#Ijodiy_uchrashuv
Xabaringiz bor, 13-may kuni "O'zkimyosanoat" AJ rahbariyati tashabbusi bilan Bo'stonliqdagi dam olish maskanida kamina bilan ijodiy uchrashuv tashkil etilgandi. Ushbu uchrashuvdan ayrim lavhalarni hukmingizga havola qilamiz, marhamat!
©Rustam Mirvohid
@Rustam_MIRVOKHID

USTOZ ERKIN VOHIDOV G‘AZALIGA MUXAMMAS
Bu chin izhor, bu chin iqror: seningdirman, seningdirman,
Bo'lay sobit va yo sayyor, seningdirman, seningdirman,
Magar sog'man va gar bemor, seningdirman, seningdirman,
Vatan, to tanda jonim bor, seningdirman, seningdirman,
Tanim xok o'lsa ham sen yor, seningdirman, seningdirman.
Raqib tegsa hamiyatga dilimni qo'zg'agan orsan,
Yigitlik sozida baravj vafoni kuylagan torsan,
Ajab ruhiy safo mavjud, vujudim ichraki yorsan,
Jahon kengdir, falak kengdir, yurak kengdir chu sen borsan,
Seningsiz ikki dunyo tor, seningdirman, seningdirman.
Agar xosman – senga mosman, senga xoslik ulug' ne'mat,
Teray rizqimni kiprik-la quchog'ingda qilib g'ayrat,
Sening ishqingki beta'ma, sening mehringki beminnat –
Menga begona ellarda nasib gar o'lsa yuz rohat,
Chekay bag'ringda ming ozor, seningdirman, seningdirman.
Qadimdan bu qadim g'ozdir: meningdirsan, meningdirsan,
Boshim mag'rur, sarafrozdir, meningdirsan, meningdirsan,
So'zim darding-la mumtozdir, meningdirsan, meningdirsan,
Agar shodliklaring ozdir, meningdirsan, meningdirsan,
Magarkim g'amlarim bisyor, seningdirman, seningdirman.
Senga manzur bitik bitsam salaflardin bo'lak, ayru,
Shudur oliy menga matlab, biroq undan buyuk orzu –
Sadaf bag'rida dur yanglig' nihon tutgan duoim bu –
Bugun bor, erta yo'q jismim, vale ruhim uchun mangu
Sening manguliging darkor, seningdirman, seningdirman.
Abad jisminga mos isming qolur jon toqida zarnaqsh,
Senga Rustam bu taxmisni umid birlan etibdur baxsh,
Sharaf – dil ko'ziga garding surishkim to'tiyo aylash,
Sening ishqing bilan yondim, ketar jonimda bu otash,
Seningdirman, yana takror, seningdirman, seningdirman.
2018-yil
Joriy yil 30-may kuni O'zbekiston xalq shoiri, Qahramoni ustoz Erkin Vohidov xotirasiga bag'ishlangan Adabiy tur doirasida poytaxtimiz "Magic city" bog'ining yozgi amfiteatridan esdalik.

Bugun Osiyo Hoshimovaning bitiruv malakaviy ishi himoyasi bo'ldi.
Mavzusi: Yosh ijodkorlar ijodiga xos xususiyatlar (kamina, Nasrullo Ergash va Shavkat Odiljon ijodi misolida).
Kamtarona ijodimiz ilmiy tadqiqot obyekti bo'lishiga, balki, hali ancha bordir. Lekin, Xudo "Bo'l!" degan ekan, nasib qildi.
Xullas, kechimlar boshqacha... Shunga munosib ko'rilganimizga shukr!
Shavkat, Nasrullo, sizlarga ham muborak!
Osiyo, yana bir bor katta rahmat!

👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mana, ma`naviyat, mana, oriyat, mana, hamiyat tarbiyasi! Jamiyatda yoshlarni yo`lga soladigan shunaqa DODAlar yetishmayapti-da!
Ofarin, Erkin Bozorov!
©Rustam Mirvohid
@Rustam_MIRVOKHID
Ofarin, Erkin Bozorov!
©Rustam Mirvohid
@Rustam_MIRVOKHID
Hurmatli, do‘stlar!
Xabaringiz bor, bir guruh faollar bilan marhum akamiz Mansur Masharipov haqida xotira kitobini tayyorlayotganimizni ma'lum qilgan edik. O‘tgan vaqt mobaynida ko‘plab xotiralar, izhorlar to‘plandi. Ularning har biri qahramonimiz siymosini yanada to‘liqroq tasavvur etish imkonini beradi. Eng muhim xulosam: bu kitobni dunyoga kelishiga katta ehtiyoj bor ekan.
Siz tomondan yo‘llangan har bir xotira duodek yoqimli va jondek aziz biz uchun. Faqat ba'zi yozilgan mulohazalarda to‘ldirilishi zarur bo‘lgan joylari ham yo‘q emas. Ularni yo‘llagan mualliflarning feysbukdagi profili aksariyat holda mahfiy holatda. Kitob ustida ishlayotgan tahrirchilar jamoasida esa bir qator savollar bor. Hatto ayrim mualliflar moddiy yordam masalasida ko‘makka tayyor ekanliklarini bildirishgani quvonarli hol. Biroq ular bilan bog‘lanishning imkoni bo‘lmayapti.
Rejamiz bo‘yicha joriy yil 30 iyun – Yoshlar kunida barcha xotiralar to‘plam shakliga keltirilib, bosmaxonaga beriladi. Shu bois, yuborgan matningizni takror ko‘rib qo‘yishingizni va zarur bo‘lsa bizga aloqaga chiqishingizni so‘raymiz. Murojaatlaringizni shaxsiyda kutaman.
Oqibat uchun barchaga tashakkur! Tashabbusimizni qo‘llaganlari uchun Ustozlarga alohida rahmat! Yaxshilik qaytadi. Inson qadri ulug‘... Men bunga ishonaman!

RASHK
Xayol og‘ushida haykaldek qotib,
Nigohing qadaysan bir nuqta tomon.
O‘sha on lovullab, o‘zni yo‘qotib
Nigohing qizg‘ongum nuqtadan yomon!
Sen hamon o‘ydasan... parvoying falak,
Lablaringda andak kulgu izi bor...
Hoy, qalbim quyoshi, adolat kerak:
Nahot, bir nuqtaga shuncha eʼtibor?!.
@Rustam_MIRVOKHID
Xayol og‘ushida haykaldek qotib,
Nigohing qadaysan bir nuqta tomon.
O‘sha on lovullab, o‘zni yo‘qotib
Nigohing qizg‘ongum nuqtadan yomon!
Sen hamon o‘ydasan... parvoying falak,
Lablaringda andak kulgu izi bor...
Hoy, qalbim quyoshi, adolat kerak:
Nahot, bir nuqtaga shuncha eʼtibor?!.
@Rustam_MIRVOKHID
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qirg'iz birodarlarimiz orasida o'z davlat tilining hurmatini talab qila oladigan shunday deputatlar borligi tahsinga loyiq!
Shu insonning o'rnida biz bo'lsak qanday yo'l tutardik?!
Bu savolning javobi vijdonimizga havola.
@Rustam_MIRVOKHID
Shu insonning o'rnida biz bo'lsak qanday yo'l tutardik?!
Bu savolning javobi vijdonimizga havola.
@Rustam_MIRVOKHID
#yangi
KARANTIN GʻAZALI
(Hazil)
Qoyile, ishqing jahonni oldi-ku "korona"day,
Qancha rad etmay, meni ham ko‘rmadi begonaday.
Yuqqanidan so‘ng so‘ngakning bandi-bandi qaqshadi,
Chulg‘agach tanni harorat ayladi so‘zonaday.
Dam soching atrini qumsab, dam labing hijronida
Ta’mu hid bilmak yo‘qoldi – aqlu dil hayronaday.
Sen niqob taqqan kuningdan beri diydoring menga –
Yarmi oshkora tuyulgay, yarmi-chi, pinhonaday.
Shul sabab butkul shifoi vasling istab uy aro
Ko‘z – eshikday muntazir, dil – intizor ostonaday.
Na iloj, "korona" ketmay keldi "omikron" yana,
Bul vabolarda hunar ko‘p chog‘i sen janonaday?!
Yaxshisi, Rustamga bo‘sa hadya et emlatmayin,
Neki dard yetkurma shunda – yengajak mardonaday.
12.07. 2022 y.