PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.77K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
Шавкат Мирзиёев: Халқимизнинг букилмас иродаси, фидокорона меҳнати ва матонати туфайли мавжуд қийинчиликларни мардона енгиб ўтмоқдамиз
www.president.uz/uz/4048

Шавкат Мирзиёев: Благодаря непреклонной воле, самоотверженному труду и стойкости нашего народа мы мужественно преодолеваем все испытания
www.president.uz/ru/4048

#Mirziyoyev #Murojaatnoma #yilyakunlari #sarhisob

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Sarhisob
#Toshkent_viloyati
#Piskent_tuman

📌 Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Toshkent viloyati bo'limi tomonidan Abror Hidoyatov nomidagi musiqali dramma teatrida Ma'naviyat va ma'rifat markazi Toshkent viloyati bo'limi va bolinmalari uchun yil sarhisobi bo'lib o'tdi. Ushbu taqdirlash marosimida tuman, shahar bo'limlari turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandilar. Shu jumladan, Ma'naviyat va ma'rifat markazi Piskent tuman bo'linmasi "Yilning eng faol bo'linmasi" deb e'tirof etildi va munosib taqdirlandi. Shuningdek, Toshkent viloyati bo'limi tomonidan 27-28 dekabr kunlari Ijodiy madaniy ishlar bo'yicha targ'ibotchotchilar uchun o'quv seminarida ishtirok etgan targ'ibotchilar ham sertifikatlar bilan taqdirlandi.
Marosim so'ngida musiqali dramma teatri aktyorli tomonidan "Ayajonlarim" spektakli namoyish etildi.

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Piskent tuman boʻlinmasi
#Sarhisob

Hokim yordamchilar xalqqa hisob bermoqda

Bundan bir yil ilgari Prezident tashabbusi bilan mahallalarda hokim yordamchilari faoliyat boshlagan edi. Ularga mahallada ishbilarmonlikni rivojlantirish, fuqarolarning o‘zini o‘zi band qilishiga ko‘maklashish, imtiyozli kreditlar ajratish va tajriba o‘rgatish orqali oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash topshirilgan.

Oradan ma’lum vaqt o‘tdi. Hokim yordamchilari o‘z vazifasini qay darajada uddalayapti? 2023 yilgi rejalar qanday?

Hududlarda o‘tkazilayotgan yig‘ilishlarda hokim yordamchilari xalqqa shu haqda hisobot bermoqda. Hisobot yig‘ilishlarida hokim va sektor rahbarlarining shaxsan qatnashayotgani esa hokim yordamchilarining xalqqa xizmat qilishida qat’iy nazorat va mas’uliyat yuklaydi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Sarhisob

Maylobod mahallasi hokim yordamchisi Elyor Malikov hududda qanday ishlarni amalga oshirdi?

Buni yuqoridagi taqdimot orqali bilib olishingiz mumkin.


Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Besh_tashabbus_olimpiadasi
#Sarhisob

98 nafar yigit-qizga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi

Yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida tumanimizda bosqichma bosqich “Besh tashabbus olimpiadasi” o‘tkazildi.

Bugun Piskent tumani Musiqa va san’at maktabida “Besh tashabbus olimpiadasi”ning sarhisob festivali bo‘lib o‘tdi. Unda olimpiada o‘yinlarida faol qatnashib, sovrinli natijalarga erishgan ilmli va zukko, kitobxon, sportchi va san’atsevar yoshlar jamoalari va mahallalardagi yoshlar yetakchilari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida tuman hokimi Nodirbek Yakubov hamda sektor rahbarlari yoshlarnining muvaffaqiyatlarini e’tirof etishdi. Olimpiadaning 2-mavsumida muvaffaqiyatli qatnashgan 29 ta mahallaning tuman, viloyat va respublika miqyosida g‘alaba qozongan jamoalarining 98 nafar a'zosiga kubok va medallar, qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Besh_tashabbus_olimpiadasi
#Sarhisob

Piskent tumani Musiqa va san’at maktabida “Besh tashabbus olimpiadasi”ning sarhisob festivali bo‘lib o‘tdi. Unda olimpiada o‘yinlarida faol qatnashib, sovrinli natijalarga erishgan ilmli va zukko, kitobxon, sportchi va san’atsevar yoshlar jamoalari va mahallalardagi yoshlar yetakchilari ishtirok etishdi.

Yoshlarga tuman hokimi Nodirbek Yakubov hamda sektor rahbarlarining sovg‘alari, kubok va medallar topshirildi.


Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Sarhisob

“Ayollar daftari” - Piskentda 2023 yilning 4 oyida ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarga jami 1 milliard 249 million so‘m moddiy yordam berildi. 4 nafar nuroniy onaxon esa Umra safariga yuborildi.

🔰BATAFSIL

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Sarhisob

Mahalla “beshligi” xalqqa hisobot bermoqda

Piskent tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlari raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli va profilaktika inspektorlari 2023 yil 1-yarim yillik yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida kengash vakillari hamda ularning a’zolari oldida hisobot bermoqda.

Suratlarda: Guliston mahallasi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Sarhisob

Taraqqiyot mahallasida “beshlik” zimmasidagi vazifalarni qay darajada uddalamoqda?

Taraqqiyot mahallasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda mahalla xodimlarining hisoboti aholi vakillari ishtirokida tinglab, tanqidiy baho berildi.

BATAFSIL

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Sarhisob

Mahalla xodimlarining xalqqa hisobotlari davom etmoqda

Bekobod mahallasida rais, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli va yoshlar yetakchisi hamda profilaktika isnpektori 2023 yilning o‘tgan 6 oyi davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan kengash a’zolariga batafsil hisob berdilar. Tadbirdan so‘ng mahalladoshlar bir piyola choy ustida suhbatni davom ettirishdi.

Yangiobod mahallasida ham “mahalla beshligi” birgalikda el-yurt manfaati yo‘lida bajargan ishlarini ko‘rgazmali slaydlar yordamida ko‘rsatib berishdi.

Oybek mahallasida “beshlik” umumiy maqsad – mahalla tinchligini saqlash, obod va farovon qilish, oilalarni mustahkamlash, tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lida birgalikda harakat qilmoqda. Hisobot davomida ular kengash a’zolarining savollariga batafsil javob berishdi.

Kultepa mahallasining xalqqa hisoboti 27-maktabda bo‘lib o‘tdi. Unda mahalla xodimlarining faoliyati, erishgan yutuqlari bilan birga kamchiliklari ham tahlil etildi.

Birlik mahallasida ham “mahalla beshligi” kengash a’zolariga hisob berdi. Hududni obodonlashtirish, jinoyatchiliklarning oldini olish, oilalarni mustahkamlash maqsadida bajarilgan ishlar bilan birga kelgusi rejalar belgilab olindi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Sarhisob

Yetakchi yoshlar hisobot bermoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2022-yil 19-yanvardagi qaroriga muvofiq joriy yil dekabr oyida yoshlar masalalari boʻyicha masʼullarning hisobotini eshitish belgilangan.

Ayni kunlarda Piskent tumani mahallalaridagi yoshlar yetakchilarining 2023-yilning yanvar-noyabr oylari davomida amalga oshirilgan ishlar natijalari bo‘yicha mahallalar kesimida hisobotlari tinglanmoqda.

Bunda yetakchilar yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, bilim olish va sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish borasida bajargan ishlari va kelgusi rejalarini taqdimot qildilar.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Sarhisob

2023 yilda Piskent tumani aholisini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash uchun salmoqli ishlar amalga oshirildi.


🌐BATAFSIL

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Sarhisob

Chet eldan investitsiyalarni jalb qilish, eksport hajmini oshirish Piskent tumani iqtisodiyoti mustahkamlanishi va yangi ish oʻrinlarini yaratishga imkon beradi.

Oʻtayotgan 2023-yilda tumanimizda bu sohada qanday ishlar amalga oshirildi?


BATAFSIL

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Sarhisob
#Infografika

📊Piskent tumanida 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi qanchaga yetdi?

Dehqonchilik mahsulotlari yetishtirish:
Sabzavot – 300,7 mlrd soʻm
Don – 162,5 mlrd soʻm
Meva – 41,8 mlrd soʻm

Chorvachilik mahsulotlari yetishtirish:
Goʻsht – 758,2 mlrd soʻm
Sut – 294,8 mlrd soʻm
Tuxum – 45,3 mlrd soʻm

Baliqchilik mahsulotlari yetishtirish:
Baliq – 6,4 mlrd soʻm

Shundan fermer xoʻjaliklari ulushi - 536,5 mlrd soʻm
Dehqon (shaxsiy tomorqa)xoʻjaliklari – 1267,1 mlrd soʻm
Qishloq xoʻjaligi korxonalari – 310,5 mlrd soʻmni tashkil etadi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi