Sevara Urinbayeva
2.57K subscribers
9.87K photos
1.14K videos
23 files
4.41K links
Журналист, PR, илмий изланувчи
Медиа марказ

Youtube https://youtube.com/channel/UCRS61lIXqMhtjTJFIxLlXeg?si=aJefot5rkBBDAEWd
Download Telegram
#Bilasizmi

📎Apostilga qo‘yiladigan imzo qo‘shimcha ravishda tasdiqlashni talab etmaydi

📝Apostil rasmiy hujjatni imzolagan mansabdor shaxsning imzosi haqiqiyligini, imzolash vakolati mavjudligini hamda hujjatni tasdiqlagan muhr yoki shtamp bosma izi haqiqiyligini tasdiqlash uchun rasmiy hujjatlarga qo‘yiladi.

📌Apostilga qo‘yiladigan imzo qo‘shimcha ravishda tasdiqlashni talab etmaydi.

🔹Adliya organlari va muassasalaridan hamda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlar bo‘yicha — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari;

🔹Sudlardan chiqadigan rasmiy hujjatlar bo‘yicha — Oliy sud;

🔹Prokuratura, tergov, surishtiruv va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlardan chiqadigan rasmiy hujjatlar bo‘yicha — Bosh prokuratura;

🔹Ta’lim va fan sohasi tashkilotlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlar bo‘yicha;

🔹Boshqa rasmiy hujjatlar bo‘yicha — Tashqi ishlar vazirligi.

✔️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-dekabrdagi 732-son qarori bilan tasdiqlangan “Rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning” ma’muriy reglamenti.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔅Quyidagi yuridik shaxslar oʻz nomlari va ramzlarida “Oʻzbekiston Respublikasi” va “Oʻzbekiston” rasmiy nomlaridan, shuningdek ulardan hosila soʻzlardan foydalanish huquqiga ega:

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oliy Majlis palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq tashkil etiladigan yoki faoliyatini tashkil etish amalga oshiriladigan yuridik shaxslar, agar ularning nomlari tegishli hujjatlarda toʻgʻridan-toʻgʻri nazarga tutilgan boʻlsa;

Hukumat qaroriga koʻra tashkil etiladigan davlat unitar korxonalari hamda davlat organlari va respublika ahamiyatiga molik tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan davlat muassasalari;

ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari;

yuridik shaxslar respublika ahamiyatiga ega boʻlgan birlashmalari;

respublika nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek nomlarida bosh tashkilotning toʻliq nomi koʻrsatiladigan ularning alohida boʻlinmalari;

davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etilgan murojaatlari asosida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

Nogironlik, boquvchisini yo‘qotganlik va yoshga doir nafaqalar tayinlanishi uchun davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz orqali murojaat qilinadi.

📈Batafsil Infografikada👆👆👆

📎Mavzuga doir qo'shimcha ma'lumotlar:

🟣Barcha uchun muhim raqamlar
🟣Pensiya (nafaqa) haqida ma’lumot olish tartibini bilasizmi?
🟣Parvarishlash nafaqasi kimlarga beriladi?
#Bilasizmi

🏠Ko'chmas mulk sotib olish arafasida bo'lsangiz hamda turli xil noqulay va noxo'sh vaziyatlarga tushmaslikni oldini olishni istasangiz, unda ushbu obyekt buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to'g'risida ma'lumotga ega bo'lish foydadan holi bo'lmaydi.

Buni qanday amalga oshirish mumkin?

Juda oddiy, siz onlayn tarzda – YIDXP (my.gov.uz) yoki oflayn tarzda – Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilib, ma'lum bir ko'chmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to'g'risida ma'lumotnoma olishingiz mumkin.

🔢Xizmatdan foydalanish uchun faqatgina ko'chmas mulk obyektining kadastr raqami kerak bo'ladi

👥Xizmatdan jismoniy va yuridik shaxslar foydalanishi mumkin

💰Xizmat narxi - 16 500 so'm (BHMning 5 foizi) miqdorida

Xizmat ko'rsatish muddati – 3 ish kuni
#Bilasizmi

Davlat xizmatlarini joylarga chiqqan holda ko‘rsatish qaysi davlat xizmatlarini ko‘rsatishga nisbatan tatbiq etilmaydi?

👉Milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning identifikatsiyalovchi ID-kartasini hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish, shuningdek, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishga nisbatan tatbiq etilmaydi.

✔️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 435-son qarori.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🤔Agar uyingizga noma’lum shaxslar ro‘yxatga turib olgan bo‘lsa, nima qilishni bilasizmi?

🚶🏻Uyingizda kimlar ro‘yxatda turganini bilish uchun tegishli tashkilotga borish shart emas.

Buning uchun:

1️⃣ My.gov.uz saytiga kirish

2️⃣ "Shaxsiy kabinet"ga o‘tish

3️⃣"Fuqarolik" bo‘limini tanlash

4️⃣ “Doimiy yashash joyida yashovchilar ro‘yxatini to‘g‘rilatish uchun so‘rov yuborish”
tugmasini bosish kerak.

👨🏻‍💻Agar xonadoningizda notanish shaxslar ro‘yxatga olinganini aniqlasangiz, shu manzilning o‘zidayoq o‘chirishga elektron murojaat yuborishingiz mumkin.

🔅Yaqinlaringiz bilan foydali ma’lumotni o’rtoqlashishni unutmang!
#bilasizmi

🗓 5 кунлик иш ҳафтасида ишлайдиган ходимлар учун ҳам 6 январь — шанба расмий иш куни ҳисобланади.

❗️Асос: Президент Фармони (ПФ–213-сон, 22.12.2023 й.)
#Bilasizmi

Nafaqa tayinlash uchun ariza berish


Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
— O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:
– DXMga murojaat qilib;
– YIDXP – my.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:

Jismoniy shaxslar;

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

bepul

Arizani ko‘rib chiqish muddati —
Avtomat tarzda.

📌 Ariza berish mumkin bo‘lgan nafaqa turlari:
yoshga doir, boquvchisini yo‘qotganlik, nogironlik bo‘yicha, nogironligi bo ‘lgan 18 yoshgacha bolalarga nafaqa, OIV infeksiyasiga chalingan 18 yoshgacha shaxslarga nafaqa, bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandi bor onalarga nafaqa, parvarishlash nafaqasi.
#bilasizmi

⚡️Davlat xizmatlari markazlari orqali pensiya tayinlash uchun ariza berish xizmati ishga tushirilganligidan xabardormisiz?

📱 Endilikda fuqarolar Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali pensiya tayinlash uchun ariza topshirishi mumkin.

Xizmatning afzalliklari:

📌Istalgan Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurgan holda yoki onlayn tarzda my.gov.uz saytiga kirgan holda pensiya olish uchun ariza topshirishning mumkinligi;
📌Xizmatning tez va sifatli ko'rsatilishi natijasida ortiqcha vaqt sarflanmasligi;
📌Xizmatdan foydalanish uchun hech qanday haq undirilmasligi.

💻 Xizmatdan foydalanish uchun:

📌 Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurish yoki my.gov.uz saytiga kirib, tegishli xizmatni tanlash;
📌So‘rovnomani toʻldirgan holda ariza yoʻllashning o‘zi yetarli.

👉 Arizani ko'rib chiqish bosqichlari:

🔹Ariza Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan ko‘rib chiqilishi uchun «Pensiya» dasturiy majmuasiga yuboriladi.
🔹Pensiya jamg‘armasining «Pensiya» dasturiy majmuasi axborot tizimi orqali tegishli vazirlik va idoralararo axborot almashinuvi asosida olinadigan fuqaroning ish staji, ish haqi hamda boshqa ma’lumotlariga asosan davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan tartib va me’yorlarga muvofiq hisoblaydi va tayinlaydi.
🔹Pensiya tayinlanganligi yoki rad etilganligi sabablarini ko‘rsatgan holda Davlat xizmatlari markaziga yoki my.gov.uz saytidagi shaxsiy kabinetga ma’lumotnoma yuboriladi.
🔹Davlat xizmatlari markazi murojaat qiluvchini ariza natijasi haqida xabardor qiladi.

📆 Natija 10 ish kunida taqdim etiladi.
Forwarded from ZAMON.UZ | RASMIY KANAL
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

Hujjati yo‘q yerga imorat qurmang

Zarur ruxsatnoma olmasdan qurilgan imorat o‘zboshimchalik bilan qurilgan deb hisoblanadi va belgilangan muddatda buzib tashlanadi.

Ushbu loyiha Adliya vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

YouTube | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

Ногиронлиги бўлган фуқаролар мансабдор шахслар қабулига навбатсиз киришади

Шунингдек, ушбу шахслар ва уларга ғамхўрлик қилувчилар давлат хизматларидан навбатсиз фойдаланиш ҳуқуқига эга.

Ушбу лойиҳа Адлия вазирлиги билан ҳамкорликда амалга оширилмоқда.

YouTube | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

Адвокат бўлиш учун 3 ой стажировка ўташ керак


Шунингдек, адвокат мақомига эга бўлишга талабгор шахс лицензия олиш учун адвокатлик тузилмасида (адвокатлик бюросида, адвокатлик фирмасида, адвокатлар ҳайъатида, юридик маслаҳатхонада) малака имтиҳонини топшириши шарт.

Ушбу лойиҳа Адлия вазирлиги билан ҳамкорликда амалга оширилмоқда.

YouTube | Instagram | Facebook
#Bilasizmi

Tartibga solish gilyotinasi: 9 763 ta eskirgan va o‘z ahamiyatini yo‘qotgan normativ-huquqiy hujjatlar bekor qilindi
#Bilasizmi

Elektron kutubxonalarda asarlarning barcha uchun o‘qish va yuklab olish imkoniyati bilan joylashtirish qonuniymi?

👉
Batafsil
#Bilasizmi

Adliya vazirligining Apellyatsiya kengashi intellektual mulk obyektlarining huquqiy muhofazasi bilan bog‘liq bo‘lgan apellyatsiyalarni sudgacha ko‘rib chiquvchi kollegial organ hisoblanib, kengash qarorlar qabul qilishda mustaqildir.


Kengash faoliyati Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellyatsiya kengashi to‘g‘risida nizom tasdiqlash haqida 856-sonli qarori bilan tartibga solinadi.

Kengash tarkibiga vazirlikning malakali xodimlari, mustaqil olimlar va mutaxassislar kiritiladi. Intellektual mulk departamenti – Apellyatsiya kengashining ishchi organidir.

Apellyatsiya ariza bergan shaxs va ish bo‘yicha tomonlar hisoblangan boshqa shaxslar majlis bo‘lishidan kamida 10 kun oldin majlis o‘tkaziladigan joy, sana va vaqt to‘g‘risida yozma ravishda departament tomonidan xabardor qilinadi.

▪️Kengash apellyatsiya yoki arizalarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha arizani qanoatlantirish, qisman qanoatlantirish yoki qanoatlantirishni rad etish haqidagi qarorlardan birini qabul qiladi.

▪️Qaror yuzasidan qaror qabul qilingan sanadan boshlab 6 oy mobaynida sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Apellyatsiya kengashi:
• "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasining talabnomada ko‘rsatilgan sanoat mulki obyektlari xususidagi qarori ustidan berilgan;
• sanoat mulki obyektlariga patent berilganligiga qarshi manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan;
• sanoat mulki obyektlari patentlarining haqiqiyligiga qarshi berilgan apellyatsiyalarni ko‘rib chiqadi.

Apellyatsiya kengashi to‘g‘risidagi nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

@adliyangiliklari