Rustam MIRVOHID ijodi
652 subscribers
544 photos
236 videos
2 files
207 links
Gap ostida qolmay desang - so'z ustida ishlash kerak...

Muallifga savollaringiz, taklif va mulohazalaringiz boʻlsa, ushbu manzilga yoʻllashingiz mumkin.👇

@I_Rustam_murojaat_bot
Download Telegram
Assalomu alaykum, azizlarim! Ertaga soat 9:00-9:30 vaqt oralig'ida "O'zbekiston" kanali "Oydin hayot" ko'rsatuvida Ustozimiz Erkin Vohidovni 86 yillik tavalludlari munosabati ila xotirlaymiz.

Kim imkon topib tomosha qila olsa oldindan tashakkur! G'oyibona ko'rishguncha!

@Rustam_Mirvokhid
👍15
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM

Istibdod

Adib Said AHMAD so‘zi

Egil, o‘zni pana qil,
Borligingni bildirma.
Yo‘talganga o‘n besh yil,
Aksirganga yigirma.

Kar bo‘l, ko‘r bo‘l, tishla til,
Boshga balo keltirma.
Gapirganga o‘n besh yil,
Eshitganga yigirma.

Qalamingni dushman bil,
Qog‘oz uzra jildirma.
Roman yozsang – o‘n besh yil,
Doston yozsang – yigirma.

Tashbehlarning tagi zil,
Qofiya ham qidirma.
Menga tegdi o‘n besh yil,
Shuhrat oldi yigirma.

Zamon kechdi shu zayil,
Bizlar ko‘rdik, sen ko‘rma.
O‘tsa ham ko‘p o‘n besh yil,
O‘tsa ham ko‘p yigirma.

Said Ahmad, shukur qil,
Keksaliging bildirma.
Sen ozodsan o‘n besh yil,
Yoshing esa yigirma.

✍️Erkin Vohidov

🎙Rustam Mirvohid

@Rustam_Mirvokhid
👍10🔥4
Forwarded from OYDIN_HAYOT_official (Baxtiyor Adilov 🅰️🅱️)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekiston │ Oydin hayot LIVE │28 - Dekabr
🎥
@oydin_hayot_tv

👉 28-dekabr- O'zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavallud topgan kun

FACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAMTELEGRAM
👍5
Forwarded from OYDIN_HAYOT_official (Baxtiyor Adilov 🅰️🅱️)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekiston │ Oydin hayot LIVE │28 - Dekabr
🎥
@oydin_hayot_tv

👉 "Inson o'zing" - kitobxonlar uchun yana bir tuhfa

FACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAMTELEGRAM
👍5🔥2
Forwarded from OYDIN_HAYOT_official (Baxtiyor Adilov 🅰️🅱️)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekiston │ Oydin hayot LIVE │28 - Dekabr
🎥
@oydin_hayot_tv

👉 "Inson" qasidasi

FACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAMTELEGRAM
👍73
Forwarded from OYDIN_HAYOT_official (Baxtiyor Adilov 🅰️🅱️)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekiston │ Oydin hayot LIVE │28 - Dekabr
🎥
@oydin_hayot_tv

👉 Erkin Vohidovning qaysi she'rlari qo‘shiq bo‘lgan?

FACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAMTELEGRAM
👍62
Forwarded from OYDIN_HAYOT_official (Baxtiyor Adilov 🅰️🅱️)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekiston │ Oydin hayot LIVE │28 - Dekabr
🎥
@oydin_hayot_tv

👉"Yoshlik" - qadrdon qo‘shiq jonli ijroda

FACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAMTELEGRAM
👍4
Forwarded from OYDIN_HAYOT_official (Baxtiyor Adilov 🅰️🅱️)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekiston │ Oydin hayot LIVE │28 - Dekabr
🎥
@oydin_hayot_tv

👉 "O‘zbegim" qasidasi jonli ijroda

FACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAMTELEGRAM
👍42
Forwarded from OYDIN_HAYOT_official (Baxtiyor Adilov 🅰️🅱️)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekiston │ Oydin hayot LIVE │28 - Dekabr
🎥
@oydin_hayot_tv

👉 "O‘zbegim" qasidasi haqida tarixiy fakt

FACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAMTELEGRAM
👍74🔥1
Forwarded from Rustam MIRVOHID ijodi
Dunyo…

Tashimda – bir dunyo,
ichimda – bir dunyo,
Tashim bilan ichim
aro – bir dunyo.
Men goh u dunyo,
men goh bu dunyo,
Baʼzan-chi, boshqa bir
dunyoman, ammo
Qalbimda bong urar
mudom bir nido:
Qay dunyodan senga
yetgum, ey, Xudo?!.

2013-yil

Qaysi “dunyo”dan borishimizdan qatʼiy nazar, Yaratganning huzuriga yorug‘ yuz bilan borish barchamizga nasib etsin!

Kunlarning sultoni – Juma muborak!

@Rustam_MIRVOKHID
🔥5👍2🤩2
Tabrik

Yangi yilda omadning noyobini tilayman,
Baxtu qut, barakaning kamyobini tilayman.
O'zingizga xos bo'lgan hayot hamda ijodda -
Ushalmagan ro'yolar ro'yobini tilayman!

Ehtirom ila, Rustam Mirvohid
👍172
E’LON

Joriy yil 6-yanvar kuni soat 19 : 00 da “Oriat Dono” radiokanalining “Xalfana” dasturida ijodiy hamkorlar - O‘zbekiston xalq xofizi Erkin Ro‘zmatov hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Rustam Mirvohid mehmon bo‘ladilar.

🎙Jonli ijro, jonli tasvir, jonli muloqotda g‘oyibona ko'rishguncha, azizlar!

@Rustam_MIRVOKHID
👍11🙏1
Audio
E’LON

⚠️6-yanvar
soat 19 : 00 “Oriat Dono” radiokanalida “Xalfana” dasturi mehmonlari - O‘zbekiston xalq xofizi Erkin Ro‘zmatov hamda shoir Rustam Mirvohid!

@Rustam_MIRVOKHID
👍6
Forwarded from Dengizga ketamiz...
Muhabbat bu – jigardagi tish og‘rig‘i,
Ko‘klamlarni kechiktirgan qish og‘rig‘i.
Shu ham og‘riq bo‘libdimi? Muhabbat bu –
Chap ko‘ksingdan chayon chaqqan nish og‘rig‘i...

Rustam Mirvohid

🆔---› @dengizgaketamiz
👍102🔥1🥰1
Muallaq emasman, yo yerga qo'ngum,
Yo quyosh bag'riga uchaman tikka.
Anomal yozu qish... bariga ko'ngum,
Chidolmam anomal betayinlikka!

Devonai haqgo'y

@Rustam_MIRVOKHID
👍16🔥3👏1
Azizlar, ilgariroq e'lon qilganimiz - "Oriat Dono" radiokanali "Xalfana" dasturining kamina ijodiga bag'ishlangan sonini shu manzilda to'liq tomosha qilishingiz mumkin. Matni bizning qalamimizga mansub, Siz hali eshitmagan yangi qo'shiqlar taqdimoti! Marhamat👇:

https://youtu.be/y-T8jdzklgw