"Bolalarning katta bo'lishi".
Iztirobli, lekin haqiqatga asoslangan majoziy surat.
©Andrey Popov
@Rustam_Mirvokhid

👍15
Sun’iy intellekt Otabek va Kumushning portretini yaratdi.
Qiyofalar Abdulla Qodiriyning "O‘tgan kunlar" asaridagi ta’riflar bo‘yicha yaratilgan.
@Rustam_MIRVOKHID

👍9🤩2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Madaniyat va ma'rifat" kanali "Qaqnus" ko'rsatuvining navbatgi soni ustoz Erkin Vohidov ijodiga bag'ishlanadi.
Ustoz muxlislari, xususan, kamina ishtirokidagi ushbu ko'rsatuvni ertaga - 19-aprel kuni 21:00 da tomosha qilishingiz mumkin.
@Rustam_MIRVOKHID
Ustoz muxlislari, xususan, kamina ishtirokidagi ushbu ko'rsatuvni ertaga - 19-aprel kuni 21:00 da tomosha qilishingiz mumkin.
@Rustam_MIRVOKHID
🔥10👍5❤1
Forwarded from Madaniyat va ma'rifat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Ayriliq oni yaqindir, kema yo'l bongin chalur..."
Erkin Vohidov she'ri Rustam Mirvohid ijrosida!
📺 "Qaqnus"
👉 @mm_telekanal

👍12👏3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"My 5" kanali, "Omon-omon" ko'rsatuvining navbatdagi mehmoni shoir Rustam Mirvohid.
Marhamat, tomosha qiling!
YouTubeda ko'rish
Instagramda ko'rish
Manba: Omon-omon
@Rustam_MIRVOKHID
Marhamat, tomosha qiling!
YouTubeda ko'rish
Instagramda ko'rish
Manba: Omon-omon
@Rustam_MIRVOKHID
👍12🔥4👏2❤1
UZOQ KUTILGAN FARZANDDEK...
2012-yilda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan "Birinchi kitobim" rukni ostida "Bu - oshiq so'zim" nomli kitobim nashr etilgan edi. Ilk pasportini olgan insondek u paytdagi xursandchilik... hayajonlar... kechagidek esimda. Bu holatni men bilan kitobi chiqqan safdoshlarim yaxshi bilishadi.
Oradan 11 yil vaqt o'tdi. Bu vaqt mobaynida oldimizdan qancha suvlar oqdi, men uchun qadrli ne-ne odamlar o'tib ketdi... va ancha she'rlar yozildi. Hayotimda ham ko'p evrilishlar bo'ldi. Ko'zqarashlar o'zgardi. Bir qadar ulg'aydim, chamamda.
Ijodkor, xususan, shoir faqat ijod qilayotganda yashayotgandek bo'ladi. Umrining yorqin damlari she'r yozib, muxlislariga o'qib berayotganda yo qaysidir o'qirman uning asarlarini g'oyibona o'qiyotganda kechadi. Shukur, bu baxtdan haligacha qismadi Xudoyim. Davomidan umidvorman!
Shuningdek, shoir - xalqi oldida hisobdor. Ya'ni, u o'z ijodiy sarhisobini chiqargan kitoblari timsolida amalga oshiradi.
Kamina ham hozir shunday taraddudda. Va nihoyat, uzoq kutilgan farzandek "Seningdirman" degan navbatdagi kitobim yana Uyushma homiyligida chop etildi. Nishona nusxasini oldim. Oldingisiga nisbatan qo'lga ilingulik - rosmana kitob. Kechimlar o'zgacha... va "xalq qanday qabul qilar ekan?" degan o'ylovlar ham yo'q emas.
Darvoqe, kitob nomi ustoz Erkin Vohidovning bir g'azali radifidan olindi. Niyat - kitobimizga Ustoz kitoblarining shonli yo'lini bersin. Shu - kifoya.
Fursatdan foydalanib, amaliy yordam uchun Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid boshchiligidagi barcha mutasaddilarga, So'zboshi uchun tirik afsona, O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G'afurovga, ko'nglimdagidek bezak bergan shoirqalb rassom Bahriddin Bozorovga, umuman, hissasi bor barcha yaxshilarga o'zimning chuqur minnatdorligimni bildiraman!
Nasib qilsa, yaqin orada taqdimot joyi va vaqtini e'lon qilaman. Men uchun o'sha tarixiy kunda barchangiz yonimda bo'lishingizni istayman!
Ehtirom ila Rustam Mirvohid

👍23🔥5🤩1🙏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xabaringiz bor, yosh tadqiqotchi Osiyo Hoshimova kaminaning ijodi bo'yicha ilmiy tadqiqot olib bormoqda.
📌 2023-yilning 26-aprel kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Yosh filolog olimlar jamiyati tomonidan an'anaviy "Til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo‘lidagi ilk odimlar" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani bo'lib o'tdi.
Mazkur anjumanda Osiyo o'z ilmiy ishi bo'yicha ustozlar savoliga javob berayotganidan parcha tasvirga olingan.

👍10
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Xayolim xayolingga integratsiya qilsam…” - zamonaviy terminlardan tuzilgan adabiy she’r namunasi.
©Rustam Mirvohid
Manba: Omon-omon
@Rustam_MIRVOKHID
©Rustam Mirvohid
Manba: Omon-omon
@Rustam_MIRVOKHID
👍23🥰5🔥2😁1🤩1
УВАЙСИЙ МОМОГА МАКТУБ
Ижтимоий тармоқ қонга беланди -
Аёллар қонига беланди, момо.
Ўша қон сачраган сочнинг толаси -
Юрак томиримга уланди, момо -
Сўнг бари... кўзимнинг олдидан ўтди,
Тарсаки... юзимнинг олдидан ўтди,
Қийноқлар..
Сиртмоқлар...
Ҳатто пичоқлар...
бўғзимнинг олдидан ўтди -
Ғойибона кўриб сескандим, момо.
Хаёлан суиқасд жойига бордим,
Бир баҳя қолганда... топиб, ёлбордим -
Хайрият, тўхтади... кўнглини ёрди...
Елкалар силкинди... йиғладим, момо.
Йиғида... куйган соч бўйлари келди,
Синаётган суяк "куйлари" келди,
Зўрланётган номус ўйлари келди...
Бир манфур ҳисларни ўткардим, момо.
Моможон, жон, момо, ҳар замон, ҳануз
Долзарбдир Сиз ёзган ул чистон ҳануз -
Қизларингиз - анор - бағри қон ҳануз...
Тарих такрорига инондим, момо.
Англадим, барига биз эрлар - боис,
Сиз - ҳарир зотларга бўлдик ножоиз,
Сизлар ожизамас, асли биз ожиз -
Ер ҳам ёрилмади... кирмадим, момо.
Кун келиб ҳар ненинг заволи тутмай,
Тўкилган ҳар киприк уволи тутмай,
Ёқамиздан Аллоҳ саволи тутмай -
Тавба этакларин тутсайдик, момо.
Қизларингиз ҳамон бағри қон, момо...
13.05.2023 й.
@Rustam_MIRVOKHID
Ижтимоий тармоқ қонга беланди -
Аёллар қонига беланди, момо.
Ўша қон сачраган сочнинг толаси -
Юрак томиримга уланди, момо -
Сўнг бари... кўзимнинг олдидан ўтди,
Тарсаки... юзимнинг олдидан ўтди,
Қийноқлар..
Сиртмоқлар...
Ҳатто пичоқлар...
бўғзимнинг олдидан ўтди -
Ғойибона кўриб сескандим, момо.
Хаёлан суиқасд жойига бордим,
Бир баҳя қолганда... топиб, ёлбордим -
Хайрият, тўхтади... кўнглини ёрди...
Елкалар силкинди... йиғладим, момо.
Йиғида... куйган соч бўйлари келди,
Синаётган суяк "куйлари" келди,
Зўрланётган номус ўйлари келди...
Бир манфур ҳисларни ўткардим, момо.
Моможон, жон, момо, ҳар замон, ҳануз
Долзарбдир Сиз ёзган ул чистон ҳануз -
Қизларингиз - анор - бағри қон ҳануз...
Тарих такрорига инондим, момо.
Англадим, барига биз эрлар - боис,
Сиз - ҳарир зотларга бўлдик ножоиз,
Сизлар ожизамас, асли биз ожиз -
Ер ҳам ёрилмади... кирмадим, момо.
Кун келиб ҳар ненинг заволи тутмай,
Тўкилган ҳар киприк уволи тутмай,
Ёқамиздан Аллоҳ саволи тутмай -
Тавба этакларин тутсайдик, момо.
Қизларингиз ҳамон бағри қон, момо...
13.05.2023 й.
@Rustam_MIRVOKHID
👍21😢8🤩1
#muxlislarijrosi
Бевафога
©Рустам Мирвоҳид
🎙Саидакмал Мамасолиев
Эълон!
Ҳурматли, обуначиларимиз! Мазкур намуна сингари камина қаламига мансуб исталган шеърни ифодали ўқиб, уни исми-шарифингиз билан жорий йил 31 майга қадар изоҳда қолдиришингизни сўраймиз.
Юқорида қайд этилган муддат оралиғида ўқилган ҳар бир аудиошеър ушбу ижод ўзанимизда эълон қилинади ва унинг ижтимоий тарқмоқларда қанча кўп "айланиши" ва берилган муносабатларга қараб баҳоланади.
Мана шу мезонлар асосида саралашдан ўтган энг зўр 5 та аудиошеър соҳибларига муаллифнинг дастхати туширилган "Сенингдирман" номли китоб ва эсдалик совғалар ТАҚДИМОТ куни(аниқ санада эълон қилинади)да тақдим этилади.
Марҳамат, Сизни @Rustam_murojaat манзилида кутамиз!

❤17👍7🤩1
П.с: Барчамизга ҳар бир гапни жойига қараб айтмаслик ё айта олиш фаросати насиб қилсин! Кунингиз хайрли ўтсин, азизлар!
"Сенингдирман" китобидан
©Рустам Мирвоҳид
@Rustam_MIRVOKHID
"Сенингдирман" китобидан
©Рустам Мирвоҳид
@Rustam_MIRVOKHID
👍15🔥4❤1🤩1
#muxlislarijrosi
Ижтимоий овворагарчилик
✍️Рустам Мирвоҳид
🎤Севинч Рауфова
Марҳамат, 1- ижрочимизга муносабатингизни билдиринг!

👍79❤7👏4👎3🥰3🔥1🤩1
#muxlislarijrosi
Айтилмаган гап
✍️Рустам Мирвоҳид
🎙Саидакмал Мамасолиев
Марҳамат, 2- ижрочимизга муносабатингизни билдиринг!

👏12👍4👎3❤1🤩1