Olmaliq shahar hokimligi va olmaliqliklarga oid ma'lumotlar
3.05K subscribers
33.6K photos
3.16K videos
113 files
8.62K links
Олмалиқ шаҳар ҳокимлиги ва олмалиқликларга оид маълумотлар

Мурожаатлар учун: @OLMALIQHOKIMLIGI_BOT
Download Telegram
#Inson_qadri_uchun
#Eʼtibor

⚡️Olmaliq shahar 80-sonli kar va zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab internatida joriy yilning 1-dekabr kuni Toshkent viloyati prokuraturasining tashabbusi bilan bugun “3 - dekabr Xalqaro nogironlarni himoya qilish kuni” munosabati bilan “Mehrim senga boʻlsin, bolajon!” mavzusida muruvvat tadbiri tashkil etildi.

💢 Tadbirni ZOOM platformasi orqali Toshkent viloyati prokurori Rahimov Shavkatjon Joʻrayevich ochib berdi. Tadbirda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Toshkent viloyati boʻlimi rahbari S.Fayziyeva, Toshkent viloyati Xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi A.Kamalov, Maktabgacha taʼlim boshqarma boshligʻi S.Baratova va sektor rahbarlari ishtirok etdi.

◀️ Tadbirning badiiy qismida 80-sonli IMI tarbiyalanuvchilari ashula va raqslari hamda shahar “Metallurg” MS ijodiy guruhlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi tadbirga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.

🎁 Tadbirdan soʻng bolajonlarga bayram dasturxoni yozilib, sovgʻalar tarqatildi.
Nigohlarida minnatdorchilik tuygʻulari barq urgan bolajonlarimiz yurtimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarga koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrliklar uchun davlatimiz rahbariga, viloyat prokuroriga cheksiz minnatdorchilik bildirdilar.

Kanalga ulanish: @Olmaliq_shahri

🌐 Web-site | Telegram |📱 Faсebook |🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#eʼtibor

Qalblarga quvonch baxsh etib

⚡️ 3-dekabr - Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan shahrimizdagi “Marhamat” va “Asl” tantanalar majmualarida shahar hokimligi, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi hamkorligida bayram tadbiri tashkillashtirildi.

📌Tadbir avvalida shahar sektor rahbarlari hamda hokim oʻrinbosarlari Shermuhammad Begiyev, Sohib Axmedov tomonidan shahar hokimi Qobil Xamdamovning samimiy bayram qutlovi oʻqib eshittirildi. Shundan soʻng tadbirda ishtirok etgan 500 dan ziyod nogironligi boʻlgan fuqarolar va ularning yaqinlariga shahar hokimligi, shahar Kengashi deputatlari, ehsonparvar tadbirkorlar tomonidan ajratilgan sovgʻalar, oziq-ovqat jamlanmalari taqdim etildi.

Shahar Madaniyat boʻlimi ijodkorlari tomonidan namoyish etilgan koʻngilochar madaniy dasturlar tadbirga yanada koʻtarinki ruh baxsh etdi.

@Olmaliq_shahri
#eʼtibor

⚡️Shahrimizning “Ramazon” mahallasida istiqomat qiluvchi Rizavon ona 5 oʻgʻil, 5 qizni turmush oʻrtogʻi bilan halol mehnat bilan ulgʻaytirib, elga qoʻshgan ayollardan biri.                                       

📌 Bugungi kunda onaxon 31 nafar nabirasi, 85 dan oshiq chevarasi qurshovida umrguzaronlik qilmoqda. Shahar Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻining nuroniylar masalalari boʻyicha maslahatchisi Muxiddin Abdullayev, boʻlim yetakchi mutaxassisi Gulchehra Igomnazarova ayaning holidan xabar olib,Toshkent viloyati hokimligi va viloyat “Nuroniy” jamgʻarmasi tomonidan ajratilgan Yangi yil sovgʻalarini onaxonga topshirdilar hamda kirib kelayotgan yang 2023-yil bilan muborakbod etishdi.

@Olmaliq_shahri
#eʼtibor

⚡️Shahar Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining nuroniylar masalalari bo‘yicha maslahatchisi M.Abdullayev, bo‘lim yetakchi mutaxassisi G.Igomnazarovalar Bobur mahalla fuqarolar yig‘ini, A.Temur ko‘chasi 37-uy, 52-xonadonda istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Sidaryuk Anna Ignatevnaning holidan xabar olishib, Toshkent viloyati hokimligi va viloyat "Nuroniy" jamg‘armasi tomonidan ajratilgan sovg‘a-salomlarni onaxonga topshirdi.

@Olmaliq_shahri
#eʼtibor

⚡️Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining nuroniylar masalalari bo‘yicha maslahatchisi M.Abdullayev, bo‘limning yetakchi mutaxassisi G.Igomnazarova hamda Namuna-2 mahalla fuqarolar yig‘ini raisi B.Arislanbayev mahallada istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Oshir ota Usarovning holidan xabar olishib, Toshkent viloyati hokimligi va viloyat "Nuroniy" jamg‘armasi tomonidan ajratilgan sovg‘a-salomlarni 98 yoshli otaxonga topshirdilar hamda kirib kelayotgan yangi 2023 yil bilan muborakbod etishdi.

@Olmaliq_shahri
#eʼtibor

Prezident sovgʻalari egalariga topshirildi

⚡️ Bugun Olmaliq shahrida istiqomat qiluvchi, boquvchisidan mahrum boʻlgan 53 nafar bolaga Yangi yil munosabati bilan Prezident sovgʻalari tantanali ravishda topshirildi.

📌 Bayram dasturi avvalida shahar Madaniyat boʻlimi ijodkorlari tomonidan bolajonlarga ayyom tomoshalari namoyish etildi. Soʻng shahar hokimi Qobil Xamdamov soʻz olib, Yangi yil bilan bolajonalarni qutladi hamda sektor rahbarlari, Qorbobo va Qorqiz ishtirokida sovgʻalar egalariga ulashildi.

Bolajonlarning bayram munosabati bilan yodlab kelgan sheʼrlari shoʻx qoʻshiqlarga ulandi.

Kanalga ulanish: @Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube
#eʼtibor

Viloyatdagi milliy madaniy markazlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida mablagʻ ajratildi

Toshkent viloyati hokimining farmoyishi asosida mahalliy byudjetning iqtisod qilingan qismidan viloyatda faoliyat yuritayotgan 29 ta milliy-madaniy markazlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida 650 million soʻmdan ortiq mablagʻ ajratildi.

Mazkur sarmoya ommaviy tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish uchun musiqa asboblari, milliy liboslar va boshqa zarur vositalar harid qilish uchun sarflanadi.

Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki, bugungi kunda markazlar uchun keng sharoitlar yaratilib, ular uchun soliq, majburiy toʻlovlar boʻyicha muayyan imtiyozlar berib kelinmoqda.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Eʼtibor

Bugun viloyat hokimligida Toshkent viloyati Sogʻliqni saqlash boshqarmasiga rahbarlik qilib kelayotgan Toʻraqul Arziqulov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan kuzatish marosimi oʻtkazildi.

Tadbirda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligida sektor rahbarlari, shahar va tumanlarning hokimlari, tibbiyot birlashmasining masʼullari qatnashdi.

Zoyir Mirzayev oʻz soʻzida Toʻraqul Arziqulovning viloyatda sogʻliqni saqlash sohasini rivojlantirishga qoʻshgan hissasini alohida qayd etdi hamda kelgusi faoliyatiga omad va zafarlar tiladi.

Marosimda soʻzga chiqqanlar professor, tibbiyot fanlari doktori Toʻraqul Arziqulovning rahbarlik va ilmiy-amaliy faoliyatidagi ibratli jihatlarni alohida eʼtirof qildilar.

Tadbirda Sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari Ilmira Bositxonova ishtirok etdi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter