Rustam MIRVOHID ijodi
652 subscribers
544 photos
236 videos
2 files
207 links
Gap ostida qolmay desang - so'z ustida ishlash kerak...

Muallifga savollaringiz, taklif va mulohazalaringiz boʻlsa, ushbu manzilga yoʻllashingiz mumkin.👇

@I_Rustam_murojaat_bot
Download Telegram
Audio
UMR KITOBI

©Rustam Mirvohid

🎙She'rni muallif o‘qigan

@Rustam_Mirvokhid
👍8🤩1
Faqat O‘zi eshitgaydir faryod cheksang sukut ichra,
O‘kirganday sher qafasda – ruh bo‘zlasa vujud ichra –
Ne xush bo‘lgay, xushing uchsa xushu’ istab sujud ichra –
Haqqa ishqi bo‘lmaganning, bilki, ishqqa haqqi yo‘qdir,
Ishqi yo‘qqa bu dunyoyu oxiratning farqi yo‘qdir...


Qadrdonim, sayyid ul ayyom – Juma Sizga ham muborak bo‘lsin!

@Rustam_Mirvokhid
👍6🤩1
Shugina bir yaqin do‘stimdan keldi. Baraka topsin! Ochig‘i, ta’sirlandimu Sizga ilingim keldi. Siz esa buni kimga yuborishni juda yaxshi bilasiz. Marhamat!

@Rustam_Mirvokhid
👍15🙏2
AL-XORAZMIYNING AJOYIB TENGLAMASI

Riyoziyot olimi Al-Xorazmiydan inson qiymati haqida so‘rashdi. Olim shunday javob berdi:
– Agar inson yaxshi xulq sohibi bo‘lsa, u 1ga teng.
– Agar inson husn sohibi bo‘lsa, birning yoniga nolni qo‘sh =10 bo‘ladi.
– Agar inson boy bo‘lsa, yana bitta nolni qo‘sh =100 bo‘ladi.
– Agar inson nasl-nasabli bo‘lsa, yana bir nolni qo‘sh =1000 bo‘ladi.
– Agar 1 raqami, ya’ni xulq yo‘q bo‘lib ketsa, insonning qiymati yo‘qqa chiqib, nollarning o‘zi qoladi = 000.


@Rustam_Mirvokhid
👍10🤩2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
KECHIKISH

Na to‘yu na aza, na ish, na bayram,
Hech qayga, hech qachon, hech bir holatda –
Vaqtida kelmagan bu sho‘rlik odam,
Bir soat kechikar kami, albatta.
Unda sira ayb yo‘q, yugurik davr
Mos kelmadi uning sustkash joniga.
Taqdir kechiktirdi, bir soat nadir,
Kamida bir asr o‘z zamoniga.


©Erkin Vohidov

@Rustam_Mirvokhid
👍4😢1
Izohga hojat yo‘q...

@Rustam_MIRVOKHID
👍6😁3
​​BIR SHE’R YOZSAM...

Bir she’r yozsam – ovozasi hech shoirda bo‘lmasa,
Bir she’r yozsam – andozasi hech shoirda bo‘lmasa,
Bir she’r yozsam Toj Mahalday, uning gumbazi tugul,
Ostonasi, darbozasi – hech shoirda bo‘lmasa.

Taqdir menga tortiq etsa yo aylasa havola,
Vazminligi tog‘ misoli, sho‘xligi-chi, shalola,
Timsollari, tashbehlari yakto bo‘lsa quyoshdek,
Farishtalar talashgancha qilsa uni mutolaa.

O‘sha she’r deb, nafaqat men, olam yaralgan bo‘lsa,
Olamdagi eng birinchi Odam yaralgan bo‘lsa.
Kavokiblar bulut uzra yotib tikilsa unga,
Kimsan Olloh o‘zi yo‘ngan qalam yaralgan bo‘lsa.

O‘sha she’r deb, avval-oxir gunohlar kechirilsa,
Tinchlik uchun qonlar to‘kkan podshohlar kechirilsa,
Teskarisin o‘qiganda “qora” so‘zi chiqsa ham,
Yoshlik qilib no‘sh etilgan aroqlar kechirilsa.

Axir, u deb, toq o‘tdilar – ikkilanmay – uylanmay,
Kimlar boshin dorga tikdi ikkilanmay – o‘ylanmay,
Axir, u deb, chirt yumdilar ko‘zlarini ne-nelar,
Hatto Ma’juj devoridan kutib turar bo‘ylamay...

Faqat hozir u qayerda, dunyoning qay kunjida,
Qaysi sirli g‘or og‘zida yo og‘zining lunjida?
Bu dunyoga kelganimga rozi bo‘lardim, bir bor –
Huvillagan ko‘ksim uzra qilsa qadam ranjida...

O‘sha she’r deb avval-oxir gunohlar kechirilsa...

2017-yil

©Rustam Mirvohid

@Rustam_MIRVOKHID
👍11
Audio
​​BIR SHE’R YOZSAM...

©Rustam Mirvohid

🎙She'rni muallif o‘qigan

@Rustam_Mirvokhid
👍10🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇮🇹 Italiyalik xonanda Marcello Ma afsonaviy Botir Zokirovning "Ra’no" qo‘shig‘ini kuyladi.

@Rustam_Mirvokhid
🔥14🥰32
​​Shoir

Zamonu makon aro
Kezib yuradi shoir.
G'ayb asrorini hatto
Sezib yuradi shoir.

Qalbda cho'ng tuyg'u bo'lib,
Miyig'da kulgu bo'lib,
Yanog'da sho'r suv bo'lib -
Sizib yuradi shoir.

Haq qo'mondon, u - askar,
E'tiqodi but, qaysar,
"Oqim"ga qarshi aksar
Suzib yuradi shoir.

Yozda - qor bo'rondayin,
Qishda - saratondayin,
Bahorda xazondayin
To'zib yuradi shoir.

Rost so'zlash chin odati,
Shu bois jaholatning
Imorat, halovatin
Buzib yuradi shoir.

Mashrabday o'tab farzin,
Boburday tinglab arzin,
Navoiydek el qarzin
Uzib yuradi shoir.

Tiriklay yoqilsa-da,
Dorlarga osilsa-da,
Sibirga surilsa-da
Yozib yuradi shoir.

Tortgan jabriga badal,
Hayot chog'ida har gal
Qadr topmagan mahal
Bezib yuradi shoir...

Maddoh chiqib o'rtog'i -
Uzilganda oyog'i,
Ko'ksidagi chap yog'in
Ezib yuradi shoir.

Shunda ham yutib dodin,
Xatarga eldan oldin
Duch kelay deb, ming odim
O'zib yuradi shoir.

Makonu zamon aro
Kezib yuradi shoir...

20. 11. 2021 y.

@Rustam_Mirvokhid
👍7
Audio
SHOIR

©Rustam Mirvohid

🎙
She'rni muallif o‘qigan

@Rustam_Mirvokhid
👍6
#Davlat_tili

“Ona tilini bilishni majbur qilish kerak”, — Prezident.

“Milliy o‘zligimiz timsoli, maʼnaviyatimiz asosi bo‘lgan ona tilimizga eʼtibor yanada kuchaytiriladi. Albatta, chet tilini bilish — zamon talabi. Ammo ona tilini bilishni majbur qilish kerak”, — Prezident.

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
👍7
BAG‘ISHLOV

​​Ey yoshulli, bizni do‘st deb alqagan, Mansur og‘a,
Tilda ne, dillarda doim nomingiz mazkur og‘a.

Qisqa, lek shonli hayotni, o‘tdingiz ibrat qilib,
Endi vaqt ham bo‘ylashishga Siz ila majbur, og‘a.

Chunki xodimlikda har ish uhdasidan chiqqanu,
Ahli dil ko'nglini olgan mehribon ma‘mur o‘ga.

Zero, ustoz oldida Siz shu zamindek kamtarin,
Bo‘yla shogirdlarga tog‘day purviqor, mag‘rur og‘a.

Siz emasmi keksalardek sohibi donish, yana
Bir shirin so‘zdan go‘dakdek yayragan masrur og‘a.

Bulsifat xislatlaringiz bariga so‘z yetmagay,
Siz - a‘moli, InshaaAlloh, Haqqa ham manzur og‘a.

Shul g‘azalni bitdi Rustam xotirangiz hurmati -
Zarra aybi bo'lsa, shoyad, tutsangiz ma‘zur, og‘a.

2022-yil

P/s: Azizlar, e‘londagi zamon va makonda barchangizni kutamiz.

©Rustam Mirvohid

@Rustam_Mirvokhid
👍8
Forwarded from “Yoshlik” jurnali
Yilning eng faol shoiri kim deb bilasiz?

(Natija juma kuni soat 10:20da e’lon qilinadi. Texnik sababga so‘rovnomada faqat 10 nafar ijodkorni imkoniyat doirasida bera oldik! Qolgan ijodkorlar bundan xafa bo‘lmaydi degan umiddamiz!)
Anonymous Poll
12%
Elyor Murod
3%
Nasrullo Ergash
36%
Elbek Erkin
1%
Orif Tolib
7%
Rustam Mirvohid
1%
Bobur Elmurod
3%
Jamoliddin Badalov
29%
Jo‘rabek Jahon
2%
Zohidjon Olov
4%
Alisher Aliqulov
👍18
"Meni kimligimni el bilsa bo'ldi!" degan edi ustoz Omon Matjon. Bu natija - nisbiy, asosiysi - ishtirok. Lekin kaminaga shu imkoniyatni bergan "Yoshlik" jurnali tahririyatiga va mingdan oshiq ovoz bergan, qo'llagan barcha-barchaga o'z minnatdorchiligimni bildiraman.

@Rustam_MIRVOKHID
👍15🥰61🔥1
Bo‘lmasin subhing qaro, bor bo‘l mudom borliq aro,
O‘zni etgil doimo - Inson o‘zing, Inson o‘zing!

E. Vohidov

Barchangizni eʼlondagi makon va zamonda kutamiz!

@Rustam_Mirvokhid
👍11