Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internat.
1.48K subscribers
4.47K photos
398 videos
23 files
1.05K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining rasmiy Telegram sahifasi.
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xon_atlas_haftaligi

Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida “Xon atlas” haftaligi doirasida maʼnaviy-maʻrifiy tadbirlar, chellenjlar, viktorina va bellashuvlar tashkil etildi.

🌈Ko‘klam kelishi bilan yerlar, qir-adirlar taniga issiqlik yuguradi. Bunday paytda qish bo‘yi uyga berkingan bolalar azaldan ko‘chalarga chiqib o‘yinlar o‘ynashgan.

▶️Yurtimiz boʻylab oʻtkazilayotgan “Xon atlas” haftaligi doirasida maktab-internatimizda maʼnaviy-maʻrifiy tadbirlar, chellenjlar, viktorina va bellashuvlar qatori turli milliy o‘yinlarga ham alohida urg‘u berildi.

⛳️Oʼquvchilar tomonidan «Arqon tortish», «Chillak», «Kim oladi-yo, shuginani-yo?» kabi quvnoq o‘yinlar tashkil etilib, haftalikning yanada gashtli va unutilmas o‘tishini ta'minladi.

💫Milliy oʼyinlarimiz o‘g‘il-qizlarimizning jismonan va ruhan sog‘lom, chidamli bo‘lib o‘sishlarida ahamiyatlidir.

🏢Maktabning rasmiy telegram sahifasiga aʼzo bo‘ling 👉https://t.iss.one/Qarshi1son
#uchrashuv

Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi O'tkir Roziqov bilan uchrashuv tashkil etildi.

▶️O‘tkir Roziqov – O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Matematika instituti direktorining ilm-fan bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlaydi. Shuningdek, 2018-yilda Butunjahon Fanlar akademiyasi (TWAS) akademikligiga saylangan.

♻️Uchrashuvda akademik O'.Roziqov, QarDU professori A.Hamrayev, maktab-internat o'qituvchilari hamda o'quvchilari ishtirok etib, jamiyatimizda ilmiy izlanishlarni, ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi uzviy integratsiyani ta’minlash o‘ta muhim ahamiyat kasb etishi va iqtidorli yoshlarni bu borada to‘g‘ri yo‘naltirish, ularga ustoz-shogird an’analarini davom ettirish lozimligi haqida fikr bildirildi.

💫Suhbat ochiq muloqot tarzida o‘tib o‘quvchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar, ilm-fan sohosidagi yangiliklar va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

🏢 👉https://t.iss.one/Qarshi1son
#Eʻlon
#Intellektual_olimpiada

Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida maktab zakovat klubi tashabbusi bilan 22-23-24-aprel kunlari ilk marotaba intellektual olimpiada o'tkaziladi.

⚡️Olimpiada davomida jamoalar:

✔️Zakovat intellektual o'yini
✔️Zakovat Quiz
✔️Breyn-ring

yo'nalishlarida bahs olib borishadi.

🎊G'oliblar diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.

🌐Ushbu olimpiada to'g'risida batafsil ma'lumotni @Qarshi_zakovat_klubi telegram kanalidan olishingiz mumkin.

❗️Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun @Yakubovtm ga murojaat qilishingiz mumkin.

🔥Eng yaxshi natija ko'rsatgan o'quvchilar maktab-internat terma jamoasiga qabul qilinadi.

⚡️Barchani intellektual olimpiadada faol ishtirok etishga chaqiramiz!

➡️Maktabning rasmiy telegram sahifasiga aʼzo bo‘ling 👉https://t.iss.one/Qarshi1son
Forwarded from LIDERLAR
​​Энг муҳими, муваффақиятга эришиш учун ҳеч бўлмаганда бирор нарса қилиш ва буни ҳозир қилиш керакдир...
Ҳар кимнинг ўз ғоялари бор, лекин одамлар уларни амалда қўллаш учун ҳеч нарса қилмайдилар ва ҳозир ҳам ҳеч нарса қилмаябдилар...

Ҳаракатни сиз эртага эмас, бир ҳафтада кейин эмас, балки, ҳозирдан бошлашингиз керак!