“Yogʻilur har dam falakdan boshingga gardi firoq,
Oʻt ravonroqkim, omonatdir base bu eski toq.”
Inson boshiga osmondan gard yogʻilib turadi. Biz bugun bu gardni kosmik chang, deymiz. Fazoviy jismlarning Yer atmosferasida yonib ketishidan hosil boʻlgan kul, deymiz. Bunday gardni Hazrat Navoiy besh asr muqaddam qayoqdan bilgan, deya hayron boʻlmang. Beruniylar, Ulugʻbeklar yashagan yurtda fazo sirlari ayon edi. Hayratga sabab boshqa, yaʼni bu ilmiy haqiqatning falsafiy xulosasi, badiiy timsolidir:
“Ey odamzod”, deydilar Hazrat, “boshingga yoqqan samo changlari ayriliq gardlaridir. Tomidan tuproq yogʻilgan uyda uzoq turib boʻlmaydi. Bunday uy omonat. Chirigan tom ostida yashash xatarli. Osmonidan gard yogʻilgan dunyoni, bu eski toqni ham ravonroq - tezroq tark etgan yaxshidir”.
©Erkin Vohidov, “Soʻz latofati".
@Rustam_MIRVOKHID

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Umrini behuda bahslashib oʻtkazayotganlar mana shu hayvonlarga oʻxshashadi...
Manba: @nishondagi_gaplar_tegadi
@Rustam_MIRVOKHID
Manba: @nishondagi_gaplar_tegadi
@Rustam_MIRVOKHID
Onalar uchun...
Kuni kecha ayamning tavallud ayyomlari bo'ldi. Oilaviy borib tabrikladik. Umrlari uzoq bo'lib, baxtimizga doim sog' bo'lsinlar.
Quyidagi she'r 2000-yillar yozilgan. Unda ona haqida deyarli "yangi gap" aytilmagan bo'lsa-da, u ayamga yoqqanlaridan biri.
Shoir uchun ota-onasi tushunib, maza qilib o'qiydigan she'r yoza olish kamyobroq holat. Tushunganlar tushundi).
Xullas, ayamga manzur o'sha she'rni barcha ONAlar uchun farzandlari nomidan ilingim keldi:
Ne tong, baxtiyorman, onajon, shu top
Sizning sha'ningizga men yo'nib qalam.
Lek qanday she'r bitay ayni sizga bob,
Qay tashbehni qo'llay siz uchun? bilmam.
Tug'ilgan onimdan issiq quchoqning
Taftida avaylab o'stirdingiz siz.
Sochingizga qo'ngan shu qirov - oqning
Boisi ham albat, begumon - bizmiz.
Nur emar ko'zlarim sizga termulib,
So'lg'in labingizdan topaman hikmat.
Gohida samimiy qo'ysangiz kulib,
Zulmat dilda chiroq yoqar muhabbat...
Tabarruk poyingiz izlarin o'pib,
Bog'larda chechaklar o'sadi hurram.
Siz borsiz balolar ketadi chopib,
Siz borsiz go'zaldir muqaddas kurram.
Shu bois, bu qutlug' ayyomda sizga,
Tilarman neki bor baxtu saodat.
Axir, bu yugurik zamonda bizga
Rahnamo bo'lsangiz - shu o'zi davlat.
Hamon baxtiyorman, volidam, shu top
Sizning sha'ningizga men yo'nib qalam.
Lek qanday she'r bitay ayni sizga bob,
Qay tashbehni qo'llay? To hanuz bilmam.

She’r aytsam – gul qizlar shoshilib qolsa,
Panoh istab ko‘zlar shoshilib qolsa.
Oh, o‘sha ko‘zlarning tubiga cho‘kkan –
Tegmanozik hislar shoshilib qolsa.
Ko‘prik osti xavfli turma, deydilar,
Kiprik usti xavfli yurma, deydilar,
Qo‘rqmayin she’r aytsam davrada agar –
Yuzlab labu yuzlar shoshilib qolsa.
Qo‘shiq eshitimli naqoratidan,
Aylanay shoirning mahoratidan,
Sel bo‘lib so‘zlarning haroratidan –
Peshonada tuzlar shoshilib qolsa.
O‘qiyversang – tog‘lar ketsa seskanib,
Yuraklardan dog‘lar ketsa seskanib,
Chidolmayin bog‘lar ketsa seskanib –
Rayhonu yalpizlar shoshilib qolsa.
Buncha shoshiltirma, demangiz menga,
Kerakmas, g‘amimni yemangiz, menga,
Kerak bo‘lsa, yetsin kemangiz menga –
Mavjimdan dengizlar shoshilib qolsa –
She’r aytsam... gulqizlar shoshilib qolsa...
©Rustam Mirvohid

Ota
Derazamning ostida tongda
Sayragan qush sizmasmi, ota?
Yo toʻnimga koʻklam, mozorda
Yopishgan gul sizmasmi, ota?
Oʻn yildir-ki dunyoda yoʻqsiz,
Yuragimda alamli choʻgʻsiz.
Koʻrmagansiz mening oʻgʻlimni,
Erkatoyim, shoʻxim, toʻqlimni.
Men ham yoshim oshgani sayin
Boshimga oq tushgani sayin
Baʼzan qoʻmsab sizni ich-ichdan,
Yurak titrab sogʻinch,ilinjdan,
Otam deya, alqab oʻgʻlimni,
Koʻtaraman oʻzim koʻnglimni.
©Xurshid Davron
🎤Shunqor Choriyev
Hayot otalarimizni umrlari uzoq, o'tganlarini Alloh o'z rahmatiga olgan bo'lsin!

Qaysiki dilda hidoyat uchquni mashʼal yoqur,
Toʻgʻri yoʻldan hech adashmay doimo ildam boqur.
Deydi el yurganni – daryo, yurmaganni – boʻriyo,
Qaysi koʻlmak misli daryo mavj urib yayrab oqur?
Chun qilingan pok amalni soʻzlamoq joiz emas,
Ming taassufkim, birovga ushbuni aksi yoqur.
Baʼzi bir hikmatga aqlim yetmagaykim, vo ajab:
Oʻng qoʻling mehnat qilar, lek chap qoʻling soat toqur.
Rustamo, tan mulkida ruh ganjini pokiza tut,
Chunki, Ul kun, bul haqiqat – Sohibi darcha qoqur.
Juma muborak, azizlar!

Shoir
Zamonu makon aro
Kezib yuradi shoir.
G'ayb asrorini hatto
Sezib yuradi shoir.
Qalbda cho'ng tuyg'u bo'lib,
Miyig'da kulgu bo'lib,
Yanog'da sho'r suv bo'lib -
Sizib yuradi shoir.
Haq qo'mondon, u - askar,
E'tiqodi but, qaysar,
"Oqim"ga qarshi aksar
Suzib yuradi shoir.
Yozda - qor bo'rondayin,
Qishda - saratondayin,
Bahorda xazondayin
To'zib yuradi shoir.
Rost so'zlash chin odati,
Shu bois jaholatning
Imorat, halovatin
Buzib yuradi shoir.
Mashrabday o'tab farzin,
Boburday tinglab arzin,
Navoiydek el qarzin
Uzib yuradi shoir.
Tiriklay yoqilsa-da,
Dorlarga osilsa-da,
Sibirga surilsa-da
Yozib yuradi shoir.
Tortgan jabriga badal,
Hayot chog'ida har gal
Qadr topmagan mahal
Bezib yuradi shoir...
Maddoh chiqib o'rtog'i -
Uzilganda oyog'i,
Ko'ksidagi chap yog'in
Ezib yuradi shoir.
Shunda ham yutib dodin,
Xatarga eldan oldin
Duch kelay deb, ming odim
O'zib yuradi shoir.
Makonu zamon aro
Kezib yuradi shoir...
20. 11. 2021 y.
©Rustam Mirvohid
@Rustam_MIRVOKHID
Zamonu makon aro
Kezib yuradi shoir.
G'ayb asrorini hatto
Sezib yuradi shoir.
Qalbda cho'ng tuyg'u bo'lib,
Miyig'da kulgu bo'lib,
Yanog'da sho'r suv bo'lib -
Sizib yuradi shoir.
Haq qo'mondon, u - askar,
E'tiqodi but, qaysar,
"Oqim"ga qarshi aksar
Suzib yuradi shoir.
Yozda - qor bo'rondayin,
Qishda - saratondayin,
Bahorda xazondayin
To'zib yuradi shoir.
Rost so'zlash chin odati,
Shu bois jaholatning
Imorat, halovatin
Buzib yuradi shoir.
Mashrabday o'tab farzin,
Boburday tinglab arzin,
Navoiydek el qarzin
Uzib yuradi shoir.
Tiriklay yoqilsa-da,
Dorlarga osilsa-da,
Sibirga surilsa-da
Yozib yuradi shoir.
Tortgan jabriga badal,
Hayot chog'ida har gal
Qadr topmagan mahal
Bezib yuradi shoir...
Maddoh chiqib o'rtog'i -
Uzilganda oyog'i,
Ko'ksidagi chap yog'in
Ezib yuradi shoir.
Shunda ham yutib dodin,
Xatarga eldan oldin
Duch kelay deb, ming odim
O'zib yuradi shoir.
Makonu zamon aro
Kezib yuradi shoir...
20. 11. 2021 y.
©Rustam Mirvohid
@Rustam_MIRVOKHID
"Dunyoda kim yaxshilik ko‘rsa, o‘zining yaxshi mehnati sabablik Allohdin bo‘lur, agar yomonliq ko‘rar ekan, albatta, uni o‘zidan bilsin, o‘zidan ko‘rsin".
Alixontoʻra Sogʻuniy haqiqatlari...
Batafsil
@Rustam_MIRVOKHID
Alixontoʻra Sogʻuniy haqiqatlari...
Batafsil
@Rustam_MIRVOKHID
Yaqinda "Sevimli tv" kanalining "Bosh qahramon" ko'rsatuvida mehmon bo'ldim. Ko'rsatuv tasvirga olish jarayoni boshlovchi - O'zbekiston xalq artisti Gavhar Zokirova bilan "falsh" munosabatlarsiz, juda samimiy o'tdi. Bahonada hayotimda burilish nuqta yasagan, beqiyos yaxshilik qilgan ayrim INSONlarni yodladim, ularga aytolmagan rahmatimni aytib oldim.
Ko'rsatuvdan chiqar ekanman, Abdulla Oripovning "Yillar armoni" degan she'ridan parcha esimga tushdi:
Inson o'z umrini o'ylasa ko'p vaqt
Qiynaydi o'zidan o'tgan qusurlar.
Kimgadir aytilmay qolgan bir rahmat,
Kimdandir so'ralmay qolgan uzrlar...
Xulosa: hayotimizdagi "Bosh qahramon"larimizga ayni vaqtida "rahmat"imiz yo "uzr"imizni aytib olish hammamizga nasib etsin.
"Sevimli tv"da g'oyibona ko'rishguncha!

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Abdulla_Oripov_80
Yaxshi qol, ey, dilbarim, dilda kadar, ketmoqdaman,
Ishq aro endi holim zeru zabar, ketmoqdaman.
Na ishonchu na quvonchu na koʻngildan ochma gap,
Barchasidan ushbu kun yoʻqdir samar, ketmoqdaman.
Men quyosh yuzlimga deb, tun-kechalar berdim yurak,
Oqibat otganda tong qondir jigar, ketmoqdaman.
Necha kunlar oʻtdi, lekin soʻrmading holimni bir,
Oxirida hol soʻrab kelsang magar, ketmoqdaman.
Kelganimda dedilarki, bu yigit koni zarar,
Ketmagimdan, oxir ayt, bormi zarar, ketmoqdaman.
Bilmadim, hech bormikin asli dardimga shifo,
Xasta bu Abdulladan olgin xabar, ketmoqdaman.
©Abdulla Oripov
🎤Rustam Mirvohid, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi
Manba: Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

Forwarded from "HILOL" ijodiy to‘garagi
#hilolda_yangilik
🌝🌝🌝🌝🌝🌝
#DIQQAT_QILING
🗣🗣🗣🗣🗣🗣🗣🗣
Chinakam ijodiy masterklasni sog‘indingizmi? Yangi ohang, yangi qarashlarni-chi?
Bu galgi to‘garagimiz mehmoni-g‘azal janrida samarali ijod qilib kelayotgan iste'dodli shoir va jurnalist Rustam Mirvohid bilan ana shunday imkoniyatga ega bo‘ling.
Sizni:
🎯Muhim ijodiy tavsiyalar, mahorat darslari;
📝ijodiy mashq ( aytilgan vaqt⏳ oralig‘ida biror aforizm yoki she'riy parchaga o‘xshatma bitasiz! );
♟rang-barang qarashlar, keng muhokama maydoni;
💡mumtoz va zamonaviy adabiyot bo‘yicha o‘zingizni qiziqtirgan savollaringizga batafsil javoblar;
📸 ijodiy uchrashuvdan fotolavhalar kutyapti. Keling, birgalikda ko‘ngilga sayr qilamiz.
#olov_satrlar_sehri
🔥Haqqa ishqi bo'lmaganning, bilki, ishqqa haqqi yo'qdir.
🔥Axir, ishq biz uchun yovuz ezgulik...
⏱Vaqti: 2021-yil 15-dekabr, soat 9:30
🏛Manzil: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat O'zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti binosi, 319-xona
Biz bilan bo‘ling:🌛🌛
https://t.iss.one/Yangi_hilol

Ey, ko‘ngil, yayra, bunday dam bo‘lgay, dam bo‘lmagay,
Bu damni qadr etganlar oddiy odam bo‘lmagay.
Ortiqcha takallufsiz botirona gap aytsam:
Botir Ergashga kim ko‘p ergashsa kam bo‘lmagay!
12. 12. 21 y.
Botir aka, hayotiy va ijodiy umrzoqlik tilayman. Tavallud ayyomingiz muborak!
Ehtirom ila Rustam Mirvohid

ERGASHIB BOTIRGA RUSTAM...
2012 yil. Oy, kuni esda yo‘q. Odatdagidek shoir akamiz Botirjon Ergashevga smsda “Bo‘lg‘usi” radifli to‘rtlik yubordim. U kishi ham “quruq qaytarmay” deya menga smsda javob yozdilar. Shu tariqa badiha tarzida toza she’rlashdik))). Xullas, o‘sha kungi she’r bahsini sog‘inib yana bir bor Sizlarga havola qilyapman:
R.M:
Hali yurak har zarbi she’ru g‘azal bo‘lg‘usi,
She’rxonlarning ta’bi ham bundan go‘zal bo‘lg‘usi.
Ilhom degan asalchi ehsonidan qismasa,
Lablarimiz atrofi faqat asal bo‘lg‘usi...
B.E:
Rustamo, tabib aytmish asal ming dardga davo,
Bermasangiz Botirga, ming xil kasal bo‘lg‘usi.
R.M:
Jomingizga egilib bol quysam choynak misol,
Ustoz Erkin aytgan u mashhur masal bo‘lg‘usi.
B.E:
Shunday himmatingizga javoban rahmat desam,
Shu oddiy rahmatim ham buyuk asar bo‘lg‘usi.
Sizday sharqshunoslarga biz doim g‘arqshunosmiz,
Tarkshunoslik bo‘lmasin, bo‘lsa ajal bo‘lg‘usi.
R.M:
Mehru muhabbat ipin mahkam tutsak o‘zaro,
Shoyad, jannatda HURlar bizga mahtal bo‘lg‘usi...
B.E:
Bundayin saodatga erishmoq mushkul vale
Erishsak oshiqlarga ilmu amal bo‘lg‘usi.
Hayotimiz cho‘qqisi xayolotdan past emas,
Ularning duetidan baxt-omad hal bo‘lg‘usi.
Haqqimiz yo‘qki demak, birin ustun bilgali,
Teng tutsak umrimizning zavqi afzal bo‘lg‘usi.
R.M:
Yurib birga el aro ololsak edi duo,
Ki duo-la ijodning umri azal bo‘lg‘usi.
She’r ila lashkar tuzib dillarni toroj etsak,
Sohibqiron ko‘rmagan xunsiz qamal bo‘lg‘usi.
B.E:
Yelka tutib doimo yashasak yelkamizga,
Qadrimiz mijozi ko‘p “Bisyor”, “Zarhal” bo‘lg‘usi.
R.M:
“Bisyor”, “Zarhal”dan ko‘ra jahon bozori yaxshi,
U yerda narximiz ham Badahshon la’l bo‘lg‘usi.
B.E:
Manim mintalitetim jahonga to‘g‘ri kelmas,
Jahonning bozorida Botir o‘sal bo‘lg‘usi..)))
R.M:
Tokay tashqari chiqmay o‘sal bo‘lib yotasiz,
Bir joyda turgan suvni ichgan kasal bo‘lg‘usi...)))
B.E:
"Kasal"ni bir to‘rtlikda qo‘llagandim, Rustamo,
Ne deymiz, kechirgaymiz, mayli bir gal bo‘lg‘usi.
R.M:
“Muxtasarlik – so‘zga zeb” degan gap bor, Botiro,
Men ham bas qilay, yo‘qsa, ishga halal bo‘lg‘usi.
B.E:
Sizga javob yozmasam, odobsizday ko‘rindim,
To‘g‘ri, gar bas qilmasak - allamahal bo'lg'usi.
@Rustam_Mirvokhid

G'AZALXONLARGA MUNOSIB TUHFA!
Kaminaning tashabbusi va O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi homiyligida "G'AZAL G'IZOLI" nomli bayoz yaqindagina "tandirdan uzildi".
Albatta, mazkur bayozni e'tibor bilan to'plagani uchun g'azalnavis Shoira Shamsga, daqiq tahrir uchun ismi jismiga mos Olimjon Davlatovga va amaliy yordam uchun Sirojiddin Sayyid boshchiligidagi barcha mutasaddi insonlarga o'z minnatdorchigimizni bildiramiz.
Ushbu bayozda hozirgi kunda aruzda ijod qilayotgan ustozlardan tortib umidli ijodkorlargacha - jami 40 nafar shoirning 5 tadan eng sara g'azallari kiritildi. Ular orasida el taniganlariyu "panalarda" ko'rkam g'azallar bitib yurgan qalamkashlarning borligi - qonimizda oqib yotgan aruz hali ham TIRIKLIGIdan, iste'dod bilan zavq, shavq birlashsa - mazkur janrda to hanuz g'o'zal g'azallar yozilayotganidan darak bersa, ne ajab.
Bayozimiz g'azalxon hofizlar bilan olimlar qo'liga tegib, maqomga asoslangan zamonaviy milliy ashulalar hamda salmoqli ilmiy tadqiqotlar yaralishiga sabab bo'lsa yana bir murodimiz hosil bo'lar edi.
Mabodo aruznavislardan kimnidir nazardan chetda qoldirgan bo'lsak, bayozning kelgusidagi to'ldirilgan nashrida chop etilishi uchun kamina shaxsiysiga o'z g'azallaridan namuna yuborishlarini eslatib o'tamiz.
Ha, aytgancha, bundan buyog'iga bayozga kiritilgan g'azallardan muntazam bo'lishib borishni yo'lga qo'yamiz.
Gapning indallosi, ko'hna aruzning barcha navqiron ishqibozlariga "G'AZAL G'IZOLI" muborak bo'lsin. Xudo xohlasa, yaqin kunlarda taqdimot joyi va vaqti haqida albatta xabar beramiz.

#ijodiy_uchrashuvdan
#LAVHALAR
Oldin xabar qilganimizdek, to‘garagimizning bu galgi mehmoni shoir Rustam Mirvohid bo‘ldi. She'riyat, adabiy muhit, umuman, ijod haqida samimiy va maroqli suhbat o‘tkazildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan, o‘ylantirgan savollariga yetarlicha javob olishdi. Ayniqsa, uchrashuv so‘ngida deyarli barcha to‘garak a'zolariga kitob hadya qilingani quvonchimizga quvonch qo‘shdi.
Xullas, kelganlar darmonda, ketganlar armonda qoldi😁
Bizda hali bunday uchrashuvlar ko‘p va xo‘p bo‘ladi. Faol bo‘ling!