PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.75K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Imkoniyat

⚡️⚡️SAG‘ANA QISHLOG‘I YO‘LLARI ASFALTLANADI

Moliya vazirligi tomonidan «Tashabbusli budjet» jarayonlarida har biri 2 mingdan ortiq ovoz to‘plab, qo‘shimcha g‘olib deb topilgan 364 ta loyihalar ro‘yxati taqdim etildi.

Ushbu ro‘yxatda Piskent tumani Kelovchi MFY Sag‘ana qishlogining ichki ko‘chalarini asfalt qilish loyihasi ham 2800 ta ovoz bilan g‘olib deb topilgan.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qaror_va_ijro
#Imkoniyat

Prezidentimizning “Dehqon xo‘jaliklari tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash orqali aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–373-son Qarori dehqonchilikda mirishkor piskentliklar uchun ham yaxshi bir imkoniyat bo‘ldi.

Ilgari paxta va g‘alla ekilgan suvli yer maydonlaridan ajratib, aholiga nisbatan yaqin bo‘lgan maydonlar lotlarga bo‘linib auksion savdolariga chiqarilmoqda. Hozirgacha tumanda ishsiz, dehqonchilikda tajribasi bo‘lgan 1486 nafar fuqaro 30 yilga dehqon xo‘jaligi uchun 30-50 sotixdan yer olishdi.

Qizim “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turar edi. Maslahat bilan 13ta qo‘shni auksiondan yer oldik, endi uzum bog‘ qilamiz, orasiga bir xil mahsulot ekmoqchimiz. Shunda ekinni sug‘orishga ham ishlov berish va yig‘ib olishga qulay bo‘ladi,-deydi fayzobodlik Risolat Sirojova.

Tumanda yana 200 gektardan ortiq maydon savdoga chiqarilgan bo‘lib, ishsiz aholi bemalol harid qilishi mumkin.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Imkoniyat

Oliy ta’limda o‘qish istagidagi 57 nafar xotin-qiz tavsiyanoma uchun ariza topshirgan

Piskent tumanida mutaxassisligi bo‘yicha 5 yillik ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga kirish istagida bo‘lgan 57 nafar (2023 yil 27 may holatiga) ayollarimiz tavsiyanoma olish uchun arizalar topshirdi.

Hurmatli opa-singillar, Piskent tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limida arizalar qabul qilish davom etmoqda. O‘z kelajagingiz uchun yaratilgan imkoniyatdan foydalaning!

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi‌‌
#Imkoniyat

Tadbirkor va ishbilarmon yoshlar diqqatiga!

📈Piskent tumani Suvti va Guliston mahallalarida barcha kommunikatsiya tarmoqlariga (yo‘l, elektr, gaz) ulanishi kafolatlangan Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari tashkil qilingan. Ayni vaqtda ushbu sanoat zonalaridagi bo‘sh yer maydonlar lotlarga bo‘linib e-auksion platformasiga chiqarilgan.

Piskent tumani Investitsiya, sanoat va savdo bo‘limi Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarida tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan Yoshlarni hamkorlikka chaqiradi!


Murojaat uchun telefon: 995127570

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Imkoniyat

Aholini tadbirkorlikka jalb etish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishda baliqchilik ancha serdaromad soha hisoblanadi.

Shu maqsadda tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi tomonidan mahallalarda oʻtayotgan uchrashuvlarda baliqchilik tarmoqlarini tashkil etish yuzasidan taqdimotlar uyushtirildi.

Piskent tumanida kooperatsiya shaklida faoliyat boshlayotgan “RIBIN GUD” MCHJ kam taʼminlangan va tadbirkorlikka ishtiyoqi boʻlgan fuqarolar bilan mehnat shartnomalari orqali ishlab, baliqchilik faoliyatini olib borishga koʻmaklashadi. Bunda baliqchilikka oʻqitish, yetishtirish uchun xovuz qurish, chavoqlar yetkazib berish, ozuqa yem bilan taʼminlashda yaqindan yordam beradi.

-Maqsadimiz oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va serdaromad sohalar orqali ishsiz aholining daromadini oshirish,-deydi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi boshligʻi M.Miryunusov.

Batafsil infografikada

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Imkoniyat

Respublika yoshlar agentligi qowidagi YOSHLAR MARKAZI oquv kurslari endi yangicha metodlar orqali faoliyat ko‘rsatmoqda.

Endilikda yoshlar:
📌ARAB TILI
📌INGLIZ TILI
📌RUS TILI
📌KIMYO
📌BIOLOGIYA
📌MENTAL ARIFMETIKA
📌IT(kompyuter savodxonligi)
📌HAMSHIRALIK
kurslarida tahsil olishi mumkin.

1 va 2 darslar mutlaqo bepul tarzda amalga oshiriladi.

Barcha savollar bo'yicha:
📞+998931994919
     +998946242555
    +998998296155
https://t.iss.one/liderr_admin

📍Manzil: Piskent tumani Amir Temur ko'chasi(Uch qanot kafesi yonida).

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi