#kitob_foydasi
Hammamiz kitob o‘qishning foydali ekanligini eshitganmiz. 🤔 Lekin uning foydaliligi aynan nimada?
💥Ko‘p kitob o‘qiydigan bolalar darslarni yaxshi o‘zlashtirishadi.
📚 Tadqiqotlarda aniqlanishicha, kitob o‘qishni xush ko‘radigan bolalar maktabda ham yaxshi o‘qishadi. Ular grammatikani ham, matematikani ham yaxshi o‘zlashtirishadi.
💥Mutolaa jinoyatchilikning oldini oladi.
📚 O‘tkazilgan tadqiqotdan ma’lum bo‘lishicha, panjara ortida savodxonligini oshirgan jinoyatchilar ozodlikka chiqqanlaridan so‘ng boshqa jinoyatchilarga nisbatan jinoyatga 30 foiz kamroq qo‘l uradilar.
💥Mutolaa tinglash qobiliyatini rivojlantiradi.
📚 Qanchalik g‘alati tuyulmasin, kitob o‘qish tinglash qobiliyatini oshiradi, boshqalarni oson tushunishga yordam beradi. Bu ayniqsa, kitobni ovoz chiqarib o‘qiganda yanada samarali bo‘ladi.
💥 Mutolaa yaxshi hikoyago‘yga aylantiradi.
📕 Inson kitobni qancha ko‘p o‘qisa, hikoya qilish qobiliyati shunchalik oshadi. Keraksiz gaplarni kamroq gapirib, keraklilarini yaxshiroq yetkazadigan bo‘ladi.
💥 Mutolaa yaxshilik qilishga undaydi
📚 Faol kitobxonlar xayriya ishlari bilan boshqalarga nisbatan uch marta ko‘proq shug‘ullanishadi. Mutolaa muhtoj insonlarga yordam qo‘lini cho‘zishga undaydi.
🏛@SDVUM_olami

#Diqqat_qiling
#Kitob_foydasi
📖 Hammamiz kitob o‘qishning foydali ekanligini eshitganmiz.
🤨Lekin uning foydaliligi aynan nimada?
📚 Mutolaa Alsgeymer xastaligiga chalinishning oldini oladi.
Qator tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, ko‘p kitob o‘qigan insonlar Alsgeymer kasalligiga kamroq chalinishar ekan. Miya ham xuddi boshqa a’zolar singari qo‘llab-quvvatlashga va mashqlar yordamida mustahkamlanishga muhtoj bo‘ladi. Kitob o‘qish esa bu borada eng samarali usuldir.
📚Mutolaa chet tilini o‘rganishni osonlashtiradi.
Doimiy ravishda kitob o‘qish boshqa tillarni o‘rganishda yangi so‘zlarni oson tushunishga va yodda saqlab qolishga yordam beradi.
📘Mutolaa ijodkorlik qobiliyatini rivojlantiradi.
Obafemi Avolau universiteti pedagoglari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mashg‘ulotlariga mavzuli komikslarni kiritishganida, suratlar va so‘zlar aralashmasi bolalarning ijodkorlik qobiliyatlarini oshirishini aniqlashdi. Kitoblar kattalarga ham ana shunday ta’sir ko‘rsatadi.
💥Mutolaa moliyaviy qiyinchiliklarni bartaraf etishda yordam beradi.
Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, umuman kitob o‘qimaydigan insonlarning 43 foizi qashshoqlikda yashaydi. Savodli insonlar orasida esa qashshoqlikda yashaydiganlar 4 foizni tashkil etadi.
📚 Birgalikda kitob o‘qish ota-onalar va bolalarning o‘zaro munosabatlarini yaxshilaydi.
Psixologlar birgalikda kitob o‘qish jarayonida ota-onalar va bolalar o‘rtasida o‘ziga xos munosabat o‘rnatiladi deb hisoblashadi. Ularning aytishlaricha, bunday munosabat birgalikda televizor ko‘rganda aslo paydo bo‘lmaydi.