Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar
672 subscribers
30.9K photos
1.19K videos
1 file
5.35K links
Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktablar rasmiy sahifasi

Murojaat va takliflar uchun: @ITMA_Surxondaryo_murojaatbot
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik
#Yaponiya

O’QUVCHILARIMIZ YAPONIYANING “SAKURA SCIENCE HIGH SCHOOL PROGRAM” DASTURIDA ISHTIROK ETISHMOQDA

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi:

✔️Navoiy shahridagi Prezident maktabi,
✔️Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi hamda
✔️ Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabidan 1 nafardan jami 3 nafar o’quvchi ayni damda Yaponiya davlatida bo’lib turishibdi.

O’quvchilarimiz Sakura Science High School Program" ( SSHP) da qatnashishmoqda.


📌Mazkur dasturdan ko’zlangan maqsad yuqori maktab o‘quvchisi bo‘lgan xorijiy mamlakatlar fuqarolarini Yaponiyaning fan va texnologik yutuqlari, kunchiqar mamlakat madaniyati va jamiyati bilan yaqindan tanishtirishdir.

❗️Mazkur dastur Yaponiya fan va texnologiyalar agentligi tomonidan o’tkazilmoqda; unda o’zbekistonlik o’quvchilar ishtiroki O’zbekistonning Tokiodagi elchixonasi ko’magida tashkil etildi.

📆Dastur 3-dekabrga qadar davom etadi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik
#Yaponiya

Ayni paytda Yaponiyaning Tokio shahrida bo'lib turgan o'quvchilarimiz Tokyo institute of science and technology oliygohida bo'lishdi.

O'quvchilarimiz bu yerda institut professorlari tomonidan tashkil etilgan "Earth and Life Science" mavzusidagi ma'ruzalarda ishtirok etishdi.

❗️Ma'ruzadan so'ng mazkur universitet talabalari bilan bu yerda ta'lim olish, imkoniyat va afzalliklar haqida muhokama bo'lib o'tdi.

Shuningdek, Agentlik tizimidagi maktablar o'quvchilari Tama High school maktabida bo'lishdi va dars jarayonlarida ishtirok etishdi.

📆Eslatib o'tamiz, dastur 3-dekabrga qadar davom etadi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Termiz_shahar_3_son_ixtisoslashtirilgan_maktab
#Sakura_Science
#Yaponiya_Tokiyo

🏣Termiz shahar 3-son ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf õquvchisi Turdimurodov Azamat 4-11-noyabr kunlari Yaponiya fan va texnologiyalar agentligi tomonidan o‘tkazilgan Sakura Science dasturida qatnashib qaytgan edi. Azamat ushbu dastur orqali olgan taasurotlari bilan Termiz shahar 1- 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarining bitiruvchi sinf õquvchilari bilan õrtoqlashdi.


Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook  Telegram