Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internat.
1.5K subscribers
4.33K photos
379 videos
23 files
1K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining rasmiy Telegram sahifasi.
Download Telegram
#yil_sarhisobi
#tanqidiy_tahlil

IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR FAOLIYAT SAMARADORLIGI TAHLIL QILINDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida tizimdagi ixtisoslashtirilgan maktablarning 2024-yildagi faoliyat samaradorligi, Agentlik ishchi guruhi tomonidan olib borilgan oʻrganishlar tahlili hamda 2025-yildagi dolzarb vazifalarga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

ZOOM platformasi orqali oʻtkazilgan mazkur yigʻilishda Agentlikning Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo hamda Qashqadaryo viloyatlarida joylashgan ixtisoslashtirilgan maktablarning rahbar xodimlari ishtirok etdi.

Yigʻilishda taʼlim samaradorligi, bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalari, milliy va xalqaro sertifikatlar imtihonlariga tayyorlash, o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish, ota-onalar bilan hamkorlikni kuchaytirish, fuqaro murojaatlari bilan ishlash singari qator masalalarga alohida eʼtibor qaratildi.

Oʻquv jarayonida sun’iy intellektga asoslangan raqamli ta’lim platformasi (Cerebry) dan foydalanish masalasi ham yigʻilish kun tartibidan o‘rin olib, ayni yo‘nalishda monitoring yuritib borish va o‘quvchilarning bilimlari natijalaridan kelib chiqib qoʻshimcha kurslar va toʻgaraklar tashkil etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.

Shuningdek, ixtisoslashtirilgan maktablarda boʻsh ish oʻrinlariga xodimlarni ishga qabul qilayotganda malaka talablariga rioya qilish, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qo‘ymasdan belgilangan tartibga muvofiq mehnat munosabatlarini oʻrnatish taʼkidlandi.

Qolaversa, ijro intizomi, shaxsiy tarkibga oid hujjatlarni rasmiylashtirishda amaldagi qonunchilikka qat’iy rioya qilish, davlat xaridini tashkil qilishning huquqiy va tashkiliy asoslari, moliyaviy mablagʻlardan oqilona foydalanish, ochiqlik va shaffoflik, korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik masalalariga jiddiy e’tibor qaratish lozimligi qayd etildi.

Agentlikning 2025-yildagi (KPI) eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari loyihasi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, ixtisoslashtirilgan maktablarning eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini belgilab olish hamda shu asosida tegishli ishlarni amalga oshirish kerakligi koʻrsatib oʻtildi.

Yig‘ilishda Agentlik direktori tomonidan tegishli mas’ullarga ixtisoslashtirilgan maktablarning faoliyat samaradorligini yanada oshirish yuzasidan zarur koʻrsatma va topshiriqlar berildi.

Ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyat samaradorligi tahliliga bagʻishlangan yigʻilishlar boshqa hududlar kesimida ham boʻlib oʻtadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube