SamTVR | MTRK
5.09K subscribers
95.5K photos
44.7K videos
432 files
56.9K links
Samarqand viloyati teleradiokanali

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Download Telegram
​​#Samarqandviloyati
#Tayloqtumani
#Seminar

Joriy yilning 18 noyabr kuni Tayloq tuman hokimligi bilan hamkorlikda Tayloq tuman 2 son kasb-hunar maktabida "Sabzavotchilik va issiqxona mahsulotlarini yetishtirish" mavzusida ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarni “SYNGENTA” va “YARA” kompaniyasining xodimlari olib borishdi.
▶️ “SYNGENTA” kompaniyasi dehqonlarga va fermer xo‘jaliklariga turli xildagi qishloq xo‘jalik mahsulotlari urug‘larini yetqazib berish bilan birga, texnik ko‘mak ko‘rsatish va mahsulotlarni hamkorlikda yetishtirish bilan shug‘ullanadi.
▶️ “YARA” kompaniyasi esa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilari uchun zarur bo‘lgan, balanslashgan oziqa elementlarga boy bo‘lgan mineral o‘g‘itlarni yetqazib beradi.
Mazkur ko‘rgazmali seminarda o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi va tuman bo‘limi xodimlari, fermer xo‘jalik rahbarlari, tadbirkorlik subyektlari va boshqa mutasaddi tashkilot hamda korxona rahbarlari, xodimlari ishtirok etishdi.
Seminarda barcha qishloq xo‘jalik mahsulotlarining ochiq va yopiq maydonlarda yetishtirish texnologiyasi, ekilishi va yetilishi muddatlari, bizning iqlim sharoitimizda ekilib yuqori hosil berishi mumkin bo‘lgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining (pomidor, bodring, karam, gulkaram, makkajo‘xori, rediska, bulg‘or qalampiri, boyimjon, brokkoli v.h) duragay navlari, ularning kasallik va hasharotlar bilan zararlanish darajalari hamda chidamliligi haqida seminar ishtirokchilariga to‘liq ma’lumot berib o‘tildi.
Savol va javoblar bilan qiziqarli davom etgan ushbu seminarda, ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollarga to‘laqonli mahlumotlar berildi.

Samarqand viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi axborot xizmati