Sevara Urinbayeva
2.54K subscribers
9.87K photos
1.16K videos
23 files
4.42K links
Журналист, PR, илмий изланувчи
Медиа марказ

Youtube https://youtube.com/channel/UCRS61lIXqMhtjTJFIxLlXeg?si=aJefot5rkBBDAEWd
Download Telegram
#Adliya_hudud

Samarqand shahar davlat xizmatlari markazida ID-kartalarni rasmiylashtirish xizmati ishga tushdi.

Ushbu xizmatni sifatli ko‘rsatish uchun markazda barcha shart-sharoit yaratilgan bo‘lib, zarur texnik asbob-uskunalar olib kelinib, o‘rnatilgan. Muhimi, ushbu xizmatdan markaz orqali foydalanish istagida bo‘lganlar onlayn tarzda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali ham elektron ariza berishlari mumkin. Hujjatni rasmiylashtirish muddati — 1 kun.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

80 ёшда туғилганлиги қайд қилинди

Инсон ҳаётда кўплаб муаммоларга дуч келади. Бунинг айбдори ва сабабчиси кўп ҳолатларда унинг ўзи бўлади. Вақтида амалга оширилмаган ишлар йиллар ўтиб, фуқарони турли оворагарчиликларига сабаб бўлиши мумкин.

Косонсой тумани “Озод” маҳалла фуқаролар йиғинида истиқомат қилувчи Мухторхон Дадахонов туман ФҲДЁ бўлимига ариза билан мурожаат қилди.

Унинг мурожаати ўрганилганда 1942 йилда туғилган фуқаро турли сабабларга кўра туғилганлик гувоҳномаси қайд этилмагани маълум бўлди.

Косонсой туман ФҲДЁ бўлими фуқаронинг аризасига мувофиқ биринчи марта туғилганлик гувоҳномаси қайд қилинди.
#Adliya_hudud #Adliya_aralashgach

⚡️287 миллион сўм зарар кўрган тадбиркор иши адлия аралашуви билан судда кўрилди

Навоий шаҳар адлия бўлимига касодга учраётган тадбиркорлардан бири мурожаат қилди. У “KIDS MAXI FOOD NAVOIY” МЧЖни бошқаради. Айтишича, бизнеси юришмаганига Навоий шаҳар мактабгача таълим бўлими сабабчи бўлган.

Тадбиркорнинг бу даргоҳ билан қандай олди бердиси бор, дерсиз?

2021 йилда мазкур МЧЖ Навоий шаҳридаги 1, 10, 20, 34-сонли мактабгача таълим ташкилотлари тарбияланувчиларига “аутсорсинг” тизими асосида овқатлантириш хизматини кўрсатиб келган.

Жамият 2021 йилда Навоий шаҳридаги 4 та мактабгача ташкилотига 3 миллиард сўмдан ортиқ хизматлар кўрсатган. Аммо Навоий шаҳар мактабгача таълим бўлими тадбиркорнинг 287 миллион 635 минг сўмлик кўрсатган хизматлари бўйича тўловларни орадан бир йил ўтибдики, жамият ҳисоб рақамига ўтказиб бермаган. Хуллас, агар табдиркор ҳақ-ҳуқуқини талаб қилмаса, 287 миллион сўмидан айрилади.

Мурожаат адлия органлари томонидан тўлиқ ўрганилди. Сўнгра Кармана туманлараро иқтисодий судига МЧЖ манфаатида даъво аризаси киритди. Тадбиркор фойдасига киритилган даъво аризаси суд томонидан қаноатлантирилди.

Қонунчилик нима дейди?

Фуқаролик кодексида ҳақ эвазига хизмат кўрсатиш шартномаси бўйича ижрочи буюртмачининг топшириғи билан ашёвий шаклда бўлмаган хизматни бажариши, буюртмачи эса бу хизмат учун ҳақ тўлаш мажбуриятини олади.
Шунингдек, буюртмачи ўзига кўрсатилган хизматлар ҳақини ҳақ эвазига хизмат кўрсатиш шартномасида кўрсатилган муддатларда ва тартибда тўлаши шартлиги қайд этилган.


Навоий шаҳар адлия бўлими
#Adliya_hudud

Endi Urgut tuman DXMda ham “prava”ni almashtirish mumkin

Adliya fuqarolarga qulayliklar yaratishda davom etadi. Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Urgut tuman Davlat xizmatlari markazida ham eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish xizmati ishga tushirildi.

BATAFSIL 👈

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Adliya_hudud

Adliya faxriylari holidan xabar olindi

Yurtimizda har yili 9-may – Xotira va qadrlash kuni keng miqyosda nishonlanadi. Tom ma'noda ushbu bayram asrlar davomida o‘lkamizni qaxramanona himoya qilgan, uning mustaqilligi va xalqining tinchligi uchun kurashgan vatandoshlar xotirasiga, shuning barobarida, o‘z kasbining fidoyisi, vatan ravnaqiga munosib hissa qo‘shgan jonkuyar insonllarni qadrlash, ularning namunali hayot yo‘lini targ‘ib qilishga bag‘ishlangan. Zotan, ularning ezgu ishlarini davom ettirish, qolaversa bugungi kunda safimizda bo‘lgan keksalarni e'zozlash ma'naviy xayotimizning ajralmas qismidir.

Xususan, adliya organlarida shakllangan xayrli an'anaga muvofiq 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tizimda uzoq yillar xizmat qilgan adliya faxriylari holidan xabar olindi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Дори воситаларининг контрафакт нусхасини ноқонуний сотувга чиқарган тадбиркор аниқланди

Самарқандда “ВОБЭНЗИМ” ҳамда “WOBENZYM” номли дори маҳсулотларининг контрафакт нусхалари ҳуқуқ эгасининг розилигисиз дори-дармон воситалари савдоси билан шуғулланувчи масъулияти чекланган жамиятига тегишли дорихонада сотилаётганлиги аниқланди.

Ҳолат бўйича Самарқанд вилоят адлия бошқармаси компания раҳбарияти томонидан келиб тушган мурожаатдан келиб чиқиб юқорида номи келтирилган масъулияти чекланган жамият раҳбариятига тақдимнома киритди ва ушбу дори воситаларининг контрафакт нусхалари савдодан олиб ташланишига эришилди.

Батафсил ўқиш 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Adliya vazirligi: Jamoatchilik fikri biz uchun muhim

Adliya vazirligi masʼullari Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida bo‘lib, mazkur hududlardagi mahalliy OAV va jamoatchilik vakillari bilan muloqot o'tkazdi.

Shu bilan birga xizmat safari davomida viloyatlardagi Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurgan fuqarolarimizning sohada olib borilayotgan ishlar va yaratilgan qulayliklar borasidagi fikr-mulohazalari tinglandi.
#Adliya_hudud

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev adliya organlari faoliyati bilan tanishdi

Adliya vaziri oʻrinbosari Namangan viloyatiga xizmat safari davomida Uychi tumani adliya boʻlimi, yuridik xizmat koʻrsatish, davlat xizmatlari markazi hamda FHDY boʻlimi va ularning arxivlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, davlat xizmatchilari va fuqarolar bilan bo‘lib o'tgan muloqot davomida xodimlar va tashrif buyuruvchi fuqarolarga yaratilgan sharoitlar yuzasidan fikr va mulohazalar hamda takliflar tinglandi.
#adliya_hudud

44 YILLIK MUAMMO YECHIM TOPDI

Muborak tuman "O'zbekiston" mahallasida yashovchi fuqaro Davron Azamatov 44 yoshida ham tug'ilish guvohnomasini olmagan edi.

Fuqaroni ota - onasining hujjatlarida kamchilik bo'lgani bois vaqtida guvohnoma ololmagan fuqaro ko'p joylarda hujjat masalasida qiyinchiliklarga uchraganini aytadi.

Muborak tuman FHDY bo'limi tomonidan amaliy ko'mak berilib, sud tartibida ko'rib chiqildi.

Fuqaro Davron Azamatovga 44 yoshida tug'ilish guvohnomasi sayyor tartibda  yetkazib berildi.
#Adliya_hudud

53 YILLIK ORZULAR USHALDI

Koson tumanida yashovchi Dilbar Qurbonaliyeva 53 yildan buyon shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz  yashab kelgan.

Qayd etilishicha, D.Qurbonaliyeva 1972 yilda tug‘ilgan, ammo ayrim sabablarga ko‘ra unga tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma berilmagan.

Ta'kidlanishicha, fuqaroning onasi yoshligida ko‘p marotaba mutasaddi tashkilotlarga, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga murojaat qilgan. Biroq onaning hujjatlarida kamchilik bo'lganligi sababli doim bir xil javob olgan.

Koson tuman FHDY bo'limi tomonidan mahallarda xatlovlar o'tkazilib,  fuqaroning guvohnomasi yo'qligi aniqlandi hamda bo'lim ish yurituviga olindi.

Koson tuman FHDY bo'limi yordami bilan Dilbar Qurbonaliyeva 53 yoshida tug'ilganlik guvohnomasini oldi.