Rustam MIRVOHID ijodi
656 subscribers
539 photos
236 videos
2 files
205 links
Gap ostida qolmay desang - so'z ustida ishlash kerak...

Muallifga savollaringiz, taklif va mulohazalaringiz boʻlsa, ushbu manzilga yoʻllashingiz mumkin.👇

@I_Rustam_murojaat_bot
Download Telegram
Yangiliklar | “Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi” DUK O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

Batafsil

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Bugun – 21-oktyabr kuni Oʻzbek tili bayrami kuni munosabati bilan Toshkent shahridagi Adiblar xiyobonida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
Xudoga shukur, havo “turib berdi”). Tadbir samimiy va yuqori saviyada oʻtdi. Doʻst va “doʻst”larning oldida yuzimiz yorugʻ boʻldi. Ilohim, doim shunday boʻlsin. Esdalik uchun tadbirga bosh va kamarbasta boʻlganlar bilan suratga tushdik.
Ona tilimizning qaddi-yu qadri hamisha sarbaland boʻlsin!


@Rustam_MIRVOKHID
Izohga hojat yo‘q...

@Rustam_MIRVOKHID
Qaysidir qaznoqda sargʻaygan koʻyi
Chang bosib turibdi men bergan kitob.
Yostigʻing yonida... vaslingga toʻyib
Raqibday yotibdi telefon shu tob...

©Rustam Mirvohid

@Rustam_MIRVOKHID
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 O‘ZBEK TILI BAYRAMI KUNIGA BAG‘ISHLANGAN TADBIR BO‘LIB O‘TDI

Yuqorida joriy yil 15-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi xuzuridagi “Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonasida “Qadring baland boʻlsin, ona tilim!” mavzusida Oʻzbekiston xalq artisti Gavhar Zokirova va kamina ishtirokida juda samimiy maʼnaviy suhbat tashkil etilganligi haqida xabar bergan edik. Endi mazkur suhbatning videosini e'tiboringizga havola qilyapman, marhamat!

@Rustam_MIRVOKHID
Kecha kerak bo‘lding, bolalik chog‘im,
Senga qo‘l uzatdim... Yo‘q, yetolmadim.
Oshkora g‘irromlik qildi o‘rtog‘im,
Men «Bor, o‘ynamayman!» deb ketolmadim...


©Erkin Vohidov

@Rustam_MIRVOKHID
Hayo

Shaytondan nafsga "hadya" qolganda asra meni,
O‘zga sanam-la hufya qolganda asra meni.
Poklik - minglab chaqirim, nopoklik-chi, nimqadam,
Jaholatga bir bahya... qolganda asra meni!


©Rustam Mirvohid

@Rustam_MIRVOKHID
​​SABABLARI QIDIRILMOQDA

Odamlar och, kolbasa lekin
Kuchuklarga yedirilmoqda.
Sharh etamiz bu holni sekin:
Sabablari qidirilmoqda.

Oʻldirmoqda aka-ukani,
Oilalar yemirilmoqda.
Sababini kim aytar, qani?
Sabablari qidirilmoqda.

Samolyotni opqochdi birov,
Norozilik bildirilmoqda.
Javobimiz tayyordir darrov:
Sabablari qidirilmoqda.

Yer yuzidan katta bir davlat
Shitob bilan sidirilmokda.
Biz-chi majlis qilamiz faqat:
Sabablari qidirilmoqda.


©Abdulla Oripov

@Rustam_MIRVOKHID
1
Ishq va aql

Bir kuni ishq bilan aqlni tarozuda tortdim:
Ishq og‘ir bosib yurakka tushdi,
Aql-chi yengiltak chiqdi boshimga!


@Rustam_MIRVOKHID
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Tong nafasi" ko'rsatuvida kaminaning chiqishi.

"Madaniyat va ma'rifat" kanali ijodiy jamoasiga taklif uchun alohida tashakkur!

@Rustam_MIRVOKHID
​​Bihamdullohki, ushbu oy yoshing o‘ttizga to‘lmishdir,
Mufarrah yoshlarim qalqib, labolab ko‘zga to‘lmishdir.

Seni ko‘rgan zahotimda shuurim inqilob tuydi,
O‘shal ondin beri qalbim musahhar hisga to‘lmishdir.

Esimda ul laziz damlar... sabo bo‘sasidan gulning
Hama yafrog‘lari titrab muajjib izga to‘lmishdir.

Samoviy aqdimiz balqib, zamin uzra nuzul etdi,
Bamisli tunda soy bag‘ri iki yulduzga to‘lmishdir.

Duo qildikki, uldan ham va buldan ham biza bersa,
Shukurlarkim, etaklar ham o‘g‘il, ham qizga to‘lmishdir.

«Ular baxtini birlikda ko‘rish bizga nasib etsin”
Degan niyat gulidan dil muanbar isga to‘lmishdir.

Ishon, kaftingki kiftimga teginsa, bas, ne bok, yorim –
Borar manzil agar yuzlab yovuz Chingizga to‘lmishdir.

Sening birla qayon bormay manga jannatmakon bo‘lgay,
Chor atrofim magar sahro, magar dengizga to‘lmishdir.

Ne tong, yillar o‘tib Rustam seni tabriklasa bo‘yla:
Bihamdulloh, bugun yoshing muborak yuzga to‘lmishdir.


18.10. 2021y.

©Rustam Mirvohid

@Rustam_MIRVOKHID
Eshitdim...
Gʻiybatimni qilibsiz...
O‘zimga aytolmabsiz.
Mendek bir ojizdan qo‘rqib,
Allohdan qo‘rqmabsiz.


©Jaloliddin Rumiy

@Rustam_MIRVOKHID
Izohga hojat yo‘q...

@Rustam_MIRVOKHID
​​Kapalak umri

Rost. Kapalak bir kun yashaydi, qiziq –
Nelarga ulgurar? – qiynaydi savol.
Bilganim, gullardan u olar oziq,
Soʻng qoʻnib barg uzra tin olar xiyol.

Bilmayman, uning-da bolalik chogʻi,
Oʻtadi bir kunning qaysi paytida?
Yoinki, oʻsmirlik – muhabbat bogʻi
Yozilganmi uning hayot baytida?

Aytingchi, zurriyot gʻamidan ortib,
Chulgʻarmi qalbini inja tuygʻular?
Masalan: ezgulik... mehr... dan tortib,
“Men falon boʻlaman!” – degan orzular?

Yoʻq, afsus, shu nafis jonzotning umri –
Tongda ibtidoyu tunda intiho.
Buncha ham shafqatsiz falakning amri,
Hech boʻlmasa bir kun qoʻshib ber, Xudo?!

Bas, deyman oʻzimga koʻtarma isyon,
Umrlar muddatin choʻzmoq bizgamas.
Shukr qil, vaqting bor, har qalay, inson,
Hayhot, kapalakdek oʻtmagil besas!

Oʻylayman.. mabodo kapalak umri
Bir odam umriga boʻlganda badal:
Bila olarmidi u vaqtning qadrin,
Eta olarmidi bir boqiy amal?

Holbuki, baʼzilar koʻp yoshdan oshib
Oʻtdilar... ularni sezmadi olam.
Kapalak-chi? Yeldek oʻtsa-da shoshib,
Ulgurar qalbingdan joy olmoqqa ham.

Kel, ne soʻz oʻtmasin hozir dillardan,
Qoʻyaylik kapalak maʼrakasini.
Har nechuk, behuda oʻtgan yillardan,
Olloh bersin har on barakasini!


2009-yil

©Rustam Mirvohid

@Rustam_MIRVOKHID