PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.78K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
Mahalla xodimlarining xalqqa hisobotlari davom etmoqda
#Sarhisob

Mahalla xodimlarining xalqqa hisobotlari davom etmoqda

Bekobod mahallasida rais, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli va yoshlar yetakchisi hamda profilaktika isnpektori 2023 yilning o‘tgan 6 oyi davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan kengash a’zolariga batafsil hisob berdilar. Tadbirdan so‘ng mahalladoshlar bir piyola choy ustida suhbatni davom ettirishdi.

Yangiobod mahallasida ham “mahalla beshligi” birgalikda el-yurt manfaati yo‘lida bajargan ishlarini ko‘rgazmali slaydlar yordamida ko‘rsatib berishdi.

Oybek mahallasida “beshlik” umumiy maqsad – mahalla tinchligini saqlash, obod va farovon qilish, oilalarni mustahkamlash, tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lida birgalikda harakat qilmoqda. Hisobot davomida ular kengash a’zolarining savollariga batafsil javob berishdi.

Kultepa mahallasining xalqqa hisoboti 27-maktabda bo‘lib o‘tdi. Unda mahalla xodimlarining faoliyati, erishgan yutuqlari bilan birga kamchiliklari ham tahlil etildi.

Birlik mahallasida ham “mahalla beshligi” kengash a’zolariga hisob berdi. Hududni obodonlashtirish, jinoyatchiliklarning oldini olish, oilalarni mustahkamlash maqsadida bajarilgan ishlar bilan birga kelgusi rejalar belgilab olindi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, o'zini o'zi band qiladigan fuqarolarga ayrim turdagi faoliyatni amalga oshirish (kasanachilik, hunarmandchilik, issiqxona qurish va shu kabilar uchun zaruriy xom ashyo, ehtiyot qism hamda qurilish mollarini sotib olish) maqsadida 5 mln so'mgacha miqdorida kredit mablag'lari naqd pulda berilishi belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Tabrik

Bugun Piskent tumani hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Sarvar Hamdamovning tug‘ilgan kuni.

Shu munosabat bilan tuman hokimligi jamoasi nomidan Sarvar O‘ktamovichni samimiy tabriklaymiz. Ishlaringizda muvaffaqiyat, sihat-salomatlik, oilaviy baxt va farzandlar kamolini ko‘rish nasib etsin!

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Brifing

Piskent tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i R.Axrorov yong‘inlarga qarshi kurash bo‘yicha "Dolzarb 30 kun" davomida amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Sana

Bugun, 24 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 66 yoshni qarshiladi
.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Piskent hayoti 29 сон.pdf
6.7 MB
#Matbuot

“Piskent hayoti” gazetasining 2023 yil 22 iyuldagi 29-soni mutolaa uchun taqdim etildi. Ushbu sonda siz tumanimizning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayotiga oid maqolalarni o‘qishingiz mumkin.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Bilasizmi

🔰 Hozirgi kunda O‘zbekiston hududida:

🔹mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 980 000 so‘m;

🔹bazaviy hisoblash miqdori – 330 000 so‘m;

🔹pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 347 000 so‘m;

🔹yoshga doir eng kam pensiya – 677 000 so‘m;

🔹nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 747 000 so‘m;

🔹mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 747 000 so‘m;

🔹belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (677 000 so‘mdan) 747 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 747 000 so‘m;

🔹zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 535 000 so‘m;

🔹ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – 535 000 so‘m.

Ulaning va ulashing:
Web-saytFacebookTelegramTwitterYouTubeInstagram
#Nazorat

Bugun tuman hokimi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi.

Tumanda yangi, zamon talablariga munosib qurilib, foydalanishga topshirilgan bog‘chalar ko‘p. Ammo Nodirbek Yakubov hududdagi ta’mirtalab bog‘chalarga asosiy e’tiborini qaratdi.

O‘rganish davomida Bekobod mahallasi hududidagi 1-sonli ixtisoslashgan davlat maktabgacha ta’lim muassasasi va Lolaariq mahallasidagi 10-sonli bog‘chada bo‘lgan tuman hokimi mutasaddi rahbarlarga muassasalarda mavjud muammolarni bartaraf etish, ichimlik suvi, kadastr bilan bog‘liq masalalarga yechim topish, binolarni joriy rekonstruksiya qilish bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, hozirgi vaqtda Zomunovul va G‘ayrat mahallalarida yangi bolalar bog‘chasi qurilishi olib borilmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ijtimoiy_rolik

Chiqindilar o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladimi? O‘zimdan nari qilsam, qutuldim deb o‘ylaysizmi? Yo‘q!

Tabiatni asrang!


Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Mahallalarda kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlarga subsidiya ajratish tartibi belgilandi

Hukumat qarori bilan (307-son, 22.07.2023 y.) Hunarmandchilik va kasanachilikni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi mablag'lari hisobidan mahallalarda kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlik subyektlariga subsidiya ajratish tartibi to'g'risidagi nizom tasdiqlandi.

🔰 Nizomga muvofiq, kasanachilikni tashkil qilgan tadbirkorlarga Hunarmandchilik va kasanachilikni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi mablag'laridan ular faoliyatining dastlabki 3 oyida bir oylik o'rtacha daromadi miqdorida 1 martalik subsidiya beriladi.

📝 Subsidiya olish uchun hokim yordamchisi tavsiyasi asosida mahalliy mehnat organiga yoki YIDXP (my.gov.uz) portali orqali murojaat qilishi mumkin. Murojaatda kasanachi ma'lumotlari, subsidiya to'lab berilishi lozim bo'lgan hisobvaraq va manzili ko'rsatiladi.

🗓 Murojaat 3 ish kunida ko'rib chiqiladi.

Subsidiya ajratish quyidagi holatlarda rad etilishi mumkin:

🔹 hujjatlar to'liq taqdim qilinmaganida;

🔹 kasanachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnomasi YAgona elektron shartnomalar portalida ro'yxatdan o'tkazilmaganda;

🔹 kasanachining dastlabki 3 oy davomidagi daromadi haqidagi ma'lumot haqqoniyligi tasdiqlanmasa.

🚫 Murojaat rad etilganida 1 kunda bu haqida murojaatchiga xabar beriladi.

📁 Subsidiya ajratish haqida qaror qabul qilinganida 5 ish kunida subsidiya murojaatchiga o'tkazib beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Seminar

Paxtachilikda erta va mo‘l hosil yetishtirishda chilpish (chekanka) muhim agrotexnik tadbir hisoblanadi.

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i Sh.Xaydarov va Piskent tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari S.Tulepov boshchiligida A.Do‘stbekov hududidagi “Qurbonov Jo‘ra” fermer xo‘jaligida amaliy seminar o‘tkazildi. Paxta maydonlarida chilpish (chekanka) ishlarini amalga oshirish bo‘yicha tashkil etilgan seminarda “Real аgro сotton” paxtachilik klasteri rahbari, fermer xo‘jaliklari rahbarlari va agrar sohaga aloqador barcha tashkilot mas’ullari ishtirok etdi.

Ta’kidlanganidek, bugungi kunda g‘o‘za maydonlarida chilpish tadbirini o‘z muddatida va sifatli o‘tkazish orqali g‘o‘zaning o‘sishi va rivojlanishi hamda hosil to‘plashini yanada tezlashtirish mumkin bo‘ladi. Seminarda soha mutaxassislari tomonidan bu borada batafsil tushuntirish berildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
📊Piskent tumanining ko‘rsatilgan bozor xizmatlar hajmi qanchaga yetdi?

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-iyun oylarida Piskent tumanining ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 222,3 mlrd. so‘mga yetdi.

⚪️ 2022- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan o‘sish sur’ati 101,8 %ni tashkil etdi.

Bundan tashqari:

☑️Aholi jon boshiga ko‘rsatilgan xizmatlar – 2 177,5 ming so‘m

☑️Transport xizmatlari – 80,1 mlrd. so‘m

☑️Moliyaviy xizmatlar – 35,2 mlrd. so‘m

☑️Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari - 16,1 mlrd. so‘m

☑️Ta’lim xizmatlari – 3,1 mlrd. so‘m

☑️Sog‘liqni saqlash xizmatlari – 0,9 mlrd. so‘m

☑️Yashah va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar –7,6 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.

Rasmiy sahifalar👇

Facebook |Telegram
#Bildirish

Hurmatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar!

Joriy yilning 27 iyul kuni soat 10:00da Piskent tumani hokimi va Toshkent viloyati Investitsiya, sanoat va savdo boshqarmasi mas’ullari tomonidan tadbirkor va eksportyorlarning sohadagi mavjud muammolarini bartaraf etish, takliflarini o‘rganish yuzasidan ochiq muloqot o‘tkaziladi.

Shuningdek, muloqotda sektor rahbarlari, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etishadi.

☎️ Murojaat uchun telefonlar:
995127570
999773200


Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi