Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar
673 subscribers
30.9K photos
1.19K videos
1 file
5.35K links
Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktablar rasmiy sahifasi

Murojaat va takliflar uchun: @ITMA_Surxondaryo_murojaatbot
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik
#UNICEF
#Toshkent_prezident_maktabi

💥UNICEFning Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Afshan Xon va UNICEF tashkilotining O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade Toshkent shahridagi Prezident maktabida bo'lishdi.

Mehmonlarni Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktor o'rinbosari Dilshod Kenjayev kutib oldi.

💫Uchrashuv davomida mehmonlar o'quvchilarning maktab faoliyati bilan tanishishdi va asosiy dars soatlaridan keyingi mashg'ulotlar, to'garaklar faoliyati haqida batafsil ma'lumotga ega bo'lishdi.

💥Ma'lumot o'rnida, ushbu mehmonlar "Kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va o'qitish bo'yicha II Butunjahon konferensiyasi"da ishtirok etish maqsadida O'zbekistonga tashrif buyurishgan.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik
#Yaponiya

O’QUVCHILARIMIZ YAPONIYANING “SAKURA SCIENCE HIGH SCHOOL PROGRAM” DASTURIDA ISHTIROK ETISHMOQDA

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi:

✔️Navoiy shahridagi Prezident maktabi,
✔️Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi hamda
✔️ Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabidan 1 nafardan jami 3 nafar o’quvchi ayni damda Yaponiya davlatida bo’lib turishibdi.

O’quvchilarimiz Sakura Science High School Program" ( SSHP) da qatnashishmoqda.


📌Mazkur dasturdan ko’zlangan maqsad yuqori maktab o‘quvchisi bo‘lgan xorijiy mamlakatlar fuqarolarini Yaponiyaning fan va texnologik yutuqlari, kunchiqar mamlakat madaniyati va jamiyati bilan yaqindan tanishtirishdir.

❗️Mazkur dastur Yaponiya fan va texnologiyalar agentligi tomonidan o’tkazilmoqda; unda o’zbekistonlik o’quvchilar ishtiroki O’zbekistonning Tokiodagi elchixonasi ko’magida tashkil etildi.

📆Dastur 3-dekabrga qadar davom etadi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik
#Yaponiya

Ayni paytda Yaponiyaning Tokio shahrida bo'lib turgan o'quvchilarimiz Tokyo institute of science and technology oliygohida bo'lishdi.

O'quvchilarimiz bu yerda institut professorlari tomonidan tashkil etilgan "Earth and Life Science" mavzusidagi ma'ruzalarda ishtirok etishdi.

❗️Ma'ruzadan so'ng mazkur universitet talabalari bilan bu yerda ta'lim olish, imkoniyat va afzalliklar haqida muhokama bo'lib o'tdi.

Shuningdek, Agentlik tizimidagi maktablar o'quvchilari Tama High school maktabida bo'lishdi va dars jarayonlarida ishtirok etishdi.

📆Eslatib o'tamiz, dastur 3-dekabrga qadar davom etadi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik

Bugun Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o’quvchilari va 2015-yil kimyo yo‘nalishida Nobel mukofoti sovrindori, turk olimi Aziz Sanjar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

✔️Unda Agentlik tizimidagi Prezident maktablari va Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablar o’quvchilari qatnashishdi.

❗️Uchrashuv O‘zbekiston Respublikasining Turkiyadagi elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etilib, ZOOM platformasida bo’lib o’tdi.

📌Ma’lumot uchun, Aziz Sanjar ixtisosligi bo‘yicha bioximik bo’lib, Turkiy davlatlar orasida kimyo yo‘nalishida Nobel mukofotini qo‘lga kiritgan yagona olim hisoblanadi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik

Bugun Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova O‘zbekistonning Yaponiyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi Muhsinxo'ja Abdurahmonov bilan uchrashdi.

Unda Agentlik va elchixona o‘rtasidagi o'zaro hamkorlik natijasida bugungi kungacha amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

❗️ Muhsinxo'ja Abdurahmonov, shuningdek Agentlik tizimidagi maktab o‘quvchilarining “Sakura Science High School Program” dasturida ishtiroki yuzasidan Yaponiya tomoni ijobiy fikr bildirganligini alohida ta'kidlab o‘tdi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Forwarded from Hilola Umarova
#Xalqaro_hamkorlik
#UNICEF

Bugun vazirligimiz tomonidan UNICEF hamda Ta'lim bo‘yicha global hamkorlik tashkiloti (GPE) bilan birgalikda tashkil etilgan “Mahalliy ta'lim guruhi”ning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

❗️Unda xalqaro va mahalliy mutaxassislar bilan birga 2023–2026-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi ta'lim sohasini isloh qilishning Milliy yo‘l xaritasi (National Compact)ni ishlab chiqish jarayonlari haqida so‘z yuritdik.

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, so‘nggi yillarda Davlatimiz rahbari boshchiligida mamlakatimizda ta'lim sohasini rivojlantirish maqsadida katta islohotlar amalga oshirilmoqda.

✔️Biz zamonaviy ko‘nikmalarga ega, kreativ fikrlaydigan, keng dunyoqarashli yangi avlodni tarbiyalashni maqsad qilib oldik va ushbu maqsadga erishish uchun barcha kuch, bilim, sharoit va imkoniyat safarbar etamiz.

⚡️Ta'lim sohasini isloh qilishning Milliy yo‘l xaritasini ishlab chiqish jarayoni xalqaro hamkorlar bilan birgalikda ta'lim islohoti dasturini amalga oshirish yo‘lidagi birinchi qadamdir.

Umid qilamanki, yurtimizdagi ta'lim tizimini yanada isloh etishda bu kabi ko'plab loyihalar ustida birgalikda ishlaymiz. Maqsadimiz bitta - yoshlarimizning jahon standartlariga mos ta'lim olishlarini ta'minlashdir.
_______
📌Ma'lumot o'rnida, bugun maktabgacha va maktab ta'limi tizimida salkam 40 mingta ta'lim tashkilotlarida 8,4 million nafar farzandlarimizga 700 ming nafarga yaqin pedagog xodimlar ta'lim va tarbiya berib kelmoqda.

👇Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter
#Termiz_shahar_2_IMI
#Jarayon
#yosh_akademiklar
#xalqaro_hamkorlik

🟢Xorijdan kelib ingliz tilini oʻquvchilarga oʻrgatayotgan volontyor Salew Kapani Termiz shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida mehmonda boʻldi.
✅️Oʻquvchilar oʻz oldilariga qoʻygan maqsadlari bilan oʻrtoqlashishdi, chet el OTMlariga oʻqishga kirish jarayonlari haqida fikr almashishdi, suhbat ingliz tilida boʻlib oʻtdi.

🌐 Bizni kuzatib borishda davom eting!

Telegram | Facebook | YouTube