Rustam MIRVOHID ijodi
658 subscribers
540 photos
236 videos
2 files
206 links
Gap ostida qolmay desang - so'z ustida ishlash kerak...

Muallifga savollaringiz, taklif va mulohazalaringiz boʻlsa, ushbu manzilga yoʻllashingiz mumkin.👇

@I_Rustam_murojaat_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Эркин_Воҳидов_85_ёшда

Do‘st bilan obod uying, gar bo‘lsa u vayrona ham,
Do‘st qadam qo‘ymas esa, vayronadir koshona ham.

Intizor har uy dilovar dilkusholar bazmiga,
Gar oyoq qo‘ysa qabohat yig‘lagay ostona ham.

Yaxshi do‘stlar davrasida ochilursan har zamon,
Ko‘rkni shoda ichra topgay marvarid durdona ham.

So‘rma mendan, kim diloro, do‘stmi yo jonona deb,
Do‘st mening ko‘nglimdadir, jonimdadir jonona ham.

Qochma rostgo‘y do‘stlarning kohishu ozoridan,
Qaddi rost shamning tilidan o‘rtanur parvona ham.

Do‘st qidir, do‘st top jahonda, do‘st yuz ming bo‘lsa oz,
Ko‘p erur bisyor dushman bo‘lsa u bir dona ham.

Kim senga hamroz emasdir, bog‘araz deb o‘ylama,
Gohi dushmanlik qilurlar qo‘l siqib do‘stona ham.

Do‘sti sodiq yo‘q ekan deb o‘rtanib kuyma va lek,
Mehr uyin keng ochsang, Erkin, do‘st bo‘lur begona ham.


©Erkin VOHIDOV

@faxriddinhayit
@Rustam_MIRVOKHID
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Sevimli" kanalida joriy yil 19 dekabr kuni soat 17:00da efirga uzatiladigan "Bosh qahramon" ko'rsatuvi anonsi. Vaqt ajratib tomosha qilsangiz xursand bo'lamiz.

@Rustam_MIRVOKHID
​​#Ғазал_Ғизоли_Ғазалларидан

ИЗИМДА ИЗ ҚОЛМАС ИЗИНГДАН ЎЗГА...

Аё, яхшироқ йўқ Ўзингдан ўзга,
Кўнгилга чироқ йўқ кўзингдан ўзга.

Сендан юз бурганнинг юзи тескари,
Юз кўрмоқ юзсизлик юзингдан ўзга.

Ким ашъор, ким лашкар тузиб юрт тузди,
Туз тузук тотмади тузингдан ўзга.

Озига кўнмаган озди ҳақ йўлдан,
Асло буюрмади озингдан ўзга.

Дил розин сочганлар зор бўлди охир,
Зори дил қолмади розингдан ўзга.

Маккора кўрмади одам зурёди
Дунё деган танноз қизингдан ўзга.

Бўзлаб қолаверди кимса ортида,
Бир вафо қилмади бўзингдан ўзга.

Тилга келган ҳар сўз тушмади тилга,
Сўзга жон бермади сўзингдан ўзга.

Ҳар сўзинг қалбимга из солиб ўтди,
Изимда из қолмас изингдан ўзга!


✍️Саъдулла Ҳаким

P/S: Устоз Саъдулла Ҳаким мазкур баёз яратилишига жуда хайрихоҳ эди. Энг янги ёзилган ғазалларидан тақдим қилганди. Афсус, баёз чоп этилганини кўриш насиб қилмади у кишига. Аллоҳ устоз ижодкорнинг руҳини шод, охиратини обод айласин!

@Rustam_MIRVOKHID
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kamina ishtirokida “Bosh qahramon” koʻrsatuvini toʻliq tomosha qilaman deganlar uchun. Marhamat!

@Rustam_MIRVOKHID
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik

Yaqinda ijtimoiy tarmoqda "Yaxshi qaynona - begonani ham o'z farzandi qatoriga qo'sha olsa, yomon qaynona - o'z farzandidan ham ayrilishi mumkin" degan afarizm e'tiborimni tortdi. O'ylab qarasam, unda anchagina hayotiy haqiqat bor ekan.
Bugun mazkur afarizmdagi birinchi toifaga mansub INSON haqida yozmoqchiman.
Yo'q, yaxshisi, yuqorida taniqli jurnalist Nozima Vohidova muallifligidagi "Do'stlar davrasi" ko'rsatuvidan parcha havola etamiz. Kamina unda haqiqatparvar, cho'rtkesar, sobitqadam Ustoz jurnalist Gulchehra Umarovani e'tirof etishga harakat qilgan.
Darvoqe', 66 yosh muborak! Bu yoshlar 90larga to'qnashib, 100lar-la yuzlashsin! Baxtimizga bor bo'ling!


Kamoli ehtirom ila,

@Rustam_MIRVOKHID
#ҒазалҒизолиҒазалларидан

МУҲАББАТ БУ...


Муҳаббат бу маним очган, вале ёпмас китобимдир,
Юзин ифшо этиб аввал, кейин пинҳон ҳижобимдир.

Жунунлик тушди бу жонга, юрак тўлмиш қаро қонга,
Тасанно айтсам имконга, ажаб, дийдор саробимдир.

Азал кўнглимга жойлабдир таваллуддин бу ишқингни,
Ўшал кундин дилим чўғдир, ўшандин кўз кўлобимдир.

Мушавваш бўлмаким, бу дард менинг-чун оби ҳайвондир,
Агар у йўқ, у дунё-ю, бу дунё ҳам харобимдир.

Ситора тотса ўлдургай, бу майдин тотмаса, ўлгай,
Муҳаббат бу нўш этмасдан хумор этган шаробимдир.


Ситора Шомуродова

@Rustam_MIRVOKHID
👍1
​​Ibodatga chorlar nomozshomgullar...

Qoshimga bir lahza kechikkan mahal,
Ichimda ming yillar ichikib kutdim.
Nigohi tushganda yodimga har gal –
Oʻzimni eslolmay oxir unutdim...

Oh, oʻzni yoʻqotdim, lek Uni topdim,
Mahrumiyatda bor muyassariyat.
Ogʻzimni yopigʻliq qozonday yopdim,
Qalb koʻzim ochildi moshday, xayriyat!

Xayriyat, koʻrindi hislar zebosi,
Yalangtoʻsh xirslardan farqli oʻlaroq.
Iymonga oʻt purkar Gʻarbning yuhosi –
Netib moneʼ boʻldim Sharqlik oʻlaroq?!

Sharq, axir, azaldan nozik masala,
Bunda gap qochsa ham nafosat ustun.
Koʻzlar suqlanmoqqa qilmas hafsala,
Hayo mirshabining izmida tutqun.

Bunda tikonlar ham bir kun ochar zeb,
Ibodatga chorlar nomozshomgullar.
“Avval koʻngil uyin tavof aylang!” – deb
Muazzinlik qilar bunda bulbullar.

Bunda gʻuncha bilan ochilgach qalam,
Shabnamsoʻz toʻkilar gulning bandiga.
Bunda koʻngil uchun husn ahli ham
Biroz shakar qoʻshar zaharxandaga...

Ne tong, koʻngil uchun barcha-barchasi,
Jon uchun, jism uchun emasdir aslo.
Hayhot, uzilsa gar koʻngil parchasi –
Olam ham toʻkisman, demasdir aslo.


2015-yil

Azizlar, sayyid ul-ayyom - Juma muborak!

@Rustam_MIRVOKHID
​​#ҒазалҒизолиҒазалларидан

МАЛОМАТ ЁҒДИРИНГ, МАЙЛИ...

Маломат ёғдиринг, майли, жунун захмин туюбдирмиз,
Гуноҳ шулки, кўпик дунёда биз ҳам бир суюбдирмиз.

Қаён қўйсак оёқ, туфроқда руҳларнинг келур доди:
Ҳақиқатга эмас, зулму хусуматга тўйибдирмиз.

Ёронлар, ҳукмимиз бекор, билур, Олий Ҳукмдор бор:
Юриб қай йўлкада тўғри, на манзилда тойибдирмиз.

Жаҳон тўрт жонибин кўзлаб, тамаъ хочига чормихмиз,
Юрарда тўрт муча соғ-у, тафаккурда майибдирмиз.

Ҳақиқий саждагоҳ – кўнгил, бузиб не саждагоҳларни,
Матоҳга бош уришларни ибодатга йўйибдирмиз.

Экинзор бул – ўтар дунё, Ҳакам сўргай: надир ҳосил?
У даргоҳда хижолатдан магар хирмон уйибдирмиз!

Маломат, фитнаю туҳмат ҳаёт урфи экан, Мирзо,
Шу важ ғам босса ҳам сийратни, ғам чекмай қўйибдирмиз!..


БАҲОР ФАСЛИНГДА, ЭЙ КЎНГИЛ...

Баҳор фаслингда, эй кўнгил, нечун бунча ғарибдирсан?
Умрнинг кўклами ичра хазондек сарғайибдирсан.

Муҳаббатнинг ғами дилни ўлимдан ҳам халос айлар,
Дилимга дард солиб, эй дард, нечун мендан арибдирсан?

Тириклик истасанг дилга, кўнгилларни зиёрат қил,
Фидолар излаган бахтни бу кун сен ахтарибдирсан.

Агар тупроқ бўлар бўлсанг, таяммумга яроқли бўл,
Киши покланмаса сендан, фанодан лоф урибдирсан!

Фақат софлик ила ишқу садоқатда ўлим бўлмас,
Ўлимсиз Тангридан келдинг, яна Унга борибдирсан.

Гумон айғоқчиси, менда сабрдан ўзга не топдинг,
Агар-чи авра-астарни эринмай ағдарибдирсан?

Шукр, жонимга минг дарду шукуҳлар бирла келдинг, ишқ,
Ўзинг мангу ҳалокатдан башарни қутқарибдирсан!..


Мирзо Кенжабек

@Rustam_MIRVOKHID
​​Maqsad yo‘lbarsi harchand dahshatli, o‘jar bo‘lgay,
Uni bo‘ysuntirmoqlik kimgaki mo‘ljal bo‘lgay -
Qanday yaxshi... bulsifat «yo‘lbars»i bor odamga
Baxt, omad va daromad, albatta, «o‘lja» bo‘lgay.

31.12. 2021 y.

Kirib kelayotgan 2022 yil - Yo‘lbars yili barchamizga qutlug‘ kelsin!


Ehtirom ila,

@Rustam_MIRVOKHID
MARDIYEVA...

Bugun men uchun qadrli bo'lgan uch insonning (qolgan ikkovlari haqida alohida yozaman), xususan, MTRKdagi ilk ustozlarimdan, avvalo, odamoxun, dilkash, kamtarin inson, shuningdek, nozikta'b, dilbar shoira va qolaversa, talabchan, jamoaning "guli" bo'lgan rahbar - Dildora Mardiyevaning tavallud ayyomi!
Dildora opa, ayol zotiga Alloh nimaiki baxt ato etgan bo'lsa - barisi Sizda bor, shu boriga ko'z tegmasin!
Qachonlardir rizqim qo'shilib, Siz bilan bir jamoada ishlaganimdan doim faxrlanaman. Haligacha jamoaviy tasvirga olish jarayonlaridagi o'ziga yarasha mashaqqatli, zavqu shavqli damlarni, samimiy o'tirishlarimizni sog'inadi odam.
Sizga ijodiy va hayotiy umrzoqlik tilab, bitta mubolag`asiz bayt esga tushdi:


Ayol zoti sadaf bo'lsa, durdona - Mardiyeva,
Dildoralar ko'p valekin bir dona - Mardiyeva.


Ehtirom ila, @Rustam_MIRVOKHID

P/s: Yuqorida "Toshkent vaqti" ko'rsatuvi boshlovchilari bilan muhrlangan zo'r paytlardan ayrimlari havola qilinmoqda.
Bu suratga qarasam, shodlik va g'amginlik aralash muallaq tuyg'uni his qilaman. Shodlik o'z yo'liga, lekin g'amginlik sababi shuki, 2018 yil 12 dekabr kuni qatorimda turgan el ardog'idagi uch INSON yaqin o'tmishda Allohning izni ila xato bo'ldi... Qolganlarni salomat qilsin.
Barchalarining, xususan, bugun tavallud ayyomi nishonlanayotgan ustoz shoir Anvar OВIDJONning ruhoniyatlari shod, ohiratlari obod bo'lsin.


@Rustam_MIRVOKHID
#tabrik

Xurshid Do'stmuhammad - bugungi kunda men uchun deyarli anqoning urug'iga aylangan SHAXS ijodkorlardan biri.
Qaysi davr bo'lishidan qat'iy nazar o'z pozitsiyasida sobitqadamlik, tilu dil birligi, hurfikrlik va odamiylikni shu insondan o'rgansa arziydi.
Hurmatli Xurshid aka, farzandlaringiz va biz qatori shogirdlaringiz rohatini ko'rib yuring. Ayyom muborak!


Samimiy ehtirom ila,
@Rustam_MIRVOKHID
​​"Tushim..." o'ngidan keldi

Yaxshi kunda ham, boshqa kunda ham, ko'nglim doim talpinadigan bir qo'shiq bor - "Tushimda ko'rsam edi". Har safar uni eshitganimda ruhiy "katarsis"ni his qilaman.
O'sha kuni ham ertalabdan shu qo'shiqqa yana asir bo'lib, maza qilib eshitdim. Bekorga emas ekan. Kechki payt qo'shiq matni muallifi nomi qo'yilgan "Mohlaroyim" ko'chasida istiqomat qilayotgan Hofizi davron Sherali Jo'rayev bilan uzoq kutilgan diydor yana nasib qildi.
Sherigim - qadrdon akam Turizm va sport vazirining Ma'naviyat va davlat tili masalalari bo'yicha maslahatchisi Temur Mirzayev bilan bu muhtasham va fayzli xonadonga kirib borar ekanmiz, yana ulug' ziyorat nasib qilganidan ich-ichimizdan xursand bo'lamiz.
Bizni kutib olgan Adham aka (Hofizning yordamchisi) bizni mehmonxonaga taklif qilib, o'zi Hofizni chaqirishga chiqib ketdi. Mehmonxonada sherigim bilan kutayotganimda salobatli ovoz bilan aytilgan "Inson" qasidasidagi bir parcha beixtiyor esga tushdi:


Bu yorug' dunyo nadur?
Koshonadur, vayronadur,
Senga mehmonxonadur,
Mehmon o'zing, mezbon o'zing...


Ko'p o'tmay mezbon tashrif buyurdi. Samimiy ko'rishib, dasturxonga taklif qilgach, duodan so'ng biroz hol so'rashildi. Temur aka so'rashayotganda zimdan Hofizga qarayman. Ichimda "Allohga shukur, Hofiz ancha tetik. Xalqning duosida gap ko'p-da. Ilohim, baxtimizga sog' bo'sinlar..." degan o'y yashinday o'tdi.
Hofiz "nima yangiliklar?" deb menga qaraganda o'zim bilan olib kelgan kitoblarim, yangi nashr etilgan "G'azal g'izoli" hamda Fahriddin Hayitning "Tong tushlari"ini taqdim qildim. Hofiz ko'zoynakni taqib, dastavval "G'azal g'izoli"ni varaqlab, ittifoqo ko'zi tushgan Shoira Shamsning "Yashil erdi" g'azalini hijjalab o'qir ekan, bir paytlar o'zi ijod qilgan "Bir gumon bordur..." qo'shig'idagi ma'nan uyqash satrlarni esladi. Bu orada Adham aka o'z planshetida youtubedan o'sha qo'shiqni sekin yangratib qo'ydi. Hofiz kitobdan bosh ko'tarib "ovozini ko'tar" deb imladi. Hammamiz qariyb 10 daqiqa "Bir gumon..."ning begumon tuzog'iga tushdik. Mashhur "Qurbon o'lam" usulida qachondir aytilgan qo'shiqni Hofiz ko'zini yumib eshitarkan, ko'zida bilinar, bilinmas yosh yaltiradi...
Qo'shiqdan so'ng suhbatni burmoqchi bo'lib Fahriddinn Hayitning "Tong tushlari"ga ishora qildim. Mazkur kitob varaqlanar ekan, mezbon nigohi "Odamlarga qarab yashama, odamlarga qarab yashagin" ustidi to'xtadi. Hofiz oxirigacha o'qib chiqib, she'r unga manzur bo'lganini, undan yaxshi qo'shiq yaratish mumkinligini aytdi. (O'sha kuni uzrli sababga ko'ra bora olmagan F.Hayitga shu taasurotlarni aytsam, shoir "Tavba, borganimda aynan shu she'rimni o'qib bermoqchi edim, Sher aka, sezibdilar-da..." deb hayron qoldi).
Suhbat davomida Erkin Vohidov, Abdulla Oripov va Omon Matjonlar eslandi. Ular haqqiga duo o'qildi. Orada Hofiz raislik qilayotgan "Vatandosh" jamoat fondi bilan Turizm va sport vazirligi hamkorligida amalga oshirsa bo'ladigan katta loyihalar haqida gaplashildi.
Darbvoqe', yangi ijod namunalaridan ijtimoy mavzu - jabrdiyda ayollar qismatiga bag'ishlangan qo'shiq yaratilgani, nasib qilsa, yaqin kelajakda unga klip ishlanib, xalqqa taqdim etilishi aytildi.
Xullas, 2 soatga yaqin kechgan suhbat juda maroqli o'tdi. Xayrlashar ekanmiz, o'sha kuni ertalab eshitganim - "Tushimda ko'rsam..." MUALLIFini oqshom yana o'ngimda ko'rganim uchun O'ziga hamd aytdim.


12. 01. 2022 y.

@Rustam_MIRVOKHID
“Otaxon” gazetamizni “ziyorat” qilmaganimga ancha boʻlgan edi. Va nihoyat kecha nasib qildi.
“Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati”ning kechagi sonida Ustoz ijodkor poyida kaminaga ham joy ajratilibdi. Qolaversa, “Gʻazal gʻizoli” bayozi haqida adabiyotshunos Ergash Ochilov qalamiga mansub tahliliy, tanqidiy maqola ham eʼlon qilinibdi.
Xullas, shu ikki “sovgʻa” uchun tahririyat jamoasiga oʻzimning samimiy minnatdorchiligimni bildiraman.


@Rustam_MIRVOKHID