SamDVMCHBU BIRINCHI PROREKTORI
1.56K subscribers
22.8K photos
1.65K videos
36 files
2.32K links
©️Ushbu kanal siz uchun yaratildi. Va chin dildan ishonamizki, kanal ruknlarida aks etgan axborotlar sizning ma'naviy kamolotingiz uchun xizmat qiladi!
Download Telegram
#SamDVMCHBU #TalabalarTurarJoyi #TyutorTashabbusi

Zooinjeneriya va Mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi fakulteti tyutori Sh. Sadinova hamda universitet psixologi O. Gulommamedova tomonidan 2-sonli talabalar turar joyida yashovchi talabalar bilan navbatdagi psixologik trening hamda ochiq suhbat tashkil etildi.

Suhbat davomida talabalarni qiziqtirgan mavzular, psixologik holat, stressni yengish va o‘zini to‘g‘ri boshqarish bo‘yicha foydali ma’lumotlar berildi. Ochiq muloqot tarzida o‘tgan tadbir talabalar tomonidan iliq kutib olindi.

Ruhiy salomatlik va ijobiy muhit yaratish maqsadida, suhbatdan so‘ng talabalar bilan amaliy psixologik mexr ulashish mashg‘ulotlar ham bajarildi. Ushbu psixologik trening ishtirokchilari birgalikda faol harakatlar orqali o‘z ijobiy energiyasini oshirib, bir-birlariga samimiy quvonch ulashdilar.

Bu kabi uchrashuvlar talabalarning ijtimoiy faolligi va ruhiy barqarorligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Talaba ruhiy sog‘lom bo‘lsa – kelajak yorqin bo‘ladi!


@SDVUM_olami
👍4