Sevara Urinbayeva
2.6K subscribers
9.87K photos
1.14K videos
23 files
4.4K links
Журналист, PR, илмий изланувчи
Медиа марказ

Youtube https://youtube.com/channel/UCRS61lIXqMhtjTJFIxLlXeg?si=aJefot5rkBBDAEWd
Download Telegram
Forwarded from Poytaxt_adliya
#aholiga_yordam

Davlat xizmatlari aholi uylariga bormoqda


❄️ Sovuq kunlarda aholiga qulaylik yaratish maqsadida Mirzo Ulug‘bek tumani davlat xizmatlari markazi tomonidan yoshi ulug‘ keksalar va nogironligi bo‘lgan fuqarolarning uylariga borib davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda.

🏠 Bugun 79 yoshli onaxoning  iltimosiga ko‘ra xodimlar ularning uylariga  sayyor davlat xizamtini ko‘rsatish uchun borishdi. Xislat ko‘chasi 34-uyda istiqomat qiluvchi Tursunoy Ibragimova  o‘z xonadonida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram
#aholiga_yordam

“Ijtimoiy xizmat darchalari”dagi qulayliklar

Davlat xizmatlari markazlariga kelayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi va nogironligi bo’lgan shaxslarga qulaylik yaratish maqsadida “Ijtimoiy xizmat darchalari” orqali navbatsiz qabullar yo’lga qo’yilgan.

Eslatib o’tamiz, Davlat xizmatlari markazlariga kirish joylarida nogironlik aravachalari hamda eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlaridan erkin foydalanish uchun “Surdo-online” planshetlari ham qo’yilgan.
Forwarded from Poytaxt_adliya
#aholiga_yordam
Keksalarimizni eʼzozlaymiz


☎️ 76 yoshli otaxon Toshkent shahar Mirzo Ulugbek tumani FHDY bo‘limiga qo‘ng‘iroq qilib, 1970-yilda  Chilonzor tumanida qayd  qilingan nikohi haqida takroriy guvohnoma zarurligini bildirgan.

🏠 FHDY xodimlari otaxonning qish kunlarida ko‘chaga chiqa olmasliklarini inobatga olgan holda o‘zlari fuqaroning Mirzo Ulug‘bek tumani Qorasuv mavzesidagi xonadoniga borishdi.

🔻 Kabil Isayev va Xabiba onaga nikoh tuzilganligi haqidagi takroriy guvohnoma eksterritorial tamoyili asosida FHDY xodimasi  Nilufar Ikramova tomonidan topshirildi.

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram
#Aholiga_yordam

83-yoshli onaxonga ID-kartasi yetkazib berildi

Mirzo Ulug‘bek tumanida istiqomat qiluvchi Miyassar Raximjanova pasportining muddati tugayotganligi sababli ID-kartaga almashtirish uchun tuman davlat xizmatlariga murojaat qilgan edi.

Onaxonning sog‘ligida biroz o‘zgarishlar bo‘lgani sabab, ID-karta tayyor bo‘lishi bilan markaz xodimlari ularni ovvora qilmaslik va holidan xabar olish uchun ham uylariga borib ID-kartani o‘z qo‘llariga topshirib qaytishdi.