Samarqand TVR | MTRK
4.7K subscribers
102K photos
49.2K videos
484 files
62.1K links
"Samarqand viloyati teleradiokanali" DM

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Download Telegram
⚖️Sud — odil sudlov qo‘rg‘oni⚖️

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasi 3-qismiga binoan, ko‘ra, davlat va jamiyat bolalar va yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, mamlakat va xalqning boy madaniy merosidan faxrlanish, vatanparvarlik va Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbat tuyg‘ularini shakllantirishga g‘amxo‘rlik qiladi.

Bugun, 19-fevral kuni Samarqand shahridagi 4-maktabda Samarqand viloyati sudining sudyalari ishtirokida “Sud — odil sudlov qo‘rg‘oni” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi. mavzu yuzasidan sudyalar Sh. Ramazonov va F. Anarovlar o‘quvchilarga sud tizimi, sud jarayonlari va inson huquqlarini himoya qilishga oid muhim ma’lumotlarni tushuntirib berishdi.

Dars davomida, yoshlar bilan qizg‘in savol-javoblar o‘tkazilib, sud-huquq sohasidagi islohotlarning ahamiyati alohida ta’kidlandi.

#InsonHuquqlari #SudTizimi #Samarqand #Vatanparvarlik #Huquq #Islohotlar


Telegram | Facebook | Youtube