SamTVR | MTRK
6.07K subscribers
95.9K photos
45K videos
428 files
57.2K links
Samarqand viloyati teleradiokanali

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel:(97)3990209
Download Telegram
#СамДВМЧБУ_янгиликлари
#халқаро_ҳамкорлик

Университет Россия ФАнинг яна бир илмий маркази билан ҳамкорлик қилади

Эндиликда марказ билан таълим, ўқув амалиёти, талабалар ва профессор ўқитувчилар стажировкаси борасида ва бошқа йўналишларда илмий ва амалий ҳамкорлик алоқалари йўлга қўйилади...

♻️Батафсил қуйидаги ҳаволада

☆☆☆☆☆☆☆☆

#SamDVMCHBU_yangiliklari
#xalqaro_hamkorlik

Universitet Rossiya FAning yana bir ilmiy markazi bilan hamkorlik qiladi

Endilikda markaz bilan ta’lim, o‘quv amaliyoti, talabalar va professor o‘qituvchilar stajirovkasi borasida va boshqa yo‘nalishlarda ilmiy va amaliy hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yiladi...

♻️Batafsil quyidagi havolada

🏛SamDVMCHBU axborot xizmati

https://t.iss.one/SamTvr
#СамДВМЧБУ_янгиликлари
#Халқаро_хамкорлик

ГЕРМАНИЯЛИК МУТАХАССИСЛАР ОЗУҚАБОП ЭКИНЛАР БОРАСИДА САМДВМЧБУ БИЛАН ҲАМКОРЛИК ҚИЛАДИ

“Ўзбекистонда озуқабоп экинлар ва озуқабоп экинлар уруғчилигини такомиллаштириш” лойиҳасининг мазмун – моҳияти, лойиҳадан кўзланган мақсад ва бу борада қилинаётган ишлар ва натижалари ҳамда мавжуд муаммолар хусусида фикр – мулоҳазалар алмашилди...

♻️Батафсил қуйидаги ҳаволада

☆☆☆☆☆☆☆☆

#SamDVMCHBU_yangiliklari
#Xalqaro_hamkorlik

GERMANIYALIK MUTAXASSISLAR OZUQABOP EKINLAR BORASIDA SAMDVMCHBU BILAN HAMKORLIK QILADI

“O‘zbekistonda ozuqabop ekinlar va ozuqabop ekinlar urug‘chiligini takomillashtirish” loyihasining mazmun – mohiyati, loyihadan ko‘zlangan maqsad va bu borada qilinayotgan ishlar va natijalari hamda mavjud muammolar xususida fikr – mulohazalar almashildi...

♻️Batafsil quyidagi havolada

🏛SamDVMCHBU axborot xizmati

https://t.iss.one/SamTvr
#СамДВМЧБУ_янгиликлари
#халқаро_хамкорлик

Туркия Университетлари билан ҳамкорлик меморандуми имзоланди

Форумнинг шўба йиғилишлари доирасида Самарқанд давлат ветеринария медицинаси, чорвачилик ва биотехнологиялар университети Туркиянинг нуфузли 6 та олий таълим муассасаси билан ҳамкорлик меморандумини имзолади...

♻️Батафсил қуйидаги ҳаволада

☆☆☆☆☆☆☆☆

#SamDVMCHBU_yangiliklari
#xalqaro_hamkorlik

Turkiya Universitetlari bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

Forumning sho‘ba yig‘ilishlari doirasida Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Turkiyaning nufuzli 6 ta oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorlik memorandumini imzoladi...

♻️Batafsil quyidagi havolada

🏛SamDVMCHBU axborot xizmati
https://t.iss.one/SamTvr
#СамДВМЧБУ_янгиликлари
#халқаро_хамкорлик

УНИВЕРСИТЕТ МУТАСАДДИЛАРИ ТУРКИЯДА

Айни кунларда Самарқанд давлат ветеринария медицинаси, чорвачилик ва биотехнологиялар университетининг бир гуруҳ мутасаддилари Туркия давлатининг Измир шаҳридаги Докуз Эйлул университетида бўлиб турибди...

♻️Батафсил қуйидаги ҳаволада

☆☆☆☆☆☆☆☆

#SamDVMCHBU_yangiliklari
#xalqaro_hamkorlik

UNIVERSITET MUTASADDILARI TURKIYADA

Ayni kunlarda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining bir guruh mutasaddilari Turkiya davlatining Izmir shahridagi Dokuz Eylul universitetida bo‘lib turibdi...

♻️Batafsil quyidagi havolada

🏛SamDVMCHBU axborot xizmati

https://t.iss.one/SamTvr
#СамДВМЧБУ_янгиликлари
#халқаро_хамкорлик

УНИВЕРСИТЕТ БОЛГАРИЯ БИЛАН ҲАМКОРЛИК ҚИЛАДИ

Университетга Болгария хукуматининг кичик ва ўрта бизнесни қўллаб - қувватлаш Ассоциацияси президенти Веселин Халачев бошчилигидаги делегация ташриф буюрди...

♻️Батафсил қуйидаги ҳаволада

☆☆☆☆☆☆☆☆

#SamDVMCHBU_yangiliklari
#xalqaro_hamkorlik

UNIVERSITET BOLGARIYA BILAN HAMKORLIK QILADI

Universitetga Bolgariya xukumatining kichik va o‘rta biznesni qo‘llab - quvvatlash Assosiatsiyasi prezidenti Veselin Xalachev boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi...

♻️Batafsil quyidagi havolada

🏛SamDVMCHBU axborot xizmati

https://t.iss.one/SamTvr
#Халқаро_ҳамкорлик

АҚШ МИННИСОТА УНИВEРСИТEТИ ДEЛEГАЦИЯСИ УНИВEРСИТEТИМИЗДА ОЛИБ БОРИЛАЁТГАН РEАЛ ИЛМИЙ ТАДҚИҚОТЛАР БИЛАН ТАНИШДИ

2024 йил 18 апрель куни университетимизда меҳмон бўлиб турган АҚШ Миннисота университети делегацияси билан университетимиз олимларининг университетимизда олиб борилаётгн илмий ишлар бўйича бевосита фикр алмашинув тадбири бўлиб ўтди.

👉БАТАФСИЛ
__________________

#Xalqaro_hamkorlik

AQSH MINNISOTA UNIVERSITETI DELEGATSIYASI UNIVERSITETIMIZDA OLIB BORILAYOTGAN REAL ILMIY TADQIQOTLAR BILAN TANISHDI

2024-yil 18-aprel kuni universitetimizda mehmon bo’lib turgan AQSH Minnisota universiteti delegatsiyasi bilan universitetimiz olimlarining universitetimizda olib borilayotgn ilmiy ishlar bo’yicha bevosita fikr almashinuv tadbiri bolib o’tdi.

👉BATAFSIL

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

https://t.iss.one/SamTvr
#xalqaro_hamkorlik

Xitoy xalq Respublikasining delegatsiyasi Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi.

2024-yil 26- aprel kuni Xitoyning Shinjon viloyati Urumchi shahar fan va texnologiyalar boshqarmasi kotibi Tszin Futsziyan boshchiligidagi delegatsiya Samarqand shahar kasb-hunar maktabida o‘quvchilarga yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.

Mehmonlar 37 ta kasb-hunar maktablari bitiruvchilarining 15 ta kasb bo‘yicha o‘tkazilayotgan KASB-MAHORATI tanlovining taqdimotida ishtirok etib, taqdimot muvaffaqiyatli o‘tganligini ta’kidladi.

Mehmonlarda taqdimotdagi ilm-fan va ishlab chiqarishga oid yuqori texnologiyalar va innovatsiyalar, zamonaviy qurilish materiallari, axborot kommunikatsiya texnologiyalarga oid ixtirolar, tikuvchilk liboslar namoyishi mehmonlarda katta qiziqish uyg’otdi.
#Халқаро_ҳамкорлик

ГЕРМАНИЯНИНГ ОЗИҚ-ОВҚАТ ВА ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ ФЕДЕРАЛ ВАЗИРИ ЎРИНБОСАРИ УНИВЕРСИТЕТИМИЗДА


Делегациянинг мақсади Германия ва Ўзбекистон ўртасида ветеринария ва чорвачилик соҳаларида ўзаро ҳамкорликни янада кенгайтириш юзасидан музокаралар ўтказиш ҳамда Германия Озиқ-овқат ва қишлоқ хўжалиги федерал вазирлиги билан амалга оширилаётган “Барқарор ва иқлимга мослаштирилган қишлоқ хўжалигини биргаликда ривожлантириш” грант лойиҳасининг биринчи босқичи “Иқлимга мослаштирилган чорва озуқасини етиштириш” бўйича амалга оширилаётган тадбирлар билан яқиндан танишишдир.

👉
БАТАФСИЛ
—————————-
#Xalqaro_hamkorlik

GERMANIYANING OZIQ-OVQAT VA QISHLOQ XOʻJALIGI FEDERAL VAZIRI OʻRINBOSARI UNIVERSITETIMIZDA


Germaniyaning oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi federal vaziri oʻrinbosari Dr.Ofeliya Nik boshchiligidagi delagatsiya universitetimizga tashrif buyurdi.

👉BATAFSIL

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

https://t.iss.one/SamTvr
#Xalqaro_hamkorlik

Samarqand tumani bilan Xitoy Xalq Respublikasi Sichuan provinsiyasi o‘rtasida
hamkorlik memorandumi imzolandi

Xabaringiz bor Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Davlat boshqaruvi akademiyasi bilan hamkorlikda Milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlardan iborat bir guruh davlat xizmatchilari uchun Xitoyga 5 kunlik malaka oshirish dasturi tashkil etilgan edi.

Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari Sichuan provinsiyasining Iqtisodiy hamkorlik byurosi, Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish departamenti va boshqa kator tashkilotlarda bo‘lishdi. Unda turli sohalarda hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Xususan, Samarqand tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Firdavs G‘aniyev ishtirokida xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlash, shuningdek, tomonlarning amaliy hamkorligini rivojlantirish maqsadida qator kelishuvlarga erishildi.

Batafsil 👉 O'qish

https://t.iss.one/SamTvr
#Xalqaro_hamkorlik

Xitoyning Shensi viloyati tashqi savdo iqtisodiy kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o'tkazildi.

Joriy yilning 9-iyul kuni "Ipak yo'li" xalqaro turizm universitetida Samarqand viloyati Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi, viloyatdagi oliy ta'lim muassasalarining ilmiy va innovatsion faoliyat bo'yicha mas'ullari hamda Xitoy Xalq Respublikasi Shensi viloyatining Xalqaro ko'rgazmalarni tashkil etish tashqi savdo kompaniyasi vakili Iris Yang xonim ishtirokida uchrashuv o'tkazildi.

Uchrashuvda Samarqand viloyati hamda Shensi viloyatining  oliy ta'lim muassasalari o'rtasida o'zaro hamkorlik, ilmiy va texnologik innovatsiyalar sohasidagi yutuqlari, kelajakdagi rivojlanish hamda hamkorlik yo‘nalishlari oliy va professional ta’lim muassasalar o‘rtasida o‘zaro  almashinuv va yoshlarning innovatsion g'oyalari va startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash,  atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi olib borilayotgan o‘zgarishlar yuzasidan masalalar muhokama qilindi,

Uchrashuv yakunida, joriy yilning sentabr oyida Shensi viloyatida o'tkazilishi rejalashtirilayotgan xalqaro tadbirda ikki viloyat o'rtasidan aynan shu sohalarni rivojlantirish bo'yicha mas'ullar bilan uchrashuvlar tashkil etilishi hamda hamkorlik aloqalarini o'rnatish yuzasidan shartnomalar imzolanishiga kelishib olindi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

💠 Xitoylik ishlab chiqaruvchilar bilan
hamkorlik memorandumi imzolandi


Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

https://t.iss.one/SamTvr
#Xalqaro_hamkorlik

Bugun Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida Xitoy Xalq Respublikasining Shimoli-sharqiy universiteti vakillari ishtirokida metallurgiya sohasiga tayyorlanadigan kadrlar salohiyatini oshirish, universitetlar o‘rtasida 2+2 qo‘shma ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish hamda mutaxassislar malakasini oshirish maqsadida ikki davlat o‘rtasida stajirovkalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda Samarqand viloyati hokimining Mahalliy sanoatni rivojlantirish bo‘yicha yordamchisi N.A.Ibragimov, Samarqand viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi Innovatsion rivojlanish sho‘basi boshlig‘i E.Danaboyev, “Asia Metal Prof” qo‘shma korxonasi mas’ullari, Universitet rektori Ch.J.Turkyilmaz hamda universitetning professor o‘qituvchilari ishtiroki etishdi.

Ma’lumot uchun!
Shimoli-sharqiy universitet Xitoyning shimoli-sharqidagi markaziy shahar bo'lgan Shenyang shahrida joylashgan bo'lib, Xebey provinsiyasining Qinxuangdao shahrida ham kampusga ega. Universitet umumiy maydoni 2,550,000 kvadrat metrni tashkil etadi, shundan arxitektura maydoni 1,680,000 kvadrat metrni tashkil qiladi. Universitetda Milliy tabiiy fanlar fondining 4 ta innovatsion guruhlari va taʼlim vazirligining 3 ta innovatsion guruhlari mavjud. U 100 dan ortiq ilmiy-tadqiqot institutlariga ega, jumladan 3 ta milliy kalit laboratoriyalar, 4 ta milliy muhandislik (texnologiya) tadqiqot markazlari va 3 ta milliy muhandislik laboratoriyalari. Bundan tashqari, 2 ta milliy qo'shma innovatsion markazlar va 3 ta Liaoning viloyati qo'shma innovatsion markazlari mavjud.
#Xalqaro_hamkorlik

Rossiya Federatsiyasining Moskva shahri va Irkutsk viloyatidan “1C” va “FORUS” kompaniyalari delegatsiyasi tashrif buyurdi


Bugun “1C” kompaniyasi asoschisi Nuraliyev Boris Georgiyevich boshchiligidagi Rossiya federatsiyasi delegatsiya Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi.

Dastlab, viloyat hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yordamchisi Ibragimov Nozir Aliyevich delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda, ishlab chiqarish boshqarish, buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish, dasturiy mahsulotlarni yetkazib berish, mijozlarga xizmat ko‘rsatish hamda “1C” dasturi uchun mutaxassislar tayyorlash yo‘nalishlarida hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.

Shundan so‘ng, Delegatsiya a’zolari uchun Toshkent axborot-texnologiyalari universiteti Samarqand filiali hamda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar va talabalar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
#Xalqaro_hamkorlik

Universitetga tashrif buyurgan Germaniyaning “Weihenstephan Triesdorf Amaliy fanlar universiteti” prezidenti Dr. Erik Veulliet boshchiligidagi delegatsiya bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda universitet rektori, professor Xudaynazar Yunusov boshchiligida professor-o‘qituvchilar, kafedra mudirlari va tegishli mutaxassislar ishtirok etib, ikki universitetning bugungi faoliyati, talabalarni amaliyotga jo‘natish, qo‘shma ilmiy va ta'lim loyihalarni tayyorlash, konferensiya va ilmiy-amaliy tadbirlarda ishtirok etish, qishloq xo‘jaligi sohasidagi mutaxassislarini tayyorlash kabi masalalar yuzasidan fikrlar bildirildi.

Shunigdek, ikki tomonlama hamkorlik memorandmi imzolanib, mehmonlarga estalik sovg‘alari topshirildi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

https://t.iss.one/SamTvr
#XALQARO_HAMKORLIK

TALABALARIMIZ XITOYNING NANKIN POLITEXNIKA INSTITUTIDA O'QIYDI

SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali direktori Sh.Urakov boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib, Nankin politexnika instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolaganligi haqida xabar bergan edik.

Bugun, 5-dekabr kuni Nankin politexnika instituti professorlari Tu Jie hamda Xu Jiuchun filialimizga keldi. Filial direktori Sh.Urakov hamda direktor o'rinbosarlari ishtirokidagi muzokaralar olib borildi.

Memorandum asosida 2025-2026-o'quv yilidan 2+2 asosida talaba almashinuviga kelishildi. Filialning Kimyo, Biologiya hamda Informatika va axborot texnologiyalari yo'nalishlari talabalari ta'limning ikki yilini Nankin politexnika institutida davom ettiradi. Muvaffaqiyatli bitirgan talabalar ikki OTM diplomiga ega bo'ladi.

Professor-o'qituvchilarimiz ham ushbu xorijiy OTMda malaka oshirishadi. Filial professor-o'qituvchilari hamda talabalar uchun xitoy tili kurslari tashkil qilinadi.

✍️  SamDU KF axborot xizmati
#xalqaro_hamkorlik #kasbiy_taʼlim

Kasbiy ta’limni rivojlantirishda xalqaro hamkorlik

2024-yil 12-dekabr kuni Samarqand viloyat oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning “O‘zbekistonda professional ta’lim tizimini isloh qilish va modernizatsiyalash jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi mas’ullari ishtirokida Samarqand shahar 1-son politexnikumida xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida Berlin va Samarqanddagi kasbiy ta’lim muassasalar o‘rtasida kasb-hunar ta’limi sohasida samarali hamkorlik va barqaror rivojlanish maqsadida ular o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Kasbiy ta’lim muassasalari uchun MODESCHULE BERLIN - kiyim va moda markazi kasbiy tayyorgarlik va malakalarni taklif etdi.

Loyiha doirasida tashkil etiladigan treninglar va amaliyotlar yoshlar uchun xalqaro darajadagi ta’lim resurslari va metodikalarga kirish imkoniyatini yaratadi.

@SamTvr
#xalqaro_hamkorlik

Xabaringiz bor, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti delegatsiyasi ayni paytda Daniya Qirolligida boʻlib turibdi.

Mazkur tashrif doirasida Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, Orxus shahri hokimligi va Daniyadagi "Oʻzbek tashabbuslari uyushmasi" vakillari oʻrtasida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, xizmat safarilari tashkil etish, Daniya Qirolligining yetakchi nashrlarida "Oʻzbekistonning bebaho merosi" targʻibot tadbiridan olingan taassurotlar, qolaversa, yurtimizning turistik hamda madaniy manzillari haqida keng yoritib borishga kelishib olindi.

@SamTVR
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

Jahon hayvonlar sog‘ligi tashkiloti (WOAH) ekspertlar guruhi rahbari Veronika Belleman, texnik mutaxassis Ago Partel, texnik va PPR mutaxassisi Susanne Munstermarrn, ta'lim bo'yicha ekspert Tarnilla Alieva, veterinariya va chorvachilik bo‘yicha katta mutaxassis Eran Raizman hamda FAO tashkiloti vakillari
universitetda veterinariya sohasida olib borilayotgan xalqaro, ilmiy va o‘quv ishlari, o‘quv xonalari va laboratoriyalar kabi yaratilgan sharoitlarni baholash maqsadida SamDVMCHBUga tashrif buyurdi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

https://t.iss.one/SamTvr
#xalqaro_hamkorlik
#xorijiy_investitsiya

⚡️Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi muammolarga qaratilgan maqsadli dasturlar uchun mavzular shakllantirilmoqda.

Bugun "Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Ilmiy tadqiqot va innovatsiya ishlari bo'yicha prorektori, professor Tongqian Zou bilan "Orol dengizining qurigan tubidagi yerlardan foydalanish samaradorligini oshirish, suvni tejash hamda tuzni kamaytirish muammolarining ilmiy yechimini ta’minlashga mavjud ilmiy-innovatsion salohiyatni jalb etish" mavzusidagi amaliy loyihasi muhokama qilindi.

Shuningdek, professorning turizm sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda viloyatda turizmni rivojlantirish yo'nalishlaridagi bir qator loyihalari muhokama markazida bo'ldi