Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internat.
1.5K subscribers
4.32K photos
379 videos
23 files
1K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining rasmiy Telegram sahifasi.
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#psixologik_trening

Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 6-"Alfa" sinf o'quvchilari ishtirokida “Men kelajakda kim bo‘laman?” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.


Trening avvalida maktab-internat psixologi Abadov Odilbek tomonidan mamlakatimizda yoshlarni o'zlari qiziqqan kasb-hunar egasi bo'lishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratib berilayotganligi va bu jarayon o'quvchilarning hayotda o‘z o‘rinlarini topa olishlari uchun muhim omil ekanligi aytib o'tildi.

Kasb psixologiyasi esa, o’quvchilarni o‘z qiziqishlaridan kelib chiqib minglab kasblar ichidan o‘zi uchun qiziqarli bo‘lgan kasbni tanlab olishlari va o‘z hayotlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun intilishlarini qo'llab-quvvatlashi uqtirildi.

Davra suhbati ochiq muloqot tarzida o‘tkazilib, o‘quvchilar o'z fikr-mulohazalarini bildirib o'tishdi hamda kelajak kasblari haqidagi oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

🌐Maktabning rasmiy telegram sahifasiga aʼzo bo‘ling 👉https://t.iss.one/Qarshi1son
#psixologik_trening

Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida yuqori sinf o'quvchilari ishtirokida "Halollik va axloqni kasb tanlashdagi o'rni" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Ushbu seminarda, maktab-internat psixologi Abadov Odilbek tomonidan o'quvchilarga kasb insonning hayotda o‘zini ro‘yobga chiqarishi, iqtisodiy barqarorlikka erishishi va jamiyatdagi o‘rnini topishiga yordam berishi hamda har bir insonning shaxsiy qobiliyatlari, qiziqishlari, qadriyatlari va maqsadlariga asoslanishi haqida tushunchalar berildi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan treningda o'quvchilarga kasb tanlashda nimalarga e‘tibor berishi kerakligi, hozirgi kunda zamonaviy va milliy kasblarning ahamiyati aytib o’tildi hamda "O’z kasbingni top!" mashg’uloti, "Liderni aniqla" so‘rovnomalari o'tkazilib, ularning kasblarga qanchalik darajada qiziqishishlari aniqlandi.

Psixologik treningdan maqsad, o’quvchilarni kasb tanlashda halollik va axloq muhim o’rin tutishini tushuntirish orqali kasbiy qiziqishlarini oshirishdan iborat.

Seminar-trening davomida o‘quvchilar fikr-mulohazalarini bildirib o'tishdi hamda mavzuga bogʻliq boʻlgan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

🚀Maktabning rasmiy telegram sahifasiga aʼzo bo‘ling 👉https://t.iss.one/Qarshi1son
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#psixologik_trening
#dolzarb_10_kunlik
#hamkorlik

O’zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi JIED To‘rtinchi mintaqaviy hudud 3-son jazoni ijro etish kolonyasida psixologik trening bo'lib o'tdi.

Ushbu psixologik trening To‘rtinchi mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi va Qarshi shahar 1-son Ixtisoslashtirilgan maktab-internat amaliyotchi psixologlari hamkorligida tashkil etildi.

Davra suhbati shaklida tashkil etilgan treningda Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internat amaliyotchi psixologi O.Abadov xodimlarga “Shaxslararo munosabatda–kasbiy motivatsiya manbai” mavzusida hamda psixologik bilim saviyani oshirish, oila va kasbiy hayotida muvaffaqiyatga erishish yo'llari haqida ma'lumot berib o'tdi.

Seminar-trening davomida xodimlar o'z fikr-mulohazalarini bildirib o'tishdi hamda mavzuga bogʻliq boʻlgan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

🏢Maktabning rasmiy telegram sahifasiga aʼzo bo‘ling 👉https://t.iss.one/Qarshi1son