SamTVR | MTRK
6.08K subscribers
95.9K photos
45K videos
428 files
57.2K links
Samarqand viloyati teleradiokanali

Viloyat hayotiga oid voqea-hodisalar haqida tezkor xabarlar, foto va video lavhalar berib boriladi. Jurnalist va blogerlarning chiqishlaridan ham xabardor bo‘lishingiz mumkin! Tel:(97)3990209
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik #kasbiy_taʼlim

Kasbiy ta’limni rivojlantirishda xalqaro hamkorlik

2024-yil 12-dekabr kuni Samarqand viloyat oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning “O‘zbekistonda professional ta’lim tizimini isloh qilish va modernizatsiyalash jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi mas’ullari ishtirokida Samarqand shahar 1-son politexnikumida xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida Berlin va Samarqanddagi kasbiy ta’lim muassasalar o‘rtasida kasb-hunar ta’limi sohasida samarali hamkorlik va barqaror rivojlanish maqsadida ular o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Kasbiy ta’lim muassasalari uchun MODESCHULE BERLIN - kiyim va moda markazi kasbiy tayyorgarlik va malakalarni taklif etdi.

Loyiha doirasida tashkil etiladigan treninglar va amaliyotlar yoshlar uchun xalqaro darajadagi ta’lim resurslari va metodikalarga kirish imkoniyatini yaratadi.

@SamTvr
#forum #kasbiy_taʼlim #WorldskillsSamarkand2025

“Worldskills Samarkand-2025” doirasida xalqaro forum o‘tkazildi

30-yanvar kuni “Worldskills Samarkand-2025” V milliy kasblar chempionati doirasida “O‘zbekistonda kasbiy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi.

Forumning asosiy maqsadi – milliy kasbiy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, yangi yondashuvlar, erishilgan natijalar va mavjud tajribalar yuzasidan fikr almashish hamda kelgusidagi rejalarni muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.

Tadbirda milliy va xalqaro tajribaga ega bo‘lgan professional mutaxassislar ishtirok etdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/34617

@SamTvr