Rustam MIRVOHID ijodi pinned «Azizlar, ilgariroq e'lon qilganimiz - "Oriat Dono" radiokanali "Xalfana" dasturining kamina ijodiga bag'ishlangan sonini shu manzilda to'liq tomosha qilishingiz mumkin. Matni bizning qalamimizga mansub, Siz hali eshitmagan yangi qo'shiqlar taqdimoti! Marhamat👇:…»
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hijron quzg‘unlari
Hijron quzg‘unlari ko‘ksimni tilib,
Bitmagan yaramni battarroq shilib,
Tirnab, yurakkinam lolazor qilib
Ketgach, anduhlarim tuz sepdilar, oh!
Men bunga toqatni olaman qaydan,
Fig‘onim avjlari oshdi-ku naydan,
“Ey, Hayyom, yo‘q dema, bir xo‘play maydan” –
Desam, armonlarim bir tepdilar, oh!
Ko‘zlarim giryona tentirab yursam,
Majnunning xokidan oshiyon qursam
Ki, ko‘ngil ishidan hayrona tursam,
Baxtim jafo bilan osh yebdilar, oh!
Qalamga roz aytib, ishoning, toldim,
“E, bor!” deb barini Xudoga soldim,
“Mashrabning qo‘lidan tanburni oldim” –
Desam, “Ushshoq”lardan chal debdilar, oh!
Chaldim-u tebranib tingladi dunyo,
Chaldim-u ko‘z yoshin ilindi samo,
Chaldim-u qanotin silkidi Xumo,
Shoyad, o‘zlariga yor keldilar, oh!
Tegramdan ishq degan zar sepdilar, oh...
✍Rustam Mirvohid
🎙Erkin Ro‘zmatov
@Rustam_MIRVOKHID
Hijron quzg‘unlari ko‘ksimni tilib,
Bitmagan yaramni battarroq shilib,
Tirnab, yurakkinam lolazor qilib
Ketgach, anduhlarim tuz sepdilar, oh!
Men bunga toqatni olaman qaydan,
Fig‘onim avjlari oshdi-ku naydan,
“Ey, Hayyom, yo‘q dema, bir xo‘play maydan” –
Desam, armonlarim bir tepdilar, oh!
Ko‘zlarim giryona tentirab yursam,
Majnunning xokidan oshiyon qursam
Ki, ko‘ngil ishidan hayrona tursam,
Baxtim jafo bilan osh yebdilar, oh!
Qalamga roz aytib, ishoning, toldim,
“E, bor!” deb barini Xudoga soldim,
“Mashrabning qo‘lidan tanburni oldim” –
Desam, “Ushshoq”lardan chal debdilar, oh!
Chaldim-u tebranib tingladi dunyo,
Chaldim-u ko‘z yoshin ilindi samo,
Chaldim-u qanotin silkidi Xumo,
Shoyad, o‘zlariga yor keldilar, oh!
Tegramdan ishq degan zar sepdilar, oh...
✍Rustam Mirvohid
🎙Erkin Ro‘zmatov
@Rustam_MIRVOKHID
👍12🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Iltimos, suyanmangiz!”
Metro. Vagon. Eshik oynasida
Bir jumla bor eslang, ko‘p o‘ylanmangiz.
Ha, o‘sha o‘rindiq yonginasida
Yozilgan: “Iltimos, suyanmangiz!”
Bu-ku, maʼmuriyat savobli ishi,
Yo‘lovchi nafi deb uni bitarlar.
Valekin ko‘p holda aksari kishi
Eshikka suyanib befarq ketarlar...
Mayli, tanqid nechun, azizim, sizga,
Shundoq ham tanqidga gazetlar to‘ldi.
Qo‘rqaman, bir kuni bir-birimizga:
“Iltimos, suyanmang!” demasak bo‘ldi.
2010-yil
@Rustam_MIRVOKHID
Metro. Vagon. Eshik oynasida
Bir jumla bor eslang, ko‘p o‘ylanmangiz.
Ha, o‘sha o‘rindiq yonginasida
Yozilgan: “Iltimos, suyanmangiz!”
Bu-ku, maʼmuriyat savobli ishi,
Yo‘lovchi nafi deb uni bitarlar.
Valekin ko‘p holda aksari kishi
Eshikka suyanib befarq ketarlar...
Mayli, tanqid nechun, azizim, sizga,
Shundoq ham tanqidga gazetlar to‘ldi.
Qo‘rqaman, bir kuni bir-birimizga:
“Iltimos, suyanmang!” demasak bo‘ldi.
2010-yil
@Rustam_MIRVOKHID
👍22🔥4👏1
Forwarded from Rustam MIRVOHID ijodi
ДУО
Раббим, бир дуом бор, мени тут маъзур:
Тотяпман гоҳ қувонч, гоҳ азиятдан.
Мени эркак қилиб яратдинг, шукур,
Эркак қилиб чиқар ҳар вазиятдан!.
✍Рустам МИРВОҲИД
Азизларим, саййид ул айём, хажжул масокин - Жума муборак бўлсин!
@Rustam_Mirvokhid
Раббим, бир дуом бор, мени тут маъзур:
Тотяпман гоҳ қувонч, гоҳ азиятдан.
Мени эркак қилиб яратдинг, шукур,
Эркак қилиб чиқар ҳар вазиятдан!.
✍Рустам МИРВОҲИД
Азизларим, саййид ул айём, хажжул масокин - Жума муборак бўлсин!
@Rustam_Mirvokhid
👍24
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ijtimoiy ovvorgarchilik
Shoir so‘zi bilan ovvora, chunki
Qizlar yuzi bilan ovvora, chunki
Bahor kuzi bilan ovvora, chunki
Har kim o‘zi bilan ovvora chunki.
Dehqon ortolmaydi yer chopig‘idan,
Kosib ortolmaydi el to‘pig‘idan,
Hech kim chiqolmaydi o‘z qobig‘idan –
Har kim o‘zi bilan ovvora chunki.
Gulni suyar ari bir bol qasdida,
Quyosh kamol topar zavol qasdida,
Kim savob qasdida, kim mol qasdida –
Har kim o‘zi bilan ovvora chunki.
Nahot, ish tushganda kerakdir diydor,
Yo diydor mahali ishimiz bisyor,
Bugun diydordan ham qochguvchilar bor –
Har kim o‘zi bilan ovvora chunki.
Bozorga dil bermak asorati bu,
Rasulning ming yillik bashorati bu,
Oxiratning yaqqol alomati bu –
Har kim o‘zi bilan ovvora chunki.
Bas, Rabbim, imkon ber, qo‘rquvdan tortib
Rahmatingga umid dillarga to‘lsin.
O‘zingga yukunib, o‘zidan ortib
Har bandang sen bilan ovvora bo‘lsin!.
2016-yil
✍Rustam Mirvohid
🎙Erkin Ro‘zmatov
@Rustam_MIRVOKHID
Shoir so‘zi bilan ovvora, chunki
Qizlar yuzi bilan ovvora, chunki
Bahor kuzi bilan ovvora, chunki
Har kim o‘zi bilan ovvora chunki.
Dehqon ortolmaydi yer chopig‘idan,
Kosib ortolmaydi el to‘pig‘idan,
Hech kim chiqolmaydi o‘z qobig‘idan –
Har kim o‘zi bilan ovvora chunki.
Gulni suyar ari bir bol qasdida,
Quyosh kamol topar zavol qasdida,
Kim savob qasdida, kim mol qasdida –
Har kim o‘zi bilan ovvora chunki.
Nahot, ish tushganda kerakdir diydor,
Yo diydor mahali ishimiz bisyor,
Bugun diydordan ham qochguvchilar bor –
Har kim o‘zi bilan ovvora chunki.
Bozorga dil bermak asorati bu,
Rasulning ming yillik bashorati bu,
Oxiratning yaqqol alomati bu –
Har kim o‘zi bilan ovvora chunki.
Bas, Rabbim, imkon ber, qo‘rquvdan tortib
Rahmatingga umid dillarga to‘lsin.
O‘zingga yukunib, o‘zidan ortib
Har bandang sen bilan ovvora bo‘lsin!.
2016-yil
✍Rustam Mirvohid
🎙Erkin Ro‘zmatov
@Rustam_MIRVOKHID
👍22🙏3❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2022-yilda Vatanimizda ko'p mashhur shaxslar vafot etdi. Albatta, bu yo'qotishlarning o'rnini to'ldirib bo'lmaydi. Shaxsan men uchun yil yo'qotishi - buvim bo'ldilar...
Azizlar, shu videoda zikr etilgan insonlar qatorida barchamizdan o'tib ketganlarni, xususan, buvim Risolat Tursunovani ham haqlariga ham duo qilishingizdan umidvorman.
2023-yil barchamiz uchun bunday og'ir yo'qotishlardan holi yil bo'lsin!
Manba: @mm_telekanal
@Rustam_MIRVOKHID
Azizlar, shu videoda zikr etilgan insonlar qatorida barchamizdan o'tib ketganlarni, xususan, buvim Risolat Tursunovani ham haqlariga ham duo qilishingizdan umidvorman.
2023-yil barchamiz uchun bunday og'ir yo'qotishlardan holi yil bo'lsin!
Manba: @mm_telekanal
@Rustam_MIRVOKHID
😢8
TAJOHILUL ORIF
Qish edi. O‘ttiz jon sovuq xonada,
Adabiyot darsin tinglar edik jim.
Muallim savollar berar gohida:
“Xamsa”ni kim yozgan,
“Jangchi Tursun” kim?
Qo‘llar ko‘tarilar basma-basiga,
Aytmasang, ko‘ksingdan chiqib ketar jon.
O‘ttiz ovoz yangrar qasdma-qasdiga,
“Navoiy”, “Navoiy”, “Hamid Olimjon!”
Shunday chanqoq edik, darsdan qolmasdik,
“Paskal”ni bilardik, daho “Nyuton”ni.
Ammo ba’zi do‘stlar topa olmasdi,
Dunyo kartasidan O‘zbekistonni.
Ular ko‘p pand yedi ko‘z o‘ngimizda,
Bosh egib, burchakda tik turdi mag‘rur.
Biz esa maqtandik o‘z-o‘zimizcha,
Buning-chun jo‘ralar, ming bora uzr.
Eslayman, bu e’lon “Uchinchi “B”ga:
– Ertaga o‘n so‘mdan keltiring, tamom.
Parta jildga denglar, keyin “bayram”ga,
Yana “kraska”ga, so‘ngra “metallom”.
O‘shanda pulim yo‘q, ichim yonardi,
Nazoratchi qistar, qarab ro‘yxatga.
Adabiyot. Ustoz ta’rif berardi,
“Tajohilul orif” degan san’atga.
Uyimda qolgandi o‘sha kun ovqat,
Qornim och, so‘mkamda non yo‘q yegani.
Ustoz takrorlardi tinmay bu san’at:
“Bilib bilmaslikka olish” degani.
Yodimdan o‘chmaydi hech qachon bu hol,
Muallim yelkamga asta qo‘ydi qo‘l.
Hech kimga bildirmay, hech kimga, alhol,
Cho‘ntagimga buklab soldi o‘n so‘m pul.
O‘ttiz qora ko‘zga izza bo‘lish, voh,
Sezdingiz, ko‘nglimni yomon o‘rtardi.
Do‘stlar, urib turgan yuragim guvoh,
Bir inson o‘ksishdan meni qutqardi.
O‘sha dars haliyam berar ko‘p saboq,
Qornim och, so‘mkamda non yo‘q yegani.
“Tajohilul orif” – ey aziz ustoz:
“Bilib bilmaslikka olish degani”.
Garchi o‘zingiz ham maoshga yashab,
Ba’zan yetkazolmay bo‘lgansiz abgor.
Yurmas edingiz hech to‘kinga o‘xshab,
Sizda yo‘q edimi bolalar, ro‘zg‘or?
Na ehson edi u, na qarz edi u,
O‘ylasam, bu holning yo‘qdir javobi.
Bir murg‘ak qalbiga sajda edi bu,
Bir ko‘ngil uyining pinhon tavofi.
She’r bitdi. Men hamon qidirib taskin,
Olis maktabimga yo‘l olaman jim.
Bilmayman, bu yurtda ustoz sharafin
Bilib, bilmaslikka olayotgan kim?
©Bobur Elmurod
P/s: Do‘stim Boburning bu she‘rini ilgari o‘qimagandim. Ehtimol, yangi bo'lsa kerak. Aslida, buni farqi yo‘q. Zo‘r she‘r doimgidek yangi!
Ijtimoiy dard bilan yozilgan bu asarni Sizlarga ham ilingim keldi. Marhamat!
@Rustam_MIRVOKHID
Qish edi. O‘ttiz jon sovuq xonada,
Adabiyot darsin tinglar edik jim.
Muallim savollar berar gohida:
“Xamsa”ni kim yozgan,
“Jangchi Tursun” kim?
Qo‘llar ko‘tarilar basma-basiga,
Aytmasang, ko‘ksingdan chiqib ketar jon.
O‘ttiz ovoz yangrar qasdma-qasdiga,
“Navoiy”, “Navoiy”, “Hamid Olimjon!”
Shunday chanqoq edik, darsdan qolmasdik,
“Paskal”ni bilardik, daho “Nyuton”ni.
Ammo ba’zi do‘stlar topa olmasdi,
Dunyo kartasidan O‘zbekistonni.
Ular ko‘p pand yedi ko‘z o‘ngimizda,
Bosh egib, burchakda tik turdi mag‘rur.
Biz esa maqtandik o‘z-o‘zimizcha,
Buning-chun jo‘ralar, ming bora uzr.
Eslayman, bu e’lon “Uchinchi “B”ga:
– Ertaga o‘n so‘mdan keltiring, tamom.
Parta jildga denglar, keyin “bayram”ga,
Yana “kraska”ga, so‘ngra “metallom”.
O‘shanda pulim yo‘q, ichim yonardi,
Nazoratchi qistar, qarab ro‘yxatga.
Adabiyot. Ustoz ta’rif berardi,
“Tajohilul orif” degan san’atga.
Uyimda qolgandi o‘sha kun ovqat,
Qornim och, so‘mkamda non yo‘q yegani.
Ustoz takrorlardi tinmay bu san’at:
“Bilib bilmaslikka olish” degani.
Yodimdan o‘chmaydi hech qachon bu hol,
Muallim yelkamga asta qo‘ydi qo‘l.
Hech kimga bildirmay, hech kimga, alhol,
Cho‘ntagimga buklab soldi o‘n so‘m pul.
O‘ttiz qora ko‘zga izza bo‘lish, voh,
Sezdingiz, ko‘nglimni yomon o‘rtardi.
Do‘stlar, urib turgan yuragim guvoh,
Bir inson o‘ksishdan meni qutqardi.
O‘sha dars haliyam berar ko‘p saboq,
Qornim och, so‘mkamda non yo‘q yegani.
“Tajohilul orif” – ey aziz ustoz:
“Bilib bilmaslikka olish degani”.
Garchi o‘zingiz ham maoshga yashab,
Ba’zan yetkazolmay bo‘lgansiz abgor.
Yurmas edingiz hech to‘kinga o‘xshab,
Sizda yo‘q edimi bolalar, ro‘zg‘or?
Na ehson edi u, na qarz edi u,
O‘ylasam, bu holning yo‘qdir javobi.
Bir murg‘ak qalbiga sajda edi bu,
Bir ko‘ngil uyining pinhon tavofi.
She’r bitdi. Men hamon qidirib taskin,
Olis maktabimga yo‘l olaman jim.
Bilmayman, bu yurtda ustoz sharafin
Bilib, bilmaslikka olayotgan kim?
©Bobur Elmurod
P/s: Do‘stim Boburning bu she‘rini ilgari o‘qimagandim. Ehtimol, yangi bo'lsa kerak. Aslida, buni farqi yo‘q. Zo‘r she‘r doimgidek yangi!
Ijtimoiy dard bilan yozilgan bu asarni Sizlarga ham ilingim keldi. Marhamat!
@Rustam_MIRVOKHID
👍23
Forwarded from Madaniyat va ma'rifat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Зулфу ҳуснинг ёдга тушса ёдланармиш шому шам,
Ишқ аро бу рутбасидин шодланармиш шому шам..."
Рустам Мирвоҳид
📺 "Қақнус"
👉 @mm_telekanal
Ишқ аро бу рутбасидин шодланармиш шому шам..."
Рустам Мирвоҳид
📺 "Қақнус"
👉 @mm_telekanal
👍23
Fevral o‘ylari
Nahot, zuryodimni ishonmam endi,
Nahot, kelajagim senda qurmasman?
Аlam qilmaydimi dunyoni yengib,
Bag‘ringda bolangday mag‘rur yurmasam?
Tilimda aylanar “ehtimol...”, “balki...”,
“agar-da” so‘zlari kalima misol.
Va ko‘zim oldida Hazrat Navoiy
merosidan bir bayt:
“May istarga ilkimda sing‘on sapol...”.
Oroling – bahringdan kechganlar kabi,
Kun kelib bahringdan kecharman, nahot?
Qasamday suv ichdim, titradi labim:
Ayt, nima ichgusi kelajak avlod?!
O‘kinma, ne qilay, to‘rt tomonimdan
Morday chaqib kelsa “surish” degan so‘z.
Xokingni ko‘zimga surishmas, sendan –
Meni taʼqib qilsa “surish” degan so‘z.
Inson Oy-u Marsni o‘zlashtirmoqda,
Dunyoga bir qara, qancha inqilob!
Bizni asorat-la yuzlashtirmoqda
Ba’zi bir bobolar yo‘l qo‘ygan xato.
Kimga choy berganing bilarsan, ammo
Kimga joy berganing bilarmikinsan?
Undan ham azobli tomoni, bir kun –
Meni boy berganing bilarmikinsan?!
“So‘nggi pushmon...” degan tilimga shu on
O‘zing ijod qilgan maqoling kelar.
Sabrim kosasidek ko‘zim oldiga
Navoiyning siniq sapoli kelar...
15. 02. 2023 y.
©Rustam Mirvohid
Nahot, zuryodimni ishonmam endi,
Nahot, kelajagim senda qurmasman?
Аlam qilmaydimi dunyoni yengib,
Bag‘ringda bolangday mag‘rur yurmasam?
Tilimda aylanar “ehtimol...”, “balki...”,
“agar-da” so‘zlari kalima misol.
Va ko‘zim oldida Hazrat Navoiy
merosidan bir bayt:
“May istarga ilkimda sing‘on sapol...”.
Oroling – bahringdan kechganlar kabi,
Kun kelib bahringdan kecharman, nahot?
Qasamday suv ichdim, titradi labim:
Ayt, nima ichgusi kelajak avlod?!
O‘kinma, ne qilay, to‘rt tomonimdan
Morday chaqib kelsa “surish” degan so‘z.
Xokingni ko‘zimga surishmas, sendan –
Meni taʼqib qilsa “surish” degan so‘z.
Inson Oy-u Marsni o‘zlashtirmoqda,
Dunyoga bir qara, qancha inqilob!
Bizni asorat-la yuzlashtirmoqda
Ba’zi bir bobolar yo‘l qo‘ygan xato.
Kimga choy berganing bilarsan, ammo
Kimga joy berganing bilarmikinsan?
Undan ham azobli tomoni, bir kun –
Meni boy berganing bilarmikinsan?!
“So‘nggi pushmon...” degan tilimga shu on
O‘zing ijod qilgan maqoling kelar.
Sabrim kosasidek ko‘zim oldiga
Navoiyning siniq sapoli kelar...
15. 02. 2023 y.
©Rustam Mirvohid
👍17
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bu ayol bunchalar chiroyli....
Xushovoz xonanda Shuhrat Daryodan ayollar haqida ajoyib qo‘shiq!
📺 "Qaqnus"
Manba: @shomuz
@Rustam_Mirvokhid
Xushovoz xonanda Shuhrat Daryodan ayollar haqida ajoyib qo‘shiq!
📺 "Qaqnus"
Manba: @shomuz
@Rustam_Mirvokhid
Aldasa hayot...
Agar seni aldasa hayot,
Gʻazab qilma, boʻlma hafahol!
Mahzun kunda shuni ayla yod:
Hali shod kun keladi, ishon.
Kelajakda bu koʻngil yashar,
Senga aytay men bir haqiqat:
Bari oniy, barchasi oʻtar,
Oʻtgan ishga,
derlar:
Salovat!
1825-yil
✍A.S. Pushkin
✍R. Mirvohid tarjimasi
Asliyati
P/s: Yaqinda ijtimoiy tarmoqda "Yo yaxshi bo'ladi, yo yaxshilikka bo'ladi..." degan optimistik jumlani o'qib qoldim. Ta'sirlandim. Shunda ittifoqo Janob Pushkinning shu satrlari esga tushdi-yu ilingim keldi.
Chunki, mazkur 8 qator she'rda tom ma'nodagi RIZOLIKka da'vat sodda va mukkamal tarzda bayon etilgan.
Faqat asliyatning shu "shira"sini nechog'lik tarjimada berolganmani, yo'qmi, bu - Sizlarga havola.
Asosiysi, hayotingizda nima bo'lmasin "yo yaxshi bo'ladi, yo yaxshilikka bo'ladi").
@Rustam_Mirvokhid
Agar seni aldasa hayot,
Gʻazab qilma, boʻlma hafahol!
Mahzun kunda shuni ayla yod:
Hali shod kun keladi, ishon.
Kelajakda bu koʻngil yashar,
Senga aytay men bir haqiqat:
Bari oniy, barchasi oʻtar,
Oʻtgan ishga,
derlar:
Salovat!
1825-yil
✍A.S. Pushkin
✍R. Mirvohid tarjimasi
Asliyati
P/s: Yaqinda ijtimoiy tarmoqda "Yo yaxshi bo'ladi, yo yaxshilikka bo'ladi..." degan optimistik jumlani o'qib qoldim. Ta'sirlandim. Shunda ittifoqo Janob Pushkinning shu satrlari esga tushdi-yu ilingim keldi.
Chunki, mazkur 8 qator she'rda tom ma'nodagi RIZOLIKka da'vat sodda va mukkamal tarzda bayon etilgan.
Faqat asliyatning shu "shira"sini nechog'lik tarjimada berolganmani, yo'qmi, bu - Sizlarga havola.
Asosiysi, hayotingizda nima bo'lmasin "yo yaxshi bo'ladi, yo yaxshilikka bo'ladi").
@Rustam_Mirvokhid
👍12🔥2