PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.77K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sana

15-oktabr - Xalqaro qishloq ayollari kuni

Ayol baxti jamiyat baxti hisoblanadi. Xalqaro qishloq ayollari kuni oldidan Murotali qishlog‘ida yashovchi pillakor ayol Sanobar opa Jo‘rayevaning bir kuniga nazar tashladik.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sana

15-oktyabr - Xalqaro qishloq ayollari kuni

Yorqinoy Ashirmetova ham uyni ham dalani eplagan ayollardan. "Dilmurod" fermer xo‘jaligida rahbarlik qilib, paxta, bug‘doy, pilla va meva etishtirib, elimiz dasturxoni to‘kin bo‘lishiga hissa qo‘shmoqda.

-Erta tongdan yaxshi niyat bilan ish boshlayman va hammasiga ulguraman,-deydi Yorqinoy.

🎞Uning bir kunlik mehnatini ko‘rib, o‘zingiz guvohi bo‘ling.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Sana

15-may - Xalqaro оila kuni

Oila-muqaddas dargoh. Piskent tumanida 25 ming 492 ta oila istiqomat qiladi. Ularning 26 tasi 50 yildan ortiq umrgazaronlik qilib, qo‘sha qarigan oilalardir. Bugungi sana munosabati bilan barchangizning oilangizga baxt, mustahkam sogʻliq, qut-baraka tilaymiz!

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Sana

30 iyun-Yoshlar kuni

2017 yil Prezident yoshlar qurultoyida 30 iyun kunini “Yoshlar kuni” deb e’lon qildi. “Yurtimizda bayramlar ko‘p, lekin yoshlarga bag‘ishlangan alohida bayram yo‘q. Bugun shu masalani hal etadigan vaqt keldi”, degan edi Prezident o‘z so‘zida. Shu kundan buyon O‘zbekistonda Yoshlar kuni keng nishonlanib keladi. Respublikamizda bu sana nafaqat bir kun, balki bir oy davomida nishonlanib, “Yoshlar oyligi” doirasida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, sport va intellektual musobaqalar tashkil etiladi. Yoshlarning o‘z aqlu salohiyati, jismoniy iqtidorini namoyish etishiga imkon yaratiladi.

Yoshlarning o‘qib-o‘rganishlariga shart-sharoit yaratish maqsadida 162 ta OTM faoliyat olib bormoqda. Ularning 25 tasi nodavlat oliygohlar, 30 tasi nufuzli horijiy universitetlarning yurtimizdagi filiallaridir.

Yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida 40 dan ortiq qonun hujjatlari, 30 dan ortiq halqaro hujjat ratifikatsiya qilingan.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Sana

Bugun, 24 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 66 yoshni qarshiladi
.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi