Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internat.
1.48K subscribers
4.5K photos
399 videos
23 files
1.05K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining rasmiy Telegram sahifasi.
Download Telegram
#Ijodiy_uchrashuv

Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida “O‘zbekiston Qahramoni”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi”, “O‘zbekiston xalq maorifi a’lochisi”
, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi Muhabbat Sharapova bilan uchrashuv o'tkazildi.

Unda, mamlakatimizda yosh avlodning ta’lim olishi, istedod va iqtidorlarini namoyon etishlari uchun yaratilgan sharoitlardan unumli foydalanish zarurligi, o’quvchilar bugun ustozlaridan fan sirlarini chuqur o’rganib, kelajakda jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo’shadigan shaxs bo’lib voyaga yetishlari zarurligi ta'kidlandi.

Shuningdek, uchrashuv o'quvchilar uchun "Mahorat darsi" sifatida ham xizmat qilib, ularning bilimli, zukko, intellektual rivojlanishida kitobning o’rni va ahamiyati beqiyos ekanligi uqtirildi.

Ijodiy uchrashuv davomida Muhabbat Sharapova o'zining "Muallima" nomli kitobi haqida barcha ishtirokchilarga ma'lumot berdi va maktab kutubxonasiga hadya qildi.

💫Suhbat ochiq muloqot tarzida o‘tkazilib, o‘quvchilar fikr-mulohazalarini bildirib o'tishdi hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.


🏢Maktabning rasmiy telegram sahifasiga aʼzo bo‘ling 👉https://t.iss.one/Qarshi1son