PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.76K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Qaror_va_ijro

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktabrdagi "2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-408-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Lolaariq mahallasidagi suv tarmog‘i qurilishi ishlari jamoatchilik vakillari tomonidan nazorat qilinmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qaror_va_ijro

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi PQ-408 sonli qarori bilan Piskent tumanida ham aholi turmush darajasini yanada yaxshilash hamda ularga qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha aniqlangan dolzarb muammolarni zudlik bilan bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Xususan, Bekobod mahallasi Jasorat, Guliston ko‘chasiga 139 ta stolba va 1 ta transformator o‘rnatilib, 3 km havo tarmog‘i qurilyapti. Suv tarmoqlari tortilmoqda. Maylobod mahallasiga esa yangi idora qurib, Bobur, Amir Temur va Oydin ko‘chalariga jami 1 km 200 metr suv tarmog‘i tortish ishlari jadal sur'atlarda amalga oshirilmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Qaror_va_ijro

Prezidentimizning 408-sonli qarori asosida Mingtepa mahallasiga yangi idora binosi qurilmoqda.

Qurilish ishlari "Ohangaron umumiy qurilish ta’mirlash servis" MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda. Hozirda poydevor ishlari yakunlanib, g‘isht terish ishlari bajarilmoqda. Mingtepa mahallasi raisi Shuhrat Eshbekov boshchiligida jamoatchilik vakillari qurilish ishlarining sifatini muntazam nazorat qilmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Qaror_va_ijro

Mahallalar infratuzilmasini yaxshilash maqsadida 408-sonli Prezident qarori asosida Bekobod mahallasiga yangi transformator o‘rnatildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Qaror_va_ijro

Prezident qarori asosida Oybek mahallasida ko‘p qavatli uylar oldi 900 m asfalt, 6,7 km ichki yo‘llar esa joriy ta’mirlanmoqda

Mahallalar infratuzilmasini yaxshilash maqsadida PQ-408-sonli qaror asosida Oybek mahallasi hududidagi 25 va 54-ko‘p xonadonli uylar yo‘laklari asfaltlandi. Hozirgi kunda mahalla raisi boshchiligida yoshlar tomonidan hudud obodonlashtirib, mevali daraxt ko‘chatlari ekilmoqda.

Shu bilan birga yuqoridagi qaror asosida Ma’naviyat ko‘chasida ham yo‘l ta’mirlanmoqda. Bunda mahalla keksalaridan iborat jamoatchilik guruhi nazorat olib bormoqda.

Ta’kidlash zarurki, mahallada Prezident qarori asosida 24,25,26 va 54-ko‘p qavatli uylar oldi 900 m asfaltlash, Ibn Sino, G‘oliblar, Ibrat, Vatanparvar, G.Agzamov, Bobur, A.Temur tor, Nizomiy, Ma’naviyat va Do‘stlik ko‘chalarida jami 6,7 km qismini joriy ta’mirlash belgilangan.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qaror_va_ijro
#Imkoniyat

Prezidentimizning “Dehqon xo‘jaliklari tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash orqali aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–373-son Qarori dehqonchilikda mirishkor piskentliklar uchun ham yaxshi bir imkoniyat bo‘ldi.

Ilgari paxta va g‘alla ekilgan suvli yer maydonlaridan ajratib, aholiga nisbatan yaqin bo‘lgan maydonlar lotlarga bo‘linib auksion savdolariga chiqarilmoqda. Hozirgacha tumanda ishsiz, dehqonchilikda tajribasi bo‘lgan 1486 nafar fuqaro 30 yilga dehqon xo‘jaligi uchun 30-50 sotixdan yer olishdi.

Qizim “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turar edi. Maslahat bilan 13ta qo‘shni auksiondan yer oldik, endi uzum bog‘ qilamiz, orasiga bir xil mahsulot ekmoqchimiz. Shunda ekinni sug‘orishga ham ishlov berish va yig‘ib olishga qulay bo‘ladi,-deydi fayzobodlik Risolat Sirojova.

Tumanda yana 200 gektardan ortiq maydon savdoga chiqarilgan bo‘lib, ishsiz aholi bemalol harid qilishi mumkin.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Qaror_va_ijro

Prezidentimizning 408-sonli qarori asosida Lolaariq mahallasida suv tarmog‘i qurilishi va suv saqlash inshooti o‘rnatilishi belgilangan edi. Hozirda qurilish ishlari jadal olib borilmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Qaror_va_ijro

Mustaqillik mahallasida asfaltlash ishlari davom etmoqda

Bugun Mustaqillik mahallasida istiqomat qiluvchi aholining rozilik kayfiyati yuqorilab bormoqda. Sababi Prezidentimizning hududlarni obod qilish, qishloq va mahallalarda infratuzilma bilan bog‘liq eng dolzarb masalalarni tizimli hal etish, shu asosda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratishga qaratilgan 408-sonli qarori doirasida mahalladagi Istiqlol, Baxt, Yangi hayot, Do‘stlik ko‘chalarida jami 4 km ichki yo‘llarni asfaltlash, 2,5 km piyodalar yo‘lagi qurilishi olib borilmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Qaror_va_ijro

Mahallalar infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha 408-sonli Prezident qarori asosida tumanimizda bunyodkorlik ishlari davom etmoqda.

Jumladan, Mitan mahallasida toza ichimlik suvi tarmoqlari qurilishi yakuniga yetish arafasida.

Bekobod mahallasiga beton ustunlar o‘rnatib bo‘lib, yangi SIP kabellar tortish jarayoni ketmoqda.

Chimqo‘rg‘on mahallasida Guliston ko‘chasiga shag‘al yotqazib, asfalt qilishga tayyorlanmoqda.

Zominovul mahallasida esa asfaltlash ishlari jadal olib borilmoqda.


Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Qaror_va_ijro

Saidobod mahallasida 10,6 kilometrga toza ichimlik suvi keltirilmoqda

Suv-obihayot, suvsiz eng obod maskanlar ham qurib boradi. Prezidentimizning mahallalar infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha 408-sonli qarori doirasida bugungi kunda Saidobod mahallasida ham suv bilan bogʻliq oʻtkir muammolar hal boʻlmoqda.

Qaror asosida mahallaga 1 ta yangi suv inshooti (bashnya) oʻrnatish, yana birini taʼmirlash, 10,6 kilometr masofaga suv quvurlari tortish ishlari olib borilmoqda. Buning natijasida 275 ta xonadon suv bilan taʼminlanadi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Qaror_va_ijro

408-sonli Prezident qarori asosida Bekobod mahallasida elektr taʼminotini yaxshilash ishlari jadal ketmoqda.

Mustaqillik mahallasi Istiqlol koʻchasida esa asfalt qoplamasi yotqazish ishlari jamoatchilik nazorati asosida olib borilmoqda.


Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Qaror_va_ijro

Chimqoʻrgʻon mahallasi Navroʻz, Istiqlol va Yangiturmush koʻchalariga ichimlik suvi quvurlari oʻrnatilmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi