#oʻquvchilar_ijodidan
❇️Xiva shahridagi Prezident maktabining 6-sinf o'quvchisi Bahodirova Mushtariybonu ijodidan.
Tuproqlari shoʼr demang oltinga teng.
Neʼmatlari shirin shirin, asalga teng.
Farzandlari bilimli, daxolarga teng.
Men haqiqiy Urganchning bilimli qizi.
Bugun yuzimdan kulgu arimas.
Onamning qoʼllari duodan tolmas.
Dadamning niyati ushalmay qolmas.
Men bugun Prezident maktabning qizi.
Onam xursand koʼzlarida yosh.
Dadam boshi bugun balanddir.
Ukalarim chindan baxtiyor.
Men Prezident maktabning qizi.
Raxmat aytay SIZGА ustozim,
Sabringizga tasanno boʼlsin.
Qancha aytsam kamdir maqtovim,
Poyingizdan gulchambar unsin.
Duo qiling aziz ustozim.
Baland boʼlsin endi parvozim.
Dunyolarga ovoza qilay.
Eshitsinlar mening ovozim.
Men Prezident maktabning qizi.
🌐Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram | Instagram | Facebook | You tube
❇️Xiva shahridagi Prezident maktabining 6-sinf o'quvchisi Bahodirova Mushtariybonu ijodidan.
Tuproqlari shoʼr demang oltinga teng.
Neʼmatlari shirin shirin, asalga teng.
Farzandlari bilimli, daxolarga teng.
Men haqiqiy Urganchning bilimli qizi.
Bugun yuzimdan kulgu arimas.
Onamning qoʼllari duodan tolmas.
Dadamning niyati ushalmay qolmas.
Men bugun Prezident maktabning qizi.
Onam xursand koʼzlarida yosh.
Dadam boshi bugun balanddir.
Ukalarim chindan baxtiyor.
Men Prezident maktabning qizi.
Raxmat aytay SIZGА ustozim,
Sabringizga tasanno boʼlsin.
Qancha aytsam kamdir maqtovim,
Poyingizdan gulchambar unsin.
Duo qiling aziz ustozim.
Baland boʼlsin endi parvozim.
Dunyolarga ovoza qilay.
Eshitsinlar mening ovozim.
Men Prezident maktabning qizi.
🌐Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram | Instagram | Facebook | You tube
#oʻquvchilar_ijodidan
✨Xiva shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o'quvchisi Rahmonova Sumbula ijodidan.
MUHAMMAD YUSUF
Qalbingiz qonidan qizardi falak,
Quyosh ham uyaldi mehringiz ko‘rib.
Lolalar ochilishi uchun siz kerak,
Ardoqlab, erkalab, kuyinib, suyib.
Yuraklar yig‘lashi uchun so‘z kerak,
U shunday so‘z bo‘lsin qilichday o‘tkir.
Pardek yumshoq bo‘lsin, temirdek qattiq,
Deganda deyishdi Muhammad Yusuf.
Suyganda suydingiz, yonib, kul bo‘lib,
Hatto o‘lar chog‘i qizg‘ondingiz ham.
Lolaga tenglashdi otashin mehr,
Chunki yurak edi asli lolarang.
Vatanni ulug‘ deb yashash mushkulmas,
Lek uni ulug‘lash mashaqqatli ish.
Lablardan chiqishi uncha muhimmas,
Muhimi bu so‘zlar yurakdan chiqsin.
Xiva shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi
sahifalari:
📘telegram 📙instagram
📗facebook 📕you tube
✨Xiva shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o'quvchisi Rahmonova Sumbula ijodidan.
MUHAMMAD YUSUF
Qalbingiz qonidan qizardi falak,
Quyosh ham uyaldi mehringiz ko‘rib.
Lolalar ochilishi uchun siz kerak,
Ardoqlab, erkalab, kuyinib, suyib.
Yuraklar yig‘lashi uchun so‘z kerak,
U shunday so‘z bo‘lsin qilichday o‘tkir.
Pardek yumshoq bo‘lsin, temirdek qattiq,
Deganda deyishdi Muhammad Yusuf.
Suyganda suydingiz, yonib, kul bo‘lib,
Hatto o‘lar chog‘i qizg‘ondingiz ham.
Lolaga tenglashdi otashin mehr,
Chunki yurak edi asli lolarang.
Vatanni ulug‘ deb yashash mushkulmas,
Lek uni ulug‘lash mashaqqatli ish.
Lablardan chiqishi uncha muhimmas,
Muhimi bu so‘zlar yurakdan chiqsin.
Xiva shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi
sahifalari:
📘telegram 📙instagram
📗facebook 📕you tube
#oʻquvchilar_ijodidan
✨Xiva shahridagi Prezident maktabining bitiruvchi o'quvchisi, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Ollayorova Sevinchoyning ingliz tilida Ona haqida yozgan she'ri.
MOTHER
Mother..!
The word which touches the heart
The one here even the days are hard
Inside my heart, she is never apart...
But Nobody else..!
Mother..!
Tells me the words no-one else says
Has given the holy, nobody else has
She's my future, my now and my past...
Who? Nobody else..!
Mother..!
Count me the seconds I didn't love you
Think of the dreams I have made for you
Imagine who can be better, or kinder than you
Nah, Nobody else..!
Mother..!
You are my first poem and first song ever
I will not make you cry, you fear, never
You are in the centre of my heart forever
No, nobody else..!
Bizni kuzatishda davom eting:
📘telegram 📕instagram
📗facebook 📙you tube
✨Xiva shahridagi Prezident maktabining bitiruvchi o'quvchisi, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Ollayorova Sevinchoyning ingliz tilida Ona haqida yozgan she'ri.
MOTHER
Mother..!
The word which touches the heart
The one here even the days are hard
Inside my heart, she is never apart...
But Nobody else..!
Mother..!
Tells me the words no-one else says
Has given the holy, nobody else has
She's my future, my now and my past...
Who? Nobody else..!
Mother..!
Count me the seconds I didn't love you
Think of the dreams I have made for you
Imagine who can be better, or kinder than you
Nah, Nobody else..!
Mother..!
You are my first poem and first song ever
I will not make you cry, you fear, never
You are in the centre of my heart forever
No, nobody else..!
Bizni kuzatishda davom eting:
📘telegram 📕instagram
📗facebook 📙you tube
#oʻquvchilar_ijodidan
✨Xiva shahridagi Prezident maktabining 9-sinf o'quvchisi Mahliyo Rahmonova ijodidan.
BAHOR
Oydin oy ostida orom olaman,
Termilib tinimsiz tuman tubiga.
Qoyalar qoralab qarab qolaman
Laylaklar lafzlagan lola labiga.
Hayot huvullatgan huzur hiqillar,
Zebo ziynatlari zavqlanar zar-zur.
Shahvar shabnamlari shoshib shivirlar
Alahsiragandek alvon atirgul.
Oq osmon otadi oyga otashin,
Daryolarda duv-duv durning dardlari.
Suvlarda suyunchi so'rab sochlarin
Kokili-la kelar ko'klam kaftlari.
Qaldirg'och qanoti qoya qulatar,
Oyog'im ostidan olis odimlar.
Ajib arg'imchoq ayvonda anglatar
Qiyg'os qaldirg'ochlar qasr qadamlar.
🌐Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram | Instagram | Facebook | You tube
✨Xiva shahridagi Prezident maktabining 9-sinf o'quvchisi Mahliyo Rahmonova ijodidan.
BAHOR
Oydin oy ostida orom olaman,
Termilib tinimsiz tuman tubiga.
Qoyalar qoralab qarab qolaman
Laylaklar lafzlagan lola labiga.
Hayot huvullatgan huzur hiqillar,
Zebo ziynatlari zavqlanar zar-zur.
Shahvar shabnamlari shoshib shivirlar
Alahsiragandek alvon atirgul.
Oq osmon otadi oyga otashin,
Daryolarda duv-duv durning dardlari.
Suvlarda suyunchi so'rab sochlarin
Kokili-la kelar ko'klam kaftlari.
Qaldirg'och qanoti qoya qulatar,
Oyog'im ostidan olis odimlar.
Ajib arg'imchoq ayvonda anglatar
Qiyg'os qaldirg'ochlar qasr qadamlar.
🌐Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram | Instagram | Facebook | You tube
#oʻquvchilar_ijodidan
✨Xiva shahridagi Prezident maktabining bitiruvchi o'quvchisi Rahmonova Sumbula ijodidan.
TO'RA SULAYMON
Otashin quyoshning otash farzandi,
Falakning yulduzi, falak gardishi,
Ma’nolar maxzani, tilsim maxzani
Sulaymon farzandi To‘ra Sulaymon.
Bahorni kuyladi tinmay og‘rinib,
Xotira qarida yashadi mangu,
Ajdodlar izini tinmayin bosib,
Armondan tug‘dirdi yangi bir orzu.
Bulbul xonishin kuyiga soldi,
Gullar nolasin soldi yallaga.
Undan ajoyib qo‘shiqlar qoldi,
She’rlari aylandi o‘lmas allaga.
🌐Bizni kuzatishda davom eting
Telegram | Instagram | Facebook | you tube
✨Xiva shahridagi Prezident maktabining bitiruvchi o'quvchisi Rahmonova Sumbula ijodidan.
TO'RA SULAYMON
Otashin quyoshning otash farzandi,
Falakning yulduzi, falak gardishi,
Ma’nolar maxzani, tilsim maxzani
Sulaymon farzandi To‘ra Sulaymon.
Bahorni kuyladi tinmay og‘rinib,
Xotira qarida yashadi mangu,
Ajdodlar izini tinmayin bosib,
Armondan tug‘dirdi yangi bir orzu.
Bulbul xonishin kuyiga soldi,
Gullar nolasin soldi yallaga.
Undan ajoyib qo‘shiqlar qoldi,
She’rlari aylandi o‘lmas allaga.
🌐Bizni kuzatishda davom eting
Telegram | Instagram | Facebook | you tube
#tanishing
#oʻquvchilar_ijodidan
❇️Xiva shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o'quvchisi Rahmonova Sumbula ijodidan.
ONAJON
Qolsin ko'zlarimda tun qalbin qorlab,
Bo'ronlar yalasin yurak yuzini,
Lek orzu etaman, etaman talab -
Ko'z yoshi qoplamasin onam ko'zini.
Qishning sof tonglari muzlagan shabnam
O'xshab ketar ekan tomchi ko'zyoshga.
"Ayt, yana yig'ladimi mushtipar onam?!" -
Nido aylagum sovuq quyoshga.
Bahorning Bomdodi o'tgandan keyin
Gullarning bo'yini eltdi shabboda.
Sog'inchim eslatib kun o'tgan sayin
Bo'yinggiz keltirar ona, shabboda.
Quyosh charaqlaydi, yonadi yal-yal
Yozning taftida eriydi yurak.
Yonimda bo'linggiz onajon har gal,
Har nafas, har soniya menga siz kerak!
Kuz keldi mung'ayib, g'arib ahvolda -
Nega deb so'radim, hatladim ko'ngil,
Dediki : "Onang uzoq - uzoqda,
Seni sog'inyapti, ahvolini bil!"
Onajon tonglarni qarshilab har kun,
Sabodan sizga salom yo'llayman.
Duoda qo'llarim, Onajon, siz chun
Allohdan abadiy Jannat so'rayman!
🌐https://t.iss.one/PSinKhiva
#oʻquvchilar_ijodidan
❇️Xiva shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o'quvchisi Rahmonova Sumbula ijodidan.
ONAJON
Qolsin ko'zlarimda tun qalbin qorlab,
Bo'ronlar yalasin yurak yuzini,
Lek orzu etaman, etaman talab -
Ko'z yoshi qoplamasin onam ko'zini.
Qishning sof tonglari muzlagan shabnam
O'xshab ketar ekan tomchi ko'zyoshga.
"Ayt, yana yig'ladimi mushtipar onam?!" -
Nido aylagum sovuq quyoshga.
Bahorning Bomdodi o'tgandan keyin
Gullarning bo'yini eltdi shabboda.
Sog'inchim eslatib kun o'tgan sayin
Bo'yinggiz keltirar ona, shabboda.
Quyosh charaqlaydi, yonadi yal-yal
Yozning taftida eriydi yurak.
Yonimda bo'linggiz onajon har gal,
Har nafas, har soniya menga siz kerak!
Kuz keldi mung'ayib, g'arib ahvolda -
Nega deb so'radim, hatladim ko'ngil,
Dediki : "Onang uzoq - uzoqda,
Seni sog'inyapti, ahvolini bil!"
Onajon tonglarni qarshilab har kun,
Sabodan sizga salom yo'llayman.
Duoda qo'llarim, Onajon, siz chun
Allohdan abadiy Jannat so'rayman!
🌐https://t.iss.one/PSinKhiva