Rustam MIRVOHID ijodi
656 subscribers
542 photos
236 videos
2 files
207 links
Gap ostida qolmay desang - so'z ustida ishlash kerak...

Muallifga savollaringiz, taklif va mulohazalaringiz boʻlsa, ushbu manzilga yoʻllashingiz mumkin.👇

@I_Rustam_murojaat_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
SHOMU SHAM

Zulfu husning yodga tushsa yodlanarmish shomu sham,
Ishq aro bu rutbasidin shodlanarmish shomu sham.

Gohi hajringda riyo-chun qo'zg'atib rashshokligim -
Tunlanarmish... pirpirarmish... dodlanarmish shomu sham.

Men-ku Qays avlodiman deb iftixor etsam, qara,
Laylining zuryodi biz deb zodlanarmish shomu sham.

Beqarormish til uchida vasli bomdoding uchun -
Yorlanarmish yot-la, yor-la yotlanarmish shomu sham.

Har na qilsin, lek sadoqat otlig' ul shatranj uza
Dona sursa Rustaming-la motlanarmish shomu sham.

P/s: Kaminaning g'azaliga O'zbekiston xalq artisti Abduhoshim Ismoilov bastalagan musiqasi.

Joriy yil 18-fevral kuni O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasidagi "G'azal g'izoli" bayozi taqdimotida bu qo'shiq ilk bor ijro etildi. Afsus, tadbir tashkiliy ishlari bilan bo'lib, tasvirga tushirish imkoni bo'lmadi. Bu - tayyorgarlik jarayonida tasvirga tushirilgan varianti.


Azizlar, katta bastakor bilan ilk ijodiy hamkorligim mahsuli Sizlarga manzur bo'ladi deb umid qilaman. Marhamat!

@Rustam_MIRVOKHID
Audio
Shomu sham

Rustam Mirvohid g'azali

🎙Abduhoshim Ismoilov musiqasi

@Rustam_MIRVOKHID
Audio
Shomu sham

Talab va istaklarga binoan "Shomu sham" qo‘shig‘ining studiyada yozilgan varianti.

Rustam Mirvohid g'azali

🎙Abduhoshim Ismoilov musiqasi

@Rustam_MIRVOKHID
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bahor ayyomidur, dogʼi yigitlikning avonidur,
Ketur, soqiy, sharobi nobkim, ishrat zamonidur.

Gahi sahro uzori lola shaklidin erur gulgun,
Gahi sahni chaman gul chehrasidin argʼuvonidur.

Yana sahni chaman boʼldi munaqqash rang gullardin,
Magarkim sunʼning naqqoshigʼa rang imtihonidur.

Yuzung, ey sarv, jonim gulshanining toza gulzori,
Qading, ey gul, hayotim bogʼining sarvi ravonidur.

Ne yerda boʼlsang, ey gul, andadur chun joni Boburning,
Gʼaribinggʼa tarahhum aylagilkim, Аndijonidur.


Z.Muhammad Bobur

🎤Sherali Jo'rayev


P/s: Umri jangu jadalda kechgan, lekin qalban tinchliksevar boʼlgan bobomiz Hazrati Bobur aytmoqchi bahor ayyomi, yaʼni, bahor kunlari yana dunyoga oʼz seplarini yoyib keldi. Qish ortda qoldi.
Shoyad, dunyo siyosiy maydonida ham "qish"lar chekinib, "bahor"lar kelsa... Duodamiz...


@Rustam_MIRVOKHID
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
RUH QАMISHDIR...

Ruh qamishdir. Puflading – ul naylanib bormoqdadir,
Dil uzumdir. Ezding – ul ham maylanib bormoqdadir.

Bul nayu mayli majolis un-nafoisda, pari,
Koʼzlaring noʼsh ayladim, bosh aylanib bormoqdadir.

Mastmanki onqadar, tutkil qoʼlimdan, yoʼq esa
Boq, aso boʼlmoqqa xoma shaylanib bormoqdadir.

Bir qarab oftobga oʼrnin koʼrsatib qoʼy, husn aro
Tobakay shohlikka soʼrmay saylanib bormoqdadir?!

Rustamingday hajr oʼtida nola chekmay, naylasin,
Ruh qamishdir. Puflading – ul naylanib bormoqdadir.


P/s: Kaminaning navbatdagi gʼazaliga Oʼzbekiston xalq hofizi Erkin Roʼzimatov bastalagan musiqasi.

Bu ham joriy yil 18-fevral kuni Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasida oʼtkazilgan "Gʼazal gʼizoli" bayozi taqdimoti uchun tayyorgalik jarayonida tasvirga tushirilgan varianti. Marhamat, bahra oling!


@Rustam_MIRVOKHID
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Qaqnus" ko'rsatuvining Hazrat Navoiy ijodiga bag'ishlangan sonidan parcha. Kamina ijrosida "Shomu sham" g'azali.

Ko'rsatuv ijodkorlariga taklif uchun rahmat!

@Rustam_MIRVOKHID
“MURАBBIY”NING O'ZАGI “RАB” DEGАNI, BIRODАR…

Ustoz degani ulkan qalb degani, birodar,
Mustahkam asab, nozik ta'b degani, birodar.
Har sohani tomiru hayotni yurak, desak,
Undan bunga qon haydar zarb degani, birodar.

Ustoz degani senga murg'ak chog'ingdan hamdam,
Аqling piligiga o't ulashguvchi bir shamday,
Sochlaringni taft ila silaguvchi kaft hamda
Peshonangdan jim o'par lab degani, birodar.

Ustoz degani, xullas, hurmati g'oyat kabir,
Ma'rifat uchun qalqon, jaholat uchun jabr,
Bu Zotlarning Аllohga yaqinligi bor, axir,
“Murabbiy”ning o'zagi “Rab” degani, birodar.


Kecha shu she'rdagi maqtov va alqovlarga loyiq inson – birinchi o'qituvchim Matluba opa ishtirokida kamina 4-sinfgacha tahsil olgan jonajon maktabim – 153-maktabda “Ustoz – otaday ulug', onaday mo'tabar” nomli juda samimiy tadbir o'tkazildi.

Xayolan 90-yillarga borib keldik. Matluba opaning murg'ak bolalaligimizda yodda qolgan eng go'zal hislatlarini esladik, qo'ldan kelgancha e'tirof etdik, tabrikladik.

Undan keyin boshqa ustozlarimimiz – Erkin Vohidov, Muhayyo Mirsaidova va Muqaddas Rustamovalarga ham alohida to'xtalib, ularning hayot va ijodimizda tutgan beqiyos o'rinlari haqida xotirladik.

Orada O'zbekiston xalq hofizi, qadrli akamiz Erkin Ro'zimatov buyuk adashlari va kaminaning g'azallariga bastalagan qo'shiqlardan barchamizni bahramand etdilar. Baraka topsinlar!

Ochig'i, nazmu navo va go'zal xotiralardan iborat bo'lgan mazkur tadbir davomida birinchi o'qituvchimiz Matluba opa ko'zlaridagi cheksiz sevinchni ko'rib, ich-ichimizdan biz ham xursand bo'ldik, yayradik.

Nasib qilsa, kelgusida yuqorida nomlari zikr etilgan va etilmagan, hayot ustozlarimiz bilan ham mana shunday samimiy tadbirlarni uyushtirishni ko'nglimizga tugib qoʼydik.

Mazkur tadbirni yuqori saviyada o'tkazishda tashabbuskor boʼlgan 153-maktab maʼmuriyatiga, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi xodimi Muniraxon Ramazonovaga va tashkiliy masalalarda yordam bergan barcha yaxshilarga chuqur minnatdorchiligimizni bildiram
iz.

@Rustam_MIRVOKHID
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tadbirdagi eng hayajonli lahzalardan... Ustozlarimizning doim shunday duolarini olib yurish hammamizga nasib qilsin!

@Rustam_MIRVOKHID
Kim u?

Yurak yugurgilab keldi ortingdan,
Nafas ham rostlamay ko‘ksimni qoqdi.
Sen eshik ortida turgan odamday –
“Kim u?” deb ko‘zimdan ichkari boqding:

Ko‘rdingki – bir oshiq turar aftoda,
Ko‘zyoshdan yuzida ariqlar paydo.
Tuyg‘ular baliqday unda suzmoqda,
Mijjang qarmoq tashlar ularga go‘yo.

Banogoh orqaga tisarildingu
Qilday beling oqdi kokillaringda.
Qahqaha mavjlari ko‘tarib g‘ulu,
Bosh urdi lablaring sohillariga...

Zum o‘tmay daryoni to‘sgan to‘g‘onday,
Kafting dudog‘ingni berkitdi “Jim!” deb.
Shu zayl vaqt o‘tdi og‘ir karvonday,
Sen-da ichkariga chiqmading: “Kim?” deb.

Yurak-chi? Yana ko‘p kutdi toqat-la,
Oxir andakkina shikasta bo‘lib –
Yopiq eshigingga bir maxfiy xat-la
Qisilgancha qoldi... guldasta bo‘lib.


2013 yil

©Rustam Mirvohid

@Rustam_MIRVOKHID
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekiston xalq artisti Abduhoshim Ismoilov ijodiga bag'ishlangan "Eslab, eslab..." ko'rsatuvining mazkur sonida kamina ham ishtirok etish baxtiga muyassar bo'ldi.
Fursatdan foydalanib, taklif qilganlari uchun davrimizning buyuk san'atkori - Abduhoshim akaga o'zimning chuqur minnatdorchiligimni bildiraman.
Ushbu dilkusho ko'rsatuv Sizlarga ham manzur bo'ladi degan umiddaman. Marhamat, maza qilib tomosha qiling!

@Rustam_MIRVOKHID
Forwarded from SHARQDAN XABARLAR
⚡️⚡️⚡️

📣Sharqdan chorlov ‼️

TDSHUning barcha talabalarini universitet bitiruvchisi, Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mas'ul xodimi, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, taniqli shoir Rustam Mirvohid bilan ijodiy uchrashuvga taklif etamiz.
Ijodiy uchrashuv 14-aprel kuni universitetning Talabalar turar joyida soat 20.00 da boshlanadi.

➡️@sharq_xabar
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Madaniyat va ma'rifat" kanali "Tong nafasi" dasturi ijodkorlari tomonidan o'sha mashhur "Bog'chalarda..." qo'shig'ining yangi talqindagi ijrosi.
Shu kabi qo'shiqlar ulashguvchi kayfiyat - bahoriy iliqlik va nahoriy tiniqlik xech qachon qalbingizni tark etmasin!
Marhamat, sel bo'lib eshitib, tomosha qiling!

@Rustam_MIRVOKHID
Qo‘shtirnoq

“Sendan e’tiborni talab qilmasman,
So‘rab ham o‘tirmam qaynoq mehringni.
Sendan ayrilishni o‘lim bilmasman,
Ofat ham sanamam ko‘zda sehringni.

Sensiz ham ko‘zimga rangindir dunyo,
Sensiz ham tasavvur qilaman o‘zim...”–
deb aytsam bir kuni ishonma aslo,
Qo‘shtirnoq ichida bu barcha so‘zim.


©Rustam Mirvohid

@Rustam_MIRVOKHID
1
​​JIGAR

Qishloq ahlining umumiy quduqlari bor edi. Undan hamma chelak bilan suv chiqarib, ehtiyoji uchun ishlatardi. Vaqt o‘tib quduqqa chelak tashlasalar, arqonning o‘zi qaytib, chelak chiqmaydigan bo‘lib qoldi. Buning sababini bilmagan aholi, quduqni jinlar mokon tutib olgan, degan gumonga borishdi. O‘zaro maslahatlashib, kimnidir unda nimalar bo‘layotganini bilib chiqishi uchun tushirmoqchi bo‘lishdi. Lekin hamma o‘z jonidan qo‘rqar, chelakdek qaytib chiqmaslikdan hadiksirar edi. Shunday bo‘lsa ham, oralaridan bir yigit chiqibdi.
Lekin u shart qo‘ydi. Quduqqa tushishi uchun arqonni boshqalar bilan birga uning akasi ham ushlab turishini istashini aytdi. Hamma hayron bo‘libdi. Shuncha kishi turganda, u akasini keltirishi haqiqatda ham ajib edi. Odamlar uni akasini topib kelishdi. So‘ng yigit quduqqa tushdi. Ichida bir maymun borligini ko‘rdi. Chelaklarni o‘sha jonvor arqondan yechib olar ekan. Uni boshiga o‘tkazib, pastdan turib arqonni tortishlarini buyuribdi.
Quduqning og‘ziga yaqinlashganida, hammani ko‘zi maymunga tushibdi, nim qorong‘uda maymun ularga allanechuk maxluq bo‘lib ko‘rinibdi. Qo‘rquvdan arqonni tashlab qochib qolishibdi. Faqat uning akasigina inisini hayotidan xavotir olganidan jon - jahdi bilan chiqarib olishga urinibdi. U chiqib olgandan keyin qishloq ahli akasini chaqirtishining sababini anglashibdi.

Hayot jigarlarimizning umrlari uzoq, o'tganlarini Alloh o'z rahmatiga olsin!


@Rustam_MIRVOKHID
Izohga hojat yo‘q...

@Rustam_MIRVOKHID
​​INNOVATSION SEVGI YOXUD ZAMONAVIY OSHIQ IQRORI - 2

Xayolim xayolingga integratsiya qilsam,
Gardingni surib ko‘zga motivatsiya qilsam.
Ko‘ngling inja ko‘zgudir, nogoh darz ketmasin deb,
Jonimdan g‘ilof aylab, lominatsiya qilsam.

Na iloj, yashayapman yolg‘on, chinlaring aro,
Balandparvoz gapirmam “sarlochin”laring aro,
Balki bir bor shivirlab quloqchinlaring aro –
Qaytib hech kas qilolmas kulminatsiya qilsam.

Ovozli xabarlaring – takallumingdan sening,
Totli “mp3”laring – tarannumingdan sening,
Tabiiy lablar aro tabassumingdan sening –
Murda yanglig‘ hislarim aktivatsiya qilsam.

Bo‘lsam-da ming bo‘lakka, dil bog‘lanmas bo‘lakka,
Hajring tig‘lari oxir etib bordi suyakka,
Yozg‘irsam hayron bo‘lma, kerak bo‘lsa Falakka –
Vasling bermadi deya apellyatsiya qilsam.

Mayli, sanksiya bergil jabru sitamlar uzra,
Omadim kulib jami yulduz odamlar uzra,
Yuragimda to‘shalgan alvon gilamlar uzra
Faqat sen ila tanho paparatssilar qilsam...

Muhabbat – yo‘l, men boshdan, sen-chi, so‘ngidan kelib,
Men Shomdan kelsam go‘yo sen Farangidan kelib,
Bir xush tush ko‘rsam, u tush yana o‘ngidan kelib,
Chap ko‘ksimda biz uchun Assotsiatsiya qilsam.

Husning mulkiga jami iqtisodim o‘tkazib,
Qalb hisob raqamingga hissiyotim o‘tkazib,
Bu ham yetmasa... shartta bor hayotim o‘tkazib –
Fanda yo‘q inqilobiy innovatsiya qilsam!

05.05.2022-y.

©Rustam Mirvohid

@Rustam_MIRVOKHID
"O'ZKIMYOSANOAT" xodimlari "SO'ZKIMYOSANOAT" xodimlari bilan uchrashdi...😉

Joriy yil 12-may kuni "O'zkimyosanoat" AJ rahbarining Davlat tilini rivojlantitish bo'yicha maslahatchisi S.Abdurahmonova taklifiga binoan, men bilan hamkasbim G'.Hamroyev "Maksam-Chirchiq" zavodida sayyor seminar-treningda ishtirok etdik.
Biz tomondan "O'zkimyosanoat" tizimidagi maslahatchilarga sohada o'zbek tilining ustuvorligini ta'minlashga qaratilgan muhim tavsiyalar berildi.

13-mayda esa Bo'stonliqdagi dam olish maskanida kamina bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
Dastavval, ustoz ijodkor M. Ulug'ova tadbir debochasini ochgan bo‘lsa, bizga so'z teggach,
"O'zkimyosanoat" xodimlariga "So'zkimyosanoat"imizda ishlab chiqargan "mahsulot"larimiz - she'r, g'azallarimizdan ulashdik.
Xullas, dilni dilga ochib toza she'rlashildi. Shaxsan men hujjatlar ichida ko'milib, bunday davralarni sog'ingan ekanman shekilli, maza qildim).

Tashkilotchilarga yuqori saviyadagi seminar va uchrashuv uchun tashakkur!

@Rustam_MIRVOKHID