Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internat.
1.5K subscribers
4.33K photos
379 videos
23 files
1K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining rasmiy Telegram sahifasi.
Download Telegram
#Yashil_makon

🔰Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Yashil makon" umummilliy dasturida belgilangan yashil hududni tashkil etish maqsadida 29-oktyabr kuni  maktab hovlisiga 100 tup pavlovniya nihollari o'tqazildi. Ushbu xayrli ishda maktab rahbari va barcha   jonkuyar ustozlar faol ishtirok etdi.

  🖋Hadisi sharifda aytilganidek: "Agar qiyomat bo'layotgan bo'lsa ham qo'lingda yosh nihol bo'lsa, uni yerga o'tqaz, chunki u keyingi hayotning nishonasidir". 

🍀"Yerni go'zallashtirganimiz sari o'zimiz ham go'zallashib boraverar ekanmiz, shuning uchun shunday savobli ishdan qolib ketmaylik deb kelaverdik", - deydi ustozlar bir-biriga qarab.

🌱Shu tariqa maktab hovlisi yana-da go'zallashib insonning bahri dilini ochadigan yangi bog' bunyod etildi.

Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati matbuot xizmati

📲Bizni kuzatib boring:
@Qarshi1sonliIxtisoslashtirilgan
#Yashil_makon_loyihasi🌳🌳🌳

🏢Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 🌲"Yashil makon" umummilliy harakati doirasida atrof-muhitni asrab-avaylash, Ona tabiatni sevish, ko‘kalamzorlashtirishni targ‘ib etish maqsadida, ekologik loyihalar bo‘lib o‘tdi.

☘️Maktabimiz o‘quvchilari oddiy daraxtga nisbatan 4 barobar ko‘p kislorod ishlab chiqaruvchi mahalliy va Qrim qarag‘ayi kabi daraxt va buta ko‘chatlari ekdilar . https://t.iss.one/Qarshi1sonliIxtisoslashtirilgan
#YASHIL_MAKON
#Rasmlar_tanlovi
🍀Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan "
Yashil makon" umummilliy harakati doirasida "Dolzarb 40 kunlik" loyihasi yurtimiz bo‘ylab davom etmoqda.

🌳 Shu munosabat bilan Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida atrof-muhitni asrab-avaylash, Ona tabiatni sevish, ko‘kalamzorlashtirishni targ‘ib etish maqsadida, ekologik loyihalari kesimida "Go‘zal O‘zbekistonim" mavzusida devoriy gazetalar tanlovi eʼlon qilingan edi.

Tanlov doirasida sinflar va o‘quvchilardan olingan rasmlar namunalarini sizga namoyish etmoqdamiz

🏆Tez orada tanlovda g‘olib bo'lgan o‘quvchi hamda sinflar egallagan o‘rinlari haqida ham maʼlumot beramiz .
#Yashil_makon

🔰Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Yashil makon" umummilliy dasturida belgilangan yashil hududni tashkil etish maqsadida 29 oktyabr kuni maktab hovlisiga 100 tup (Можжевельник), 5 tup Palma ko‘chati hamda 20 tup Atirgul nihollari o‘tqazildi. Ushbu xayrli ishda maktab rahbari va barcha jonkuyar ustozlar faol ishtirok etdi.

🍀"Yerni go‘zallashtirganimiz sari o‘zimiz ham go‘zallashib boraverar ekanmiz, shuning uchun shunday savobli ishdan qolib ketmaylik deb kelaverdik", - deydi ustozlar bir-biriga qarab.

🌱Shu tariqa maktab hovlisi yana-da go‘zallashib insonning bahri dilini ochadigan yangi bog‘ bunyod etildi.

🏢Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining rasmiy telegram sahifasiga aʼzo bo‘ling 👉https://t.iss.one/Qarshi1sonliIxtisoslashtirilgan
#Hashar_elga_yarashar!
#Yashil_makon

🍀Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida “Navro‘z” bayrami munosabati bilan "Obod va fayzli mahalla-yurt ko‘rki" shiori ostida umumxalq hashari bo'lib o‘tdi.

🌳Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida tashkil etilgan hasharda maktab hududini tartibga keltirish, tozalash, obodonlashtirish hamda 🌲100 tup (Mojjevelnik) 💐20 tup atirgul ko‘chatlari va🌳 50 tup mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.

🏢Maktab-internatning rasmiy telegram sahifasiga aʼzo bo‘ling 👉https://t.iss.one/Qarshi1sonliIxtisoslashtirilgan
#Yashil_makon

🔼Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida viloyat ekotizimini himoya qilish va tiklash, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish va yashil maydonlarni kengaytirish borasida Yashil makon umummilliy loyihasi doirasida Qashqadaryo iqlimiga va tuprog‘iga mos kam suv talab etadigan ko‘chatlarni ekishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Shundan kelib chiqqan holda 25 dona gujum, 20 dona yasin hamda 20 dona bodom ko‘chatlari ekildi.

📊Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi bu bir yillik tadbir emas”. Darhaqiqat, yashab turgan joyimizni ozoda saqlab, bizdan keyingi avlod ham munosib tabiiy muhitda yashashlari uchun bugun biz tabiatga mehr va eʼtibor bersak kelajak avlod ham munosib ekologik sharoitda yashaydi. Buning uchun biz yer va suv resurslarini, ekologik tizimni asrash hamda daraxt ko‘chatlarini ekib, bog‘ yaratishimiz zarurdir.

🖥Maktabning rasmiy telegram sahifasiga aʼzo bo‘ling 👉https://t.iss.one/Qarshi1son
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM