Samarqand TVR | MTRK
4.7K subscribers
102K photos
49.2K videos
484 files
62.1K links
"Samarqand viloyati teleradiokanali" DM

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Download Telegram
⚖️Sud — odil sudlov qo‘rg‘oni⚖️

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasi 3-qismiga binoan, ko‘ra, davlat va jamiyat bolalar va yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, mamlakat va xalqning boy madaniy merosidan faxrlanish, vatanparvarlik va Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbat tuyg‘ularini shakllantirishga g‘amxo‘rlik qiladi.

Bugun, 19-fevral kuni Samarqand shahridagi 4-maktabda Samarqand viloyati sudining sudyalari ishtirokida “Sud — odil sudlov qo‘rg‘oni” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi. mavzu yuzasidan sudyalar Sh. Ramazonov va F. Anarovlar o‘quvchilarga sud tizimi, sud jarayonlari va inson huquqlarini himoya qilishga oid muhim ma’lumotlarni tushuntirib berishdi.

Dars davomida, yoshlar bilan qizg‘in savol-javoblar o‘tkazilib, sud-huquq sohasidagi islohotlarning ahamiyati alohida ta’kidlandi.

#InsonHuquqlari #SudTizimi #Samarqand #Vatanparvarlik #Huquq #Islohotlar


Telegram | Facebook | Youtube
#ishchi_guruh
#Samarqand_viloyati

AGENTLIK RAHBARIYATINING MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB OʻRGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining oʻrinbosari Sevara Shakirova boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Agentlikning Samarqand viloyatida joylashgan ixtisoslashtirilgan maktablarida oʻquvchilarning sifatli taʼlim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligi, harbiy-vatanparvarlik targʻiboti, oʻquv binolari va yotoqxonalarni isitish holati oʻrganildi.

Xususan, viloyatning Jomboy, Ishtihon, Narpay va Oqdaryo kabi olis hududlarda joylashgan tumanlardagi ixtisoslashtirilgan maktablardagi dars jarayonlari kuzatilib, oʻquvchilarni fanlarni oʻzlashtirish koʻrsatgichlari tahlil qilindi. Shu bilan birga o‘qituvchilarga ilmiy-pedagogik faoliyatlarini samarali tashkil etish, o‘z bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, pedagogik kompetensiyalarini yanada kengaytirish borasida amaliy tavsiyalar berildi.

Ishchi guruh tomonidan taʼlim muassasalarida darsdan keyin tashkil etilgan fan, xorijiy tillar, shaxmat toʻgaraklari faoliyati, ularda oʻquvchilar qamrovi ham alohida oʻrganildi. Shuningdek, oʻquv jarayonida sun’iy intellektga asoslangan raqamli ta’lim platformasi (Cerebry) dan foydalanish, bitiruvchilarini oliy taʼlim muassasalari, SAT, IELTS kabi xalqaro sertifikatlar imtihonlariga tayyorlash borasida olib borilayotgan ishlar samaradorligi tahlil qilinib, bu borada malakali pedagoglarning taklif va mulohazalari olindi.

Masʼullarga oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.

Shuningdek, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari faoliyatini yaxshilash, mavjud muammolarni o‘rganish va aholining fikr-mulohazalarini tinglash maqsadida Samarqand shahridagi Prezident maktabida Agentlik direktori oʻrinbosari Sevara Shakirova ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabul davomida murojaatlarning aksariyatiga joyida yechim topildi. Yechimi vaqt talab qiladigan masalalar yuzasidan esa tegishli mas’ullarga topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, ularni nazoratga olish belgilandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Matonatli_yoʻl_35
#Samarqand_tumani

"Qiyinchilik boʻlsa ortga chekinmay oldinga harakat qilish kerak. Shunda yutuqqa erishasiz"

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Samarqand viloyati boʻlimi tomonidan oʻz hayot yoʻli bilan boshqalarga oʻrnak boʻla oladigan, qiyinchiliklarni matonat bilan yengib oʻtayotgan yurtdoshlarimiz haqida “Matonatli yoʻl” loyihasini sizlarga taqdim etadi.

Loyihamizning navbatdagi qahramoni Samarqand tumanidagi “Andijoni” mahallasida istiqomat qiluvchi, tuman "Koʻzi ojizlar jamiyati" raisi Jumayev Manuchehr va turmush oʻrtogʻi Azizova Shahlo haqida.

You Tube orqali toʻliq va sifatli tomosha qilishingiz mumkin 👉

https://youtu.be/gzOPdJlQjl4?si=Iq3yZbqgOv1GBwyU

https://t.iss.one/SamTvr
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🛑 JARAYON
#SAMARQAND_SHAHRI
#OBODLIK_HASHAR

Xalqimizda “Biror yurtni yaxshiroq bilmoqchi bo‘lsang, uning bozorini va mozorini ziyorat qil”, degan naql bor.

🎗Ayni maqsadlar mushtarakligida Yoshlar ishlari agentligi Samarqand shahar bo‘limi boshlig‘i Kamoliddin G‘apparov tashabbusi bilan "Oqsaroy" mahallasi hududdagi "Shahid mozor" qabristonida yoshlar yetakchilari, mazkur manzil fuqarolari va ko‘ngillilar ishtirokida hashar tashkil etildi.

#samarqandmtrk

Telegram | Facebook | Youtube |Admin
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Navruz_2025
#Samarqand_shahri

"Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin -Navro‘z!"


#samarqandmtrk

Telegram | Facebook | Youtube |Admin
Президент Шавкат Мирзиёев Имом Бухорий мақбарасини зиёрат қилди, бу ерда олиб борилаётган бунёдкорлик ишларини кўздан кечирди. Имом Мотуридий мажмуасини қайта таъмирлаш лойиҳаси тақдимот қилинди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил мавзолей Имама Бухари и ознакомился с проводимой здесь созидательной работой. Был представлен проект реставрации комплекса Имама Мотуриди.

#Mirziyoyev #safar #Samarqand #ziyorat

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍1
#YUNESKO
#Samarqand_Prezident_maktabi
#Qozog‘iston_Respublikasi

💎 YUNESKOning Qozog’iston Respublikasi Karaganda viloyati mintaqaviy filialiga aʼzo maktabdan tashqari taʼlim yo‘nalishi rahbarlaridan iborat jamoa Samarqand shahridagi Prezident maktabi faoliyati hamda o‘quvchilar uchun tashkil qilingan to'garaklar faoliyati hamda muassasadagi barcha shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
        
@SamTvr
👍1
#Vorislar
#Samarqand_tumani

“Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining Samarqand tuman bosqichi o‘tkazildi.

⚡️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-yanvardagi “Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek jamg‘armasi faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 30-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida "Mirzo Ulug'bek vorislari" respublika tanlovining Samarqand tuman bosqichi o'tkazildi.

⚡️Tanlov natijalariga koʻra, Muhiddinova Diyora, Toxirjonova Malika, Ilhomjonov Iqbolshox, Raxmonqulov Samandar hamda Xamroyev Azimjonlar faxrli 1-o'rinni egalladilar.

#samarqandmtrk

Telegram | Facebook | Youtube |Admin
#Vorislar
#Samarqand_shahar

“Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining Samarqand shahar bosqichi o‘tkazildi.

⚡️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-yanvardagi “Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek jamg‘armasi faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 30-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida "Mirzo Ulug'bek vorislari" respublika tanlovining Samarqand shahar bosqichi o'tkazildi.

⚡️Tanlov natijalariga koʻra, Xamidov Diyor, Mirzoyeva Nigora, Neʼmatov Ulugʻbek, Abduraxmonova Aziza hamda Salimova Sevaralar 1-o'rinni egalladilar.

Maʼlumot uchun!
Tanlovning tuman bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan 5 nafar yoshlarga tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etish huquqi hamda BHM ning 5 barobari miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi.
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

✔️ Bugun bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining 10-sessiyasida “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga asosan ilk marta viloyatimizning bir nechta shahar va tumanlaridagi jami 30 ta uy-joylarga nisbatan, uy-joy egalarining mulk va ijara huquqlari e’tirof etildi.

Bugungi kunda, mutaxassislar tomonidan 51 ta mahallada jami 18 473 ta ko‘chmas mulk obyektlari xatlov yo‘li bilan texnik inventarizatsiyadan o‘tkazilib, elektron xaritalari yaratildi.


#brifing #Samarqand_kadastr

Rasmiy sahifa


#samarqandmtrk

Telegram | Facebook | Youtube |Admin
#Samarqand_viloyati_Urgut_tumani

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024- yil 30-dekabrda PQ-465 sonli qarorni ijrosini ta'minlash maqsadida

🔰Urgut tuman hokimining qishloq va suv xo'jaligi masalalari bo'yicha o'rinbosari Z.Amonov.
Qishloq xo'jaligi boʻlimi boshlig'i o'rinbosari A.Ashrapov.
O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi Vazirligi huzuridagi O'simliklar karantini va himoyasi agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi Urgut tumani bo'limi boshlig'i E.Ochilov,
Urgut tumani Fermer, dexqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengash raisi A.Nazarov.
Urgut tuman Oʻzagroinspeksiya boʻlimi boshlig'i U.Murodullayev va  fitosanitar nazorati davlat inspektorlari bilan birgalikda.
📍Urgut tumani "Taroqli" agrofermasidagi "Asilbek Alibek" fermer xoʻjaligida seminar tashkil qilindi. Seminarda, dala chetidagi mevali eksportbop ko‘chatlar ekilgan joylarga qovoq ekish bo'yicha tushunchalar berildi.




⚡️#samarqandmtrk

Telegram | Facebook | Youtube |Admin
#Mirzo_Ulugbek_vorislari
#Samarqand_viloyati

“Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining Samarqand viloyati boshqichi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-yanvardagi “Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 30-sonli qaroriga asosan iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining Samarqand viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Tanlovning ochilish marosimida Samarqand viloyati oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar bosqarmasi boshig‘i A.Nasimov ishtirok etib, barcha ishtirokchilarga omad tiladi hamda yoshlarimizning kelajakda davlat arbobi, buyuk astronom va matematik olim Mirzo Ulug‘bek bobomiz kabi ilm-fan rivoji va mamlakat ravnaqiga munosib hissa qo‘shadigan buyuk inson bo‘lib yetishishlariga ishonch bildirdi.

Tanlovning 1-bosqichi 1-mart sanasidan 9-aprel sanasiga qadar 16 ta tumanlar (shahar) kesimida tashkil qilinib, unda jami 1 216 nafar yoshlardan 80 nafar iqtidorli yoshlar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. 21-aprel kuni Samarqand Yoshlar markazi binosida tanlovning viloyat bosiqichi o‘tkazildi. Unda 80 nafar ishtirokchi о‘zlaring innovatsion g‘oyalari va startap loyihalari bilan ishtirok etishdi hamda 20 nafar yoshlar viloyat bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.


🏆G‘oliblar ro‘yxati bilan tanishing👇
1. Bebitova Shoxsanam Elmurod qizi
2. Baxridddinova Dilnora Sharifjon qizi
3. Mirzaqulov Behro‘z Nodirjon o‘g‘li
4. Ahmadov Nodir Mirzohid o‘g‘li
5. Abdiraimov Diyorbek Olimjon o‘g‘li
6. Yuldoshev Begzod Ravshan o‘g‘li
7. Eshmamatav Bekjon Raxmatulla o‘g‘li
8. Rahmonova Xurshida Artikovna
9. Abdihakimov Behroʻz Ikromjon oʻgʻli
10. Utkirova Jasmina Jasur qizi
11. Abduvoyitova Shohida Tolibxon qizi
12. Rahmonov Shaxzod
13. Xurramova Jasmina Abdunaviyevna
14. Abdumo‘minov Javohir
15. Furqatova Madina Furqat qizi
16. Safarov Husniddin Sirojiddin o‘g‘li
17. Namozov Bekjon
18. Hamroyev Azimjon Mansurovich
19. Toxirjonova Malikaxon Tolibjon qizi
20. Mirzayeva Nigora Rustamovna
👍3
#Samarqand
#birdamjamiyat
#Xotira_muqaddas

🇺🇿 Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Samarqand viloyati boʻlimi tomonidan “9-may - Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Registon maydonida yurtdoshlarimiz va xorijlik mehmonlarga bayrogʻimiz aks etgan shon-sharaf lentalari taqildi.

https://t.iss.one/SamTvr
👍3
Forwarded from SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal (Burhoniddin Toshtemirov)
#Samarqand_nonlari_2025
#Samarqand_madaniyati

📍Samarqand shahrida “Samarqand nonlari” festivali!

📶 Ayni daqiqalarda Samarqand shahrining Islom Karimov ko‘chasidaSamarqand nonlari” festivaliga tayyorgarlik ishlari jadal davom etmoqda.

📅 Bugun, 17-may kuni soat 19:00 da festival tadbirlari boshlanadi. Dastur doirasida mahalliy taniqli san’atkorlar ishtirokida konsert dasturi ham namoyish etiladi.

👁 Barchangizni ushbu bayramona va madaniy tadbirga taklif etamiz!

Telegram | Instagram | Facebook |  Veb-sayt | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BiznesMarafon #Samarqand

🙋 Samarqandlik yoshlar uchun ajoyib imkoniyat!

🗓 4-iyun kuni soat 10:00 Samarqand shahridagi “Yoshlar markazi” binosida “Xalqaro Biznes Marafon” bo‘lib o‘tadi.

🔎 Tadbir Global yoshlar festivalining “Yoshlar tadbirkorligi” haftaligi doirasida tashkil etilayotgan bo‘lib, unda muvaffaqiyatli tadbirkorlar, soha mutaxassislari ishtirok etishadi.
📌 Marafonda sizni:
➡️ Startap va biznes g‘oyalarni taqdim etish va ular bo‘yicha tavsiyalar olish imkoniyati;
➡️ Tadbirkorlikda muvaffaqiyatga erishgan insolar tajribasi bilan tanishuv;
➡️ Networking va hamkorlikka yo‘l ochuvchi aloqalar;
➡️ Va eng muhimii jonli muloqot kutmoqda.


👋 Kirish bepul, keling, qatnashing va o‘z orzularingiz sari ilk qadamni shu yerda qo‘ying!

#samarqandmtrk

Telegram | Facebook | Youtube |Admin
🔥1
#Xalqaro_hamkorlik
#SAMARQAND_KATTA_TEATRI

     Gruziyalik iste'dodli rejissyor Samarqand viloyat musiqali drama teatrida spektakl sahnalashtiradi.

Bugun Samarqand viloyat musiqali drama teatrida gruziyalik aktyor, rejissyor – Kaxa Gogidze kutib olindi.
Rejissyor teatr ijodkorlari bilan yaqindan tanishdi. Asar o'qish jarayonlari boshlandi. Rassom, badiiy rahbar, musiqiy bo'lim rahbari, xormeyster, bosh drijyor, truppa rahbarlari bilan ijodiy masalalarda o'zaro suhbatlashib olishdi.

#samarqandmtrk

Telegram | Facebook | Youtube |Admin
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️“Yoshlar oyligi” Samarqandda unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi!

Samarqand turizm markazida o‘tkazilgan festival Samarqand yoshlari uchun ilhom, quvonch va g‘urur manbaiga aylandi. Turli sport musobaqalari, zamonaviy kasblar bo‘yicha loyihalar, ijodiy chiqishlar va intellektual tadbirlar festivalga alohida ruh bag‘ishladi.

Bu kun — yoshlarning birligi, salohiyati va orzulariga bo‘lgan ishonchning yana bir isboti bo‘ldi.

⚡️Yangi ruhiyatdan ilhomlanib ijod qil!

#YoshlarOyligi #Dolzarb90kun #Samarqand

https://t.iss.one/SamTvr
🔥1
#press_tadbir
#Samarqand
#Live

🔴 Ayni damda, O'zagroinspeksiyaning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan  "Samarqanddonmaxsulotlari" AJ ga qarashli "Oqdaryo" don qabul qilish maskanida  press- tur bo'lib o'tyapti.  Unda mahalliy va markaziy OAV vakillari va blogerlar ishtirok etmoqda.

Bugungi Press-tur mavzusi  “Sifatli don qabul qilish mavsumida "O‘zagroinspeksiya" xodimlari oldida turgan vazifalar mavzusida bo‘ladi.

Ma'lumot uchun, Samarqand viloyatida 2025-yil hosilidan jami 276 ming 700 tonna shundan, jamg‘armaga 88 ming 750 tonna, vaqtincha saqlashga 173 ming 700 tonna va 14 ming 250 tonna urug‘lik bug‘doy qabul qilish rejalashtirilgan.

#samarqandmtrk

Telegram | Facebook | Youtube |Admin
1👍1
#imtihon_2025
#Samarqand_viloyati

🤩 Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga kirish imtihonlari bo'lib o'tmoqda.

🗣Imtihon jarayonlarini www.test2025.uz platformasi orqali onlayn kuzatishingiz mumkin.

#samarqandmtrk

Telegram | Facebook | Youtube |Admin
👍1
#imtihon_2025
#Samarqand_viloyati

🔴JARAYON

🔹Al-Beruniy nomidagi xalqora maktabiga kirish imtihonlarining 1-bosqichi bo‘lib o'tmoqda.

🗣Imtihon jarayonlarini www.test2025.uz platformasi orqali onlayn kuzatishingiz mumkin

https://t.iss.one/SamTvr
👍1