Ogahiy ijod maktabi
1.14K subscribers
29.2K photos
2.42K videos
311 files
7.54K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#Xotira_aziz_qadr_muqaddas
#Tanlovga

NASR
8-ISHTIROKCHI

"
Xotira va qadrlash kuni"

O‘lim.O‘lim nima o‘zi? Hech o'ylab ko‘rganmisiz o‘zingizning ayanchli holatda o‘lim topganingizni . Keling men ham sizlarga o‘lim qanday bo‘lishini aytaman ya'ni yorug‘ yuz bilan o‘lim topish qanday bo‘lishini . Ancha yillar oldin Akmal ismli buvamning qo‘shnisi bo‘lgan ekan. Bu bola ancha yosh hali 20 yoshiga ham kirmagan ekan . Buvam bu bola haqida juda ko‘p aytavergandan hatto bu odamni yuzini o‘zimcha tasavvur qilaman . Akmal , bu bola buvamning tasvirlashicha sariq sochli , ko‘zlari ko‘k , bo‘ylari uzun , sal g‘alatiroq bola ekan . Buvamdan boshqa hech kim bu yetim bola bilan gaplashmas ekan . Akmal juda sho‘x , ajabtovur ajoyib bola deydi buvam . Uning erta õlimiga sababchi bu qonli urush . Buvam 2- jahon urushi yillari 25 yoshlarda bo‘lgan ekanlar . Bir kuni buvamni urishga chaqiribdilar . Pochtachi xat bilan birga so‘lgan boychechak ham berib ketibdi . Buvam haligacha o‘sha boychechak haqida o‘ylaydi . Nega uni berilgani haqida o‘ylaydi . Buvam 20-iyulga qadar urushga borishi kerak edi . Buvam bu vaqtlarda endi uylangan yosh juftlik bo‘lgan paytlari ekan . Kunlar õtib yosh Akmalga ham xat keladi . Bu xat urushga chaqiriq xati edi . Uni ham urushga bormasdan boshqa iloji yo‘q edi . Nihoyat kunlar õtib 1941-yilning 20-iyuli keldi . Buvam va yosh Akmal birga urushga ketishdi . Ular faqat bir narsani o‘ylardilar . Boshqa hech narsa xayollariga kelmasdi . Ularning yagona tilagi tirik qolish . Agar o‘lsa hech qachon bir-birini unutmaslik edi . Kunlar o‘tdi , oylar o‘tdi , bir kuni Germaniya prezidenti orqadan pichoq uradi . Afsuski buvamlar jang bo‘lgan joyga bomba tashlanadi . Bu bomba tufayli 100 ga yaqin askarlar , qomondon ham o‘ladi . Ikkinchi bomba otildi . Bu safar hamma to‘xtamay har yoqqa qocha boshladi . Faqatgina Akmal tanq ichiga yugurib bordida ichiga õtirdi . Uning ichida qo‘rqqanidan dir-dir titrayotgan askar o‘tirardi . Akmal bu bolaga uzoq tasalli beradi . Lekin bundan foyda yo‘qligini bilgan Akmal tanqni amallab o‘zi yurgizadi.Chal tomondagi quti ichidan qo‘llanmani olib tanqni boshqaradi . Qo‘llarida miltiq bilan yugurib kelayotgan askarlarga o‘t ochadi.Tanqning o‘qi qolguncha mardonavor jang qiladi . Bu vaqtda faqat buvam va kichik litenant Bexruz Sobirov tirik qolgan bo‘ladi xalos . Keyin uchchalovi o‘rmon ichiga kirib ketishadi .Bu paytda ular kim bu yerda qolib ularni chalg‘itishi haqida gaplashib olishmoqchi bõlishadi . Keyin o‘rmondagi bir uy ichiga kirib ketdilar . O‘sha yerda Akmal menda bir taklif bor . Hozir uchchovimiz ham cho‘p tanlaymiz . Kimniki eng kaltasi bo‘lsa o‘sha qoladi deyishdi . Ular cho‘plarni tanlashdi . Avval litenant boshladi . Unda uzun cho‘p chiqdi . U stulni tepib yubordi . Keyin esa buvim tanlagan . Ularda ham uzun cho‘p chiqqan . Oxirida esa kalta cho‘p Akmalda qolganini sezgan buvam unga
-Yo‘q , sen hali juda yoshsan qo‘y iltimos ketma. U yerga mana men o‘zim boraman deb ketayotganida . Akmal shunday debdi :
-To‘xtang Alisher aka to‘xtang . To‘g‘ri yoshman . Ammo men tirik murdaning o‘zginasiman . G‘alati Akmal deyishlaridan charchadim . Qo‘yib bering sizlar uchun hech bo‘lmasa oilangiz uchun men sizlarni asrab qolayin dediyu kulbadan yugurib miltiq bilan chiqib ketdi.Buvamni zo'rg'a ushlab turgan leytenant ularga:
-Yo'q u g'alati emas.U eng kuchli,jasoratli,mard o'zbek o'g'lonidir.Otangga rahmat,-dedi.
Buni eshitgan buvam o'zinini qo'lga oladi va leytenant bilan qochishadi.
Keyin ularning baxtiga bir qancha vertalyotlar ichidan askarlar tushib kelib dushmanlarga o'q uza boshlaydi.Ularni ko'rib juda quvonadi.Bu yerdagi bosqinchilarni barini o'ldirgandan so'ng buvam "Akmal,Akmal" deya yosh yigitni qidira boshlaydi.Akmal:
-Men shu yerdaman,-deya javob qaytardi.Ular bir-biri tomon yugurub kelib ko'z yosh to'kib
#Xotira_aziz_qadr_muqaddas
#Tanlovga

RASSOMCHILIK
5-ISHTIROKCHI

🌠: Matyokubova Laylo,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining
7-"B" sinf o'quvchisi
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#Xotira_aziz_qadr_muqaddas
#Tanlovga

NASR
9-ISHTIROKCHI

UMID
Urushga chaqiriq xatlar kelib, to's-to'polonlar boshlanayotgan edi. Kuz fasli bo'lishiga qaramay quyosh yerni qandaydir dilga yoqadigan darajada isitardi. Ko'cha oxirida bizning uy , bu yerda otam onam va men yashar edik. Men esa 7 yoshdaman. Bir kuni ayvonda o'yinchog'imni o'ynab o'tirgandim, oyim tashqarida non yopayotgan edilar. Ayvonda o'tirganimda birdaniga ko'chadan qandaydir o'q ovozlari eshitila boshladi.Menda qo'rquv uyg'ondi. Otam va onamning yoniga borish uchun ko'cha tarafga chiqdim va juda hayratga tushib qoldim. Chunki ko'chadagi odamlarni qattiq yaralangan holda ko'rdim va qop-qora kiyimlarda qo'lida miltiq ko'tarib olgan qandaydir odamlarga ko'zim tushdi. Ko'cha juda ayanchli holda edi.Menda qattiq qo'rquv hissi uyg'ondi. Va shu payti non yopayotgan onam yugurib chiqdi va "Qizim" deb baqirdi, lekin shu vaqti qo'liga miltiq ko'targan odam kelib onamga o'q uzdi.Onam hushidan ketib yerga yiqildi. Men nima qilishni bilmay "Ota!" deb baqirdim va qayoqdandir otamning "Qoch qizim!" degan ovozi eshitildi.'Lekin otamning o'zini ko'rmadm. Qo'rqqanim menga nima boʻlayotgani anglolmay qoldim va koʻzimning oldi qorongʻulashdi. Koʻzimni ochdim. Qarasam, bir askar yigit meni qo'lida ko'tarib olib uyimiz tarafdagi o'tloqqa olib borayotgan edi. Lekin o'sha onamni otgan odamlar bu askar yigitning qo'lini miltiq bilan yaraladi.xU meni o'tloqqa kelganimizda qo'liyib yubordi va menga "Qoch!" deya o'zi orqaga qarab ketdi. Afsus u qochishga ulgurmadi.Chunki o'sha miltiq ko'targan kishilar uni otib tashlashdi. Men esa darrov yashirindim va ular ketganidan keyin u yerdan qochib ketdim. Va shu urushda tirik qoldim.Hozir esa oradan 20 yil o'tgan bo'lsa ham o'sha 2-jahon urushi tufayli halok bo'lgan otamni,onamni va meni qutqarib qolgan jasoratli askarni hech unutmayman. Negadir hali-hanuz ota-onam kelib qolar degan umid bilan yashayman. Qulog'im ostida otam va onamning "Qizim, qoch!" degan gaplari jaranglayveradi.Shu urushda meni qutqarib qolgan o'sha mard, jasoratli yigit hozir hayot bo'lganda, men unga katta rahmat aytgan bo'lardm. Chunki u meni qutqargani sababli hozir shu hayotda haliyam yashayapman. Men ularni hech qachon unutmayman. Ular mening qalbimda umrbod yashaydi.

✍️:Karimova Charos,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining
7-"B"sinf o'quvchisi
#Xotira_aziz_qadr_muqaddas
#Tanlovga

RASSOMCHILIK
6-ISHTIROKCHI

🌠: Sobirov Muntazir,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining
8-"A" sinf o'quvchisi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira_aziz_qadr_muqaddas
#Tanlovga

VIDEO ROLIK
6-ISHTIROKCHI


🎬: Muxlisa Sherimbetova,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining
7-"A" sinf o'quvchisi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira_aziz_qadr_muqaddas
#Tanlovga

VIDEO ROLIK
7-ISHTIROKCHI


🎬: Otaboyeva Asaloy,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining
10-"B" sinf o'quvchisi
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#Xotira_aziz_qadr_muqaddas
#Tanlovga

NASR
10-ISHTIROKCHI

Urush farzandi

Urush yillari Anora opaning o'g'li Umidbek endigina maktabni bitirgan edi. Ularning uyiga xat keldi. Xatda Umidbek urushga ketadi deb yozilgan edi. Anora opa bu xatni o'qib hushidan ketib qoldi. Bu haqda esa Umidbekning xabari yo'q. Anora opa bu xatni o'g'lidan yashirdi.
Ammo ikki kundan Umidbek o'tin olish uchun chordoqqa chiqqanida uning ko'ziga ikki o'ram qog'oz kõrindi. Bu qog'oz Anora opaning yashirib qo'ygan xati edi. Umidbek bu xatni olib onasining yoniga yugurdi. Anora opa oshxonada ovqat qilayotgan edi. Anora opa o'g'lining qo'lidagi xatni ko'rib hayron qoldi. Biroz muddat oraga sukunat cho'kdi. Umidbek bu sukunatni buzdi. So'ngra dedi ona bu nima? Anora opa titroq ovoz bilan bu xat dedi. Umidbek ona bu qanaqa xat? Anora opa senga kelgan xat sen urushga ketar ekansan dedi yana titroq ovozda. Ona bu xatni nega mendan yashirdingiz? Anora opa bolam sen urushga ketmasliging uchun qildim. Ona axir bu sharafku men ona Vatanimni dushmanlardan himoya qilamanku. Anora opa endi bolam men ham qarib qoldim menga suyanchiq kerak. Men Vatanimni himoya qilmasam kim himaya qiladi axir? Anora opa indamadi. Umidbek nima qilib bo'lmasa ham Anora opani ko'ndirdi. Umidbek urushga ketadigan bo'ldi. Umidbek urushga ketadigan kun ham keldi. Anora opa unga non tishlatib qoldi. Anora opa uni poyezdgacha kuzatib bordi. O'g'li bilan oxirgi marta uchrashayotganday yig'lab - yig'lab kuzatib qoldi.
Mana urush boshlanganiga bir yil bo'ldi. Amma Umidbekdan xat - xabar yo'q. Anora opa Umidbekni kutib adoyi tamom bo'ldi. Anora opa Umidbek halok bo'lganini bilardi. Ammo Anora opa Allohga nola qilishni to'xtatmadi. Umidbekimni bir marta ko'rsam bo'ldi bu dunyodadan roziman. Anora opa shu nolalar bilan uxlab qoldi. Tushida Umidbekni ko'ribdi. Umidbek Anora opaga ,,Ona ko'p tashvish chekmang men yaxshiman deb onasiga qizil atirgul beribdi". Anora opa shu tush xayollari bilan boshqa uyg'onmabdi. Shu bilan urush ham tugadi.

✍️:Erkinova Nilufar,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-"A" sinf o'quvchisi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira_aziz_qadr_muqaddas
#Tanlovga

VIDEO ROLIK
8-ISHTIROKCHI


🎬: Otanazarov Sardorbek,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining
9-"B" sinf o'quvchisi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira_aziz_qadr_muqaddas
#Tanlovga

VIDEO ROLIK
9-ISHTIROKCHI


🎬: Qadamova Bashorat,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining
8-"B" sinf o'quvchisi
#Xotira_aziz_qadr_muqaddas
#Tanlovga

NASR
11-ISHTIROKCHI


Eng baxtli qayg'uli kun...
(Hikoya)

Quyosh nurlarini zamin uzra sochgan mahal. Uning nurlari derazadan asta mo'ralab, xonani shodliklarga to'ldirmoqda. Zulmat o'z o'rnini zarrin nurlarga berib, kun qa'riga singib ketmoqda.
Nazira yuziga fotiha tortdi-yu, joynamozini yig'ishtira boshladi. Yuzidan nur yog'ilib, ko'zlari chaqnab turardi. Yangi kunga yetganiga Allohga shukronalar keltirib, mayin tabassum qilib qo'ydi. Xiyol aralash o'z o'rniga borib o'tirdi va ko'zi birdan taqvimga tushdi. Ishonqiramaygan holda yana bir bor qaradi. Yo'q, to'g'ri ko'rgandi. O'sha kun... Ko'zlari har yilgiday o'sha alvon lolalarni izlay boshladi. Xonaning hamma yog'ini aylanib chiqdi. Yo'q!..
Hafsalasi pir bo'lgan Nazira asta o'rnidan turdi-yu, dahliz tomon yo'l oldi. Bugun har kungidan o'zgacha kiyingan( eski ko'ylagini kiygan bo'lsa ham unga qandaydir joziba bag'ishlar edi), o'ziga qaragan, sochlarini o'ziga yarashtirib o'rib olgan. Dahliz oxiridagi xonaga yaqinlashar ekan, ko'nglini bir yoqimli ehtiros qopladi. Go'yo qidirgan narsasini bu yerdan topadigandek. Eshik oldiga yaqinlashib to'xtab qoldi.
Nimadir uni to'xtatib qoldi, go'yo. Eshikni ochdi va sekin mo'raladi. Ko'zlardagi uchqun so'lib ulgurgandi. Ko'zlar ilhaq bo'lib kutgan narsasini ko'ra olmadi. Onasi bir nuqtaga tikilgancha asta so'z boshladi:
- Nazira, dorilarim tugab qolibdi, yangilarini olib kelarsan.
- Jonim bilan ona. Hozir dorixonaga borib kelaman. Boshqa hech narsa kerakmasmi?
- Kerak. Faqatgina tinchlik...
Nazira asta eshikni yopdi va xonani tark etdi. Xuddi baxt ham unga o'z o'z eshiklarini yopgandek go'yo.
... Quyosh allaqachon olam bozoriga o'z zeb-ziynatlarini yozib ulgurgandi. Odamlar o'z yumushlari tomon yo'l olmoqda. O'z tashvishlari bilan ovvora bo'lib, hech kimning bir-biri bilan ishi yo'q. Nazira hammaga bir-bir nazar solib, ularni zimdan kuzatardi. Har kimni o'zicha tahlil qilardi. Har kimga o'zicha taqdir yozardi. Shu paytda Nazira uni kimdir zimdan kuzatayotganini sezdi. Uning ham e'tiborini yo'lning chetida alvon lola sotayotgan ayol tortdi. U ayolni oniy soniya kuzatib, yoniga yo'l oldi. Sotuvchi ayol uni ochiq chehra bilan kutib oldi. Iliq so'zlar bilan yaqin insonidek gap boshladi.
- Qizim, kelaqolding-mi?! Seni kutayotgandim o'zi.
- Ha, xolajon keldim.
Lekin Nazira ayol nega uni kutayotganini tushunmagandi.
- Bu gullar senga. Olaqol.
Naziraning ko'zida yosh aylana boshladi. Lolalarga uzoq tikilib turdi va ularni asta bag'riga bosdi. Bag'rini tanish hislar chulg'ab olgandi. Xotiralar asta ko'z o'ngidan o'ta boshladi.O’tmishdan go’zal xotiralar qolmasdi, go’zal hissiyotlar qolardi.
Nazira xotiralarni emas hissiyotlarni sog’inardi.
"- Dada, lolalarning umri boqiymi?- savol nigohi bilan dadasiga yuzlandi Nazira.
- Qizim, qiziq gaplarni gapirasan-a. Qanday qilib ularning umri boqiy bo'lishi mumkin axir?!
- Bilmadim. Ular ham xotirlarimizdek umrboqiy yashaydimi debman.
- Qara biz ham uzoq yashamaymiz , - deb bilagidan pasti yo'q qo'liga imo qildi dadasi.
Nazira chuqur nafas oldi va ishida davom etdi..."
Nazira xotiralar ummoniga sho'ng'ib ketganda sotuvchi ayol asta ko'zdan g'oyib bo'ldi. U haliyam hislar girdobidan chiqa olmay, manzili tomon yo'lini davom ettirdi.
Quchog'idagi lolalarga qaragani sayin yuragi entikib ketardi. Qalbi shodliklarga to'lardi. Har dam orqasiga qarab olardi. Sotuvchi ayolni hech bo'lmasa yana bir bor ko'rarman deb. Yo'q. Yumushlar bilan band insonlardan boshqa hech kim ko'zga ko'rinmasdi...
Nazira manzilga yetay deb qolganda, uni oldidan otasi bilan sayr qilib yurgan qizcha chiqib qoldi. Qizning ko'zida quvonch barq urardi. Otasi ham unga qarab zavq olardi.
- Dada, dada. Sz juda aldoqchisiz bilasizmi?
- Qizim, nimaga unday deyapsan? Tinchlikmi?
-Qarang, lolalar bor ekanku. Siz menga sotuvchi ayolda qolbamdi degandiz. Sizdan xafaman.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira_aziz_qadr_muqaddas
#Tanlovga

VIDEO ROLIK
11-ISHTIROKCHI


🎬: Matnazarova Dinora,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining
8-"B" sinf o‘quvchisi
#Xotira_aziz_qadr_muqaddas
#Tanlovga

NASR
12-ISHTIROKCHI



ONA UMIDI
Ra'no aya 2 yildan beri o‘g‘lini kutadi. U ham hamma qatori o‘g‘lini frontga yuborgan.O‘g‘lini urushga yuborganidan so‘ng yotib qoldi.Qizi bo‘lmaganligi sababli uy ishlari ham oziga qolgan.Eri Botir aka esa o‘tgan yili urushda halok bo‘ldi.U o‘g‘lini kelishiga ishonadi.Ra'no aya kechasi bilan uxlamay o‘g‘liga sog‘lik tilaydi.Goh-gohida qo‘shnilari Ra'no ayani so‘rab ovqat olib chiqishadi.U ko‘chaga chiqsa kichkina bolalarni ko‘rib yig‘lab ichkariga kiradi.Chunki Ra'no aya bolalarni ko‘rib o‘g‘li Usmonni eslaydi , uni sog‘inib yig‘laydi. Ammo unda hali umid yulduzi so‘nmagan. Haligacha o‘g‘li kelishiga ishonadi.Uning bir kuni kechasi ko‘zi ilinibdi. Tushida o‘g‘lini ko‘ribdi.O‘g‘li oppoq kiyimda, chiroyli gulzorda yurgan emish.Ona sevinganidan yig‘lab yubordi. Usmon unga "Onajon bu yoqqa keling" degandek ishora qildi.Ona o‘g‘lini yoniga bormoqchi bo‘larkan,ammo borolmas ekan. Xuddiki, oldida qandaydir ko‘rinmas devor bordek. O‘g‘li orqaga keta boshladi.Ona "o‘g‘lim" degancha o‘z ovozidan o‘zi uygonib ketdi.Ertasiga uyiga qoraxat keldi.U bu xatni o‘qib g‘ing demadi.Chunki u o‘g‘lidan faxrlanardi,axir, o‘g‘li Vatan uchun jon berdi. Ko‘plab akalarimiz,askarlar urushda mana shunday jasorat bilan halok bolishdi.Ammo ular o‘lmagan, ular abadiy qalbimizda yashaydi.Biz ularni hech qachon unutmaymiz.

: Egamberdiyeva Sevinchoy,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-"A" sinf o‘quvchisi
#Xotira_aziz_qadr_muqaddas
#Tanlovga

NAZM
7-ISHTIROKCHI


Ona xotirasi

Kech kuz edi,bogʻlar sap-sariq,
Bargning tusi kabi sarg‘aydi ona.
Oʻylari chalkashgan,qoʻrquv pinjida,
Oʻgʻlini oʻylardi yakka-yagona.

Janga kirgan edi yurak porasi,
Necha kunlar oʻtdi,xat xabari yoʻq.
Jigarporasidan yiroq qil taqdir
Nishonga olmasin deydi oʻq.

: Xudayberganova Munojat,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-"A" sinf oʻquvchisi
#Xotira_aziz_qadr_muqaddas
#Tanlovga

NAZM
8-ISHTIROKCHI


XOTIRA

(Ulug‘ Vatan urushida qatnashgan 101 o‘g‘longa bag‘ishlanadi)

Ko‘z oldimdan o‘tar birma-bir,
O‘shal qayg‘u va dahshatli on.
Yurtimizni ozod qilay deb,
Jangga ketar besh yuz bitta jon.

Qari-yu yosh, aralash jangchi,
O‘zbek do‘ppi turadi boshda.
Eng ulug‘i oltmish yoshda-yu,
Eng kichigi o‘n olti yoshda.

Urush, bomba,tanklar qulaydi,
Gumon bo‘ldi qolmoqlik omon.
Ayyor reja tuzib olibdi,
Fashist degan vaxshiy olomon.

Shu urushning oqibati deb,
Ko‘zin yumdi to‘rt yuz mag‘rur jon.
To‘rt yuz ona olmoqlik bo‘ldi,
O‘z o‘g‘lidan qoraxat, nishon.

Bir yuz bitta o‘zbek ahlini,
Asir oldi nemis fashistlar.
Qonga to‘ymay qon yutishardi ,
Hayvonlarcha kulardi ular.

Yerga urib o‘zbek nomusin,
Sindirishar oyoq-qo‘llarin.
Lek parvo ham qilmay turishar,
Bir yuz bitta o‘zbekning bari.

Naq o‘ttiz kun ochlik qa'rida,
Yotmoq bo‘ldi manglayda bori.
Kuzatishar nima bo‘ldi deb,
O‘zbeklarning chiqmas oh-zori.

Qiynar o‘sha fashist maxluqot,
Terin shilar, o‘yishar ko‘zin .
Qamchilar-la jazolab ular,
Ma'qullashar faqat o‘z so‘zin.

Asirlarni ushlab qo‘lidan,
Ko‘kka yuzin tutmoqlik boldi.
Bir umrlik tim tamg‘a bilan ,
Og‘ir ishlar qilmoqlik bo‘ldi.
           
O‘ttiz birinchi kun... Ko‘chada,
Holsizlikda zo‘rg‘a turishar.
Egnilar kir, oyoqlar yalang,
Dushman bo‘lsa kulib turishar.

Yo‘l changitib bir mashinada,
Tanbal odam tushib kelyapti.
Ko‘zlarida kibr-u manmanlik,
Kelib kulgiga qo‘shilyapti.

U qo‘ynidan chiqarib nonni,
O‘zbeklarga qarata otdi.
Kameralar ishga tushdi-yu,
O‘zbeklar ham tosh misol qotdi.

Shunda sekin eng yosh bir o‘zbek,
Nonni olib ko‘ziga surdi.
Ko‘zlarida g‘azab, nadomat,
Qadam tashlab orqaga yurdi.

Qo‘lidagi nonni yosh yigit,
Bir mo‘ysafid qariga berdi.
Otaxon ham nonni ko‘p o‘pib,
"Bismilloh " deb nonni teng bo‘ldi.

Bo‘laklangan nonni avaylab,
Do‘stlariga teng bo‘lib berdi.
Bechoralar ko‘zda yosh bilan,
Birdam bo‘lib nonini yerdi.

Jahl bilan otib tashladi,
O‘zbeklarni fashist olomon.
Bir yuz birdek inson ko‘rmagan,
Vahshiy fashist umrida hamon.

Bir yuz birdek qo‘rqmas jangchilar,
Bir umr qalbda,xotirda qoldi.
O‘zbegimning o‘chmas nomusi,
Tarixda buyuk bir nom oldi.

Yurtni o‘zdan azizroq bilib,
Vatan uchun bo‘lishar qurbon.
Dushmanlarga boshin egmagan,
Mard o‘zbeklar - bir yuz bir inson.

: Nigina RUSTAMBOYEVA,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-"A"sinf o‘quvchisi.
#Taqdirlash_marosimi
#Xotira_aziz_qadr_muqaddas

💠 Inson bor ekan,
xotiramuqaddas. Hech kim, hech narsa esdan chiqmaydi. Xalq bugungi tinch-xotirjam zamonni asrab-avaylash, tinchlikni qadriga yetish uchun ham urushni, uning qahramonlarini, gʻalabaga munosib hissa qoʻshganlarni yodida saqlaydi.

➡️ Joriy yilning 12-may sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabi tomonidan 9-may–“
Xotira va qadrlash kuni ” munosabati bilan o'tkazilgan “Xotira aziz, qadr muqaddas” nomli tanlovga nazm, nasr, rassomchilik, video rolik va insho yo‘nalishlari bo‘yicha hakamlar hay'ati tomonidan ijodkorlarning ishlari yo'nalishlar kesimida holis baholandi.

🔻Taqdirlash marosimida maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Boburjon Sadullayev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi,  "Zulfiya" davlat mukofoti sovrindori Zumrad Masharipova, Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Xiva shahar bo‘linmasi rahbari Lelinza Otajanova, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoir Rahimboy Karimovlar tomonidan g‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.


🏆 Yakuniy natijaga ko'ra g'oliblar bilan tanishing:


"Nazm" (Eng yaxshi she'r)
🥇- o‘rin Jumanazarova Hilola 10-"B" sinf o‘quvchisi
🥈- o‘rin Ro‘zmatova Mohinur 8-"B" sinf o‘quvchisi
🥉- o‘rin Rustamboyeva Nigina 7-"A" sinf o‘quvchisi

"Nasr" (Eng yaxshi hikoya)
🥇- o‘rin Begmatova Dilnura 9-"A" sinf o‘quvchisi
🥈- o‘rin Nurmamatova Oygul 7-"B" sinfo‘quvchisi
🥉- o‘rin Ibragimova Feruza 7-"A" sinf o‘quvchisi

"Rassomchilik" (Eng yaxshi rasmlar)
🥇-o‘rin Bardiyeva Ruhshona 7-"A" sinf o‘quvchisi
🥈-o‘rin Qo‘ziboyeva Shohruza 7-"A" sinf o‘quvchisi
🥉-o‘rin Matyokubova Laylo 7-"B" sinf o‘quvchisi
🥉-o‘rin Jumaniyozova Yulduzoy 7-"A" sinf o‘quvchisi

"Video rolik" (Eng yaxshi video taqdimot)
🥇-o‘rin Ro‘zimatova Zarnigor 9-"A" sinf o‘quvchisi
🥈-o‘rin Shomurotova Mavluda 9-"B" sinf o‘quvchisi
🥈- o‘rin Jumanazarova Shodiya 9-"A" sinf o‘quvchisi
🥉- o‘rin Otajonov Otajon 7-"A" sinf o‘quvchisi

"Insho yozish" ( Eng yaxshi insho)
🥇- o‘rin Ibragimova Mashhura
🥈- o‘rin Ozodova Hosila 8-"B" sinf o‘quvchisi
🥉- o‘rin Bardiyeva Ruhshona 7-"A" sinf o‘quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉
|Telegram| |Facebook|
👉
|YouTube|  |Instagram|
#Taqdirlash_marosimi
#Xotira_aziz_qadr_muqaddas

➡️ Joriy yilning 12-may sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabi tomonidan 9-may–“Xotira va qadrlash kuni ” munosabati bilan o'tkazilgan “Xotira aziz, qadr muqaddas” nomli tanlovning taqdirlash marosimidan foto lavhalar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉
|Telegram| |Facebook|
👉
|YouTube|  |Instagram|
#Taqdirlash_marosimi
#Xotira_aziz_qadr_muqaddas

➡️ Joriy yilning 12-may sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabi tomonidan 9-may–“Xotira va qadrlash kuni ” munosabati bilan o'tkazilgan “Xotira aziz, qadr muqaddas” nomli tanlovning taqdirlash marosimidan foto lavhalar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉
|Telegram| |Facebook|
👉
|YouTube|  |Instagram|
#Taqdirlash_marosimi
#Xotira_aziz_qadr_muqaddas

➡️ Joriy yilning 12-may sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabi tomonidan 9-may–“Xotira va qadrlash kuni ” munosabati bilan o'tkazilgan “Xotira aziz, qadr muqaddas” nomli tanlovning taqdirlash marosimidan foto lavhalar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉
|Telegram| |Facebook|
👉
|YouTube|  |Instagram|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira_aziz_qadr_muqaddas

Ajdodlarni xotirlash va keksalarni e’zozlash, ulug‘ qadriyat hisoblanib, yoshi ulug‘ va nuroniylarga bo‘lgan hurmat-e’tibor hamisha diqqat markazimizdadir.

Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug‘ fazilatlaridan biri sanaladi. El-yurtining tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha jonajon xalqimizning ardog‘idadir.

Xonadoningizdan tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka, baxt-u saodat arimasin. Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Audio
#xotira_aziz_qadr_muqaddas

....Seni kiprigim-la panalar qilib,
Koʻzim qarogʻida asragim kelar.

Hilola Jumanazarova, Ogahiy nomidagi ijod maktabi 11-"B" sinf o'quvchisi

🎙Mumtozxon Otaboyeva
, Ogahiy nomidagi ijod maktabi 9-"A" sinf o'quvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌

@hilola_zohidovna