Olmaliq shahar hokimligi va olmaliqliklarga oid ma'lumotlar
3.05K subscribers
33.6K photos
3.16K videos
113 files
8.62K links
Олмалиқ шаҳар ҳокимлиги ва олмалиқликларга оид маълумотлар

Мурожаатлар учун: @OLMALIQHOKIMLIGI_BOT
Download Telegram
#Inson_qadri_uchun

Ko'ngil obodligi yo'lida

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputatlari Kozimjon Ibragimov, Sayfiddin Subanov va Jumagul Bo'ronovalar Do'stlik mahallasidagi ko'p yillardan buyon hayot sinovlarida toblanayotgan bemorlar holidan xabar oldilar.

Deputat Sayfiddin Subanov shahardagi eng tajribali nevropotologlardan biri bo'lganligi sababli bemorning bugungi kundagi tibbiy holatini ham nazoratdan o'tkazdi va parvarishi bilan bog'liq mutahassislik tavsiyalarini ham berdi.

P.S.Eslatib o'tamiz kuni kecha bir guruh deputatlarimiz aynan mana shu mahalladagi yolg'iz keksalarning uy-joylarida xashar tashkil etgan edilar.

@olmaliq_deputatlari

#infratuzilma
#inson_qadri_uchun

“Boʻston” MFYda asfaltlash hamda suv va oqova tarmoqlarini rekonsruksiya qilish ishlari boshlandi

⚡️Vazirlar Mahkamasining joriy yilgi 435-sonli qaroriga asosan shahrimizning “Boʻston” va “Namuna-2” MFYlarining infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga muvofiq amaliy ishlar boshlab yuborildi.

📌Jumladan, “Boʻston” MFYdagi jami 1,5 km ichki yoʻlni asfaltlash jarayoni ham boshlandi. Shuningdek, ichimlik va oqova suv tarmoqlarini qurish, qayta qurish va modernizatsiya qilish hamda aholini uzluksiz va sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida yangi irrigatsiya tarmoqlari tortilmoqda.

Kanalga ulanish: @Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube
#inson_qadri_uchun

⚡️Vazirlar Mahkamasining joriy yilgi 435-sonli qaroriga asosan shahrimizdagi “Boʻston” MFYning infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga muvofiq jami 1,5 km ichki yoʻlni asfaltlash jarayoni boshlandi.

Kanalga ulanish: @Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube
#Inson_qadri_uchun
#Eʼtibor

⚡️Olmaliq shahar 80-sonli kar va zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab internatida joriy yilning 1-dekabr kuni Toshkent viloyati prokuraturasining tashabbusi bilan bugun “3 - dekabr Xalqaro nogironlarni himoya qilish kuni” munosabati bilan “Mehrim senga boʻlsin, bolajon!” mavzusida muruvvat tadbiri tashkil etildi.

💢 Tadbirni ZOOM platformasi orqali Toshkent viloyati prokurori Rahimov Shavkatjon Joʻrayevich ochib berdi. Tadbirda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Toshkent viloyati boʻlimi rahbari S.Fayziyeva, Toshkent viloyati Xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi A.Kamalov, Maktabgacha taʼlim boshqarma boshligʻi S.Baratova va sektor rahbarlari ishtirok etdi.

◀️ Tadbirning badiiy qismida 80-sonli IMI tarbiyalanuvchilari ashula va raqslari hamda shahar “Metallurg” MS ijodiy guruhlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi tadbirga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.

🎁 Tadbirdan soʻng bolajonlarga bayram dasturxoni yozilib, sovgʻalar tarqatildi.
Nigohlarida minnatdorchilik tuygʻulari barq urgan bolajonlarimiz yurtimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarga koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrliklar uchun davlatimiz rahbariga, viloyat prokuroriga cheksiz minnatdorchilik bildirdilar.

Kanalga ulanish: @Olmaliq_shahri

🌐 Web-site | Telegram |📱 Faсebook |🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#inson_qadri_uchun

Bolajonlarga quvonch baxsh etib

⚡️ Yangi yil bayrami bolajonlar xotirasida Qorbobo sovgʻalari-yu, ertak qahramonlari aks ettirilgan yorqin ayyom dasturlari bilan xotirada muhrlanishi bilan boshqa bayramlardan ajralib turadi.

📌 Bolaning begonasi boʻlmaganidek, eʼtiborga yanada koʻproq muhtoj bolalarning qalbiga quvonch baxsh etish maqsadida Toshkent viloyati hokimligi tomonidan bugun shahrimizdagi 6-yordamchi maktabdagi 169 nafar hamda 80-sonli kar va zaif eshituvchi bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatning 188 nafar oʻquchilariga Yangi yil bayrami dasturi tashkillashtirilib, ayyom tuhfalari ulashildi.

Kanalga ulanish: @Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube
#inson_qadri_uchun

54 nafar fuqaro xonadonli boʻldi

⚡️ Olmaliq shahrining Soʻfi Olloyor mahallasi, “Totuvlik” koʻchasi, koʻp qavatli 9-B uydagi 54 ta xonadon tadbirkor Baxtiyor Shukirovga tegishli boʻlib, 2018-yildan buyon ushbu xonadonlarda viloyatimizning 22 ta tuman-shaharlaridan kelgan ehtiyojmand fuqarolar vaqtincha yashash joyi sifatida foydalanib, istiqomat qilib kelayotgan edi.

📌 Bugun mazkur xonadonlarni viloyat prokuraturasi, shahar sektor rahbarlari boshchiligida tadbirkor Baxtiyor Shukirov tomonidan tantanali ravishda ehtiyojmand fuqarolarga topshirish marosimi oʻtkazildi.

Tadbir avvalida soʻz olgan shahar hokimining birinchi oʻrinbosari Shermuhammad Begiyev va prokuror Abdumalik Kuldashev hamda tadbirkor Baxtiyor Shukirov xonadonlar egalariga xayrli boʻlishini tilab, yangi yilga tuhfa sifatida qabul qilishlarini maʼlum qilishdi. Shundan soʻng hadya egalari tadbir tashkilotchilariga minnatdorliklarini izhor etib, mamnuniyat bilan hadya shartnomalarini qabul qilib olishdi.

@Olmaliq_shahri
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Inson_qadri_uchun

⚡️Sinovli damlarda oʻzgalar yordamiga muhtoj insonlar har doimgidan ham koʻproq mehr va eʼtiborga mushtoq.

📌 Bugun Olmaliq shahar hokimligi tomonidan xayrli ishga qoʻl urildi. Nuroniylar boshchiligida 3 ta doshqozonda 150 kilolik osh damlanib, 52 ta mahalla raisi va yoshlar yetakchilari orqali 800 ta oilaning holidan xabar olinib, osh tarqatildi.

🤲 Koʻchada qahraton qish, ammo bu koʻngillarga iliqlik ulashishga moneʼlik qilolmaydi. Ehsonliklarni qabul qilib olgan hamshaharlarimiz qoʻllarini duoga ochib, yurtga tinchlik, farovonlik hamisha yor boʻlishini tilashdi.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri
#inson_qadri_uchun

⚡️ Olmaliq shahri mutasaddilari tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamiga koʻmaklashish orqali ularning oz boʻlsada ogʻirini yengil qilishga harakat qilinmoqda.

📌 Jumladan, ularning xonadonlariga yoʻqlab borilib, oziq-ovqat jamlanmalari, issiq kiyim-bosh tarqatilmoqda.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube
#inson_qadri_uchun

⚡️Yurtimizda ob-havoning keskin sovib ketishi natijasida shahrimizdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogiron, keksa yoshli fuqarolarda uchrayotgan turli noqulayliklarning oldini olish va yengillashtirish maqsadida Yoshlar ishlari agentligi Olmaliq shahar bo'limi mahallalardagi yoshlar yetakchilari tashabbusi bilan volontyorlik xizmati CALL-CENTRE ishga tushirildi.

Shahrimiz aholisidan ushbu loyiha rivoji uchun uni qo'llab-quvvatlashlarini so'rab qolamiz.

Murojaat
uchun:

94-031-71-16
88-878-11-24
77-027-72-61

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri
#inson_qadri_uchun
#call_centre_faoliyati

⚡️Xabar berganimizdek, shahrimizda volontyorlik xizmati CALL-CENTRE faoliyati yo'lga qo'yildi.

📌Shahrimizdagi Muso Jalil mahallasida istiqomati qiluvchi keksa yoshli fuqaro tomonidan CALL-markazga qilingan murojaat yuzasidan Yoshlar ishlari agentligi shahar bo'limi xodimlari va mahalladagi ko'ngilli yoshlar bilan birgalikda holidan xabar olinib, zarur ko'mak ko'rsatildi.

Shahrimiz aholisidan ushbu loyiha rivoji uchun qo'llab-quvvatlashlarini so'rab qolamiz.

Murojaat
uchun:

94-031-71-16
88-878-11-24
77-027-72-61

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube
#inson_qadri_uchun
#call_markaz_faoliyati

⚡️Xabar berganimizdek, shahrimizda volontyorlik xizmati CALL-CENTRE faoliyati yo'lga qo'yildi.

📌Ushbu volontyorlik xizmati doirasida kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha bugun ham erta tongdan yordamlar ko'rsatilmoqda.

Ma'lumot o'rnida ushbu "call-markaz"ga volontyorlik xizmatidan foydalanish bo'yicha 2 kun ichida 70 dan ortiq murojaatlar kelib tushdi.

Shahrimiz aholisidan ushbu loyiha rivoji uchun qo'llab-quvvatlashlarini so'rab qolamiz.

Murojaat
uchun:

94-031-71-16
88-878-11-24
77-027-72-61

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri
Forwarded from Yoshlar ishlari agentligi Olmaliq shahar bo'limi️️ (Наврўзбек Алимов Олмалиқ шаҳар)
#inson_qadri_uchun

❄️Ob-havo injiqligi yurtdoshlarimizga bir oz noqulayliklar yaratishini inobatga olgan holda Olmaliq shahrida mahalla yoshlar yetakchilari tashabbusi bilan shaharning faol yoshlaridan iborat bo'lgan Volontyorlik xizmati va CALL-CENTER faoliyati joriy etildi.

Bu loyihadan ko'zlangan maqsad  keksalarni hurmat qilish, mahallada faol bo'lishga va  jamiyatga o'z hissasini qo'shishga chorlaydi.

Abdulla Avloniy mahallasida yoshlar yetakchisi Abdurahmon Artikov ham o'z vazifasiga sidqidildan yondashib, mahalladagi faol yoshlar bilan keksalarning xolidan xabar olib, ular bilan dildan suhbat qurib kelmoqda.
#inson_qadri_uchun

⚡️Olmaliq shahar IIB MvaFRB tomonidan Olmaliq shahrida yashovchi nogironligi bo'lgan Belova Olga Sergeyevna, Bushma Larisa, Xashimova Gulnora, Suyarova Kanigul, Nishanova Ayxonim, Muxtasarova Nadejda, Muxtasarov Anvarlarga identifikatsiya ID kartalari yashash xonadoniga borilib rasmiylashtirilib berildi.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube
#inson_qadri_uchun

⚡️Olmaliq shahar prokurori, 2-sektor rahbari Abdumalik Kuldashev tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Kasaba uyushmasi federatsiyasi tomonidan Olmaliq shahar “Koʻrpasoy” MFY va A.Avloniy MFYda yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olindi hamda ularga oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi va oʻzini oʻzi band qilish uchun tikuv mashinasi berildi.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri
#inson_qadri_uchun

⚡️Olmaliq shahar IIB boshligʻi podpolkovnik J.Manazarov tashabbusi bilan, Ichki ishlar organlarida xizmat vaqtida vafot etgan xodimlarning oilalaridan xabar olindi hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga oziq- ovqat jamlanmalari tarqatildi. Shu bilan birga ushbu oilalarning xonadonlari taʼmirlab berilmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
@Olmaliq_shahri