Ogahiy ijod maktabi
1.35K subscribers
31.9K photos
2.56K videos
313 files
8.05K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira_aziz_qadr_muqaddas
#Tanlovga

VIDEO ROLIK
6-ISHTIROKCHI


🎬: Muxlisa Sherimbetova,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining
7-"A" sinf o'quvchisi
👍43
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira_aziz_qadr_muqaddas
#Tanlovga

VIDEO ROLIK
7-ISHTIROKCHI


🎬: Otaboyeva Asaloy,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining
10-"B" sinf o'quvchisi
👏4
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#Xotira_aziz_qadr_muqaddas
#Tanlovga

NASR
10-ISHTIROKCHI

Urush farzandi

Urush yillari Anora opaning o'g'li Umidbek endigina maktabni bitirgan edi. Ularning uyiga xat keldi. Xatda Umidbek urushga ketadi deb yozilgan edi. Anora opa bu xatni o'qib hushidan ketib qoldi. Bu haqda esa Umidbekning xabari yo'q. Anora opa bu xatni o'g'lidan yashirdi.
Ammo ikki kundan Umidbek o'tin olish uchun chordoqqa chiqqanida uning ko'ziga ikki o'ram qog'oz kõrindi. Bu qog'oz Anora opaning yashirib qo'ygan xati edi. Umidbek bu xatni olib onasining yoniga yugurdi. Anora opa oshxonada ovqat qilayotgan edi. Anora opa o'g'lining qo'lidagi xatni ko'rib hayron qoldi. Biroz muddat oraga sukunat cho'kdi. Umidbek bu sukunatni buzdi. So'ngra dedi ona bu nima? Anora opa titroq ovoz bilan bu xat dedi. Umidbek ona bu qanaqa xat? Anora opa senga kelgan xat sen urushga ketar ekansan dedi yana titroq ovozda. Ona bu xatni nega mendan yashirdingiz? Anora opa bolam sen urushga ketmasliging uchun qildim. Ona axir bu sharafku men ona Vatanimni dushmanlardan himoya qilamanku. Anora opa endi bolam men ham qarib qoldim menga suyanchiq kerak. Men Vatanimni himoya qilmasam kim himaya qiladi axir? Anora opa indamadi. Umidbek nima qilib bo'lmasa ham Anora opani ko'ndirdi. Umidbek urushga ketadigan bo'ldi. Umidbek urushga ketadigan kun ham keldi. Anora opa unga non tishlatib qoldi. Anora opa uni poyezdgacha kuzatib bordi. O'g'li bilan oxirgi marta uchrashayotganday yig'lab - yig'lab kuzatib qoldi.
Mana urush boshlanganiga bir yil bo'ldi. Amma Umidbekdan xat - xabar yo'q. Anora opa Umidbekni kutib adoyi tamom bo'ldi. Anora opa Umidbek halok bo'lganini bilardi. Ammo Anora opa Allohga nola qilishni to'xtatmadi. Umidbekimni bir marta ko'rsam bo'ldi bu dunyodadan roziman. Anora opa shu nolalar bilan uxlab qoldi. Tushida Umidbekni ko'ribdi. Umidbek Anora opaga ,,Ona ko'p tashvish chekmang men yaxshiman deb onasiga qizil atirgul beribdi". Anora opa shu tush xayollari bilan boshqa uyg'onmabdi. Shu bilan urush ham tugadi.

✍️:Erkinova Nilufar,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-"A" sinf o'quvchisi
🔥6👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira_aziz_qadr_muqaddas
#Tanlovga

VIDEO ROLIK
8-ISHTIROKCHI


🎬: Otanazarov Sardorbek,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining
9-"B" sinf o'quvchisi
👍10👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira_aziz_qadr_muqaddas
#Tanlovga

VIDEO ROLIK
9-ISHTIROKCHI


🎬: Qadamova Bashorat,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining
8-"B" sinf o'quvchisi
👍3👏3💯1
#Xotira_aziz_qadr_muqaddas
#Tanlovga

NASR
11-ISHTIROKCHI


Eng baxtli qayg'uli kun...
(Hikoya)

Quyosh nurlarini zamin uzra sochgan mahal. Uning nurlari derazadan asta mo'ralab, xonani shodliklarga to'ldirmoqda. Zulmat o'z o'rnini zarrin nurlarga berib, kun qa'riga singib ketmoqda.
Nazira yuziga fotiha tortdi-yu, joynamozini yig'ishtira boshladi. Yuzidan nur yog'ilib, ko'zlari chaqnab turardi. Yangi kunga yetganiga Allohga shukronalar keltirib, mayin tabassum qilib qo'ydi. Xiyol aralash o'z o'rniga borib o'tirdi va ko'zi birdan taqvimga tushdi. Ishonqiramaygan holda yana bir bor qaradi. Yo'q, to'g'ri ko'rgandi. O'sha kun... Ko'zlari har yilgiday o'sha alvon lolalarni izlay boshladi. Xonaning hamma yog'ini aylanib chiqdi. Yo'q!..
Hafsalasi pir bo'lgan Nazira asta o'rnidan turdi-yu, dahliz tomon yo'l oldi. Bugun har kungidan o'zgacha kiyingan( eski ko'ylagini kiygan bo'lsa ham unga qandaydir joziba bag'ishlar edi), o'ziga qaragan, sochlarini o'ziga yarashtirib o'rib olgan. Dahliz oxiridagi xonaga yaqinlashar ekan, ko'nglini bir yoqimli ehtiros qopladi. Go'yo qidirgan narsasini bu yerdan topadigandek. Eshik oldiga yaqinlashib to'xtab qoldi.
Nimadir uni to'xtatib qoldi, go'yo. Eshikni ochdi va sekin mo'raladi. Ko'zlardagi uchqun so'lib ulgurgandi. Ko'zlar ilhaq bo'lib kutgan narsasini ko'ra olmadi. Onasi bir nuqtaga tikilgancha asta so'z boshladi:
- Nazira, dorilarim tugab qolibdi, yangilarini olib kelarsan.
- Jonim bilan ona. Hozir dorixonaga borib kelaman. Boshqa hech narsa kerakmasmi?
- Kerak. Faqatgina tinchlik...
Nazira asta eshikni yopdi va xonani tark etdi. Xuddi baxt ham unga o'z o'z eshiklarini yopgandek go'yo.
... Quyosh allaqachon olam bozoriga o'z zeb-ziynatlarini yozib ulgurgandi. Odamlar o'z yumushlari tomon yo'l olmoqda. O'z tashvishlari bilan ovvora bo'lib, hech kimning bir-biri bilan ishi yo'q. Nazira hammaga bir-bir nazar solib, ularni zimdan kuzatardi. Har kimni o'zicha tahlil qilardi. Har kimga o'zicha taqdir yozardi. Shu paytda Nazira uni kimdir zimdan kuzatayotganini sezdi. Uning ham e'tiborini yo'lning chetida alvon lola sotayotgan ayol tortdi. U ayolni oniy soniya kuzatib, yoniga yo'l oldi. Sotuvchi ayol uni ochiq chehra bilan kutib oldi. Iliq so'zlar bilan yaqin insonidek gap boshladi.
- Qizim, kelaqolding-mi?! Seni kutayotgandim o'zi.
- Ha, xolajon keldim.
Lekin Nazira ayol nega uni kutayotganini tushunmagandi.
- Bu gullar senga. Olaqol.
Naziraning ko'zida yosh aylana boshladi. Lolalarga uzoq tikilib turdi va ularni asta bag'riga bosdi. Bag'rini tanish hislar chulg'ab olgandi. Xotiralar asta ko'z o'ngidan o'ta boshladi.O’tmishdan go’zal xotiralar qolmasdi, go’zal hissiyotlar qolardi.
Nazira xotiralarni emas hissiyotlarni sog’inardi.
"- Dada, lolalarning umri boqiymi?- savol nigohi bilan dadasiga yuzlandi Nazira.
- Qizim, qiziq gaplarni gapirasan-a. Qanday qilib ularning umri boqiy bo'lishi mumkin axir?!
- Bilmadim. Ular ham xotirlarimizdek umrboqiy yashaydimi debman.
- Qara biz ham uzoq yashamaymiz , - deb bilagidan pasti yo'q qo'liga imo qildi dadasi.
Nazira chuqur nafas oldi va ishida davom etdi..."
Nazira xotiralar ummoniga sho'ng'ib ketganda sotuvchi ayol asta ko'zdan g'oyib bo'ldi. U haliyam hislar girdobidan chiqa olmay, manzili tomon yo'lini davom ettirdi.
Quchog'idagi lolalarga qaragani sayin yuragi entikib ketardi. Qalbi shodliklarga to'lardi. Har dam orqasiga qarab olardi. Sotuvchi ayolni hech bo'lmasa yana bir bor ko'rarman deb. Yo'q. Yumushlar bilan band insonlardan boshqa hech kim ko'zga ko'rinmasdi...
Nazira manzilga yetay deb qolganda, uni oldidan otasi bilan sayr qilib yurgan qizcha chiqib qoldi. Qizning ko'zida quvonch barq urardi. Otasi ham unga qarab zavq olardi.
- Dada, dada. Sz juda aldoqchisiz bilasizmi?
- Qizim, nimaga unday deyapsan? Tinchlikmi?
-Qarang, lolalar bor ekanku. Siz menga sotuvchi ayolda qolbamdi degandiz. Sizdan xafaman.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira_aziz_qadr_muqaddas
#Tanlovga

VIDEO ROLIK
11-ISHTIROKCHI


🎬: Matnazarova Dinora,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining
8-"B" sinf o‘quvchisi
👍8😢5
#Xotira_aziz_qadr_muqaddas
#Tanlovga

NASR
12-ISHTIROKCHI



ONA UMIDI
Ra'no aya 2 yildan beri o‘g‘lini kutadi. U ham hamma qatori o‘g‘lini frontga yuborgan.O‘g‘lini urushga yuborganidan so‘ng yotib qoldi.Qizi bo‘lmaganligi sababli uy ishlari ham oziga qolgan.Eri Botir aka esa o‘tgan yili urushda halok bo‘ldi.U o‘g‘lini kelishiga ishonadi.Ra'no aya kechasi bilan uxlamay o‘g‘liga sog‘lik tilaydi.Goh-gohida qo‘shnilari Ra'no ayani so‘rab ovqat olib chiqishadi.U ko‘chaga chiqsa kichkina bolalarni ko‘rib yig‘lab ichkariga kiradi.Chunki Ra'no aya bolalarni ko‘rib o‘g‘li Usmonni eslaydi , uni sog‘inib yig‘laydi. Ammo unda hali umid yulduzi so‘nmagan. Haligacha o‘g‘li kelishiga ishonadi.Uning bir kuni kechasi ko‘zi ilinibdi. Tushida o‘g‘lini ko‘ribdi.O‘g‘li oppoq kiyimda, chiroyli gulzorda yurgan emish.Ona sevinganidan yig‘lab yubordi. Usmon unga "Onajon bu yoqqa keling" degandek ishora qildi.Ona o‘g‘lini yoniga bormoqchi bo‘larkan,ammo borolmas ekan. Xuddiki, oldida qandaydir ko‘rinmas devor bordek. O‘g‘li orqaga keta boshladi.Ona "o‘g‘lim" degancha o‘z ovozidan o‘zi uygonib ketdi.Ertasiga uyiga qoraxat keldi.U bu xatni o‘qib g‘ing demadi.Chunki u o‘g‘lidan faxrlanardi,axir, o‘g‘li Vatan uchun jon berdi. Ko‘plab akalarimiz,askarlar urushda mana shunday jasorat bilan halok bolishdi.Ammo ular o‘lmagan, ular abadiy qalbimizda yashaydi.Biz ularni hech qachon unutmaymiz.

: Egamberdiyeva Sevinchoy,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-"A" sinf o‘quvchisi
👏13👍5
#Xotira_aziz_qadr_muqaddas
#Tanlovga

NAZM
7-ISHTIROKCHI


Ona xotirasi

Kech kuz edi,bogʻlar sap-sariq,
Bargning tusi kabi sarg‘aydi ona.
Oʻylari chalkashgan,qoʻrquv pinjida,
Oʻgʻlini oʻylardi yakka-yagona.

Janga kirgan edi yurak porasi,
Necha kunlar oʻtdi,xat xabari yoʻq.
Jigarporasidan yiroq qil taqdir
Nishonga olmasin deydi oʻq.

: Xudayberganova Munojat,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-"A" sinf oʻquvchisi
👍11
#Xotira_aziz_qadr_muqaddas
#Tanlovga

NAZM
8-ISHTIROKCHI


XOTIRA

(Ulug‘ Vatan urushida qatnashgan 101 o‘g‘longa bag‘ishlanadi)

Ko‘z oldimdan o‘tar birma-bir,
O‘shal qayg‘u va dahshatli on.
Yurtimizni ozod qilay deb,
Jangga ketar besh yuz bitta jon.

Qari-yu yosh, aralash jangchi,
O‘zbek do‘ppi turadi boshda.
Eng ulug‘i oltmish yoshda-yu,
Eng kichigi o‘n olti yoshda.

Urush, bomba,tanklar qulaydi,
Gumon bo‘ldi qolmoqlik omon.
Ayyor reja tuzib olibdi,
Fashist degan vaxshiy olomon.

Shu urushning oqibati deb,
Ko‘zin yumdi to‘rt yuz mag‘rur jon.
To‘rt yuz ona olmoqlik bo‘ldi,
O‘z o‘g‘lidan qoraxat, nishon.

Bir yuz bitta o‘zbek ahlini,
Asir oldi nemis fashistlar.
Qonga to‘ymay qon yutishardi ,
Hayvonlarcha kulardi ular.

Yerga urib o‘zbek nomusin,
Sindirishar oyoq-qo‘llarin.
Lek parvo ham qilmay turishar,
Bir yuz bitta o‘zbekning bari.

Naq o‘ttiz kun ochlik qa'rida,
Yotmoq bo‘ldi manglayda bori.
Kuzatishar nima bo‘ldi deb,
O‘zbeklarning chiqmas oh-zori.

Qiynar o‘sha fashist maxluqot,
Terin shilar, o‘yishar ko‘zin .
Qamchilar-la jazolab ular,
Ma'qullashar faqat o‘z so‘zin.

Asirlarni ushlab qo‘lidan,
Ko‘kka yuzin tutmoqlik boldi.
Bir umrlik tim tamg‘a bilan ,
Og‘ir ishlar qilmoqlik bo‘ldi.
           
O‘ttiz birinchi kun... Ko‘chada,
Holsizlikda zo‘rg‘a turishar.
Egnilar kir, oyoqlar yalang,
Dushman bo‘lsa kulib turishar.

Yo‘l changitib bir mashinada,
Tanbal odam tushib kelyapti.
Ko‘zlarida kibr-u manmanlik,
Kelib kulgiga qo‘shilyapti.

U qo‘ynidan chiqarib nonni,
O‘zbeklarga qarata otdi.
Kameralar ishga tushdi-yu,
O‘zbeklar ham tosh misol qotdi.

Shunda sekin eng yosh bir o‘zbek,
Nonni olib ko‘ziga surdi.
Ko‘zlarida g‘azab, nadomat,
Qadam tashlab orqaga yurdi.

Qo‘lidagi nonni yosh yigit,
Bir mo‘ysafid qariga berdi.
Otaxon ham nonni ko‘p o‘pib,
"Bismilloh " deb nonni teng bo‘ldi.

Bo‘laklangan nonni avaylab,
Do‘stlariga teng bo‘lib berdi.
Bechoralar ko‘zda yosh bilan,
Birdam bo‘lib nonini yerdi.

Jahl bilan otib tashladi,
O‘zbeklarni fashist olomon.
Bir yuz birdek inson ko‘rmagan,
Vahshiy fashist umrida hamon.

Bir yuz birdek qo‘rqmas jangchilar,
Bir umr qalbda,xotirda qoldi.
O‘zbegimning o‘chmas nomusi,
Tarixda buyuk bir nom oldi.

Yurtni o‘zdan azizroq bilib,
Vatan uchun bo‘lishar qurbon.
Dushmanlarga boshin egmagan,
Mard o‘zbeklar - bir yuz bir inson.

: Nigina RUSTAMBOYEVA,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-"A"sinf o‘quvchisi.
👍14👏31😢1
#Taqdirlash_marosimi
#Xotira_aziz_qadr_muqaddas

💠 Inson bor ekan,
xotira — muqaddas. Hech kim, hech narsa esdan chiqmaydi. Xalq bugungi tinch-xotirjam zamonni asrab-avaylash, tinchlikni qadriga yetish uchun ham urushni, uning qahramonlarini, gʻalabaga munosib hissa qoʻshganlarni yodida saqlaydi.

➡️ Joriy yilning 12-may sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabi tomonidan 9-may–“
Xotira va qadrlash kuni ” munosabati bilan o'tkazilgan “Xotira aziz, qadr muqaddas” nomli tanlovga nazm, nasr, rassomchilik, video rolik va insho yo‘nalishlari bo‘yicha hakamlar hay'ati tomonidan ijodkorlarning ishlari yo'nalishlar kesimida holis baholandi.

🔻Taqdirlash marosimida maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Boburjon Sadullayev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi,  "Zulfiya" davlat mukofoti sovrindori Zumrad Masharipova, Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Xiva shahar bo‘linmasi rahbari Lelinza Otajanova, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoir Rahimboy Karimovlar tomonidan g‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.


🏆 Yakuniy natijaga ko'ra g'oliblar bilan tanishing:


"Nazm" (Eng yaxshi she'r)
🥇- o‘rin Jumanazarova Hilola 10-"B" sinf o‘quvchisi
🥈- o‘rin Ro‘zmatova Mohinur 8-"B" sinf o‘quvchisi
🥉- o‘rin Rustamboyeva Nigina 7-"A" sinf o‘quvchisi

"Nasr" (Eng yaxshi hikoya)
🥇- o‘rin Begmatova Dilnura 9-"A" sinf o‘quvchisi
🥈- o‘rin Nurmamatova Oygul 7-"B" sinfo‘quvchisi
🥉- o‘rin Ibragimova Feruza 7-"A" sinf o‘quvchisi

"Rassomchilik" (Eng yaxshi rasmlar)
🥇-o‘rin Bardiyeva Ruhshona 7-"A" sinf o‘quvchisi
🥈-o‘rin Qo‘ziboyeva Shohruza 7-"A" sinf o‘quvchisi
🥉-o‘rin Matyokubova Laylo 7-"B" sinf o‘quvchisi
🥉-o‘rin Jumaniyozova Yulduzoy 7-"A" sinf o‘quvchisi

"Video rolik" (Eng yaxshi video taqdimot)
🥇-o‘rin Ro‘zimatova Zarnigor 9-"A" sinf o‘quvchisi
🥈-o‘rin Shomurotova Mavluda 9-"B" sinf o‘quvchisi
🥈- o‘rin Jumanazarova Shodiya 9-"A" sinf o‘quvchisi
🥉- o‘rin Otajonov Otajon 7-"A" sinf o‘quvchisi

"Insho yozish" ( Eng yaxshi insho)
🥇- o‘rin Ibragimova Mashhura
🥈- o‘rin Ozodova Hosila 8-"B" sinf o‘quvchisi
🥉- o‘rin Bardiyeva Ruhshona 7-"A" sinf o‘quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉
|Telegram| |Facebook|
👉
|YouTube|  |Instagram|
👏6👍42
#Taqdirlash_marosimi
#Xotira_aziz_qadr_muqaddas

➡️ Joriy yilning 12-may sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabi tomonidan 9-may–“Xotira va qadrlash kuni ” munosabati bilan o'tkazilgan “Xotira aziz, qadr muqaddas” nomli tanlovning taqdirlash marosimidan foto lavhalar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉
|Telegram| |Facebook|
👉
|YouTube|  |Instagram|
👍4
#Taqdirlash_marosimi
#Xotira_aziz_qadr_muqaddas

➡️ Joriy yilning 12-may sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabi tomonidan 9-may–“Xotira va qadrlash kuni ” munosabati bilan o'tkazilgan “Xotira aziz, qadr muqaddas” nomli tanlovning taqdirlash marosimidan foto lavhalar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉
|Telegram| |Facebook|
👉
|YouTube|  |Instagram|
👏4😢1
#Taqdirlash_marosimi
#Xotira_aziz_qadr_muqaddas

➡️ Joriy yilning 12-may sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabi tomonidan 9-may–“Xotira va qadrlash kuni ” munosabati bilan o'tkazilgan “Xotira aziz, qadr muqaddas” nomli tanlovning taqdirlash marosimidan foto lavhalar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉
|Telegram| |Facebook|
👉
|YouTube|  |Instagram|
👏9👍1
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qoʻydi.

#Mirziyoyev #marosim #BirinchiPrezident #xotira

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
5👍5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira_aziz_qadr_muqaddas

Ajdodlarni xotirlash va keksalarni e’zozlash, ulug‘ qadriyat hisoblanib, yoshi ulug‘ va nuroniylarga bo‘lgan hurmat-e’tibor hamisha diqqat markazimizdadir.

Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug‘ fazilatlaridan biri sanaladi. El-yurtining tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha jonajon xalqimizning ardog‘idadir.

Xonadoningizdan tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka, baxt-u saodat arimasin. Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍3
#Xotira_xiyobonidagi_dars

🔰 Bugun, 10-may kuni Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"B" sinf o'quvchilari O'zbekiston tarixi darsida fan o'qituvchisi, "Shuhrat" medali sohibasi N.Allamova boshchiligida "9 may -
Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan Xiva shahrida joylashgan Xotira xiyoboniga tashrif buyurdilar.

♻️ Ko'chma dars jarayonida II-jahon urushida qatnashgan, bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, o'z  hayotlarini Vatanimizning ravnaq topishi, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun fido qilgan ajdodlarimizning muqaddas xotirasini yodga olindi.

🌐Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram
4🔥2🥰1😍1
Audio
#xotira_aziz_qadr_muqaddas

....Seni kiprigim-la panalar qilib,
Koʻzim qarogʻida asragim kelar.

Hilola Jumanazarova, Ogahiy nomidagi ijod maktabi 11-"B" sinf o'quvchisi

🎙Mumtozxon Otaboyeva
, Ogahiy nomidagi ijod maktabi 9-"A" sinf o'quvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌

@hilola_zohidovna
🔥73👍2🥰1👏1🤩1😍1
#xotira_abadiy
#4_oktabr

IJOD MAKTABI O‘QUVCHILAR "QATAG‘ON QURBONLARI XOTIRASI" MUZEYIGA TASHRIF BUYURDILAR


🔸 4–10 oktabr yurtimizda jadidlar kuni munosabati bilan Urganch shahrida joylashgan UrDU tuzilmasidagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga Ogahiy nomidagi ijod maktabining tarbiyachi-pedagoglari Yo‘ldoshev Jumanazar va O‘rinov Xorunlar boshchiligida 7-sinf o‘quvchilar tashrif buyurdilar.

💠 Ushbu kun munosabati bilan muzey xodimlari jadidlar hayotiga bag‘ishlangan maxsus roliklarni namoyish qildilar. Shuningdek, qatag‘on qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan eksponatlar bilan o‘quvchilarni tanishtirdilar.

➡️ O‘quvchilar sayohat davomida bobolarimiz hayoti haqida to‘liqroq ma'lumotlarga ega bo‘ldilar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
🔥2
#Xotira_aziz_qadr_muqaddas

Ajdodlarni xotirlash, keksalarni e’zozlash – xalqimizning ezgu qadriyatlaridan biridir. Yoshi ulug‘ va nuroniylarga bo‘lgan hurmat va e’tibor har doim diqqat markazimizda bo‘lib kelgan.

Xotira va qadrlash – el-yurt ravnaqi, tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi yo‘lida fidokorona kurashgan insonlarning bebaho xotirasini yod etish, ularni e’zozlashdir. Bu – xalqimizning asriy an’analaridan, buyuk fazilatlaridandir.

Xotira va qadrlash kuni muborak bo‘lsin. Xonadoningizdan fayzu baraka, tinchlik va xotirjamlik hech qachon arimasin. Yurtimiz doimo tinch, xalqimiz omon bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍3🕊1