Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xalqaro_hamkorlik #Qutlovlar #Adliya_tabrik
Singapur huquq vazirligi nomidan O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligini 30 yillik yubileyingiz munosabati bilan samimiy qutlovlarimni yo'llayman.
Oxirigi 30 yil mobaynida vazirligingiz Adliya tizimi mamlakatingiz va xalqingizga qanday yaxshi xizmat qila olishiga e'tibor qaratdi.
So'nggi yillarda vazirliklarimiz o'zaro hamkorligimizni chuqurlashtirganidan ham xursandman.
O'tgan yili huquqiy hamkorlik to'g'risida Memorandum imzoladik.
Kelgusi yillarda siz bilan yanada yaqinroq ishlash maqsadidamiz.
Yana bir bor katta marralarga erishganingiz bilan tabriklaymiz.
Adliya vazirligiga davomiy muvaffaqiyatlar tilayman!
Kasiviswanathan ShANMUGAN
Singapur Respublikasi ichki ishlar va huquq vaziri

#Adliya_xalqaro_hamkorlik
Адлия вазирлиги ва БМТнинг Наркотиклар ва жиноятчилик бўйича бошқармасининг Марказий Осиёдаги минтақавий ваколатхонаси ўртасида 2024-2025 йилга мўлжалланган ҳамкорли дастури ишлаб чиқилди
Хабарингиз бор, жорий йилнинг 2 февраль куни адлия вазири Акбар Тошқулов билан БМТнинг Наркотиклар ва жиноятчилик бўйича бошқармасининг Марказий Осиёдаги минтақавий вакили Ашита Миттал хоним ўртасида учрашув бўлиб ўтган эди. Мазкур учрашувда икки ташкилот учун муҳум ва долзарб бўлган йўналишлар бўйича ҳамкорлик дастурини ишлаб чиқишга келишилган эди.
Бугун БМТнинг Наркотиклар ва жиноятчилик бўйича бошқармасининг Марказий Осиёдаги минтақавий ваколатхонасининг халқаро лойиҳалар координатори Мадина Сариева қабул қилиниб, икки ташкилот ўртасида ишлаб чиқилган ҳамкорлик дастури муҳокама қилинди ҳамда уни амалиётга тадбиқ этиш бўйича биринчи навбатдаги чора-тадирлар белгилаб олинди.
Жумладан, ҳамкорлик дастури 2024-2025 йиллар давомида қонун устуворлигини таъминлаш, ҳуқуқий маданиятни ошириш, коррупцияга қарши курашиш, активларни қайтариш, киберхавфсизлик, шахсга доир маълумотларни ҳимоя қилиш, ҳуқуқбузарликларни олдини олиш ҳамда суд экспертиза соҳасини ривожлантиришга қаратилган амалий чора-тадбирларни ўз ичига олади.
Вазирлик мутахассислари ва хорижий экспертлар мазкур чора-тадбирларни амалга оширишнинг аниқ механизмлари бўйича фикр алмашдилар.
Алоҳида эътибор Ўзбекистон Республикасининг сиёсий-ҳуқуқий соҳадаги халқаро рейтинг ва индекслардаги ўрнини ошириш ҳамда норма ижодкорлигига суъний интеллектни жорий қилиш бўйича келгусида қилиниши лозим бўлган ишлар муҳокамасига қаратилди.
Учрашув давомида ҳамкорлик дастурини самарали амалга ошириш бўйича халқаро молия институтлари ҳамда хорижий донорларнинг техник кўмак маблағлари ва грантларини жалб қилиш чоралари белгилаб олинди.

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Yevroosiyo patent tashkiloti vakillari bilan uchrashdi
2024-yil 13-mart kuni adliya vaziri Akbar Toshqulov bilan Yevroosiyo patent idorasi prezidenti Grigoriy Ivliyev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Yevroosiyo patent tashkiloti Yevroosiyo mintaqasida joylashgan bir qator davlatlarning patent tizimining ishlashi, ixtirolar va sanoat namunalarini huquqiy muhofazaga olish bilan bog‘liq ma’muriy vazifalarni bajarish uchun tashkil etilgan xalqaro hukumatlararo tashkilot hisoblanadi.
Uchrashuv boshida tomonlar intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofazaga olish va ularni tijoratlashtirish - iqtisodiyotni rivojlantirishdagi asosiy masalalardan biri ekanligi, globallashuv davrida milliy intellektual mulk tizimini doimiy ravishda takomillashtirib borish zarurligini alohida qayd etib o‘tishdi.
G.Ivliyev o‘z navbatida, Yevroosiyo hududidagi davlatlarning mazkur tashkilotga a’zo bo‘lishi ushbu davlatlar o‘rtasida intellektual mulk sohasidagi o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishiga va ma’muriy tartib-taomillarni soddalashtirish uchun zamin yaratishini ta’kidladi.
Shu bilan birga, mehmonlar intellektual mulk sohasida yuridik kadrlarni tayyorlashda hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini, jumladan, intellektual mulk sohasidagi mutaxassislarning malaka oshirish kurslarida, stajirovkalar va ushbu sohadagi har qanday ta’lim yo‘nalishidagi izlanishlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashdan manfaatdor ekanliklarini bildirishdi.

Adliya vazirligi Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining Oʻzbekistondagi vakolatxonasining “Markaziy Osiyoda huquqiy davlatchilikka koʻmak berish” loyihasida ishtirok etmoqda
Joriy yilning 26-aprel kuni adliya vaziri Akbar Toshqulov va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining Oʻzbekistondagi vakolatxonasining “Markaziy Osiyoda huquqiy davlatchilikka koʻmak berish” loyihasi rahbari Christoph Kopecky oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv boshida Adliya vazirligi hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.
Jumladan, hamkorlik doirasida ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirildi, O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi yangi qonuni loyihasi ishlab chiqildi, mutaxassislarning bilim va ko‘nikmalari oshirildi.
Janob Kopecky Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarda, xususan maʼmuriy va sud-huquq sohalaridagi islohotlarda Adliya vazirligining oʻrni muhim ekanligini bildirib, ushbu vazifalarni yanada samarali amalga oshirilishida Germaniya tomoni ko‘mak ko‘rsatishda davom etishini ma’lum qildi.
Uchrashuv davomida tomonlar “Markaziy Osiyoda huquqiy davlatchilikka koʻmak berish” loyihasi doirasida 2024-yilga moʻljallangan hamkorlikdagi chora-tadbirlar dasturini imzoladilar.
Ushbu dasturda Fuqarolik kodeksi va “Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahrirlarini ishlab chiqish, ma’muriy aktlarni sudgacha ko‘rib chiqish, o‘zgartirish hamda qisman yoki to‘liq bekor qilish sohasida tajriba almashish, davlat xizmatlarini ko‘rsatish masalalari, Adliya vazirligi xodimlari, YUMOM hamda TDYU o‘qituvchilari va tinglovchilari uchun GIZ ekspertlari ishtirokida tadbirlar o‘tkazish va boshqalar nazarda tutilgan.