SamDVMCHBU BIRINCHI PROREKTORI
1.57K subscribers
22.8K photos
1.65K videos
36 files
2.32K links
©️Ushbu kanal siz uchun yaratildi. Va chin dildan ishonamizki, kanal ruknlarida aks etgan axborotlar sizning ma'naviy kamolotingiz uchun xizmat qiladi!
Download Telegram
#SamDVMCHBU_yangiliklari

SamDVMCHBU “Xorijiy tillar” kafedrasi mudiri, p.f.b.f.d.,(PhD) G.M.Nizamov, katta oʻqituvchi M.Tursunova hamda G.Saparovalar tomonidan Pastdarg‘om tumanidagi 18-umumiy oʻrta ta’lim maktabida targ‘ibot dadbiri o‘tkazildi.

O‘quvchilar bilan bo‘lgan uchrashuvda universitetdagi mavjud ta’lim yo‘nalishlari, xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik, talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risida ma’lumotlar berish barobarida yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy va mafkuraviy muhitni yanada yaxshilash maqsadida “Diniy ekstremizm va terorizmga qarshi kurashishning manaviy-marifiy asoslari” mavzusida taqg‘ibot tadbiri tashkil etishdi.

Shuningdek, tumandagi Mangʻitobot” MFYda mahalla faollari bilan birgalikda “Sog`lom turmush tarsi”, “Qizlarni erta turmushga berishning oqibatlari” mavzularida davra suhbatlari o‘tkazishdi.

  🏛@SDVUM_olami
👍1
#SamDVMCHBU_yangilikalri

SamDVMCHBU "Zooinjeneriya va Mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi” fakulteti "Mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash va qayta ishlash texnologiyasi" kafedrasi qoshida tashkil qilingan ''Yosh texnolog'' ilmiy toʻgaragining navbatdagi yigʻilishi bo'lib o'tdi.

Unda fakultetning iqtidorli talabalari safidan joy olgan 104-guruh talabasi Shirinova Ozoda 1-ma'ruzachi sifatida to'garakni "Sut va sut mahsulotlarni dastlabki qayta ishlov texnologiyasi" haqida ma'lumot berish ila boshlab bergan bo'lsa, 104-guruh talabasi To‘xtashova Sevinch “Asal beruvchi o‘simliklar va ularni dastlabki ishlash texnologiyasi” haqida o'zlashtirgan bilib va ko'nikmalari haqida 2-ma'ruzachi bo'lib ishtirok etdi.

Ilmiy to'garak yakunida talabalar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga professor-o'qituvchilar tomonidan javob olishdi.

To'garak judayam qiziqarli va foydali ma'lumotlarga boy bo'lib o'tdi.

  🏛@SDVUM_olami
👍2
#SamDVMCHBU_yangiliklari

SamDVMCHBU Zooinjeneriya va mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi fakultetining "Hayvonlar genetikasi, urchitish va oziqlantirish texnologiyasi" kafedrasi qoshida tashkil qilingan ''Yosh genetik va seleksionerlar'' ilmiy toʻgaragining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yig'ilishda to'garak rahbari assistent q.x.f.f.d. (PhD) Z.B. Suyunova hamda kafedra professor-o'qituvchilari M.A.Nazarova, M.A.Nortasheva, F.Sattarov, M.Sulaymanova, O'. Raximovlar va qiziquvchi talabalar ishtirok etdilar.

Yig‘ilishda 4-bosqich 401-guruh talabasi Saxobiddin Xolmurodov “Germaniya seleksiyasiga mansub golshtin zotli sigirlarining sut mahsuldorligi”, 2-bosqich 202-guruh talabasi Sobitxon A’zamov “Hujayraning mitoz va meyoz bo‘linishi” mavzularida taqdimotlar qilishdi.

Talabalarimiz har ikkala ma'ruzalarni ham diqqat bilan tingladilar va o'zlarini qiziqtirgan savollarini berib faol ishtirok etdilar.

🏛@SDVUM_olami
👍21
#SamDVMCHBU_yangiliklari

Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xafsizligi fakulteti “Parranda, baliq, asalari va mo'ynali hayvonlar kasalliklari” kafedrasi qoshida tashkil etilgan “Yosh veterinar” ilmiy to'garagining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig‘ilishda 1- kurs magstranti Rustamov Javohir “Broyler jo’jalarda dispepsiyaning etiologiyasi va oldini olishni takomillashtirish” mavzusida, fakultet 4-kurs talabasi Sobirjonov Abdurahmon "Yovvoyi va mo’ynali hayvonlarda miksamotoz kasalligi" mavzusi bo'yicha kasallikning tarqalishi sabablari, klinik belgilari kabi qiziqarli ma’lumotlarni to’garak a’zolariga taqdim etdi.

Ma’ruzalarda parrandalarning rivojlanishi, klinik belgilari, simtomlari, kasallikning rivojlanishi, kunlik o'shishi, davolash va oldini olish bo'yicha qiziqarli ma’lumotlar haqida fikr almashilib, to'garak a'zolarining qiziqdirgan savollariga to'liq javob berdi.

🏛🔗@SDVUM_olami
👍2
#SamDVMCHBU_yangilikalri

SamDVMCHBU "Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi” fakulteti "Hayvonlar fiziologiyasi, biokimyosi va patologik fiziologiya" kafedrasi qoshida tashkil qilingan ''Yosh fiziologlar'' fan va ilmiy toʻgaragining navbatdagi yigʻilishi bo'lib o'tdi.

Unda fakultetning iqtidorli talabalari safidan joy olgan 202-guruh talabasi Ko'palova Sarvinoz 1-ma'ruzachi sifatida to'garakni "Parrandalarda nafas olish fiziologiyasi" haqida ma'lumot berish ila boshlab bergan bo'lsa, 206-guruh talabasi Mayramaliyeva Gulnura “Кровеносная система птиц” mavzusida o'zlashtirgan bilim va ko'nikmalari haqida 2-ma'ruzachi sifatida ishtirok etdi.

Ilmiy to'garak yakunida talabalar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga professor-o'qituvchilar tomonidan javob olishdi.

To'garak judayam qiziqarli va foydali ma'lumotlarga boy bo'lib o'tdi.

🏛@SDVUM_olami
👍2
#SamDVMCHBU_yangiliklari
#xalqaro_hamkorlik

📌Chet el oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik amaliyoti davr talabi


🔰Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti hamda MSXA K.A.Timiryazev nomidagi Rossiya Davlat Agrar universiteti o'rtasidagi hamkorlik shartnomasiga asosan, Agrotexnologiya, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish kafedrasi tashabbusi bilan tashrif buyurgan yetuk olim bilan o‘quv-uslubiy pedogogik uchrashuv va master klass dars tashkil etildi.

♻️Universitetning “Tuproqshunoslik, agrokimyo va o‘rmon ishi” kafedrasi mudiri biologiya fanlari doktori, professor Mazirov Mixail Arnoldovich va Mazirov Ilya Mixaylovichni universitetimiz rektori professor X.B.Yunusov, Agrotexnologiya fakulteti dekani, kafedra mudiri va O.Nazarovlar kutib oldilar. 

👉BATAFSIL

🏛@SDVUM_olami
👍3
#SamDVMCHBU_yangiliklari

SamDVMCHBU Xorijiy tillar kafedrasi o'qituvchilari Yo.Axtamova va N.Yaxyoqulovalar Pastdarg'om tumani 51-son maktabida targ'ibot tadbirlarini o'tkazishdi.

O‘quvchilar bilan bo‘lgan uchrashuvda  universitetdagi mavjud ta’lim yo‘nalishlari, xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik, talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risida ma’lumotlar berish barobarida yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy va mafkuraviy muhitni yanada yaxshilash maqsadida “Diniy ekstremizm va terorizmga qarshi kurashishning manaviy-marifiy asoslari” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etishdi.

🏛@SDVUM_olami
👍5
#SamDVMCHBU_yangiliklari

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti faollar zalida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-dekabr kuni Oliy va kasbiy ta’lim tizimi hamda ilmiy sohadagi 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi va "Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili”dagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan Hay’at yig‘ilishida ko‘rilgan masalalar yuzasidan universitet rektori, professor Xudaynazar Yunusov tomonidan yig‘ilish o‘tkazilib, ijrosi to‘g‘risida mas’ullarga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.


🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
👍1
#SamDVMCHBU_yangiliklari

Universitetda registrator ofisi o‘z faoliyatini boshladi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi loyiha ofisining 2024 yil 9-iyuldagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida “Registrator ofisi”ni tashkil etish to‘g‘risida”gi 24-q/q, 2-q/q-sonli qo‘shma qarori, shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 13-dekabrdagi 48-q/q-son, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024 yil 11-dekabrdagi 21-2024-q/q-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 12-dekabrdagi 205-son-qarori (ro‘yxat raqami 2859-4, 2024-yil 27-dekabr)da belgilangan vazifalar ijrosini taminlash maqsadida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti rektorining tegishli buyrug‘i asosida “Registrator ofisi” o‘z faoliyatini boshladi.
👉BATAFSIL

🏛Maʻnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗@SDVUM_olami
👍2
#SamDVMCHBU_yangiliklari

Universitetda registrator ofisi o‘z faoliyatini boshladi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi loyiha ofisining 2024 yil 9-iyuldagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida “Registrator ofisi”ni tashkil etish to‘g‘risida”gi 24-q/q, 2-q/q-sonli qo‘shma qarori, shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 13-dekabrdagi 48-q/q-son, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024 yil 11-dekabrdagi 21-2024-q/q-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 12-dekabrdagi 205-son-qarori (ro‘yxat raqami 2859-4, 2024-yil 27-dekabr)da belgilangan vazifalar ijrosini taminlash maqsadida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti rektorining tegishli buyrug‘i asosida “Registrator ofisi” o‘z faoliyatini boshladi.
👉BATAFSIL

🏛Maʻnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗
@SDVUM_olami
👍1
#Yashil Makon #Ekologiya #Ko'kalamzorlashtirish #SamDVMChBU

🌿 "Yashil makon" loyihasi davom etmoqda! 🌱

📅 22-mart, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti jamoasi "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini davom ettirdi.

🌳 Zooinjeneriya va mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi fakulteti professor-o‘qituvchilari Oqdaryo tumanidagi universitet o‘quv tajriba maydoniga 400 tupga yaqin Kaliforniya terak ko‘chatlarini ekib, atrof-muhitni yanada go‘zallashtirishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.

🌏 Yashil hududlarni kengaytirish – kelajak avlod uchun barqaror muhit yaratish demak! Ko‘chatlarni parvarishlash ishlari davom etmoqda.

📢 Tabiatni asrash yo‘lida barchani faol ishtirok etishga chorlaymiz!

🏛Maʻnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗@SDVUM_olami
👍4👏1
#Yashil Makon #Ekologiya #Ko'kalamzorlashtirish #SamDVMChBU

🌿 "Yashil makon" loyihasi davom etmoqda! 🌱

🌿Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti jamoasi "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini davom ettirdi.

🌳Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti professor-o‘qituvchilari Oqdaryo tumanidagi universitet o‘quv tajriba maydoniga 200 tupga yaqin Kaliforniya terak ko‘chatlarini ekib, atrof-muhitni yanada go‘zallashtirishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.

🌏 Yashil hududlarni kengaytirish – kelajak avlod uchun barqaror muhit yaratish demak! Ko‘chatlarni parvarishlash ishlari davom etmoqda.

📢 Tabiatni asrash yo‘lida barchani faol ishtirok etishga chorlaymiz!

🏛@SDVUM_olami
👏1
#SamDVMCHBU_akademik_litsey

Joriy yilning 11-aprel kuni SamDVMCHBU akademik litseyining faollar zalida 1- kurs qizlari ishtirokida ''BALLI QIZLAR'' ko'rik tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Shartlar:
1-shart-Tanishtiruv;
2-shart-Karven san'ati;
3-shart-Erkin mavzu;
4-shart -Tugma qadash;
5-Shart soch turmaklash.

🎗 Qizg'in va murosaga boy bo'lib qizlarimiz mahorotlarini ko'rsatdi va shunga xos nominatsiyalar bilan taqdirlandi.Tadbir unutilmas xotiralar va ko'tarinki ruhda bo'lib o'tdi.


🏛
@SDVUM_olami
👍1
#SamDVMCHBU_akademik_litsey

O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilangan Xalqaro tan olingan va milliy baholash tizimida ko'rsatilgan sertifikat sohibi bo'lgan fidoiy kimyo fani o'qituvchisi D. Abdumannonov ustozni samimiy muborakbod etamiz.

Shuningdek, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti akademik litseyining bir qator zukko oʻquvchilari ham sertifikatga ega boʻlishdi.

Oʻqituvchi va oʻquvchilarning ilmiy faoliyatiga omad tilaymiz.

🔷Maʻnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗
@SDVUM_olami
🔥2
#REKTOR_FAN_OLIMPIADASI
#SAMDVMCHBU_AKADEMIK_LITSEY

Joriy yilning 20-aprel kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti akademik litseyida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida Rektor fan olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.

🏛Mazkur tadbirda Universitet rektori, professor X.B.Yunusov ham ishtirok etib, akademik litsey o‘quvchilariga olimpiada jarayonlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishlari uchun omad tiladi va ularni bilimga chanqoq, fidoiy, tashabbuskor bo‘lishga, o‘z ustida tinimsiz ishlashga undadi.

Shuningdek, rektor oʻz nutqida mazkur olimpiadaning yoshlar salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularning intellektual imkoniyatlarini aniqlash va rag‘batlantirishdagi o‘rni katta ekanini alohida ta’kidlab o‘tdi.

⚡️Tadbir davomida fan olimpiadasi ishtirokchilari turli yo‘nalishlar bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.

👉
BATAFSIL

🏛Maʻnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗@SDVUM_olami
🏆4🎉1🤩1
#REKTOR_FAN_OLIMPIADASI
#SAMDVMCHBU_AKADEMIK_LITSEY

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Akademik litseyida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida Rektor fan olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.


Unda 6 ta fandan 500 nafarga yaqin 9-sinf o'quvchilari ishtirok etib, shundan 18 nafari 1, 2, va 3-o'rinlarni egallashdi.

G'olib bo'lgan o'quvchilar
SamDVMCHBU rektori, professor X.B.Yunusov tomonidan diplom va estalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

🏛Maʻnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗@SDVUM_olami
👍2
#SamDVMCHBU
#psixolog_xizmati

📑UNIVERSITET PSIXOLOGI - PSIXOLOGIK XIZMAT TURLARINI TAKLIF ETADI

Hurmatli professor-o‘qituvchilar va aziz talaba-yoshlar!

Agar sizda:
Stress;
Uzoq muddatli depressiya;
Surunkali tushkun kayfiyat;
Muomalada qiyinchiliklar;
Shaxsiy psixologik muammolar;
Ta’lim borasidagi muammolar;
Ijtimoiy psixologik muammolar;
O‘zingizga tushunarsiz bo‘lgan psixofiziologik muammolar mavjud bo‘lsa Universitet Psixologiga murojaat qilishingiz mumkin!

📩Murajatchilar shaxsiga oid ma'lumotlar sir saqlanadi.

☎️Telegram hamda muloqot uchun telefon raqami:
+998944776773

Gulommamedova Orzigul Normamatovna
SamDVMCHBU psixologi

📌BARCHA MUVAFFAQIYATLARNING KALITI – RUHIY TETIKLIKDIR!
♻️Ruhiy barqarorlikka erishing!
@SDVU_psixologik_bilimlar

🏛Maʻnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗@SDVUM_olami
3
#SamDVMCHBU #Talabalar_turar_joyi #Tyutor_tashabbusi

  Talaba qizlar ishtirokida psixologik uchrashuv davom etmoqda.

Joriy yilning 30-aprel kuni Zooinjeneriya va mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi fakulteti tyutor Sh. Sadinova hamda universitet psixologi O. Gulommamedova 2-sonli talabalar turar joyida oila qurish arafasida bo'lgan talaba qizlar bilan individual suhbat o‘tkazishdi.

🔹 Oila qurish arafasida bo'lgan talaba qizlar bilan individual suhbat o'tkazdi, suhbat davomida talaba qizlarni oila qurishga ruhan tayyorligi, oilaviy munosabatlarda o'zaro hurmat, shukronalik tuyg'ularini shakllantirish haqida so'z yuritildi.

Uchrashuv talaba qizlarning dunyo qarashini kengaytirish, jamiyatda o‘z o‘rnini to‘g‘ri anglash va psixologik asosga ega bo‘lishiga xizmat qiladi. Ushbu uchrashuv talaba qizlarning dunyo qarashini kengaytirish, jamiyatda o‘z o‘rnini to‘g‘ri anglash va psixologik asosga ega bo‘lishiga xizmat qiladi
.

📌 Bunday psixologik suhbatlar doimiy ravishda davom etadi!


🔗@SDVUM_olami
👍2👏1
#SamDVMCHBU #TalabalarTurarJoyi #TyutorTashabbusi

Zooinjeneriya va Mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi fakulteti tyutori Sh. Sadinova hamda universitet psixologi O. Gulommamedova tomonidan 2-sonli talabalar turar joyida yashovchi talabalar bilan navbatdagi psixologik trening hamda ochiq suhbat tashkil etildi.

Suhbat davomida talabalarni qiziqtirgan mavzular, psixologik holat, stressni yengish va o‘zini to‘g‘ri boshqarish bo‘yicha foydali ma’lumotlar berildi. Ochiq muloqot tarzida o‘tgan tadbir talabalar tomonidan iliq kutib olindi.

Ruhiy salomatlik va ijobiy muhit yaratish maqsadida, suhbatdan so‘ng talabalar bilan amaliy psixologik mexr ulashish mashg‘ulotlar ham bajarildi. Ushbu psixologik trening ishtirokchilari birgalikda faol harakatlar orqali o‘z ijobiy energiyasini oshirib, bir-birlariga samimiy quvonch ulashdilar.

Bu kabi uchrashuvlar talabalarning ijtimoiy faolligi va ruhiy barqarorligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Talaba ruhiy sog‘lom bo‘lsa – kelajak yorqin bo‘ladi!


@SDVUM_olami
👍4
#SamDVMCHBU_yangiliklari

Milliy gvardiyadan talaba-yoshlargacha: Samarqandda otliqlar paradi qanday o‘tdi?

Samarqand viloyati hokimligining 2025-yil 26-maydagi 07-01/334-sonli chora-tadbirlar rejasi ijrosi yuzasidan 2025-yil 31-may kuni “1-iyun-“Xalqaro bolalarni himoya qilish” kuni munosabati bilan Registon maydonidan Universitet xiyoboni va Ko‘ksaroy maydonida otliqlar yurishi (paradi) o'tkazildi.

📌Paradda Viloyat IIB, Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi otliq eskadroni chavandozlari, shuningdek, viloyatning ot sporti yo‘nalishlari bo‘yicha terma jamoalarining yetakchi sportchilari hamda SamDVMCHBUning bir guruh talaba-yoshlari va mas'ul xodimlar ishtirok etishdi.


🇺🇿Ular tantanali xizmat va sport kiyimlarida, O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘targan holda shahrimizning markaziy ko‘chalari bo‘ylab yurishdi.

🏛@SDVUM_olami
👍2