Rustam MIRVOHID ijodi
656 subscribers
543 photos
236 videos
2 files
207 links
Gap ostida qolmay desang - so'z ustida ishlash kerak...

Muallifga savollaringiz, taklif va mulohazalaringiz boʻlsa, ushbu manzilga yoʻllashingiz mumkin.👇

@I_Rustam_murojaat_bot
Download Telegram
XALQIMIZ UCHUN “XX ASR INSONI” YOXUD “ERKIN VOHIDOV BARHAYOT: INSON O‘ZING” KITOBI HAQIDA

2016-yil boshlari. Ustoz Erkin Vohidovning toblari qochgani uchun kayfiyatlari yo‘q paytlar... Lekin metin irodalari sabab sog‘liqlari borasida umuman shikoyat qilmasdilar. Biz shogirdlar baribir ustozning iztiroblarini zimdan sezib, ich-ichdan ezilardik. Shunda ularning 80 yillik yubileylariga munosib sovg‘a bo‘lishi, qolaversa, tushkun kayfiyatlarini ko‘tarish, sog‘liqlariga ozgina bo‘lsa-da mador bo‘lishi uchun Ustozning maslakdoshi, eng yaqin do‘sti Ibrohim G‘ofurov boshchiligida “TO QUYOSH SOCHGAYKI NUR: ERKIN VOHIDOV HAYOTI VA IJODI ZAMONDOSHLAR NIGOHIDA” nomli kitobni yaratishga qo‘l urdik. 4-5 oy davomida yig‘ilgan 80 ta muallifning maqolalarini saralab, Ustoz nazaridan o‘tkazib, uni chop etishga muvaffaq bo‘ldik. Ustoz muhtasham kitobning nishona nashrini ko‘rganlarida boladek xursand bo‘lganlari... haligacha esimda. Afsus, 2016 yil bahorining so‘ngi kunida Allohning irodasi ila Ustoz boqiy dunyoga rixlat qildilar... O‘sha kunlar xalq ichidagi maʼnaviy “zargar”lar qanday “zar” yo‘qolganini chuqur anglab, aza tutdi.

2022-yil. Orada qancha suvlar oqib o‘tdi... qancha benazir insonlar o‘tib ketdi... Lekin Ustoz o‘z asarlari orqali eng yuqori minbarlarda nainki O‘zimizning, balki qardosh xalqlar Rahbarlari tomonidan ham yodga olindi va olinmoqda. Ustoz nomini abadiylashtirish bobida ulkan ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda.

Xususan, Ustoz tavalludining 85 yilligi munosabati ila yana Ibrohim G‘afurov boshchiligida, Ustozning farzandi Xurshid Vohidov tashubbusi va kamina qatori shogirdlar, mutasaddilarning saʼy-harakati bilan “ERKIN VOHIDOV BARHAYOT: INSON O‘ZING” nomli 100 dan ortiq maqolalar, xotiralar va izhorlardan iborat, 700 betga yaqin yirik kitob dunyo yuzini ko‘rdi. Mazkur kitobdagi asarlar tamoman yangi bo‘lib, avvalgisidek turli soha vakillari – mashhur davlat va jamoat arboblari, atoqli adiblar, sanʼatkorlar, olimlar, shoirning yaqinlari, oila aʼzolari hamda ashaddiy muxlislari tomonidan yozilgan. Endi ushbu kitobning avvalgi xotira kitobilan farqiga to‘xtalsak: BIRINCHIDAN, kitob Prezidentimiz so‘zi bilan boshlangan. IKKINCHIDAN, kitobning muqovasi noanʼanaviy tarzda 5000 nusxadan ikki xil variantda nashr etildi, yaʼni, Ustozning arbob sifatida tushgan suratidan “O‘zbekiston” nashriyoti rassomi Behzod Zufarov birinchi muqovani ishlagan bo‘lsa, Ustozning shoirona tushgan suratidan mashhur rassom Bahriddin Bozorov ikkinchi muqovani tayyorladi. Ikkovi ham o‘ziga xos chiqqan, o‘qirmanning taʼbiga qarab xarid qilinishi rejalashtirilgan. UCHINCHIDAN, kitobda Ustozning maqola mualliflari bilan tushgan kamyob suratlar maʼlum qilindi. TO‘RTINCHIDAN, kitob sahifalarida Ustozning o‘z husnixati bilan bilan yozilgan sheʼrlar ham eʼlon qilindi.

Xullas, Ustoz hayoti, ijodiga bag‘ishlangan bu va bundan oldingi xotira kitoblar kelgusida Vohidovshunoslik fanida as qotadigan asosiy manbalardan biri bo‘lishiga ishongan holda quyida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev qalamiga mansub maqoladan parcha keltirmoqchiman:

“2000-yil arafasida ko‘pgina nufuzli ilmiy nashriyotlar, tugayatgan “XX asr insoni”ni aniqlashga qaratilgan so‘rovnomalar o‘tkazgan edi. Savol shundan iborat ediki, shu davr mobaynida, insoniyat yoki alohida mamlakat tarixiy rivoji, jamiyat taraqqiyoti, ijtimoiy ongga eng katta taʼsir ko‘rsatgan shaxs kim?
O‘sha paytlar men ham o‘zimga shu savolni ko‘p marotaba berdim: BIZNING XALQIMIZ UCHUN “XX ASR INSONI” KIM?
Qayta-qayta o‘ylab, men bir xulosaga doimo qaytib keldimki, murakkab, fojia va yutuqlar, yo‘qotishlar va taraqqiyot sari intilishlar bilan to‘la bo‘lgan bu yuz yillikda, AYNAN ERKIN VOHIDOV MILLATIMIZNING MAʼNAVIY PIRI, G‘OYAVIY MURABBIYSI, OR-NOMUS BOBIDA RAHNAMO nomiga sazavordir.
Xalq vijdoni deganda men uchun aynan shu shaxs yaqqol gavdalanadi”.

P/s: Mana shunday munosib eʼtiroflardan iborat kitob taqdimoti joyi va vaqtini yaqin kunlarda eʼlon qilamiz.


@Rustam_MIRVOKHID
Men uchun xo‘tikdan toy afzal,
Suratdan siyrati boy afzal.
Nogoh kalla qo‘yding, ey, rafiq -
Kallangdan afzaldir poyabzal.

21.07.2022

©Rustam Mirvohid

@Rustam_Mirvokhid
👍1
Yovuz ezgulik
<unknown>
Yovuz ezgulik

©Rustam Mirvohid

🎙She'rni muallif o‘qigan

@Rustam_Mirvokhid
👍1
Prezidentga fuqarodan noan'anaviy tabrik!

"Tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklayman!
Hurmatli Prezident!

Qilgan ishlaringizni oshirib-toshirib, qo‘shib-chatib aytadiganlar yoningizda ko‘p, men olisdagi bir fuqarongiz sifatida qilgan yaxshi ishlaringizning yaxshilarini aytmoqchiman.

30 yil davomida gapirmagan gunglar, soqovlar Siz prezident bo‘lgach gapirishni boshladi! Sizga rahmat, tilimizga erk berdingiz!
Tilimizdagi tushovni Siz yechib tashladingiz!

30 yil davomida kimligini birovga aytolmagan minglab yurtdoshlarimiz Siz tufayli boshini tik tutib, “Men O‘zbekiston fuqarosiman”, deya olayapti.
Ularga fuqarolikni Siz berdingiz!

30 yil bir-birini ko‘rolmagan o‘zbek, tojik, qirg‘iz, qozoq, turkmanlar bugun bemalol bordi-keldi qilishayapti.
Ularga yo‘llarni Siz ochib berdingiz!

30 yil davomida rahbarman deganini televizorda ko‘rardik, bugun kichikdan kattagacha rahbarlar, hokimlar uyma-uy yurib, xalqning dardini eshitib, ularga malham bo‘lmoqda.
Rahbarlarni “osmoni”dan yerga Siz tushirdingiz!

30 yil davomida hajga boradiganlar o‘n yillab navbatda turdi. Navbati kelmay o‘lib ketganlar qancha? Bu yil tarixda bo‘lmagan ish bo‘lib, o‘n ikki ming kishi hajga bordi. Endi hajga boradiganlar navbati tezroq kelishi uchun birovga pora bermaydigan bo‘lishdi. Hajni biznes qilib olganlarning “tijorati” o‘ldi. 12.000 kishi Sizni Arafotda, Ka’batullohda duo qildi!
O‘n ikki ming kishini hajga Siz yubordingiz!

30 yil davomida aeroportdan viloyat hokimiyatiga keladigan yo‘l 30 marta asfalt qilinganini hisobga olmasak, Samarqandning boshqa ko‘chalari asfalt ko‘rmagan edi. So‘nggi 2-3 yil ichida Samarqanddagi mahallalarning ichidagi torko‘chalargacha asfalt qilindi. Barcha viloyat va tumanlarda bugun yo‘llarga katta e’tibor qilindi.
Yo‘lsozlarni ham Siz uyg‘otdingiz!

30 yil davomida ta’lim sohasi, Sizning ta’biringiz bilan aytganda, “chirib ketdi”. Hamma yoq pora bo‘ldi. Auditoriyalarda talaba emas, pul o‘qidi. Natija ham o‘zini ko‘rsatdi. Bir lavozimga qo‘yay, desangiz, ishonsa bo‘ladigan kadr yo‘q. Siz masalaning tub ildizini ochib berdingiz va bu “chirigan tizim”ni davolashni boshladingiz. Yangi usuldagi maktablar, ko‘plab oliy o‘quv yurtlari, nomdor chet el universitetlarining filiallari yurtimizda, hatto olis tumanlarda ochilmoqda. Bugun o‘qiyman degan yigit-qiz o‘qishga kirmay qolmaydi.
Bugun gastarbayter bo‘lib ketgan o‘qituvchilar yana maktabga qaytmoqda. O‘qituvchining kosasi oqarib qoldi. Qorni to‘q, ro‘zg‘ori obod o‘qituvchi xalqning bolasini o‘qitadi, unga bilim beradi-da.
O‘qituvchining qaddini Siz ko‘tarib qo‘ydingiz!

30 yil davomida ikki rakaat namozi uchun ming-minglab yurt farzandlarining umri “jasliq”da o‘tdi. Turmaxonalar “kattakon”lar bilan fikri bir xil bo‘lmagani uchungina jinoyatchi sanalgan odamlar bilan to‘lib-toshdi. “Kattakon”larga yoqmagani uchungina ko‘p ziyolilarimiz Vatandan chiqarib yuborildi, sarson-sargardonlikka mahkum qilindi. Hatto ayrim hurfikr insonlar jinnixonalarga tiqildi.
Siz e’lon qilgan afv tufayli o‘tgan salkam olti yil davomida 5555 nafar kishi ozod bo‘ldi. Bu 5555 oilada shodlik, xursandchilik, degani. 5555 oila Sizni duo qildi, degani!
Bu oilalarga xursandchilikni Siz bag‘ishladingiz!

Sanayversam, yaxshi ishlaringiz hali ancha ko‘p ekan!

Ammo qilishingiz kerak bo‘lgan ishlaringiz undan ham ko‘p ekan.

Hali davlatimizda korrupsiya kamaymadi, poraxo‘rlik kamaymadi.
Lavozimlarda tanish-bilishchilik, keksa rahbarlar hech qarimaydi...
Avtomobil sanoatida, havo yo‘llari sohasida, ayrim muhim ishlab-chiqarish sohalarida monopoliya o‘z so‘zini aytmoqda.
Xalqimiz boshqa xalqlardek, “Mersedes”, “Toyota”, “Audi”, “Shkoda”, “Hyunday” kabi brend mashinalarni minishini, ularni boshqa xalqlar olayotgan narxlarda olishini ta’minlashingiz kerak.
Xalqimiz hech bo‘lmasa, qo‘shni xalqlardek, samolyotlarda arzon uchishini ta’minlashingiz kerak.
Xalqning chirog‘i o‘chmaydigan, gazi, benzini, suvi arzon bo‘lishini ta’minlashingiz kerak.

Tadbirkorlar davlatga, hukumatga ishonishini ta’minlashingiz
kerak. Ular ertangi kunga ishonch bilan ishlashi kerak. “Kattakon”lar bir kuni ishimni tortib oladi, korxonamni buzib tashlaydi”, degan xavotir bilan ishlamasligi kerak.

Banklar tadbirkorning terisini shilib olmasligi kerak.

Soliqlar adolatli bo‘lishi kerak. Ayniqsa, Siz xalqimizni kitobxon qilish uchun farmonlar, qarorlar chiqarasiz, bu yoqda kitob chop qiluvchilar, kitob savdosi bilan shug‘ullanuvchilarga 15 % ustama soliq solishayapti. Kitoblarning narxi soliqlar evaziga qimmat bo‘lib ketmoqda. Birorta kitob do‘koni bugun foyda ko‘rib ishlayotgani yo‘q, hammasi ziyoli kishilar bo‘lgani uchungina, fidoyi kishilar bo‘lgani uchungina kitob do‘konlarini yopishmayapti, afsuski, yopilib ketganlari ham oz emas.
Kitob chop etish va kitob savdosiga qo‘yilayotgan soliqlar va ustama soliqlarni Sizning siyosatingizga zid ish deb bilaman!
Buning o‘rniga bir yozuvchi kitob yozib, kitobini chop ettirmoqchi bo‘lsa, kitob tannarxining 50 foizini davlat qoplab bersa, adiblarimiz ko‘proq kitob yozib, kitoblar ko‘proq chop etilgan bo‘lardi.
Siz xalqimizni yana kitobxon qildingiz, xalq kitob o‘qiydigan bo‘ldi, kitob ko‘tarib yuradigan bo‘ldi, umid qilamanki, mening taklifimni qabul qilsangiz, ulkan savob ishni qilgan bo‘lasiz. Kitoblar arzon bo‘lsa, xalq ko‘proq kitob oladi, ko‘proq kitob o‘qiydi.

“Hamma yoqni chiritib yuborgan”lar jabridan hali ham aziyat chekayotganlar, turmada qolayotganlar, Vatanga kelolmay yurganlarni adolat bilan taftish qilishingiz, Vatanga zorlarni, Vatan ravnaqiga hissamni qo‘shay, deb yurganlarni Vatanga qaytarishingiz kerak.

O‘tgan 30 yillik davrga adolat bilan baho berilib, rost tariximiz, keyin o‘zgartirilmaydigan haqiqiy tariximiz yozilishiga ham o‘zingiz bosh bo‘lishingiz kerak!

Albatta, men Sizning bu ishlarni ham sekin-asta ado etishingizga ishonaman! Xalq ham Sizga ishonmoqda!

Hurmatli Prezident!

Sizga bo‘lgan ishonchimiz bundan ham mustahkam bo‘lsin!

Sizga xalqimiz farovonligi yo‘lida boshlagan ishlaringizda omad va zafarlar tilayman! Umringiz uzoq bo‘lsin!

Siz buyuk islohotchisiz va boshlagan ezgu ishlaringiz amalga oshishida biz, ziyolilar, kamarbastamiz!

65 yoshingiz muborak bo‘lsin!".

O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi a'zosi Karimberdi Turamurodning
feysbookdagi sahifasidan olindi.
​​ONAJON

Hayot boshim silamas ko‘p... Sen silaysan, Onajon,
Neki yaxshi bo‘lsa menga Sen tilaysan, Onajon,
Orombaxshsanu orom ne Sen bilmaysan, Onajon,
Onajonim, aylanayin, boshimdagi kaftingdan,
Kaftingdagi muztog‘larni eritguvchi taftingdan.

Nuri diydang izlarimga poyondozlar qildingmi,
Kiprigingni yo‘llarimda xokondozlar qildingmi,
Yuzlaringga dog‘, ajindan, oh, pardozlar qildingmi,
Onajonim, o‘rgilayin, g‘ayratingdan, shaxtingdan,
Tillaringdan to‘kilguvchi asallaring, shahdingdan...

Ona borki, bu dunyoda mehr ustun bo‘lgaydir,
Ona borki, bu dunyoda qahr ostin bo‘lgaydir,
Ona borki, bu dunyoda bag‘ring butun bo‘lgaydir,
Onajonim, aylanayin, so‘riginang – taxtingdan,
Farzandlaring kamolidan topib olgan baxtingdan.

Senga masal bitaymi yo senga g‘azal bitay man,
Sen ojiza emasdirsan, qalam ojiz, netay man,
Bir kun ketsam - poyingdagi jannatlarga ketay man,
Rustam o‘g‘ling kechmagay hech o‘zing bergan ahdingdan,
To‘ylar to‘yga ulanmasmi so‘z ochilsa madhingdan?!.

Hayot boshim silamas ko‘p... Sen silaysan, Onajon!..

2015-yil

P/s:
Obunachilarimiz talablariga binoan bugun Ona haqidagi she'rlarimizdan birini kanalga joyladik. Bugun tavallud kunini nishonlayotgan barcha Onajonlarimizga mazkur she'r bag'ishlanadi.

©Rustam Mirvohid

@Rustam_MIRVOKHID
👍1
Toqatimdan ortiq dard berma, yorim
<unknown>
© Rustam Mirvohid

🎙 Sheʼrni muallif oʻqigan

@Rustam_Mirvokhid
1
Ko'zga Ne Bo'ldi
Zohirshoh Jo'rayev
#men_sevgan_qoʻshiqlar

Termulib ko’z senda qoldi, ko’zga ne bo’ldi,
Tilim lol, so’z ham yo’qoldi, so’zga ne bo’ldi...

©Sherali Joʻrayev

🎙️Zohirshoh Joʻrayev

@Rustam_Mirvokhid
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bir yarimta do'st haqida eshitganmisiz? Unday bo'lsa, bu ta'sirli hikoyani albatta (takror) eshiting va yoningizda qanday do'stlar borligi haqida kerakli xulosani chiqaring.

@Rustam_MIRVOKHID
IFTIXOR

Shukr, oltin medalga bo‘ynini tutdi o‘zbek,
Bu asriy g‘alabani asrlab kutdi o‘zbek.
Yetmish ikki tomirda qon emas, faxr jo‘shar –
Axir, shatranj yurtida hinduni yutdi o‘zbek!

09.08.2022 y.

Bardavom bo‘lsin!!!

@Rustam_MIRVOKHID
👍2
Oydin kecha
<unknown>
© Rustam Mirvohid

🎙Sheʼrni muallif oʻqigan

@Rustam_Mirvokhid
​​​​Rustam Mirvohid

Rustam Mirvohid - 1987 yil 25 sentyabrda Toshkent shahrida ziyoli oilasida tug‘ilgan. 1994–2003 yillar davomida Hamza tumanidagi 204-o‘rta maktabda, 2003–2006 yillarda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qoshidagi Xorijiy tillar akademik liseyida o‘qigan. 2007–2011 yillarda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti bakalavriatida, 2011-2013 yillarda magistratura bosqichida ta’lim olgan.


Ustozimizni bugungi tavallud ayyomlari bilan chin ko'ngildan tabriklaymiz!
Ustoz, umringiz uzoq, rizqingiz to‘kin, sog'-salomat, hamisha mavqeingiz baland, ilmingiz ziyoda bo‘lsin!
Noyob kadr

Mening tayanch nuqtam ham asosim ishq,
Nafsimdan olganim zo‘r qasosim ishq.
Chap ko‘ksimni ochib, o‘qi xujjatim –
Men noyob kadrman – ixtisosim ishq.

2015 yil

@Rustam_MIRVOKHID
👍3
«Erkin Vohidov»
#Nodir_Ovozlar

“Nodir ovozlar” loyihasining 44-sonini e’tiboringizga havola etamiz.
1. Erkin Vohidov she'rlari
2. "Shom-u sham" qo‘shig‘i. Rustam Mirvohid g‘azali asosida
3. "Xazina" hikoyasi. Said Ahmad

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim

🎬 "BEKAT"

🍂Tilimizga munosabat haqida og‘riqli videorolik.

🍃O‘zbek tilidan sof foydalanaylik!

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
👍1
Forwarded from Oriat Dono
⚡️⚡️⚡️"G'alvir" dasturining bugungi mehmonlari Vazirlar Mahkamasining Ma'naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mas'ul hodimi Rustam Tursunov hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O'zbek tilini rivojlantirish jamg'armasi mas'ul hodimi Sherzod Karimjonov.

📚Departament tomonidan kitoblar to'plami yutganlar: 2227 Muxtor, 2684 Jasur, 2158 Abdumo'min, 1992 Abbos, 3777 Muslima.

🎙Jasur Mavlonov konsertiga taklifnoma yutganlar: 1650 Rustam, 1676 Abdulhay.

YouTube | Instagram | TikTokTwitter | Facebook | Mobil ilova
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗿 21-oktabr O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlanadi!
Bayram ko‘rsatuvimiz Vazirlar mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti bilan hamkorlikda tayyorlandi!

🗿 Aslida bu bayram ona tilimizni sharaflash, uning qaddi va qadrini yana-da yuksaltirish ayyomidir!

🔔 Bugun soat 22:15 da “Mening Yurtim” 📡 telekanalida “Diydor shirin” dasturining bayram sonini tomosha qiling!
😉 Hurmat bilan Anvar AZIMOV

#my5tv #diydor_shirin
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍2