Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internat.
1.47K subscribers
4.55K photos
402 videos
23 files
1.06K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining rasmiy Telegram sahifasi.
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik
#Angliya

Portsmut universiteti (Angliya) ning Tillar va amaliy lingvistika fakulteti dekani Professor Stiven Korbet, Xalqaro hamkorlik bo'yicha dekan o'rinbosari Marjori Martin va Ingliz tili bo'limi boshlig'i Endryu Makkol Prezident ta'lim muassasalari agentligida bo'lishdi.

Uchrashuv doirasida:

▶️2021-yilda tuzilgan Memorandum doirasida o'zaro hamkorlikni kuchaytirish hamda
▶️o'qituvchilar malakasini oshirish borasida hamkorlikdagi dasturlarni ishlab chiqish kabi masalalar muhokama qilindi.

❗️Shuningdek, uchrashuv doirasida Agentlik va tizimidagi ta'lim muassasalari taqdimoti bo'lib o'tdi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik
#UNOPS

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida UNOPS xizmatlar ofisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda vazir Hilola Umarova, vazirning birinchi o'rinbosari Usmon Sharifxodjayev, UNOPSning Avstriyadagi ko‘p mamlakatli ofisi direktori Freyya Fon Groote, UNOPSning Toshkentdagi ofisi boshqaruvchisi Brendan Keyrnan ishtirok etishdi.

❗️Uchrashuv avvalida UNOPS vakillari tomonidan tashkilotning asosiy faoliyat yo‘nalishlari haqida ma'lumot berilib, vazirlik bilan samarali hamkorlik aloqalar olib borilayotgani alohida ta'kidlab o‘tildi.

Shuningdek, mehmonlar yurtimizda ta'lim sohasida olib borilayotgan islohotlar va "O'zbekiston - 2030" strategiyasini yuqori baholashdi.

⚡️UNOPS vazirlik bilan maktablar qurilishi, xalqaro investitsiya va grand mablag‘lari loyihalarini muvofiqlashtirish va ularni ishlab chiqishda hamkorlik qilishga tayyorligini ma'lum qildi.

✔️ Ma'lumot o‘rnida, UNOPS Birlashgan Millatlar Tashkilotining loyihalar ofisi bo‘lib, u BMT tomonidan olib boriladigan loyihalarga amaliy yordam ko‘rsatadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#xalqaro_hamkorlik

IXTISOSLASHTIRILGAN TAʼLIM MUASSASALARI AGENTLIGI HAMDA COGNIA XALQARO TAʼLIM TASHKILOTI OʻRTASIDA MEMORANDUM IMZOLANDI

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Cognia xalqaro ta’lim tashkiloti hozirda 80 ga yaqin mamlakatda 25 milliondan oshiq o‘quvchi va 1 milliondan ortiq o‘qituvchilarni qamrab olgan bo‘lib, 36 000 dan ortiq ta’lim muassasalariga xizmat ko‘rsatadi.

Xususan, ushbu tashkilot maktablarni akkreditatsiyadan o‘tkazish, sertifikatlashtirish, baholash, tadqiqotlar olib borish, taʼlim sifatini oshirish, sifatli ta’lim resurslari bilan ta’minlash, o‘qituvchilar uchun onlayn platforma hamda offlayn tarzda kasbiy mahoratlari va malakalarini oshirish bo‘yicha yuqori sifatli professional xizmatlar taqdim etib kelmoqda.

Mazkur Xalqaro taʼlim tashkiloti bilan Agentlik o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari faoliyatini o‘rganish va takomillashtirishda, maktablarda ta’lim sifatini yanada yuqori bosqichga olib chiqishda hamkorlik yo‘lga qoʻyiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#xalqaro_hamkorlik

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi bilan Chonnam taʼlim departamenti oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi.

Unda Chonnam taʼlim departamenti xalqaro taʼlim boshqarmasi rahbari Heo Kwang Yang, koʻp millatlilar taʼlimi boʻlimi boshligʻi Yang Jin, xalqaro aloqalar boʻlimi rahbari Lee Cheong Min, yordamchi direktor Cheong In Chae, Koreya respublikasi elchixonasi huzuridagi Koreya ta’lim markazi direktori oʻrinbosari Lee Eungyu hamda Agentlik rahbariyati ishtirok etdi.

Uchrashuv doirasida maktablar oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, oʻquvchi va oʻqituvchilar almashinuvi dasturini amalga oshirish, maktab direktorlari uchun treninglar, turli yoʻnalishlar boʻyicha onlayn va oflayn tarzda seminarlar tashkil qilish, qolaversa, maktablarga koreyalik oʻqituvchilarni jalb etish masalasi koʻrib chiqildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Qatar davlatining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Hasan Hamza Hoshim bilan uchrashdi.

Uchrashuv doirasida tomonlar ta'lim sohasida o‘zaro hamkorlikdagi loyihalarni ishlab chiqish masalalarini muhokama qilishdi.

Shuningdek, xalqaro grant loyihalarini jalb etishda birgalikda ishlash, hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish va istiqboldagi rejalar haqida so‘z yuritildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik

🤩 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida "STEM tadqiqot qobiliyatlari va XXI asr mahoratlarini yanada oshirish" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

STEM TADQIQOT KOʻNIKMALARINI RIVOJLANTIRISH LOYIHASI

Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga 20-fevral kuni Osiyo taraqqiyot banki(ADB) xalqaro maslahatchisi Qobiljon Yunusov tashrif buyurdi.

🇺🇿🇯🇵Mehmon STEM tadqiqot koʻnikmalari va 21-asr kompetensiyalarini kuchaytirish uchun tanlab olingan maktablarda Osiyo taraqqiyot banki(ADB), Yaponiyaning Jahon hamjamiyati instituti (IGS), Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi bilan hamkorlikda olib borilayotgan loyiha haqida ma'lumot berib o'tdi.

📊Loyihadan maqsad–oʻquvchilarning tanqidiy fikrlash, ijodkorlik, hamkorlikda muammolarni hal qilish hamda matematik va ilmiy tadqiqot ko‘nikmalarini o'lchash uchun raqamli vositalarini joriy qilishdan iborat ekanligi aytib o'tildi.

O'quvchilarning matematik-ilmiy fikrlash qobiliyatlari tashrif buyuruvchida yaxshi taassurot qoldirdi.

🏢Maktabning rasmiy telegram sahifasi 👉https://t.iss.one/Qarshi1son
This media is not supported in your browser