Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internat.
1.5K subscribers
4.32K photos
379 videos
23 files
1K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining rasmiy Telegram sahifasi.
Download Telegram
#Dars_jarayoni
#Biologiya_fani

🌿Ma’lumki, biologiya fanining asosiy vazifasi tiriklikning namoyon bo‘lishi qonuniyatlarini o‘rganish, hayotning mohiyatini ochib berish, tirik organizmlarni sistemaga solishdan iborat. Umuman olganda, biologiya hayot va uning tuzilishini o’rgatuvchi fan hisoblanadi. Demakki, yorqin kelajak sari yuksak maqsadlar bilan dadil qadam qo’yayotgan o’quvchilar uchun bu fanni o’zlashtirish muhim ahamiyatga ega.

☘️ Shu ma’noda, Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining biologiya fani o‘qituvchisi Anvarbek Salomov darslarida o’quvchilari biologiya fanini chuqur o’zlashtirishlari uchun zamonaviy metod va usullardan faol foydalanadi.

🍁Ayniqsa, o’qituvchi dars jarayonlarida o’quvchilarga bilim berishda ham nazariy, ham amaliy jihatdan yondashishi darslari samaradorligini oshirmoqda, o’z navbatida, o’quvchilarda bu fanga bo’lgan qiziqish va ishtiyoq ham o’sib borayotgani e’tiborli.

📲Bizni kuzatib boring: @Qarshi1sonliIxtisoslashtirilgan
#Dars_jarayoni
#Algebra_fani

🧮 Olimlarning fikricha, barcha fanlar asosida matematika fani yotadi. Matematika fanini chuqur o‘rganmasdan qaysidir fan bo‘yicha malakali mutaxassis murakkab ekan.

📐 Shu ma'noda, aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o‘quvchilarning matematika, geometriya, fizika, algebra kabi fanlarga bo‘lgan qiziqishlari ancha yuqori.

📏 Bugun algebra fani o‘qituvchisi Jasur Xolmurodov 7-Gamma-sinfi o‘quvchilariga "O‘xshash hadlarni ixchamlashtirish" mavzusida
dars o‘tdi.

📲Bizni kuzatib boring:
@Qarshi1sonliIxtisoslashtirilgan
#Dars_jarayoni
#Ingliz_tili_fani

🔰 Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining ingliz tili fani o‘qituvchisi Nargiza Mahkamova
dars jarayonida zamonaviy metodlardan foydalanadi.

🇬🇧 Bu esa o‘quvchilar ingliz tilini chuqur o‘zlashtirishlarida o‘z samarasini bermoqda.

🇺🇸 Bugun N.Mahmudova 8 "A"-sinf o‘quvchilariga "Speaking. My hobby" mavzusida dars o‘tdi. Dars davomida o‘quvchilar faol ishtirok etishdi.

📲Bizni kuzatib boring:
@Qarshi1sonliIxtisoslashtirilgan
#Dars_jarayoni

Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 7- Tabiiy sinfida kimyo fanidan kislota va asoslar muxitlarini ajratish, ularni neytrallash mavzusida amaliy mashgulot bo'lib o'tdi.

Bunda o'quvchilar indekatorlar yordamida muxitlarni farqlashni urganishdi. Shuningdek o'quvchilar uch xil indekatorlar, lakmus kogozi, fenolftalein va metil zargaldogi indekatorlarida rang uzgarishi bilan qaysi muxim ekanligini bilib olishdi.

🏢Maktabning rasmiy telegram sahifasiga aʼzo bo‘ling 👉https://t.iss.one/Qarshi1son WWW.Maktab_sayti Facebook
#dars_jarayoni
#Kimyo_labarotoriya

Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida kimyo dars jarayonida Osh tuzini tozalashni laboratoriya usulida kursatish, filtr tayyorlashni uquvchilarga amaliy kursatish, uquvchilarni osh tuzini uy sharoitida xam tozalash usullarini haqida labarotiya dars bilan amaliy mashg'ulotlari orqali tashkil etilmoqda.

Maktabning rasmiy telegram sahifasiga aʼzo bo‘ling 👉https://t.iss.one/Qarshi1son