SamDVMCHBU BIRINCHI PROREKTORI
1.55K subscribers
22.8K photos
1.65K videos
36 files
2.32K links
©️Ushbu kanal siz uchun yaratildi. Va chin dildan ishonamizki, kanal ruknlarida aks etgan axborotlar sizning ma'naviy kamolotingiz uchun xizmat qiladi!
Download Telegram
#diqqat_qiling

🇺🇿 Agar Temur Saltanati saqlanib qolinganda Dunyo xaritasi hozir qanday bo‘lar edi?

©️Ma'naviyat Info|Rasmiy kanal
🔗
@SDVUM_olami
🔥1🤩1
#Diqqat_qiling
#Kitob_foydasi

📖 Hammamiz kitob o‘qishning foydali ekanligini eshitganmiz.
🤨Lekin uning foydaliligi aynan nimada?

📚 Mutolaa Alsgeymer xastaligiga chalinishning oldini oladi.

Qator tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, ko‘p kitob o‘qigan insonlar Alsgeymer kasalligiga kamroq chalinishar ekan. Miya ham xuddi boshqa a’zolar singari qo‘llab-quvvatlashga va mashqlar yordamida mustahkamlanishga muhtoj bo‘ladi. Kitob o‘qish esa bu borada eng samarali usuldir.

📚Mutolaa chet tilini o‘rganishni osonlashtiradi.

Doimiy ravishda kitob o‘qish boshqa tillarni o‘rganishda yangi so‘zlarni oson tushunishga va yodda saqlab qolishga yordam beradi.

📘Mutolaa ijodkorlik qobiliyatini rivojlantiradi.

Obafemi Avolau universiteti pedagoglari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mashg‘ulotlariga mavzuli komikslarni kiritishganida, suratlar va so‘zlar aralashmasi bolalarning ijodkorlik qobiliyatlarini oshirishini aniqlashdi. Kitoblar kattalarga ham ana shunday ta’sir ko‘rsatadi.

💥Mutolaa moliyaviy qiyinchiliklarni bartaraf etishda yordam beradi.

Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, umuman kitob o‘qimaydigan insonlarning 43 foizi qashshoqlikda yashaydi. Savodli insonlar orasida esa qashshoqlikda yashaydiganlar 4 foizni tashkil etadi.

📚 Birgalikda kitob o‘qish ota-onalar va bolalarning o‘zaro munosabatlarini yaxshilaydi.

Psixologlar birgalikda kitob o‘qish jarayonida ota-onalar va bolalar o‘rtasida o‘ziga xos munosabat o‘rnatiladi deb hisoblashadi. Ularning aytishlaricha, bunday munosabat birgalikda televizor ko‘rganda aslo paydo bo‘lmaydi.

 🏛@SDVUM_olami
🔥1