-босқич ташкил қилинади;

🔹ҳуқуқий маслаҳат бюролари томонидан аҳолига бепул ҳуқуқий маслаҳатлар берилади, шунингдек низоларни судгача ва суд орқали ҳал этишда зарур бўладиган процессуал ҳужжатларни тайёрлашда кўмаклашилади.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Қонунчиликдаги_янгиликлар

❗️Юридик кадрлар тайёрлашда “мактаб – лицей – техникум – университет” тизими жорий этилади

🔰Фармонга кўра, (https://t.iss.one/huquqiyaxborot/15953) юридик кадрлар тайёрлаш тизимини такомиллаштиришга қаратилган қуйидаги ишлар амалга оширилади:

🔸мактабларда “Ҳуқуқ синфи” ва ҳуқуқ фанлари чуқурлаштирилган ҳолда ўқитилишини ташкил этиш орқали юридик кадрларни тайёрлашда “мактаб – лицей – техникум – университет” тизимини жорий этиш;

🔸Наманган ва Самарқанд вилоятлари юридик техникумлари негизида Тошкент давлат юридик университетининг академик лицейларини ташкил қилиш ҳамда уларнинг иқтидорли битирувчиларини “юриспруденция” йўналишидаги олий таълим муассасаларига суҳбат асосида тест синовларисиз қабул қилиш.

Қуйидаги институтлар ташкил этилади:

Адлия вазирлиги ҳузурида Юридик кадрларни қайта тайёрлаш ва малакасини ошириш институти;
Қонунчиликни таҳлил қилиш ва тартибга солиш таъсирини баҳолаш институти.

Маълумот учун: “Маъмурий ислоҳотлар доирасида адлия органлари ва муассасаларининг масъулиятини янада ошириш ҳамда ихчам бошқарув тизимини шакллантириш тўғрисида”ги Президент Фармони (ПФ-80-сон, 24.05.2024 й.) қабул қилинди
Адлия органларининг қўшимча 4 та янги фаолият йўналишлари белгиланди

Бундан ташқари янги Фармонда яна қандай янгиликлар акс этган?

Ўзбекистоннинг жаҳон иқтисодиётига интеграция бўлиши янги тартиб ва тамойилларнинг амалиётга жорий қилиш эҳтиёжини юзага келтирмоқда. Ушбу жараёнларда аҳолининг ҳуқуқий онги ва маданияти юксак бўлиши тақозо этилади. Аҳолининг ижтимоий-сиёсий фаоллигини ошириш, ҳуқуқ ва манфаатларини ҳимоя қилишда адлия органларининг олдида жиддий вазифалар турибди.
Шу мақсадларнинг ифодаси сифатида Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Маъмурий ислоҳотлар доирасида адлия органлари ва муассасаларининг масъулиятини янада ошириш ҳамда ихчам бошқарув тизимини шакллантириш тўғрисида”ги Фармони имзоланди.

Фармонга кўра эндиликда адлия органлари фуқароларнинг кундалик ҳаётида учрайдиган ҳуқуқий муаммоларни аниқлаш, уларни таҳлил қилиш ва бартараф этишда мутлақо янгича тизим асосида ишлашга ўтади.

Бунда адлия органларининг қўшимча 4 та янги фаолият йўналишлари белгиланди.

Фармондан кўзланган энг асосий мақсад эса адлия органлари кўпроқ одамлар орасида, маҳаллаларда бўлиб, уларнинг дарду ташвишларини тинглаб, муаммоларини биргаликда ҳал этишга кўмаклашадилар.

Шу муносабат билан қуйи бўғин – адлия бўлимларига 6 та янги вазифа юклатилдики, ушбу вазифалардан кўзланган энг асосий мақсад жойларда аҳоли кўтараётган долзарб муаммоларни ҳал қилиш, фуқароларга бепул бирламчи юридик ёрдам кўрсатилиш, уларнинг ҳуқуқий муаммоларини маҳалланинг ўзида ҳал қилиш ҳамда аҳолига, авваламбор ижтимоий ҳимояга муҳтож фуқароларга бепул бирламчи юридик ёрдам кўрсатилишини таъминлаш ҳисобланади.

Фармонда адлия органларини халқчил тузилмага айлантириш орқали жамиятда қонун устуворлигини таъминлаш мақсади кўзланган.

Батафсил👈🏻
#Adliya_xabari

Hududiy adliya organlari tizimida yilning eng yaxshi xodimlari aniqlandi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_onlayn

⚡️Ўзбекистон Миллий матбуот марказида   Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлигининг матбуот анжумани бошланди.

Мавзу:   Ҳафта давомида қабул қилинган қонунчиликдаги янгиликлар.

📲 Матбуот анжумани трансляциясини UzReport TV телеканали ва телеканалнинг Facebook ҳамда YouTubeдаги саҳифаси орқали ЖОНЛИ томоша қилинг.

📲 Матбуот анжумани трансляциясини UzReport TV телеканали ва телеканалнинг Facebook ҳамда YouTubeдаги саҳифаси орқали ЖОНЛИ томоша қилинг.

https://www.youtube.com/live/_LcEicmaMnI?si=uYNKY9eHlSJd3f3F

👉 Савол, мурожаат, ариза ёки шикоятларингизни @MARKAZ16Uz. га юборинг.
    
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_videodaydjest

📹 Ўтган ҳафта давомида Адлия тизимида қандай муҳим воқеалар, ўзгаришлар рўй берди?

Улар ҳақида ҳафталик дайжести
Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari tadbirkorlar bilan muloqot oʻtkazdi


Adliya vaziri oʻrinbosari Muzraf Ikramov “Merrymed Farm” masʼuliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tadbirkor va faoliyat olib borayotgan xodimlar bilan muloqot davomida, koʻplab ishchi oʻrin yaratgan tadbirkorlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida soʻz yuritildi. “Brend olishning afzalliklari hamda brendni roʻyxatdan oʻtkazmay ishlashning huquqiy oqibatlari” haqida tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, tadbirkorlarga oʻz soha faoliyatiga oid huquqiy axborotni, shu jumladan, qonunchilikdagi yangiliklarni olish manbalari va shakllari haqida maʼlumotlar berish bilan bir qatorda, ularning muammo va takliflari oʻrganildi.

Muloqotda intellektual mulk sohasidagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar uchun tovar belgisi olish bilan bog‘lik masalalarni o‘rtoqlashdi. Shuningdek, huquqiy jihatdan qanday yordam va maslahatlar kerak boʻlsa adliya vazirligi hamda uning hududiy boshqarmasi tayyorligi maʼlum qilindi.