SamTVR | MTRK
5.08K subscribers
96.2K photos
45.2K videos
431 files
57.4K links
Samarqand viloyati teleradiokanali

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel: (33) 739 07 72
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yashilmakon
#umummilliyloyihasi
#Dolzarb40kun
#Samarqandviloyati
#Bulung‘urtumani

Bulung‘ur tumani “Ulug‘bek” MTP ga, “Isori o‘roqli” MFY ga qarashli hamda “Yangi qishloq” f/x da “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirilmoqda.


Samarqand viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi axborot xizmati


https://t.iss.one/SamTvr
​​#Issiqxona
#Nazorat
#Samarqandviloyati
#Oqdaryotumani

▶️ Bugungi kunda aholi orasida sitrus mevalar va ularning qayta ishlangan mahsulotlariga boʻlgan talab boshqa barcha mevali ekinlar orasida mashhurligi jihatidan birinchi oʻrinda turadi desak mubolagʻa boʻlmaydi.
🍋 Mamlkatimizda asosan limon, kamroq maydonlarda mandarin va apelsin yetishtiriladi. Shu bilan birga, himoyalangan joylarda mandarin yetishtirish uchun ham keng imkoniyatlar mavjud, lekin ular ham kasallik va zararkunandalardan holi emas.
Shunday ekan, joriy yilning 12-noyabr kuni viloyatimizning Oqdaryo tumani “Boshdarxon” MFY hududidagi “Qirqfarxon” qishlogʻida yashovchi Z.A xonadonidagi issiq xonasida yetishtirilayotgan mandarin oʻsimliklari va pishib yetilgan mevalari karantin nazoratidan oʻtkazildi. Nazorat davomida oʻstirilayotgan oʻsimliklarda hamda mevalarida kasallik va zararkunandalar aniqlanmadi, lekin issiqxona egalariga sitrus mevalarni zararlaydigan oqqanot, soxta qalqandor, oʻrgimchakkana hasharotlariga, un-shudring, zang, qora mogʻor kasalliklariga qarshi va profilaktika chora-tadbirlari borasida tushunchalar va tavsiyalar berildi. Issiqxonadan qoʻshimcha daromad olish uchun rediska ekishga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Agronom entomolog: Sh.Olimov

Samarqand viloyat oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati
​​#Dalanazorati
#Samarqandviloyati
#Paxtachitumani

Zararkunandalarning tarqalishini oldini olish, ariq-zovurlarni, dala atroflarini begona oʻtlardan tozalash, mevali bogʻlarda kuzgi-qishki agrotexnik tadbirlarni vaqtida amalga oshirish qishloq xoʻjalik ekinlaridan yuqori va moʻl hosil olish garovidir. Aynan shu maqsadda, viloyat oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi tuman boʻlim inspektorlari va agronom entomologlari tomonidan kunlik dala nazoratlari olib borilmoqda.
👉 Mana bugun Paxtachi tumani hududidagi bir qator f/x larida shu kabi nazoratlar oʻtkazildi. Jumladan,
📌 “R.Mahmonov” MMTP ( muqobil mashina traktor parki) hududidagi “A.Tuxtayev bogʻlari” f/x ga qarashli 12 ga tokzorda kesish, koʻmish va hududni begona oʻtlardan tozalash ishlari olib borilgan boʻlsa, “Q.Rajabov” MMTP hududidagi “Nilufar Samadulla mevasi”f/x da 10 ga olma bogʻida, “Toshkenja taʼmirchi” MMTP hududida joylashgan “Safarobod obod yerlari” f/x 1,20 ga bogʻda;
📌 “A.Allayorov” MMTP ga qarashli “Mukarram qushlar ulkasi” f/x da 0,50 g li bogʻda;
📌 “Toshkenja taʼmirchi” MMTP hududida joylashgan “Xudoyberdi Gʻaybulla chinni bogʻi” f/x da;
📌 “Obod Dehqonobod” MMTP hududidagi “Qiygʻos gullagan bogʻ” f/x da 8 ga bogʻda;
📌“Navruz Poʻlatchi” MMTP ga qarashli “Bexruzbek Diyorbek” f/x dagi 1,13 ga bogʻda;
📌 “Navroʻz Poʻlatchi” MMTP dagi “Olmos Bobonazarov” f/x dagi 11,16 ga olma bogʻlarida kuzgi agrotexnik tadbirlar olib borildi, olma tunlami, olma shirasi va qalqondorlarga qarshi kurashish chora tadbirlari yuzasidan f/x rahbarlariga kerakli tavsiya va koʻrsatmalar berildi.

AGRONOM ENTOMOLOGLAR:
Sh.Ramazonov, A.Abdunabiyev, O.Shamsiddinov, F.Parmonov

☝️Unutmaslik joizki, oʻsimliklarni kasallik va zararkunandalardan himoya qilmay turib, yuqori hosil olib boʻlmaydi!

Samarqand viloyat oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati
​​#Samarqandviloyati
#Tayloqtumani
#Seminar

Joriy yilning 18 noyabr kuni Tayloq tuman hokimligi bilan hamkorlikda Tayloq tuman 2 son kasb-hunar maktabida "Sabzavotchilik va issiqxona mahsulotlarini yetishtirish" mavzusida ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarni “SYNGENTA” va “YARA” kompaniyasining xodimlari olib borishdi.
▶️ “SYNGENTA” kompaniyasi dehqonlarga va fermer xo‘jaliklariga turli xildagi qishloq xo‘jalik mahsulotlari urug‘larini yetqazib berish bilan birga, texnik ko‘mak ko‘rsatish va mahsulotlarni hamkorlikda yetishtirish bilan shug‘ullanadi.
▶️ “YARA” kompaniyasi esa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilari uchun zarur bo‘lgan, balanslashgan oziqa elementlarga boy bo‘lgan mineral o‘g‘itlarni yetqazib beradi.
Mazkur ko‘rgazmali seminarda o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi va tuman bo‘limi xodimlari, fermer xo‘jalik rahbarlari, tadbirkorlik subyektlari va boshqa mutasaddi tashkilot hamda korxona rahbarlari, xodimlari ishtirok etishdi.
Seminarda barcha qishloq xo‘jalik mahsulotlarining ochiq va yopiq maydonlarda yetishtirish texnologiyasi, ekilishi va yetilishi muddatlari, bizning iqlim sharoitimizda ekilib yuqori hosil berishi mumkin bo‘lgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining (pomidor, bodring, karam, gulkaram, makkajo‘xori, rediska, bulg‘or qalampiri, boyimjon, brokkoli v.h) duragay navlari, ularning kasallik va hasharotlar bilan zararlanish darajalari hamda chidamliligi haqida seminar ishtirokchilariga to‘liq ma’lumot berib o‘tildi.
Savol va javoblar bilan qiziqarli davom etgan ushbu seminarda, ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollarga to‘laqonli mahlumotlar berildi.

Samarqand viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi axborot xizmati
#Siyosiy_maʼrifat_soati
#Samarqandviloyati

Har juma kuni davlat xizmatchilari uchun “Siyosiy maʼnaviyat soati” boʻlib oʻtmoqda. Bugun joriy yilning 3-mart kuni ham boʻlib oʻtgan navbatdagi “Maʼnaviyat soati” da Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasining barcha xodimlari ishtirok etishdi.
Navbatdagi “Siyosiy maʼrifat soati” da davlat dasturiga munosabat;
Tashkilotlarning inson huquqlarini samarali boshqarish jarayonini tashkil etish borasida mavzular maʼruzachilar tomonidan yortib berildi.
Siyosiy maʼrifat soati boshida yurtimiz hamda horijda roʻy berayotgan ahamiyatga molik boʻlgan voqealar rivoji bilan tanishtirildi.
Oxirida esa “Mutolaa vaqti" rukni monitorda uzatilib, ishtirokchilarga havola etildi.

Manba: Axborot xizmati

https://t.iss.one/SamTvr
#Siyosiy_maʼrifat_soati
#Samarqandviloyati

Har juma kuni davlat xizmatchilari uchun “Siyosiy maʼnaviyat soati” boʻlib oʻtmoqda. Bugun joriy yilning 10-mart kuni ham boʻlib oʻtgan navbatdagi “Maʼnaviyat soati” da Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasining barcha xodimlari ishtirok etishdi.
Siyosiy maʼrifat soati boshida yurtimiz hamda horijda roʻy berayotgan ahamiyatga molik boʻlgan voqealar rivoji bilan tanishtirildi.
Salohiyatli kadrlar zahirasini shakllantirish mavzusida taqdimot.
Oxirida esa “Mutolaa vaqti" rukni monitorda uzatilib, ishtirokchilarga havola etildi.

Manba: Axborot xizmati


https://t.iss.one/SamTvr
​​#Siyosiy_maʼrifat_soati
#Samarqandviloyati

Bugungi kunda Samarqand viloyat oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasida “Siyosiy maʼrifat soati” muntazam oʻtkazilib kelinmoqda. Maʼrifiy oʻquv soatlari boshqarma xodimlari uchun mazmunli boʻlmoqda.
Boshqarmada har juma kuni boshqarma xodimlari ishtirokida “Maʼnaviyat soati” boʻlib oʻtadi. Unda xafta davomida hukumatimiz tomonidan qabul qilingan normativ-xuquqiy hujjatlar, mamlakatimizning siyosiy, ijtimoiy hayotidagi yangiliklar va axborotlar berib turiladi.
Bugungi joriy yilning 14-aprel kunidagi “Siyosiy maʼrifat soati” kun tartibiga quyidagi masalalar kiritildi:
1. Yurtimizda va horijda roʻy berayotgan ahamiyatga molik boʻlgan voqealar;
2. Yoshlar siyosati sohasidagi ishlarni natijadorligini oshirish chora-tadbirlari mavzusi;
Kun tartibidagi ushbu masalalar monitorda uzatilib, ishtirokchilarga havola etildi.
Xususan, siyosiy-maʼrifiy oʻquv soatida Oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimida faoliyat yuritayotgan rahbar kadrlarning siyosiy-maʼrifiy savodxonligini doimiy ravishda oshirib borish, ularga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mazmun-mohiyati, ahamiyati va ustuvor yoʻnalishlarini yetkazib turish borasida, jahonda va mamlakatimizda sodir boʻlayotgan muhim voqealarning tavsilotlaridan doimiy boxabar boʻlib borishmoqda.
Mazkur siyosiy-maʼrifiy oʻquv soatlari jonli muloqotning yangi va zamonaviy shakli boʻlib, ularni tashkil etishda maʼruza, maʼlumot va axborotlarning mazmunini birinchi navbatda hududlarga, xususan, hududlardagi rahbar kadrlar va davlat xizmatchilariga yetib borishiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu esa rahbar kadrlar tomonidan samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilishda oʻziga xos axborot taʼminoti tizimiga aylanmoqda.


Samarqand viloyat oʻsimliklar karantini va himoyasi axborot xizmati