Расмий хабарлар I Официальные новости
28.6K subscribers
31.1K photos
6.78K videos
53 files
29.1K links
Ушбу канал барча давлат органлари ва ташкилотлари, маҳаллий давлат ҳокимияти органлари Ахборот хизматлари материаллари ягона платформада эълон қилиб бориладиган расмий ахборот манбаси ҳисобланади.

Канал фаолиятига доир саволлар учун: @Rasmiy_aloqabot
Download Telegram
#MUNOSABAT

❗️Samarqand viloyati Samarqand tumani “Joyi Soy” mahallasida fuqaro F.Xalilov tomonidan oʻz uyining bir qismini buzib, joyidan 21,4x12,6 metr oʻlchamdagi 11 qavatli 2 qavat yertoʻlali mehmonxona binosi qurilishi hech qanday qurilishga ruxsat beruvchi shaharsozlik hujjatlari rasmiylashtirilmasdan amalga oshirilgan.
-Qurilishga ruxsat beruvchi Samarqand tumani hokimining qarori yoki tuman qurilish boʻlimining ruxsatnomasi mavjud emas;
-Arxitektura rejalashtirish topshirigʻi (APZ) mavjud emas;
-Muhandislik geologiyasi, loyiha-smeta hujjatlari toʻliq ishlab chiqilmagan hamda tasdiqlanmagan;
-Belgilangan tartibda shaharsozlik kengashidan oʻtmagan;
-Mehmonxona majmuasi obyekti bosh rejasini naturaga koʻchirish dalolatnomasi rasmiylashtirilmagan (SHNK 3.01.01-03ning 2.4 bandi bajarilmagan);
-Qurilish obyektida foydalanilgan qurilish materiallarining talablarga muvofiqligi toʻgʻrisidagi pasport va sertifikatlari taqdim etilmadi;
-SHNK 3.01.01-03 ning 7.8,9.9 bandlariga asosan yopiq ishlarni guvohlash dalolatnomalari taqdim etilmadi.
🔴Yuqoridagi kamchiliklar mavjud boʻlsa-da, qurilishga ruxsat beruvchi boshlangʻich shaharsozlik hujjatlari rasmiylashtirilmagan holda qurilish-montaj ishlari konstruksiyalar bitgandan soʻng ”Konstant proyekt” MCHJ tomonidan loyiha hujjatlari toʻliqsiz ishlab chiqilgan. “Triumf Proyekt” MCHJ xususiy ekspertiza tashkiloti tomonidan toʻliq ishlab chiqilmagan loyiha hujjatlariga, birlamchi ruxsat beruvchi hujjatlar ham yoʻq. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-yanvardagi 15-sonli qarorining 21-bandiga zid ravishda 2018-yilda 24-martda ijobiy xulosa berilgan.
▶️Qurilish davomida hududiy inspeksiya xodimlari tomonidan bir necha bor qurilishni toʻxtatish boʻyicha koʻrsatmalar berilgan boʻlsa-da fuqaro F.Xalilov tamonidan ish oʻzboshimchalik bilan davom ettirilgan. Mehmonxona qurilishi obyekti boʻyicha maxsus litsenziyaga ega “SVP MASKAN” MCHJ mutaxassislari tomonidan 2016-yilda binoning texnik holati oʻrganilib, rigel va temir beton ramalarni kuchaytirish uchun loyiha hujjatlari ishlab chiqish boʻyicha xulosa berilgan.

Ushbu kuchaytirish boʻyicha tegishli loyiha ishlab chiqilmagan va ekspertiza organlarining ijobiy xulosasi olinmagan.
⚡️ “Oʻzogʻirsanoatloyiha”AJ va hududiy inspeksiya xodimlari tomonidan 2022-yil 6-may kuni binoning seysmik holati oʻrganib chiqilib, “Oʻzogʻirsanoatloyiha”AJning xulosasiga asosan binoning KMK, SHNK talablariga javob bermasligi va kolonnalarning ayrim joylari darz ketganligi oʻz tasdigʻini topgan hamda binoni buzish boʻyicha xulosa berilgan.

https://t.iss.one/Rasmiy_xabarlar_Official
#MUNOSABAT

“Tashkent Indeks”даги талабалар мажбуран чиқарилмайди

“Tashkent Indeks”даги талабаларни айрим олий таълим муассасалари томонидан ётоқхоналарга кўчирилаётгани ижтимоий тармоқларда нотўғри талқин қилинмоқда.

Хабарингиз бор, жорий ўқув йили бошида “Tashkent Indeks” савдо мажмуасида талабалар вақтинча туришлари учун шароит яратилган эди. Ўтган давр мобайнида аксарият олий таълим муассасалари томонидан талабалар турар жойларида қўшимча ётоқ ўринлари яратилиб, кўчиш истагини билдирган талабалар кўчириб ўтказилди. Шу кунларда эса совуқ ҳаво ҳароратида мажмуа етарли шароитга эга эмаслиги боис, кўчириш ишлари олий ўқув юртлари талабалар турар жойларида кўпроқ қўшимча бўш ўринлари яратилиши, аксариятида янги ётоқхоналар барпо этилиши ҳисобига янада жадаллашди.

Бунда “Tashkent Indeks”да қолишни хоҳловчи талабаларни мажбуран чиқариб юборилишига йўл қўйилмайди.

Маълумот ўрнида, биргина Тошкент давлат иқтисодиёт университетида икки қаватли ётоқ ўрни ташкил этиш ҳисобига қўшимча 139 ўринли, Тошкент давлат педагогика университети томонидан Оқтепа педагогика коллежи талабалар турар жойида янги 300 ўринли жой яратилган. Шу каби бошқа олий таълим муассасалари ҳам ҳозирда ички имкониятдан келиб чиқиб, қўшимча ўринлар ҳозирлаган. Бундан ташқари, Тошкент давлат стоматология институтида 400 ўринга мўлжалланган янги ётоқхона қуриб, фойдаланишга топширилди.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк