Forwarded from Adliya yangiliklari/Новости юстиции
#Xalqaro_intellektual_mulk_kuni
Adliya vazirligi sohadagi vakolatli organ sifatida intellektual mulkni targʻib qilish, unga hurmat hissini shakllantirish, sohadagi qonunchilikni takomillashtirish, xalqaro standartlarni joriy etish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yoʻnalishlarida faol ishlarni amalga oshirib kelmoqda.
Raqamlarga yuzlanadigan boʻlsak, 2020-yilda jami 4 254 ta intellektual mulk obyektlari roʻyxatga olingan boʻlsa, ushbu koʻrsatkich 2021-yilda 9 984 ta, 2022-yilda 13 027 ta va 2023-yilga kelib 15 047 tani tashkil qildi.
@adliyangiliklari

2019—2024-yillar kesimida intellektual mulk sohasiga oid 60 dan ziyod normativ-huquqiy hujjat loyihalari ishlab chiqildi.
Ilk bor intellektual mulk sohasini rivojlantirishning milliy strategiyasi ishlab chiqildi. Sohadagi 3 ta xalqaro shartnomalar ratifikatsiya qilindi.
Shuningdek, intellektual mulk obyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish jarayonlarini raqamlashtirishga qaratilgan Adliya vazirligining Sanoat mulki muhofazasi portali ishlab chiqilib, ishga tushirildi.

2021-yil 20-avgustda “Intellektual mulk obyektlarining huquqiy muhofazasi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilingan.
Unga koʻra, mualliflik va turdosh huquqlari egalariga BHMning 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon pulini talab qilish tartibi joriy qilindi.
Shuningdek, mualliflik huquqini muhofaza qilish muddati 50 yildan 70 yilga uzaytirildi. Mazkur qonun qabul qilingandan soʻng mualliflar foydasiga bir milliard soʻm tovon puli undirildi.
Halol tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2022-yil 2-fevralda “Intellektual mulk obyektlari toʻgʻrisidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonun qabul qilindi.
Ushbu qonunga muvofiq intellektual mulk sohasidagi qonunbuzarlik uchun yuridik shaxslarga nisbatan korporativ javobgarlik belgilash va ularga nisbatan BHMning 100 baravaridan 200 baravarigacha boʻlgan miqdorda moliyaviy jarimalar qoʻllash tartibi joriy qilindi.