Rustam MIRVOHID ijodi
655 subscribers
544 photos
236 videos
2 files
207 links
Gap ostida qolmay desang - so'z ustida ishlash kerak...

Muallifga savollaringiz, taklif va mulohazalaringiz boʻlsa, ushbu manzilga yoʻllashingiz mumkin.👇

@I_Rustam_murojaat_bot
Download Telegram
Derazalar

Deraza raxiga qo'ngan xazonday
Kiprigim uzilib yanoqqa tushdi -
Ichikdim chog'i...

Orqa o'rindiqning derazasidan
Ko'rinar rels aro yugurgan yurak -
Kechikdim chog'i...

Xonamda zangori deraza ichra
Tikildim... ko'ngli va ko'zi to'q do'stga -
Ochiqdim chog'i...

Mahbusman. Osmonning derazasini
Sindirib sakrayman: u yog'i... ranglar.
Olti yon ichimda shunday jaranglar:
- O, chiqdi chog'i...

2022 y.

@Rustam_MIRVOKHID
👍9🤩2
​​Ehtiyojsan suv, havoday, ehtiyojmanding o'zim,
Gulbadansan, oh, tikonday mehri payvanding o'zim.

Neki yaxshi bor jahonda sengadir, aksi menga,
Bor shakarxandam o'zingsan, bor zaharxanding o'zim.

Ishq aro ojizdir idrok, balki his qudratlidir -
Barcha Aflotundan a'lo telbamonanding o'zim.

Yuzdagi xolingu qalbing holiga sadqa o'shal -
Boq, Buxorong men erurman, ko'r, Samarqanding o'zim.

Ul ajal ham qaychi yanglig' ayro etmas bizni xech,
Sen - azal sarrishtasisan, to abad banding - o'zim.

Gar shirinlik totmoq ersang, ol, shirin jonimni, yo
Rustamingday she'r elida lafzi gulqanding o'zim.

5. 11. 2022-yil.

©Rustam Mirvohid

Rustam Mirvohid ijodiga oid so‘nggi yangiliklarni quyidagi manzillarda kuzatishingiz mumkin!👇

Telegram | Facebook |

@Rustam_MIRVOKHID
👍6🤩2
​​XAZON

Ol yuzing hajrida menday sarg‘arib ketdi xazon,
So‘ng sabo kiftida vasling axtarib ketdi xazon.

Uchdi xo‘p manzil-bamanzil, oxir ostonangga bosh -
qo‘ydi, yum-yum yig‘lagancha yolborib ketdi xazon.

Sen uyingda parda ichra termularding yoshirin,
Tashda boshdin ne azobni o‘tkarib ketdi xazon.

O‘tdi yil, oy, kun shitob-la chiqmading bir, oqibat -
Voh, qariyb yuz yoshli kasday oh, qarib ketdi xazon.

Balki, rahming keldi... tuyqus eshiging ochildi lang -
Chiqdingu xush epkiningdan tebranib ketdi xazon.

O‘ltirib, kaftingga olding va latif barmoqlaring -
Taftini his etdi... birdan titranib ketdi xazon.

Titraganda Rustamingday bul visol uyqusidan -
Naylasinki, shul safar ham uyg‘onib ketdi xazon.

8. 11. 2022-yil

©Rustam Mirvohid


Rustam Mirvohid ijodiga oid so‘nggi yangiliklarni quyidagi manzillarda kuzatishingiz mumkin!👇


Telegram | Facebook |
👍15🤩2
Kuni kecha e'lon qilgan g'azalimizga Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori, ustozimiz Gulchehra Rixsiyeva feysbukdagi o'z sahifalarida ushbu munosabatlarini bildiribdilar.
Fursatdan foydalanib, Gulchehra opaga e'tibor va e'tiroflari uchun chuqur minnatdorchiligizni bildiramiz.
Biz g'azalnavislar baxtiga shunday g'azalxonlar ko'payaversin!

Rustam Mirvohid ijodiga oid so‘nggi yangiliklarni quyidagi manzillarda kuzatishingiz mumkin!👇

Telegram | Facebook |
👍13🤩2
Audio
Muxlislarimizdan birlari yangi "Xazon" nomli g'azalimizni o'qib, kaminaga shaxsiydan yuboribdilar. Eshitib, juda xursand bo'ldik. Baraka topsinlar! Sizlarga ham ilindik, marhamat!

Rustam Mirvohid

🎙Zulfizar

@Rustam_MIRVOKHID
👍16
"XAZON"

"Xazon" nomli g‘azalimizni Gulasal Omonova talqinida eshitib bahra oling, marhamat!

Rustam Mirvohid

🎤Gulasal Omonova

@Rustam_MIRVOKHID
👍11👎1
#Aruzdagi_ilk_mashqlardan

Eshit, ey yor...


Eshit, ey yor, dilim sozi chaman bo‘ylab jaranglaydur,
Qo‘shildi bulbul ovozi hamohanglikda yangraydur.

Necha yillar yugurmay men visolingga yetolmasman,
Desam: ne boisi? ayding: sabab taqdiri manglaydur.

Bahor abri kabi to‘kdim ko‘zimdan jolalar cheksiz,
Po‘latdek toqatim hatto aning ostida zanglaydur.

Ochib erdim dilim, do‘stim – tushunmay kuldi holimga,
Netay, devona ko‘nglimni faqat devona anglaydur.

Nigorim deb shahid bo‘lsam mening-chun bu saodatdur,
Falak o‘z ufqini har kech mening qonim-la ranglaydur.

Visol oni kelur, Rustam, umid-la dilni pok tutgil,
Umidsizlik g‘uboridan diling ko‘zgusi changlaydur.

2007-yil

©Rustam Mirvohid

@Rustam_MIRVOKHID
👍9
ESHIT EY YOR+.mp3
4.7 MB
Qariyb o‘n yil oldin "Eshit ey yor..." nomli g‘azalimizga xushovoz hofiz Tavakkal aka Nasriddinov milliy yo‘nalishda musiqa bog‘lab, ijro etgan edilar. Mana shu hamkorlikda yaralgan ijod namunasini hayajon ila Sizlarga taqdim etmoqdamiz.

ESHIT EY YOR

Rustam MIRVOHID

🎤Tavakkalxo‘ja NASRIDDINOV

@Rustam_MIRVOKHID
👍1
Audio
Muxlislarimizdan yana bir tuhfa! Shahlo Xon (@Sevgi_va_armon_Shahlo_Xon) "O‘zim" nomli yangi g‘azallarimizdan birini ijro qilibdilar. Shahlo Xonga minnatdorchilik bildirib, hamkorlikda yaralgan bu ijod mahsulini ham hukmingizga havola etamiz! Marhamat!

O‘ZIM

✍️Rustam MIRVOHID

🎙Shahlo XON

@Rustam_MIRVOKHID
🤩2
Ertaga soat 10:00 dan 11:00 ga qadar FM 106, 5 to'lqinidagi "Oriat Dono" radiokanalida mahshur boshlovchi Akmal Mirzo bilan "Choy ustida" nomli eshittirishda kamina ishtirok etadi. Kim imkon va vaqt topib shu suhbatni eshita olsa minnatdor bo'lamiz.
Ha, aytgancha, suhbat so'ngida O'zbekiston xalq artisti Abduhoshim Ismoilov hamkorligida yaralgan "Shomu sham" nomli qo'shiqning ilk taqdimoti ham bo'ladi, Xudo xohlasa!
G'oyibona ko'rishguncha!

@Rustam_MIRVOKHID
👍21🤩3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Oriat dono radiokanali "Choy ustida" dasturining bugungi mehmoni shoir Rustam Mirvohid

YouTube orqali ko‘rish
👍7
Audio
📹 Oriat dono radiokanali "Choy ustida" loyihasida ishtirok etgan shoir Rustam Mirvohid bilan suhbatning audio varianti.

@Rustam_MIRVOKHID
👍7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Innovatsion sevgi yohud zamonaviy oshiq izhori

©Rustam Mirvohid

📹
She‘rni muallifning o‘zi o‘qigan

To‘liq tomosha qilish

@Rustam_MIRVOKHID
👍16🤩1
​​SEVGI BOZORIDA

Ko‘ngil oldim, ko‘ngil berdim, vale qoldi ko‘ngil oxir -
Sitamgardan. Azobidan juda toldi ko‘ngil oxir.

Rafiq bunda jafo qilsa - raqib unda safo qildi,
Bularning barini, Rabbiy, senga soldi ko‘ngil oxir.

Kimi yoru kimi ag‘yor - ko‘rib, farq etmagoniga -
Ko‘zimdan qon to‘kib, bu na’v qasos oldi ko‘ngil oxir.

Bu dunyo royishi shundoq, base, ko‘ngil, ko‘ngil derdim,
Demasdan lomu mim "O‘rtar" kuyin choldi ko‘ngil oxir.

Qara, sevgi bozorida ajab savdo kechur, Rustam -
Ko‘ngil oldim, ko‘ngil berdim, vale qoldi ko‘ngil oxir...

18. 11. 2022 yil.

©Rustam Mirvohid

@Rustam_MIRVOKHID
👍20
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏆 She’rga haykal qo‘yilganini eshitganmisiz?

Ijroda Rustam Mirvohid.

O‘qituvchilarga ulashamiz!

@Rustam_MIRVOKHID
👍14
Kechikdim Chog'i
MALIKA USMONOVA
Kechikdim chog‘i

©Rustam Mirvohid

🎤Malika Usmonova

@Rustam_MIRVOKHID
👍10
#Ibrat

​​Arslon ovlagan kiyigini yeyishni boshlar ekan, qornida bolasi borligini sezib qoldi. O‘lgan kiyikning bolasini onasining qornidan tortib chiqardi. Bola o‘lib bo‘lgan, endi kech edi. Arslon o‘lik bolani onasining jonsiz tanasi yoniga qo‘yib, og‘ir qadamlar bilan bir chetga uzandi. Bu holatni tasvirga olgan suratkash, arslonning uzoq vaqt harakatsiz yotganidan shubhalandi. Butun jasoratni jamlab unga yaqinlashdi. Arslon o‘lik edi.
Arslonning o'limi sababiga qiziqqan suratkash, jasadni veterinarga olib bordi. Veterinar arslonning qornini yorib, uning yurak yorilishidan o‘lganini aniqladi.
"Sheryurak" deyilishining bitta ma'nosi shu bo'lsa kerak. Arslon o‘zi sababidan aybsizga yetgan zararni hazm qila olmadi.
Hayvon deb bilganlarimiz, ba'zi odamlardan ko‘ra marhamatliroq.


Feysbukda Nuhning kemasi sahifasidan olindi

@Rustam_MIRVOKHID
👍14😢6🤩1
Izohga hojat yo‘q...

@Rustam_MIRVOKHID
👍12
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ibrat

Qatarda o‘tkazilayotgan futbol bo‘yicha Jahon chempionatida Yaponiyadan tashrif buyurgan futbol muxlislari o‘zlari bilan nafaqat o‘zining sektorida balkim boshqa sektordagi chiqindilarni ham tozalab ketishmoqda.

Mana, yetuk xalq madaniyati! Ofarin!

Endi haqli savol tug'iladi: bizchi?!


@Rustam_MIRVOKHID
👍7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza

Mashhur jurnalist Sherzodxon Qudratxo'ja yaqinda "Oriat dono" radiokanalida bergan intervyusida milliy mintalitetimizdagi asosiy nuqsonlardan biri - "dasturxon diplomatiyasi" haqida eksklyuziv fikr bildirgan.

Xulosa o'zingizdan!

@Rustam_MIRVOKHID
👍1