#tanishing
#oΚ»quvchilar_ijodidan
βοΈXiva shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o'quvchisi Rahmonova Sumbula ijodidan.
ONAJON
Qolsin ko'zlarimda tun qalbin qorlab,
Bo'ronlar yalasin yurak yuzini,
Lek orzu etaman, etaman talab -
Ko'z yoshi qoplamasin onam ko'zini.
Qishning sof tonglari muzlagan shabnam
O'xshab ketar ekan tomchi ko'zyoshga.
"Ayt, yana yig'ladimi mushtipar onam?!" -
Nido aylagum sovuq quyoshga.
Bahorning Bomdodi o'tgandan keyin
Gullarning bo'yini eltdi shabboda.
Sog'inchim eslatib kun o'tgan sayin
Bo'yinggiz keltirar ona, shabboda.
Quyosh charaqlaydi, yonadi yal-yal
Yozning taftida eriydi yurak.
Yonimda bo'linggiz onajon har gal,
Har nafas, har soniya menga siz kerak!
Kuz keldi mung'ayib, g'arib ahvolda -
Nega deb so'radim, hatladim ko'ngil,
Dediki : "Onang uzoq - uzoqda,
Seni sog'inyapti, ahvolini bil!"
Onajon tonglarni qarshilab har kun,
Sabodan sizga salom yo'llayman.
Duoda qo'llarim, Onajon, siz chun
Allohdan abadiy Jannat so'rayman!
πhttps://t.iss.one/PSinKhiva
#oΚ»quvchilar_ijodidan
βοΈXiva shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o'quvchisi Rahmonova Sumbula ijodidan.
ONAJON
Qolsin ko'zlarimda tun qalbin qorlab,
Bo'ronlar yalasin yurak yuzini,
Lek orzu etaman, etaman talab -
Ko'z yoshi qoplamasin onam ko'zini.
Qishning sof tonglari muzlagan shabnam
O'xshab ketar ekan tomchi ko'zyoshga.
"Ayt, yana yig'ladimi mushtipar onam?!" -
Nido aylagum sovuq quyoshga.
Bahorning Bomdodi o'tgandan keyin
Gullarning bo'yini eltdi shabboda.
Sog'inchim eslatib kun o'tgan sayin
Bo'yinggiz keltirar ona, shabboda.
Quyosh charaqlaydi, yonadi yal-yal
Yozning taftida eriydi yurak.
Yonimda bo'linggiz onajon har gal,
Har nafas, har soniya menga siz kerak!
Kuz keldi mung'ayib, g'arib ahvolda -
Nega deb so'radim, hatladim ko'ngil,
Dediki : "Onang uzoq - uzoqda,
Seni sog'inyapti, ahvolini bil!"
Onajon tonglarni qarshilab har kun,
Sabodan sizga salom yo'llayman.
Duoda qo'llarim, Onajon, siz chun
Allohdan abadiy Jannat so'rayman!
πhttps://t.iss.one/PSinKhiva